KIOVIG ko'rsatmalar
buzilgan antijismlarni ishlab chiqarish, jumladan irsiy gipogammaglobuliniyemiyaga ega bo'lgan birlamchi immunotanqisligi sindromi
profilaktik antibiotikoterapiya qo'llanilganda kutilgan ta'sirga erishilmagan surunkali limfoleykoz bilan og'rigan bemorlardagi gipogammaglobulinemiya va retsidivlashuvchi bakterial infektsiyalar
pnevmokokkli immunizatsiyaga terapevtik javob bo'lmagan, “plato” fazasidagi ko'pgina miyelomaga ega bo'lgan bemorlarda gipogammaglobulinemiya va retsidivlashuvchi bakterial infektsiyalar
-gematopoetik tana hujayralarining allogen transplantatsiyasini (HSCT) boshidan kechirgan bemorlardagi gipogammaglobulinemiya
tug'ma OITV infektsiyalari va retsedivlashuvchi bakterial infektsiyalar.
Quyidagihollardakattalar,bolalarvao'smirlardagi(0-18yosh)
immunomodullashtiruvchi terapiya:
qon ketish xavfi yuqori bo'lgan bemorlardagi idiopatik trombotsitopenik purpura yoki trombotsitlar darajasini tuzatish uchun operatsiyadan oldin
Giyen-Barre sindromi
Kavasaki kasalligi
mulьtifokal motorli neyropatiyalar
Normal odam immunoglobulini vena ichiga yuborilganidan keyin bemor qon oqimiga darhol va to'liq tushadi. Normal odam immunoglobulini plazma bilan ekstravaskulyar suyuqlik o'rtasida nisbatan tez taqsimlanadi; taxminan 3-5 kunlik terapiyadan keyin tomirini va tomir tashqaridagi kompartmentlar o'rtasidagi muvozanatga erishiladi.
Kiovig preparatining farmakokinetik parametrlari Yevropa va AQSh da o'tkazilgan birlamchi immunotanqislik holatidagi ikkita klinik tadqiqotlarda aniqlangan. Ushbu tadqiqotlarda umumiy holda 2 yoshdan katta bo'lgan 83 ta bemor preparatning tana vazniga 300-600 mg/kg bo'lgan dozasini 6-12 oy davomida har 21-28 kunlarda qabul qildilar. Kiovig preparati kiritilganidan keyin yarim chiqarilish davri medianasi IgG 32,5 kunni tashkil qildi.
Bu qiymat turli bemorlarda, ayniqsa birlamchi immunotanqisligidan aziyat chekuvchi bemorlarda turlicha bo'lishi mumkin.
Ushbu tadqiqotlarda olingan qiymatlar boshqa odam immunoglobulini preparatlaridan foydalanganda qayd qilingan parametrlar bilan o'xshash.
Киовиг препаратининг фармакокинетик параметрлари тўғрисидаги умумлаштирилган маълумотлар |
|||||||
Кўрсаткич |
Болалар (≤ 12 ёш) |
Ўсмирлар (13 – 17 ёш) |
Катталар (≥ 18 ёш) |
||||
Медиана |
95% ИО* |
Медиана |
95% ИО |
Медиана |
95% ИО |
||
Ярим чиқаришнинг якунловчи даври (кун) |
41,3 |
20,2 – 86,8 |
45,1 |
27,3 – 89,3 |
31.9 |
29,6 – 36,1 |
|
Смин (мг/уз)/(мг/кг) |
2,28 |
1,72 – |
2,25 |
1,98 – |
2,24 |
1,92 – |
(турғун даража) |
|
2,74 |
|
2,64 |
|
2,43 |
Смакс (мг/уз)/(мг/кг) (энг юқори даража) |
4,44 |
3,30 – 4,90 |
4,43 |
3,78 – 5,16 |
4,50 |
3,99 – 4,78 |
Қайта тикланиши in vivo (%) |
121 |
87 - 137 |
99 |
75 - 121 |
104 |
96 - 114 |
Солиштирма қайта тикланиши (мг/уз) / (мг/кг) |
2,26 |
1,70 – 2,60 |
2,09 |
1,78 – 2,65 |
2,17 |
1,99 – 2,44 |
AUC0-21d (г с/уз) (эгри чизиқ остидаги майдон) |
1,49 |
1,34 – 1,81 |
1,67 |
1,45 – 2,19 |
1,62 |
1,50 – 1,78 |
*IO – ishonchlilik oralig'i
IgG va IgG-majmualar hujayralarda retikuloendotelial tizim tomonidan buziladi.
Ayrim nojo'ya ta'sirlar quyidagi hollarda yanada tez-tez yuz berishi mumkin:
yuborishning yuqori tezligida
ilk marta normal odam immunoglobulinini olayotgan bemorlarda yoki kamdan-kam hollarda boshqa preparatdan normal odam immunoglobuliniga o'tkazishda yoxud avvalgi infuziyani bajarish vaqtidan boshlab uzoq oraliqdan keyin.
