×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KLARITRO tabletkalari 500mg N10

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Pokiston
Faol modda:
Кларитромицин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- J01FA09
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 26 ta dorixonasida topildi

ico 46 300 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

L OPTIK ROMFARM ko'z tomchilari 5ml 0,5% S.C. Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
42 000 s`om dan
METRONIDAZOL inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml Ultra Laboratoires Pvt. Ltd. Hindiston
8 500 s`om dan
SEFTRIAKSON poroshok 1g N50 Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd Xitoy
3 900 s`om dan
SIPROFORD infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml N1 Oxford Laboratories Pvt. Ltd Hindiston
24 400 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Har bir 500 mg li yoki 250 mg li tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 500 mg yoki 250 mg klaritromitsin;
yordamchi moddalar:
500 mg li tabletkalar: kolloidli kremniy dioksidi, mikrokristall sellyuloza, tozalangan talьk, natriy kroskarmellozasi (As-Di-Sol), makkajo'xori kraxmali, magniy stearati, polivinil pirrolidon K-30, izopropil spirti;
250 mg li tabletkalar: tozalangan talьk, natriy kroskarmellozasi (As-Di-Sol), makkajo'xori kraxmali, kolloidli kremniy dioksidi, magniy stearati, mikrokristall sellyuloza;
5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 38% klaritromitsin granulalari - 335,5 mg;
yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, titan dioksidi, neotam, yer tuti quruq kukuni, natriy karboksimetiltsellyulozasi, kolloidli kremniy dioksidi, tozalangan qand, natriy sitrati, natriy benzoati.
Klaritro – makrolid guruhi antibiotigi bo'lib, eritromitsinni yarimsintetik hosilasidir. Eritromitsindan farqli ravishda katta biokiraolishlikka, kislotali muhitda chidamlilikka ega, to'qimalarda yaxshiroq kontsentratsiyalanadi, mikroblarga qarshi kengroq ta'siriga va yarim chiqarilish davrini davomiyliroqligiga ega. Klaritro eritromitsin kabi mikrob xujayrasi ribosomalarining 50S subbirligi bilan o'zaro ta'sir qilib mikrob xujayrasida oqsil sintezini susaytiradi. Preparat aerob va anaerob grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarning keng doirasiga nisbatan yuqori faollikni namoyon qiladi. Klaritro quyidagi mikroorganizmlarning ko'pchilik shtammlariga qarshi faol:
grammusbat aeroblar – Staphylococcus aureus, Streptococcus agalactiae (pyogenes, viridans, pneumoniae), Listeria monocytogenes, Corynebacterium spp.;
grammanfiy aeroblar - Haemophilus influenzae (parainfluenzae), Neisseria gonorrhoeae, Helicobacter pylori, Campylobacter jejuni, Legionella pneumophila, Moraxella catarrhalis, Bordetella pertussis;
mikobakteriyalar - Mycobacterium leprae, M. chelonae, M. fortuitum, M. cansasii, tarkibiga M. avium va M. Intracellulare kiruvchi Mycobacterium avium majmuasi;
boshqa mikroorganizmlar - Mycoplasma pneumoniae, Chlamydia pneumonhae, Chlamydia trachomatis, Ureaplasma urealyticum, Toxoplasma gondii, Borrelia burgdorferi, Gardnerella vaginalis.
Preparat og'iz orqali qabul qilinganidan keyin tez so'riladi, 2-3 soat davomida qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyaga yetadi. Biokiraolishligi 55% ni tashkil etadi. So'rilganidan keyin preparat organizmning biologik suyuqliklari va to'qimalariga yaxshi kiradi, u yerda qon plazmasidagi kontsentratsiyasiga qaraganda 10 marta yuqori kontsentratsiyaga yetadi. Gematoektsefalitik to'siq orqali o'tmaydi. Oqsillar bilan preparatning 65-75% bog'lanadi. Jigarda metabolizmga uchrab, asosiy metaboliti 14-gidroksiklaritromitsin hosil bo'ladi, u shunday yoki 1-2 marta kamroq mikroblarga qarshi faollikka ega.
