KLARITROning aptekalardagi narxlari
KLARITRO tabletkalari 500mg N10
|
|
26 ta dorixonada bor
|
46 300 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
KLARITRO ko'rsatmalar
Biroq nafas yo'llari va quloq, burun, tomoq a'zolarining infektsiyalarining asosiy qo'zg'atuvchilaridan biri - Haemophilus influenzae ga nisbatan 14-gidroksiklaritromitsin Klaritromitsinga qaraganda bir necha marta faolroqdir.
Yarim chiqarilish davri (T1/2): 250 mg qabul qilinganida – 3-4 soat, 500 mg – 5-7 soat (o'zgarmagan modda uchun 5,3 soat, faol metaboliti uchun 7,7 soat).
Organizmdan o'zgarmagan holda ham, faol metabolitlari holida ham deyarli teng qismlarda siydik va ahlat bilan chiqariladi. Jigar yetishmovchiligi yoki buyraklarning og'irligi o'rtacha darajadagi kasalliklari bo'lgan bemorlarda preparatning yarim chiqarilish davri oshadi.
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam) preparatning dozasini 2 marta kamaytirish tavsiya etiladi. Bu guruh bemorlarida davolash kursining davomiyligi maksimal 14 kundan oshmasligi lozim.
Homiladorlikning birinchi uch oyligida preparat faqat mutloq ko'rsatilishlarga qarab buyuriladi.
Laktatsiya davrida preparatni qo'llash bo'yicha ma'lumotlar yo'q.
Laborotoriya testlarining ko'rsatgichlari bo'yicha kam hollarda qon transaminazalar faolligining oshishi, qonda mochevina azotining oshishi mumkin. Preparatni ovqat, sut bilan qo'shish, och qoringa qabul qilish mumkin.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan (tana vazni 40 kg dan yuqori) bolalarga Klaritro ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar 500 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi. Davolash kursining davomiyligi - 7-14 kun. Streptokokkli infektsiyalarda davolash muddati 10 kundan, xlamidiyali infektsiyalarda - 14 kundan kam bo'lmasligi lozim. Kattalar uchun maksimal sutkalik doza - 2 g. Mycobacterium avium chaqirgan infektsiyalarni davolash uchun bir sutkada 1 g dan 2 marta buyuriladi. Davolashning muddati 6 oy va undan ko'proqni tashkil etishi mumkin. 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparat tana vazniga 7,5 mg/kg o'rtacha sutkalik dozada tavsiya qilinadi, maksimal doza 1 g. 5 yoshdan 11 yoshgacha (tana vazni 20-37 kg) bo'lgan bolalarga 250 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi. 5 yoshgacha Klaritroning bolalar dozalari tavsiya qilingan.
Klaritro 125 mg/5 ml suspenziyasini tayyorlash:
60 ml Klaritro suspenziyasini olish uchun butilkadagi granulalar o'lchov stakanida 35 ml qaynatib sovutilgan suvda eritiladi. 15 ml suspenziya tayyorlash uchun 8,5 ml qaynatib sovutilgan suv olinadi.
Tayyor suspenziya xona haroratida 14 kungacha saqlanishi mumkin. Har bir ishlatish oldidan butilkadagi preparat yaxshilab chayqatiladi.
Klaritro 125 mg/5 ml suspenziyasini pediatriyada qo'llash uchun sutkalik dozasi tashkil qiladi:
Доза тана вазнига ҳисобланган
|
||
Тана вазни* (кг) |
Ўртача ёши
|
Тавсия этиладиган доза кунига 2 марта (мл) |
8-11 12-19 20-29 30-40 |
1-2 3-6 7-9 10-12 |
2,5 5,0 7,5 10,0 |
Klaritroni zidovudin bilan bir vaqtda qo'llash, zidovudinning so'rilishini pasaytiradi va uning qondagi maksimal kontsentratsiyasini pasayishiga olib keladi: preparatlarni qo'llash orasida 4 soatdan kam bo'lmagan interval qilish kerak. Klaritro bir vaqtda qo'llanganida varfarinning ta'sirini kuchaytiradi. Protrombin vaqtini nazorat qilish kerak.
Klaritro va terfenadinni bir vaqtda qo'llash qon zardobida terfenadinning nordon metaboliti kontsentratsiyasini 2-3 marta oshishiga olib keladi. Bu preparatlarni bir vaqtda qo'llashdan saqlanish kerak.
Klaritro digoksin bilan bir vaqtda qabul qilinganida qon zardobida digoksinning kontsentratsiyasini oshishi kuzatiladi, bunday hollarda digoksinning darajasini nazorat qilish kerak.
faol modda: 500 mg yoki 250 mg klaritromitsin;
yordamchi moddalar:
500 mg li tabletkalar: kolloidli kremniy dioksidi, mikrokristall sellyuloza, tozalangan talьk, natriy kroskarmellozasi (As-Di-Sol), makkajo'xori kraxmali, magniy stearati, polivinil pirrolidon K-30, izopropil spirti;
250 mg li tabletkalar: tozalangan talьk, natriy kroskarmellozasi (As-Di-Sol), makkajo'xori kraxmali, kolloidli kremniy dioksidi, magniy stearati, mikrokristall sellyuloza;
5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 38% klaritromitsin granulalari - 335,5 mg;
yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, titan dioksidi, neotam, yer tuti quruq kukuni, natriy karboksimetiltsellyulozasi, kolloidli kremniy dioksidi, tozalangan qand, natriy sitrati, natriy benzoati.
grammusbat aeroblar – Staphylococcus aureus, Streptococcus agalactiae (pyogenes, viridans, pneumoniae), Listeria monocytogenes, Corynebacterium spp.;
grammanfiy aeroblar - Haemophilus influenzae (parainfluenzae), Neisseria gonorrhoeae, Helicobacter pylori, Campylobacter jejuni, Legionella pneumophila, Moraxella catarrhalis, Bordetella pertussis;
mikobakteriyalar - Mycobacterium leprae, M. chelonae, M. fortuitum, M. cansasii, tarkibiga M. avium va M. Intracellulare kiruvchi Mycobacterium avium majmuasi;
boshqa mikroorganizmlar - Mycoplasma pneumoniae, Chlamydia pneumonhae, Chlamydia trachomatis, Ureaplasma urealyticum, Toxoplasma gondii, Borrelia burgdorferi, Gardnerella vaginalis.
(15 - 30ºS) xona haroratida, quruq va qorong'u joyda saqlansin.
Suspenziya tayyorlash uchun granulalar
30ºS dan past bo'lmagan haroratda, quruq va qorong'u joyda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin
Chiqarish shakllari