Quyidagilarga ishonch hosil qilgan holda ehtimoliy murakkablashuvlarning oldini olish mumkin:
avval preparatni sekin yuborish (0,5 ml/kg tana vazni/soat tezlik bilan) yo'li bilan bemorlarning normal odam immunoglobuliniga nisbatan o'ta ta'sirchan emasligi;
infuziya davomida barcha simptomlarning puxta monitoringi o'tkaziladi. Xususan avval normal odam immunoglobulini olmagan, muqobil preparatlardan immunoglobulinga o'tkazilgan hamda avvalgi infuziyani yetarli daraja ancha avval boshidan kechirgan bemorlar birinchi infuziyani o'tkazishda u yakunlanganidan keyingi 1 soat davomida noxush simptomlarning mavjudligi bo'yicha kuzatuv ostida bo'lishlari kerak. Qolgan barcha bemorlar preparat kiritilganidan keyin kamida 20 daqiqa davomida kuzatuv ostida bo'lishlari kerak.
Noxush reaktsiyalar rivojlangan hollarda preparatni yuborish tezligini pasaytirish yoki infuziyani to'xtatish lozim. Davolashning zarurligi noxush reaktsiyaning turi va og'irligi bilan aniqlanadi. Shok rivojlangan hollarda ushbu holat uchun standart terapiyani boshlash zarur.
Normal odam immunoglobulini infuziyasi oladigan barcha bemorlarda quyidalar zarur:
normal odam immunoglobulini infuziyasini boshlashdan avval mos gidratatsiyani ta'minlash;
siydik ajralishi monitoringini o'tkazish;
qon zardobidagi kreatinin kontsentratsiyasi monitoringini o'tkazish;
halqali diuretiklardan bir vaqtda foydalanmaslik.
Qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda Kiovig preparatini kamroq kontsentratsiyalargacha eritish zarur bo'lgan hollarda 5% li glyukoza eritmasidan foydalanish masalasi qayta ko'rib chiqilishi mumkin.
O'ta ta'sirchanlik
Haqiqiy o'ta ta'sirchanlik reaktsiyalari kamdan-kam hollarda uchraydi. Ular IgA ga nisbatan antijismlarga ega bo'lgan bemorlarda rivojlanishi mumkin. Kiovig preparatidan IgA ning selektiv tanqisligiga ega bo'lgan, ushbu patologik o'zgarish alohidalangan deb hisoblanmaydigan bemorlarda foydalanish tavsiya qilinmaydi.
Kamdan-kam hollarda normal odam immunoglobulini xattoki ushbu preparat bilan avvalgi terapiyani yaxshi ko'targan bemorlarda ham anafilaktik reaktsiyalarni rivojlantirish bilan arterial qon bosimining pasayishini yuzaga keltirishi mumkin.
Tromboemboliya
Normal odam immunoglobulini yuborish bilan tromboemboliyalar (miokard infarkti, bosh miya-kalla suyagidagi buzilishlar, jumladan insulьt, o'pka arteriyasidagi tromboemboliya, chuqur venalar trombozi) o'rtasidagi bog'liqlik klinik jihatdan isbotlangan, bu immunoglobulinning xatar guruhiga kiruvchi bemorlardagi qon oqimiga ko'p miqdorda tushishi jarayonida qon qovushoqligining nisbatan ortishi bilan bog'liq deb faraz qilinadi. Normal odam immunoglobulinini trombozlarning xatar omillariga ega bo'lgan bemorlarga (xususan anamnezdagi ateroskleroz, yurak-qon tomirlari patologiyasining ko'pgina omillari, keksa yosh, pasaytirilgan yurak otilishi, yuqori arterial bosim, qandli diabet, anamnezdagi klapan yoki trombozlar patologiyasi, tug'ma yoki orttirilgan trombofiliyalar, giperkoagulyatsiya bilan boruvchi buzilishlar, uzoq vaqtli immobilizatsiya, og'ir gipovolemiya, qonning qovushoqligini orttiruvchi kasalliklar) tayinlash va yuborishda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim.
Giperproteinemiya, qon zardobi qovushoqligining ortishi va keyingi nisbiy psevdogiponatriyemiya immunoglobulinlar bilan davolanuvchi bemorlarda yuzaga kelishi mumkin. Buni hisobga olish lozim, chunki bunday bemorlarda giponatriyemiyalar (ya'ni qon zardobida erkin suv miqdorining pasayishi) bo'yicha terapiyani boshlash qon zardobi qovushoqligining qo'shimcha ortishi va tromboemboliyalar xavfining ortishiga olib kelishi mumkin.
Tromboembolik ko'rinishdagi nojo'ya ta'sirlarning rivojlanishi bo'yicha xatar guruhida bo'lgan bemorlarda ichki immunoglobulin preparatlari minimal tezlik tezlik bilan va minimal ta'sirchan dozalarda kiritilishi kerak.