Biroq nafas yo'llari va quloq, burun, tomoq a'zolarining infektsiyalarining asosiy qo'zg'atuvchilaridan biri - Haemophilus influenzae ga nisbatan 14-gidroksiklaritromitsin Klaritromitsinga qaraganda bir necha marta faolroqdir.
Yarim chiqarilish davri (T1/2): 250 mg qabul qilinganida – 3-4 soat, 500 mg – 5-7 soat (o'zgarmagan modda uchun 5,3 soat, faol metaboliti uchun 7,7 soat).
Organizmdan o'zgarmagan holda ham, faol metabolitlari holida ham deyarli teng qismlarda siydik va ahlat bilan chiqariladi. Jigar yetishmovchiligi yoki buyraklarning og'irligi o'rtacha darajadagi kasalliklari bo'lgan bemorlarda preparatning yarim chiqarilish davri oshadi.
Ko'ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og'riq, diareya, jigar transaminazalari faolligining tranzitor oshishi, teri toshmalari, bosh og'rig'i bo'lishi mumkin.
Jigar va/yoki buyraklarning funktsiyasi buzilgan bemorlar Klaritroni ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari lozim.
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam) preparatning dozasini 2 marta kamaytirish tavsiya etiladi. Bu guruh bemorlarida davolash kursining davomiyligi maksimal 14 kundan oshmasligi lozim.
Homiladorlikning birinchi uch oyligida preparat faqat mutloq ko'rsatilishlarga qarab buyuriladi.
Laktatsiya davrida preparatni qo'llash bo'yicha ma'lumotlar yo'q.
Laborotoriya testlarining ko'rsatgichlari bo'yicha kam hollarda qon transaminazalar faolligining oshishi, qonda mochevina azotining oshishi mumkin. Preparatni ovqat, sut bilan qo'shish, och qoringa qabul qilish mumkin.
Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsiyalarda: yuqori nafas yo'llarining infektsiyalari (tonzillit, faringit, o'tkir sinusit); quyi nafas yo'llarining infektsiyalari (pnevmoniya, bronxit); odontogen infektsiyalar; o'rta quloq otiti; teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari; siydik-jinsiy tizimining infektsiyalari; difteriya; ko'k yo'tal; oddiy xusnbuzar; o'tkirgastroenterokolit va Campylobacter jejuni chaqiragan tizimli infektsiyalar; me'da va o'nikki barmoq ichak yarasi va surunkali gastrit (Helicobacter pylori bilan qo'shilgan) boshqa preparatlar bilan majmuada; Layma kasalligi; VICh/SPID bemorlaridagi opportunistik infektsiyalar; Klaritroga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan boshqa infektsiyalar, revmatizmni oldini olishda qo'llanadi.
Klaritro preparatini makrolid antibiotiklariga yuqori sezuvchanligi bo'lgan bemorlarda qo'llash mumkin emas.
Klaritro teofillin, karbamazepin, astemizol, qora mug' alkaloidlari, triazolam, midazalam, siklosporin bilan bir vaqtda qo'llanganida ularni qon zardobidagi miqdorining oshishi kuzatiladi. Klaritro rifabutin, rifampitsin bilan bir vaqtda qo'llanganida Klaritroning qon zardobidagi kontsentratsiyasi kamayadi.
Klaritroni zidovudin bilan bir vaqtda qo'llash, zidovudinning so'rilishini pasaytiradi va uning qondagi maksimal kontsentratsiyasini pasayishiga olib keladi: preparatlarni qo'llash orasida 4 soatdan kam bo'lmagan interval qilish kerak. Klaritro bir vaqtda qo'llanganida varfarinning ta'sirini kuchaytiradi. Protrombin vaqtini nazorat qilish kerak.
Klaritro va terfenadinni bir vaqtda qo'llash qon zardobida terfenadinning nordon metaboliti kontsentratsiyasini 2-3 marta oshishiga olib keladi. Bu preparatlarni bir vaqtda qo'llashdan saqlanish kerak.
Klaritro digoksin bilan bir vaqtda qabul qilinganida qon zardobida digoksinning kontsentratsiyasini oshishi kuzatiladi, bunday hollarda digoksinning darajasini nazorat qilish kerak.
250 mg yoki 500 mg li tabletkalar
(15 - 30ºS) xona haroratida, quruq va qorong'u joyda saqlansin.
Suspenziya tayyorlash uchun granulalar
30ºS dan past bo'lmagan haroratda, quruq va qorong'u joyda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin

Kattalar va 12 yoshdan oshgan (tana vazni 40 kg dan yuqori) bolalarga Klaritro ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar 500 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi. Davolash kursining davomiyligi - 7-14 kun. Streptokokkli infektsiyalarda davolash muddati 10 kundan, xlamidiyali infektsiyalarda - 14 kundan kam bo'lmasligi lozim. Kattalar uchun maksimal sutkalik doza - 2 g. Mycobacterium avium chaqirgan infektsiyalarni davolash uchun bir sutkada 1 g dan 2 marta buyuriladi. Davolashning muddati 6 oy va undan ko'proqni tashkil etishi mumkin. 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparat tana vazniga 7,5 mg/kg o'rtacha sutkalik dozada tavsiya qilinadi, maksimal doza 1 g. 5 yoshdan 11 yoshgacha (tana vazni 20-37 kg) bo'lgan bolalarga 250 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi. 5 yoshgacha Klaritroning bolalar dozalari tavsiya qilingan.

Klaritro 125 mg/5 ml suspenziyasini tayyorlash:

60 ml Klaritro suspenziyasini olish uchun butilkadagi granulalar o'lchov stakanida 35 ml qaynatib sovutilgan suvda eritiladi. 15 ml suspenziya tayyorlash uchun 8,5 ml qaynatib sovutilgan suv olinadi.

Tayyor suspenziya xona haroratida 14 kungacha saqlanishi mumkin. Har bir ishlatish oldidan butilkadagi preparat yaxshilab chayqatiladi.

Klaritro 125 mg/5 ml suspenziyasini pediatriyada qo'llash uchun sutkalik dozasi tashkil qiladi:


Доза тана вазнига ҳисобланган


Тана вазни* (кг)

Ўртача ёши


Тавсия этиладиган доза кунига 2 марта (мл)

8-11

12-19

20-29

30-40

1-2

3-6

7-9

10-12

2,5

5,0

7,5

10,0


Simptomlari: doza oshirib yuborilganida ko'ngil aynishi, qusish, diareya paydo bo'lishi mumkin. Davolash: tez me'dani yuvish va simptomatik davolashni buyurish lozim.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KLARITRO tabletkalari 500mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KLARITRO tabletkalari 500mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KLARITRO tabletkalari 500mg N10 dori vositasi Nabiqasim Industries Ltd tomonidan Pokiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KLARITRO tabletkalari 500mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KLARITRO tabletkalari 500mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ORADRO tabletkalari 500mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
ORADRO tabletkalari 250mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
SIKLAR tabletkalari 250mg N7
EKOZITRIN tabletkalari 500mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС АО
EKOZITRIN tabletkalari 250mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС АО
FROMILID UNO 0,5 tabletkalari 0,5g N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
FROMILID UNO tabletkalari 0,5g N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
FROMILID 0,25 tabletkalari 0,25g N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
FROMILID UNO 0,5 tabletkalari 0,5g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
KLASID granuli 100ml 0,125/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ЭббВи С.р.Л., C.P
KLASID SR 0,5 tabletkalari N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ЭббВи С.р.Л., C.P
Другие формы препарата
KLARITRO granuli 60ml 125mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (PVT) Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9