Kovidafavir ko'rsatmalar
Og'ir darajasidagi jigar yetishmovchiligi (Сhayld-P'yu tasnifi bo'yicha S sinf).
Og'ir va terminal darajasidagi buyrak yetishmovchiligi (KFT<30 ml/min).
Homiladorlik yoki homiladorlikni rejalashtirish.
Emizish davri.
18 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkimn emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Anamnezida podagra va giperurikemiya bo'lgan patsientlarda (qonda siydik kislotasi darajasining oshishi va simptomlarning kuchayishi mumkin), keksa patsientlarda, yengil va o'rta darajasidagi jigar yetishmovchiligi (Сhayld-P'yu tasnifi bo'yicha A va V sinf ), o'rta darajasidagi buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda (KFT <60 ml/min va ≥30 ml/min).
Favipiravir me'da-ichak yo'llarida oson so'riladi. Maksimal konsentratsiyaga erishish vaqti (Tmax) 1.5 soat.
Taqsimlanishi
Plazma oqsillariga bog'lanishi taxminan 54% ni tashkil qiladi.
Metabolizmi
Favipiravir asosan aldegidoksidaza bilan metabolizmga uchraydi va qisman ksantinoksidazaning gidroksillangan shakligacha metabolizmga uchraydi. RTF favipiravir hujayralarda almashinadi. Inson plazmasida va siydakda gidroksilatdan tashqari boshqa metabolitlardan, glyukuronat konyugati ham qayd qilingan.
Сhiqarilishi
Favipiravir asosan gidroksilatning faol metaboliti ko'rinishida buyraklar tomonidan, kichik miqdori o'zgarmagan ko'rinishda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 5 soat.
Jigar funktsiyasi buzilgan patsientlar
Engil va o'rta og'irlik darajasidagi jigar yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda favipiravirni qabul qilganda (Сhayld-P'yu tasnifi bo'yicha A va V sinf), Smax i AUC sog'lom ko'ngillilarga nisbatan muvofiq 1.5 marta va 1.8 martaga oshdi. Og'ir darajadagi jigar yetishmovchiligi (Сhayld-P'yu tasnifi bo'yicha C sinf) bo'lgan patsientlar uchun Smax i AUC muvofiq 2,1 marta va 6,3 martani tashkil qildi.
Buyrak funktsiyasi buzilgan patsientlar
O'rta og'irlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda KFT <60 ml/min va ≥30 ml/min) favipiravirning qoldiq kontsentratsiyasi (Ctrough) buyrak funksiyasi buzilmagan patsientlarga nisbatan 1,5 marta oshgan. Preparat og'ir va terminal og'irlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda o'rganilmagan (KFT <30 ml/min).
Kovidafavir preparatini qabul qilishdan oldin patsientga preparatning samaradorligi va uni ishlatish bilan bog'liq xavflar (shuningdek, embrion va homilaga ta'sir qilish xavfi) haqida yozma ma'lumot berishi va preparatni qo'llash uchun yozma rozilik olish kerak.
Favipiravirning hayvonlardagi tadqiqotlari embrion o'limini va teratogenligini ko'rsatganligi sababli, Kovidafavir preparati homilador va homiladorlikka gumon qilingan ayollarga buyurilmasligi kerak.
1) Tug'ruq yoshidagi ayollarda Kovidafavir preparatini tavsiya etishda(shu jumladan, 2 yildan kam postmenopauzal davrdagi ayollar) davolash boshlashdan oldin homiladorlik testini manfiy natijasini tasdiqlash zarur. Tug'a oluvchi ayollarga xavflarni to'liq tushuntirish va preparatni qo'llash paytida va uning tugagandan so'ng 1 oy ichida (spermitsid bilan prezervativ) juftlari bilan kontratseptsiyaning eng samarali usullaridan foydalanish kerakligin yaxshilab tushuntirilishi kerak. Homiladorlikka gumon qilinganda, darhol preparatni ichishni to'xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
2) Kovidafavir preparati odam organizmida tarqalganda spermaga kiradi. Preparatni erkak patsientlarga buyurganda, xavflarni to'liq tushuntirish va preparatni qo'llash paytida va tugagandan 3 oydan keyin (spermitsid bilan prezervativ) jinsiy aloqa uchun eng samarali kontratseptsiya usullaridan foydalanishni kerakligini tushuntirish kerak. Qo'shimcha tarzda, erkak patsientlarga homilador ayollar bilan jinsiy aloqa qilmaslik haqida ko'rsatma berish kerak.