O'tkir buyrak yetishmasligi
Vena ichiga kiritiluvchi immunoglobulin bilan davolangan bemorlarda o'tkir buyrak yetishmasligi, trubkachalarning o'tkir nekrozi, proksimal trubkachalar nefropatiyalari va osmotik nefroz holatlari qayd qilingan. Ko'pchilik holatlarda xatar omillari, jumladan buyrak yetishmasligi, qandli diabet, gipovolemiya, ortiqcha vazn, nefrotoksik dori preparatlarining hamrox holda qo'llanilishi, 65 dan katta yosh, sepsis yoki paraproteinemiya aniqlangan.
Buyrak funktsiyalari buzilganda normal odam immunoglobulinini bekor qilish to'g'risidagi masalani bekor qilish lozim. Buyrak funktsiyalarining buzilishi va o'tkir buyrak yetishmasligi to'g'risidagi xabarlar tarkibida turli qo'shimcha moddalar, jumladan saxaroza, glyukoza va malьtoza mavjud bo'lgan ko'pgina litsenziyalangan normal odam golobulini preparatlaridan foydalanilishi bilan bog'liqdir, tarkibida barqarorlashtiruvchi sifatida saxaroza mavjud bo'lgan preparatlardan foydalanilgan hollarda ushbu reaktsiyalar chastotasi mutanosib bo'lmadi. O'tkir buyrak yetishmasligining rivojlanishi xatar guruhiga kiruvchi bemorlarda tarkibida yuqorida sanab o'tilgan yordamchi moddalar bo'lmagan vena ichiga kiritiluvchi immunoglobulin preparatlarini qo'llash ko'rib chiqilishi mumkin. Kiovig tarkibida saxaroza, malьtoza va glyukoza mavjud emas.
O'tkir buyrak yetishmasligining rivojlanishi xatar guruhidagi bemorlarda vena ichiga kiritiluvchi immunoglobulin preparatlari minimal tezlik bilan va minimal darajadagi ta'sirchan dozalarda kiritilishi kerak.
O'pkalarning o'tkir posttransfuzion jarohatlanishi sindromi (O'O'PJS)
Vena ichiga kiritiluvchi immunoglobulinlar (jumladan Kiovig) olgan bemorlarda o'pkaning nokardiogen shishining (O'O'PJS) rivojlanishi holatlari qayd qilingan.
Aseptik meningit sindromi (AMS)
Vena ichiga kiritiluvchi immunoglobulinlar bilan davolash olgan bemorlarda AMS ning rivojlanish holatlari to'g'risida xabar qilingan. Vena ichiga kiritiluvchi immunoglobulinlar bilan davolashni to'xtatish bir necha kun davomida AMS ning hech qanday oqibatlarsiz remissiyasiga olib keldi. Sindrom odatda immunoglobulin kiritilgandan keyin bir necha soatdan 2 kungacha qayd qilinadi. Orqa miyani suyuqligini o'rganishda ko'pincha har mm3 ga bir necha ming hujayragacha yetuvchi pleotsitoz, asosan granulotsitlar hamda bir necha yuz mg/uz ga yetuvchi oqsillar darajasining ortishi qayd qilinadi. AMS ning rivojlanish chastotasi immunoglobulinning yuqori dozalaridan (2 g/kg) foydalanilganda bo'lishi mumkin.
Gemolitik anemiya
Vena ichiga kiritiladigan immunoglobulin preparatlari tarkibida qon guruhlariga qarshi antijismlar mavjud bo'lishi mumkin, ular gemolizinlar sifatida ta'sir qilishi va to'g'ri antiglobulin reaktsiyasini (Kumbs probasining ijobiy natijasi) va kamdan- kam hollarda gemolizni yuzaga keltirgan holda immunoglobulinlarning eritrotsitlar bilan in vivo bog'lanishini induktsiyalashi mumkin. Gemolitik anemiya eritrotsitlar sekvestratsiyasining kuchayishi natijasida vena ichiga kiritiluvchi immunoglobulinlar bilan davolash fonida rivojlanishi mumkin. Vena ichiga kiritiluvchi immunoglobulinlar oluvchi bemorlarni gemolizning klinik jihatdan namoyon bo'lishining mavjudligiga nisbatan kuzatib turish lozim.
Serologik probalarning natijalariga ta'siri
Immunoglobulin infuziyasidan keyin bemorga kiritilgan turli antijismlarning qondagi miqdorining tranzitor oshishi qayd qilindi, bu serologik o'rganishlarning noto'g'ri ijobiy natijalariga olib kelishi mumkin.
Antijismlarning eritrotsitlarning antigenlari, masalan, A, V, D ga passiv o'tkazilishi eritrotsitlarga bo'lgan antijismlarning mavjudligi bo'yicha ayrim serologik testlarning natijalariga, jumladan antiglobulin testi (Kumbs to'g'ri probasi) natijalariga ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Infektsion agentlar
Kiovig odam qoni plazmasidan tayyorlanadi. Odam qoni yoki qon plazmasidan ishlab chiqariladigan dori preparatlaridan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan infektsiyalarning oldini olish bo'yicha standart choralar donorlarni tanlab olish, infektsiyalarning o'ziga xos markerlarini aniqlash bo'yicha alohida donorlarni va qon namunalarini skriningdan o'tkazish hamda viruslarni faolsizlantirish va yo'q qilishga yo'naltirilgan samarali choralarni texnologik jarayonga kirishlarni o'z ichiga oladi. Shunga qaramasdan odam qoni yoki qon plazmasi asosida tayyorlangan dori preparatlarini qo'llashda infektsion agentlarning uzatilish xavfini butunlay istisno qilib bo'lmaydi. Bu noma'lum yoki yangi viruslar va boshqa patogen mikroorganizmlarga ham tegishlidir.
Ko'riladigan choralar OITV kabi qobiqli viruslar, V va S gepatiti viruslari hamda qobiqsiz viruslarga (A gepatiti virusi va V19 parvovirusi) nisbatan samarali hisoblanadi. Klinik tajribada A gepatiti virusi va V19 parvovirusining immunoglobulin preparatlarini yuborishda uzatilishi holatlari aniqlanmadi. Antijismlar miqdori viruslarga qarshi xavfsizlikni ta'minlashga muhim hissa qo'shadi deb faraz qilinadi.
Kiovig preparatidan har safar foydalanganda bemor bilan preparat seriyasi o'rtasidagi bog'liqlikni aniqlash uchun har bir bemorga kiritilayotgan preparatning nomi va seriya raqamini qayd qilishni qat'iy tavsiya qilamiz.
Pediatrik populyatsiya
Yuqorida sanab o'tilgan noxush hodisalardan istalganiga tegishli bo'lgan o'ziga xos xatarlar preparatdan bolalarda foydalanilganda mavjud bo'lmaydi. Bolalar suyuqlikning ortiqcha yuklanishiga nisbatan ko'proq darajada ta'sirchanroq bo'lishlari mumkin (“Dozasini oshirib yuborish” bo'limiga qarang).
Foydalanlmagan dori preparatini yo'q qilish bo'yicha ko'riladigan maxsus ehtiyotkorlik choralari
Har qanday miqdordagi foydalanilmagan preparat yoki undan foydalanishdan chiqadigan chiqindilar mahalliy qoidalarga mos holda utilizatsiya qilinishi kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Mazkur dori vositasini homiladorlik davrida qo'llash xavfsizligi nazorat qilinadigan klinik tadqiqotlar doirasida baholanmagan, shu sababli homiladorlik va emizish davrida ushbu preparatdan ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak. Ma'lumki, kishi normal odam immunoglobulini preparatlari platsenta orqali kirib boradi (ayniqsa, uchinchi semestr davomida). Immunoglobulinlarni qo'llashning klinik tajribasi homiladorlik kechishi, homila va yangi tug'ilgan chaqaloq rivojlanishiga noxush ta'sirning bo'lmasligini ko'rsatdi.
Immunoglobulinlar sut bilan ajralib chiqadi va yangi tug'ilgan chaqaloqni shilliq pardalar orqali kirib boradigan patogenlardan himoya qilishga yordam beradi. Immunoglobulin kishi reproduktiv funktsiyasiga ta'sir qilmasligi klinik isbotlangan.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Ayrim nojo'ya ta'sirlar reaktsiyaga ta'sir qilishi mumkin, shuning uchun ham avtotransport vositasi va mexanizmlarni boshqarishdan avval ularning bartaraf bo'lishini kutish lozim. Shuning uchun terapiya fonida istalmagan reaktsiyalarning rivojlanishi qayd qilingan bemorlar avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashni boshlashdan avval ularga ruxsat berilishini kutishlari lozim.
O'rindosh terapiyani darhol boshlash va immunotanqislikni davolash tajribasiga ega bo'lgan shifokor kuzatuvi ostida nazorat qilib turish lozim.
Dozalari va dozalash rejimi ko'rsatkichlarga bog'liq bo'ladi.
O'rindosh terapiyada farmakokinetik ko'rsatkchilar va terapiyaga klinik javobga bog'liq ravishda har bir bemor uchun dozalarni alohida tarzda tanlab olish talab qilinishi mumkin. Quyida dozalash rejimlari bo'yicha umumiy tavsiyalar keltirilgan.
Birlamchi immunotanqisligi sindromlaridagi o'rindosh terapiya
Dozalash rejimi IgG ning 5-6 g/l dan kam bo'lmagan turg'un darajasiga (keyingi infuziyadan oldin o'lchanuvchi) erishishni ta'minlashi zarur. Muvozanatga erishish uchun davolash boshlangan vaqtdan boshlab olti oy davomida davolashni davom ettirish kerak. Tavsiya qilinadigan boshlang'ich doza keyinchalik har uch-to'rt haftada kamida 0,2 g/kg yuborish bilan klinik holatga bog'liq ravishda 0,4-0,8 g/kg tana vaznini bir martada yuborishni tashkil qiladi. Keyinchalik 5-6 g/l ni yuborishdan oldingi immunoglobulinning muvozanatli kontsentratsiyasiga erishish uchun zarur bo'lgan doza oyiga 0,2-0,8 g/kg ni tashkil qiladi. Turg'un darajaga erishishdan keyingi preparatni yuborishlar o'rtasidagi oraliq 3 haftadan 4 haftagacha o'zgarib turadi.