3) Kovidafavir preparati odam organizmida tarqalganda ona sutiga o'tadi. Preparatni emizikli ayollarga buyurganda, xavf-xatarlar to'liq tushuntirilishi va preparatni qabul qilishda va qabul tugagandan keyin 7 kun davomida emizishni to'xtatish haqida diqqat bilan ko'rsatma berilishi kerak.
Transport vositalarini haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatish
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Kavidafavir preparati homiladorlikda va ayollar va erkaklarda homiladorlikni rejalashtirish paytida tavsiya etilmaydi. Tug'ruq yoshidagi ayollarda Kovidafavir preparatini tavsiya etishda(shu jumladan, 2 yildan kam postmenopauzal davrdagi ayollar) davolash boshlashdan oldin homiladorlik testini manfiy natijasini tasdiqlash zarur. Preparatni qabul qilish tugaganidan keyin homiladorlik testini qayta o'tkazish kerak.
Preparatni qabul qilish paytida va tugagandan keyin samarali kontratseptiv (spermitsid bilan prezervativ) usullarini qo'llash kerak: ayollar 1 oy davomida va erkaklar 3 oy davomida.
Kovidafavir preparatini buyurishda emizikli ayollar preparatni qabul qilish paytida va tugagandan keyin 7 kun davomida emizishni to'xtatishlari kerak, chunki favipiravirning asosiy metaboliti ona sutiga kiradi.
Yangi koronavirus infektsiyasi (COvID -19)
Kovidafavir preparati patsientning tana vazniga qarab, standart sxema bo'yicha kattalar uchun buyuriladi:
Tana massasi 75 kg dan kam bo'lgan patsientlar uchun: 1600 mg dan kuniga 2 marta 1 – kun va keyin 600 mg dan kuniga 2 marta 2-10 kunlarda .
Tana massasi 75 kg yoki undan ortiq og'irlikdagi patsientlar uchun: 1800 mg dan kuniga 2 marta 1- kun va keyin 800 mg dan kuniga 2 marta 2-10 kunlarda.
Davolashning umumiy davomiyligi 10 kunni tashkil qiladi yoki virus bartaraf etilgani tasdiqlangunga qadar, agar erta sodir bo'lsa (kamida 24 soat oraliq bilan olingan PTsR-tekshiruvining ikki ketma-ket salbiy natijalari).
Salbiy reaktsiyalar tez-tezligini baholash JSST tasnifiga asoslanadi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam hollarda (≥1/10000, <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlardan tez-tezligini aniqlash mumkin emas).
Jadval 1. Nojo'ya reaktsiyalar
A'zolar tizimlar bo'yicha tasnif |
Nojo'ya reaktsiyalar |
Qon va limva tizimi tomonidan buzilishlar |
Tez-tez: neytropeniya, leykopeniya |
Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar |
Tez-tez: giperurikemiya, gipertriglitseridemiya |
Immun tizimi tomonidan buzilishlar |
Tez-tez emas: toshma |
Nafas tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan buzilishlar |
|
Me'da-ichak yo'li tomonidan buzilishlar |
Tez-tez: diareya |
Jigar va o't yo'llari tomonidan buzilishlar |
Tez-tez: ALT faolligini ortishi, AST faolligini ortishi, gamma-glutamiltransferaza (GGT) faolligini ortishi |
Boshqalar |
|
Jadval 2. Dorilar bilan o'zaro ta'siri
Dori vositalar |
Belgilari, simptomlari va davolash |
Ta'sir mexanizmi va xavf omili |
Pirazinamid |
Giperurikemiya |
Buyrak kanalchalarida siydik kislota reabsorbtsiyasini qo'shimcha oshiradi. |
Repaglinid |
Qonda repaglinid kontsentratsiyasini oshirish mumkin, repaglinidga nisbatan nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi ehtimoli bor. |
CYP2C8 ingibitsiya qilinish qonda repaglinid kontsentratsiyasini oshirishga olib keladi. |
Teofillin |
Qonda favipravir kontsentratsiyasini oshirish mumkin, favipravirga nisbatan nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi ehtimoli bor. |
Ksantinoksidaza bilan o'zaro ta'sir qonda favipravir kontsentratsiyasini oshirishiga olib kelishi mumkin |
Famtsiklovir, sulindak |
Ushbu dori preparatlarning samaradorligi pasayishi mummkin. |
Al'degioksidazaning favipiravir bilan ingibitsiya qilinishi ushbu preparatlarni faol shakillarini qondagi kontsentratsiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin. |
Faol modda: Favipiravir - 200.0 mg;
Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall tsellyuloza, povidon K-30, natriy kroskarmellozasi, magniy stearati.