Antijismlarning minimal kontsentratsiyalarini baholash infektsiyalar chastotasini hisobga olish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Infektsiyalar chastotasini pasaytirish maqsadida dozani oshirish talab qilinishi mumkin, bu esa keyingi dozani yuborishdan oldin antijismlarning minimal kontsentratsiyasining oshirilishini ta'minlaydi.
Profilaktik antibiotikoterapiya qo'llanilganda kerakli ta'sirga erishilmagan
surunkali limfoleykoz bilan og'rigan bemorlardagi gipogammaglobulinemiya va
retsidivlashuvchi bakterial infektsiyalar; pnevmokokkli immunizatsiyaga terapevtik
javob bo'lmagan “plato” fazasidagi ko'p sonli miyeloma bilan og'rigan bemorlardagi
gipogammaglobulinemiya va retsidivlashuvchi bakterial infektsiyalar; tug'ma OITV
infektsiyasi va retsidivlashuvchi bakterial infektsiyalar.
Tavsiya qilinadigan doza har 3-4 haftada 0,2-0,4 g/kg tana vaznini tashkil qiladi.
Gematopoetik tana hujayralarining allogen transplantatsiyasini (HSCT) boshidan,kechirgan bemorlardagi gipogammaglobulinemiya
Tavsiya qilinadigan doza har 3-4 haftada 0,2-0,4 g/kg tana vaznini tashkil qiladi. Barqaror daraja kamida 5 g/l ni tashkil qilishi kerak.
Birlamchi idiopatik trombotsitopenik purpura
Muqobil davolashning ikki rejimi mavjud:
keyingi uch kun preparatni shu dozada takroran bir marta yuborish ehtimoli bilan birinchi kuni 0,8-1,0 g/kg;
2-5 kun davomida kuniga 0,4 g/kg.
Retsidiv rivojlangan hollarda davolashni takrorlash mumkin.
Giyen – Barre sindromi
5 kun davomida sutkasiga 0,4 g/kg.
Kavasaki kasalligi
2-5 kun davomida bir nechta yuborishlarga bo'lingan 1,6-2,0 g/kg ga teng doza; yoki bir marta 2,0 g/kg. Bemorlar bir vaqtning o'zida atsetilsalitsil kislotasini qabul qilishlari kerak.
Mulьtifokal motorli neyropatiya
Boshlang'ich: 2-5 kun davomida 2,0 g/kg.
Ushlab turuvchi doza: har 2-4 haftada 1,0 g/kg yoki har 4-8 haftada 2,0 g/kg. Dozalash bo'yicha tavsiyalar jadvalda umumlashtirilgan:
Кўрсаткич |
Доза |
Инфузиялар частотаси |
Бирламчи иммунотанқисликдаги ўриндош терапия
иккиламчи иммунотанқисликдаги ўриндош терапия
туғма ОИТВ инфекцияси ва рецедивлашувчи бактериал инфекциялар билан |
0,4-0,8 г/кг тана вазни
0,2-0,8 г/кг тана вазни 0,2-0,4 г/кг тана вазни
0,2-0,4 г/кг тана вазни |
5-6 г/л дан кам бўлмаган IgG турғун даражасига эришиш учун ҳар 3-4 ҳафтада
5-6 г/л дан кам бўлмаган IgG барқарор даражасига эришиш учун ҳар 3-4 ҳафтада ҳар 3-4 ҳафтада |
Гематопоэтик тана ҳужайраларининг аллоген трансплантациясини бошидан кечирган беморлардаги гипогаммаглобулинемия (<4 г/л) |
0,2-0,4 г/кг тана вазни |
5 г/л дан кам бўлмаган IgG барқарор даражасига эришиш учун ҳар 3-4 ҳафтада |
Иммуномодуляция Идиопатик тромбоцитопеник пурпура |
Кунига 0,8-1,0 г/кг тана вазни ёки 0,4 г/кг тана вазни |
суткасига 1 марта, 3 кунда бир марта такрорлаш мумкин |
|
|
2-5 кун давомида |
Гийен – Баре синдроми Кавасаки касаллиги |
Кунига 0,4 г/кг тана вазни 1,6-2,0 г/кг тана вазни
ёки 2 г/кг тана вазни |
5 кун давомида
2-5 кун давомида дозаларга бўлинган ҳолда ацетилсалицил кислотаси билан биргаликда битта дозадан ацетилсалицил кислотаси билан биргаликда 2-5 кун давомида |
Мультифокал моторли нейропатия |
бошланғич доза: 2,0 г/кг тана вазни ушлаб турувчи доза: 1,0 г/кг тана вазни ёки 2,0 г/кг тана вазни |
ҳар 2-4 ҳафтада
ҳар 4-8 ҳафтада |
Bolalar va o'smirlardagi (0-18 yosh) dozalash rejimi kattalardagi dozalash rejimidan farq qilmaydi, chunki har bir ko'rsatkich uchun doza tana vazniga ko'ra tayinlanadi va unga klinik natija va yuqorida keltirilgan shartlarga ko'ra tuzatish kiritiladi.
Yuborish usuli
Preparatdan faqat vena ichiga yuborish uchun foydalaniladi.
Yuborishdan avval preparat mexanik kiritmalarning yo'qligi va rangining o'zgarishiga nisbatan ko'zdan kechirilishi kerak. Eritma shaffof yoki biroz oq-sarg'ish rangga kiruvchi, rangpar yoki ochamtir sariq bo'lishi kerak. Suspenziya yoki quyqasi bo'lgan eritmalar ishlatilmasligi kerak. Preparat eritmasini xona harorati yoki tana haroratigacha ilitib olish lozim.
Kiovig venaning ichiga tomchilab, dastlab 0,5 ml/kg tana vazni/soat tezligida 30 daqiqa davomida yuboriladi. Bemor tomonidan yaxshi qabul qilinsa, infuziya tezligi asta-sekin eng ko'pi bilan 6 ml/kg tana vazni/soat gacha oshirilishi mumkin. Birlamchi immunitet tanqisligidan aziyat chekadigan katta yoshli bemorlar preparat infuziyasini 8 ml/kg tana vazni/soat gacha tezlikda qabul qila oladilar. Preparatni qo'llashdagi qo'shimcha ehtiyot choralari “Maxsus ko'rsatmalar” bo'limida tavsiflangan.
Agar, masalan, qandli diabet bilan kasallangan bemorlarga infuziya uchun 50 mg/ml kontsentratsiyali 5% li preparat eritmasini qo'llash zarur bo'lsa, u holda infuziyadan oldin Kiovig 10 % (100 mg/ml) preparati 5% li glyukoza eritmasining teng hajmi bilan 5 % (50 mg/ml) yakuniy kontsentratsiyagacha eritilishi kerak. Preparatni bundan pastroq kontsentratsiyagacha keltirish zarurati bo'lganda hosil qilingan eritmani uni bevosita tayyorlagandan keyin ishlatish lozim. Kiovig preparatining turg'unligi u 5% li glyukoza eritmasi bilan yakuniy 50 mg/ml (5 %) kontsentratsiyagacha keltirilgandan keyin 21 kun davomida 2 °C dan 8 °C va 28 °C dan 30 °C haroratgacha saqlanganda namoyish qilingan; biroq mazkur tadqiqotlarda mikrobli kontaminatsiya xavfi va xavfsizlikka baho berilmagan. Eritish jarayonida mikrobli kontaminatsiya xavfini iloji boricha kamaytirish kerak.
Infuziyaga aloqador bo'lgan nomaqbul hodisalar yuz berganda infuziya tezligini pasaytirish yoki uni to'xtatish zarur.
Paydo bo'lish chastotasi quyidagi mezonlardan foydalangan holda baholandi: juda tez- tez (> 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), kamroq (> 1/1000 dan < 1/100 gacha); kamdan- kam (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha); juda kamdan-kam (< 1/10000) va chastotasi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo'lmaydi).
Normal odam immunoglobulinini vena ichiga yuborishda titroq, bosh og'rig'i, istima, allergik reaktsiyalar, ko'ngil aynishi, bo'g'imlardagi og'riq, past arterial bosim va beldagi o'rtacha-kuchsiz og'riqlar kabi noxush nojo'ya ta'sirlar kuzatilishi mumkin.
Kamdan-kam hollarda normal odam immunoglobulini arterial bosimni keskin tushib ketishini va xattoki avvalgi terapiyada o'ta ta'sirchanlik reaktsiyalari qayd qilinmagan hollarda ham alohida holatlarda anafilaktik shokni yuzaga keltirishi mumkin.
Normal odam immunoglobulini qo'llanganda qaytariluvchi aseptik meningit va kamdan- kam hollarda o'tkinchi teri reaktsiyalari holatlari qayd qilindi. Qaytariluvchi gemolitik reaktsiyalar bemorlarda, ayniqsa A, V va AV qon guruhlariga ega bo'lgan bemorlarda kuzatildi. Kamdan-kam hollarda qon quyishni talab qiluvchi gemolitik anemiya vena ichiga kiritiluvchi odam immunoglobulinining (VIOI) yuqori dozalari bilan davolashdan keyin rivojlanishi mumkin.
Plazmadagi kreatinin darajasining ortishi va/yoki o'tkir buyrak yetishmasligi holatlari qayd qilindi.