Qobiqning tarkibi: makrogol, gipromeloza, titan oksidi, tropeolin OO.
Сhiqarilish shakli
10 tabletkadan kontur uyali o'ramda. Qutida 4 kontur uyali o'ramda qo'llanilishiga doir yo'riqnomaroqlilshk bilan birga.
Favipiravir A va V gripp viruslarining laboratoriya shtammlariga qarshi virusga qarshi faollikka ega (yarim maksimal samarali kontsentratsiyasi (EC50) 0.014-0.55 mkg/ml).
Adamantanga (amantadin va rimantadin), oseltamivir yoki zanamivirlarga chidamli A va V gripp viruslari shtammlari uchun YeC50 muvofiq ravishda 0.03-0.94 mkg/ml va 0.09-0.83 mkg/ml ni tashkil etadi. A tipidagi cho'chqa grippi va A tipidagi parranda grippi kabi A gripp virusi shtammlari (shu jumladan adamantan, oseltamivir va zanamivirga chidamli shtammlari), shu jumladan yuqori patogen shtammlari uchun, (shu jumladan, H5N1 va H7N9), YeC50 0.06-3.53 mcg/ml ni tashkil qiladi.
Adamantan, oseltamivir va zanamivirlarga chidamli A va V gripp viruslarining shtammlari uchun YeS50 0.09-0.47 mkg/ml ni tashkil qiladi; teskari chidamlilik kuzatilmaydi.
Favipiravir yangi koronavirus infektsiyasini (COvID-19) chaqiruvchi SARS-Cov-2 virusini ingibirlaydi. vero Ye6 hujayralaridagi YeC50 61.88 mkmol' tashkil qilib, 9.72 mkg/ml ga to'g'ri keladi.
Ta'sir mexanizmi
Favipiravir hujayralarda riboziltrifosfat favipiravirgacha (RTF favipiravir) metabolizmga uchraydi va gripp virusi replikatsiyasida ishtirok etuvchi RNK-qaram RNK polimerazani tanlab ingibirlaydi. RTF favipiravir (1000 mmol / l) inson α DNK siga ingibirlovchi ta'sirin ko'rsatmadi, lekin β ga 9.1 dan 13.5% gacha oraliqda va inson γ DNK siga 11.7 dan 41.2% oraliqda ingibitorlovchi ta'sirini ko'rsatdi. RTF favipiravirning inson II RNK polimeraza uchun ingibitsiya qiluvchi konsentratsiyasi (IC50) 905 mkmol'/l ni tashkil etdi.
Сhidamlilik
Favipiravir ishtirokida 30 qayta ekishdan keyin A tipidagi gripp viruslarining favipiravirga ta'sirchanligida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi,a shuningdek, chidamli shtammlar kuzatilmadi. Keltirilgan klinik tadqiqotlarda favipiravirga chidamli gripp viruslari aniqlanmagan.
3 yil.
Yaroqlilik muddati tugaganidan keyin foydalanilmasin.
Saqlash shartlari
Quruq, yorug'likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda, 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.