Juda kamdan-kam: miokard infarkti, insulьt, o'pka arteriyasi emboliyasi va chuqur venalar trombozi kabi tromboembolik reaktsiyalar.
Normal odam immunoglobulini qo'llanilganda jigar transaminazining tranzitor ortishi holatlari qayd qilindi.
1-жадвал Ножўя таъсирлар частотаси – клиник тадқиқотлар |
||
Органлар тизими синфи (ОТС) |
Ножўя таъсир |
Ножўя таъсирлар реакцияси |
Инфекцион ва паразитар касалликлар |
Бронхит, назофарингит |
Тез-тез |
|
Сурункали синусит, замбуруғли инфекциялар, сийдик йўллари ва буйрак инфекциялари, синусит, юқори нафас йўллари инфекциялари, сийдик чиқариш йўлларининг бактериал инфекциялари, асептик менингит |
Камроқ |
Қон ва лимфатик тизими томонидан бузилишлар |
Анемия, лимфа тугунларининг катталашиши |
Тез-тез |
Моддалар алмашинуви ва овқатланиш томонидан бузилишлар |
Ўта таъсирчанлик |
Тез-тез |
Эндокрин тизим томонидан бузилишлар |
Қалқонсимон без томонидан бузилишлар |
Камроқ |
Психик бузилишлар (хасталиклар) |
Безовталик, уйқусизлик |
Тез-тез |
Қўзғалувчанлик |
Камроқ |
|
Асаб тизими томонидан бузилишлар |
Бош оғриғи |
Жуда тез-тез |
Бош айланиши, мигрень, парестезия, гипестезия |
Тез-тез |
|
Амнезия, ачишишин ҳис қилиш, дизартрия, таъм билиш ҳисларининг бузилиши, мувозанатнинг бузилиши, тремор |
Камроқ |
|
Кўриш органи томонидан бузилишлар |
Конъюнктивит |
Тез-тез |
Кўзлардаги оғриқ, коньюктива шиши |
Камроқ |
|
Эшитиш органи ва мувозанат томонидан бузилишлар |
Бош айланиши |
Тез-тез |
Ўрта қулоқда экссудатнинг мавжудлиги |
Камроқ |
|
Юрак томонидан бузилишлар |
Taхикардия |
Тез-тез |
Синусли тахикардия |
Камроқ |
|
Юрак-қон томирлари тизими томонидан бузилишлар |
Гиперемия, артериал гипертензия |
Тез-тез |
Бўғимларнинг периферик бўлимларининг совқотиши, флебит, қуйилишлар |
Камроқ |
|
Нафас тизими, кўкрак қафаси ва умуртқа билан кўкрак қафаси орасидаги органлар томонидан бузилишлар |
Йўтал |
Жуда тез-тез |
Ринорея, бронхиал астма, бурун битиши, томоғдаги оғриқлар |
Тез-тез |
|
Томоғ шиллиқ пардасининг шиши, нафас қисиши |
Камроқ |
|
Ошқозон-ичак тракти |
Кўнгил айниши, қайд қилиш |
Жуда тез-тез |
томонидан бузилишлар |
Диарея, қориндаги оғриқ |
Тез-тез |
Тери ва териости тўқималари томонидан бузилишлар |
Тери қичишиши, тери тошмалари, эшак еми, эритематоз тери тошмалари, қичишувчи тери тошмалари |
Тез-тез |
Ангионевротик шиш, ўткир эшак еми, совуқ тер, дерматит, ёруғликка таъсирчанлик реакцияси, гипергидроз, тунли терлаш, терловчанлик |
Камроқ |
|
Скелет-мушак ва бириктирувчи тўқима томонидан бузилишлар |
Бўғинлардаги оғриқ |
Жуда тез-тез |
Белдаги оғриқлар, миалгия, мушак спазмалари, мушакларнинг заифлашуви |
Тез-тез |
|
Мушакларнинг тортиши қолишлари |
Камроқ |
|
Буйраклар ва сийдик чиқариш йўллари томонидан бузилишлар |
Протеинурия |
Камроқ |
Умумий бузилишлар ва юбориш жойидаги бузилишлар |
Безгак, толиқиш |
Жуда тез-тез |
Гриппга ўхшаш синдром, кўкрак қафасидаги дискомфорт, кўкрак қафасининг қисилишини ҳис қилиш, кўкрак қафасидаги оғриқ, астения, дармонсизлик, периферик шишлар, инфузия жойидаги оғриқ, инфузия жойидаги шиш, инфузия жойидаги реакция, титраш |
Тез-тез |
|
Юбориш жойидаги қичишиш, истимани ҳис қилиш, юбориш жойидаги флебит, инъекция жойидаги қабариқлик ва оғриқ, инфузия билан боғлиқ бўлган реакция, шиш, титраш |
Камроқ |
|
Лаборатория тадқиқотлари |
Тана ҳароратининг ортиши, артериал босимнинг кўтарилиши, лейкоцитлар миқдорининг камайиши, қон аминотрансферазаси аланини даражасининг ортиши |
Тез-тез |
Қондаги холестерин, креатинин ва мочевина даражаларининг ортиши, эритроцитлар миқдорининг |
Камроқ |
|
камайиши, нафас олиш частотасининг ортиши |
|
Тадқиқот процедураларини ўтказиш билан юзага келтирилган жароҳатлар, заҳарланишлар ва мураккаблашувлар |
Лат ейиш |
Тез-тез |
2-жадвал Маркетингдан кейинги ножўя таъсирлар |
||||
Тизим-орган синфи |
Афзал кўриладиган термин |
Частота |
||
Қон ва лимфатик тизим томонидан бузилишлар |
Гемолиз |
Маълум эмас |
||
Иммун тизими бузилишлар |
томонидан |
Анафилактик анафилактик реакция |
шок, |
Маълум эмас |
Марказий асаб тизими томонидан бузилишлар |
Транзитор ишемик хуруж, инсульт |
Маълум эмас |
||
Юрак-қон тизими бузилишлар |
томирлари томонидан |
Гипотензия, миокард инфаркти, чуқур веналар тромбози |
Маълум эмас |
|
Нафас тизими, кўкрак қафаси ва умуртқа билан кўкрак қафаси орасидаги органлар томонидан бузилишлар |
Ўпка артериялари эмболияси, ўпка шиши |
Маълум эмас |
||
Лаборатория ва инструменталь маълумотлар |
Мусбат Кумбс пробаси, қоннинг кислород билан паст даражадаги тўйинганлиги |
Маълум эмас |
||
Жароҳатлар, заҳарланишлар ва процедураларнинг мураккаблашувлари |
Ўпканинг трансфузион ўткир зарарланиши |
Маълум эмас |
Mushaklarning titrashi va madorsizlik faqatgina mulьtifokal motorli neyropatiya bilan og'rigan bemorlarda qayd qilindi.
Pediatrik populyatsiya
Nojo'ya ta'sirlar chastotasi, turi va og'irlik darajasi bolalarda kattalardagi bilan bir xil bo'ldi.
Immunoglobulinni yuborish xususan qizamiq, qizilcha, epidemik parotit va suvchechakning oldini olish uchun tirik zaiflashtirilgan virusli vaktsinlarning ta'sirchanligiga kamida 6 hafta (ko'pi bilan – 3 oy) davomida salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shuning uchun ham ushbu preparat kiritilganidan keyin 3 oy davomida tirik zaiflashtirilgan virusli vaktsinlar bilan emlashdan tiyilib turish lozim. Qizamiqqa qarshi vaktsinaga nisbatan ushbu salbiy ta'sir 1 yil davomida saqlanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham qizamiqning oldini olish uchun vaktsina bilan emlangan bemorlarda antijismlarning kontsentratsiyasini baholash zarur.
Glyukoza
Kiovigpreparatini5% liglyukozaeritmasi bilan eritishqondagi glyukoza darajasining ortishiga olib kelishi mumkin.
Farmatsevtik mos kelmasligi
Ushbu dori preparati boshqa dori preparatlari bilan aralashtirilmasligi kerak, “Maxsus ko'rsatmalar” bo'limida ko'rsatib o'tilgan hollar bundan mustasno.
Pediatrik populyatsiya
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan dorilarning o'zaro ta'sirlari bolalarga nisbatan ham, kattalarga nisbatan ham tegishli.
faol modda – normal odam immunoglobulini odam *oqsili bo'yicha qayta hisoblanganda, IgG 98 % dan kamida – 1,00 g, 2,50 g, 5,00 g, 10,00 g, 20,00 g, 30,00 g
IgG qism-sinflariga taqsimlanishi:
IgG1 ≥ 56,9 %; IgG2 ≥ 26,6 %; IgG3 ≥ 3,4 %; IgG4 ≥ 1,7 %
A immunoglobulinning (IgA) maksimal miqdori: bir ml. da 0,14 milligramm.
yordamchi moddalar: glitsin, in'ektsiyalar uchun suv.
Immunoglobulinlarning kattalarga nisbatan bolalardagi ta'sirining farqi nazariy tasavvurlar va klinik kuzatuvlarga ko'ra mavjud emas.
5 yoshgacha bo'lgan bolalar suyuqlikning ortiqcha yuklanishiga ayniqsa ta'sirchan bo'lishlari mumkin. Shuning uchun ham bolalar uchun doza puxta hisoblab chiqish lozim. Kavasaki kasalligi bilan og'rigan bemorlar yurak funktsiyasining buzilishi oqibatida alohida baland xatar guruhini tashkil qiladilar va preparatni yuborish tezligi qat'iy nazorat qilinishi kerak.
Davolash – simptomatik. Preparatni yuborish bilan bog'liq bo'lgan har qanday nojo'ya ta'sirlar infuziyani yuborish tezligini pasaytirish yoki infuziyani to'xtatish bilan bartaraf qilinishi lozim.
Chiqarish shakllari