Libeksinning aptekalardagi narxlari
LIBEKSIN tabletkalari 100mg N20
|
|
21 ta dorixonada bor
|
68 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
102 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
98 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Libeksin ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
LIBEKSIN®
LIBEXIN®
Preparatning savdo nomi: Libeksin® (Libexin®)
Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): prenoksodiazin/prenoxdiazin
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Ta‘sir etuvchi modda: prenoksodiazin gidroxloridi – 100 mg.
Yordamchi moddalar: gliserol (gliserin), magniy stearati, talk, povidon, makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati.
Ta‘rifi: dumaloq, yassi, oq yoki deyarli oq rangli, ikki tomoni faskali tabletkalar. Tabletkalarning bir tomonida «LIBEXIN» gravirovkasi, boshqa tomonida esa -tabletkani to‘rt bo‘lakka ajratuvchi riska bor.
Farmakoterapevtik guruhi: periferik ta‘sirga ega yo‘talga qarshi vosita.
ATX kodi: R05DB18.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Prenoksdiazin periferik ta‘sirga ega yo‘talga qarshi dori vositasi hisoblanadi. Preparat quyidagi keltirilgan samaralar hisobiga yo‘tal refleksining periferik bo‘g‘inlarini bloklaydi:
– nafas yo‘llaridagi periferik sezuvchan (yo‘tal) reseptorlarining qo‘zg‘aluvchanligini kamaytirish qobiliyatiga ega mahalliy anesteziyalovchi ta‘siri;
– bronxlarni kengaytiruvchi ta‘siri oqibatidagi yo‘tal refleksida ishtirok etuvchi kengayish reseptorlarining bostirilishi;
– nafas markazi faolligining biroz susayishi (nafasni susayishisiz).
Preparatning yo‘talga qarshi samarasi kodeinning ta‘siriga deyarli teng. Prenoksdiazin ko‘nikish va dori vositasiga qaramlik chaqirmaydi.
Surunkali bronxitda prenoksdiazinning yallig‘lanishga qarshi ta‘siri aniqlangan. Prenoksdiazin markaziy nerv tizimiga ta‘sir ko‘rsatmaydi, bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha anksiolitik ta‘siri bundan mustasno.
Farmakokinetikasi
Prenoksdiazin me‘da-ichak yo‘llaridan tez va ahamiyatli darajada so‘riladi.
Prenoksdiazinning plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga preparat qabul qilinganidan 30 minutdan keyin erishiladi, uning terapevtik konsentrasiyasi 6-8 soat davomida saqlanib turadi.
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 55-59% ni tashkil qiladi.
Yarim chiqarilish davri 2,6 soatni tashkil qiladi.
Qabul qilingan dozaning asosiy qismi jigarda metabolizmga uchraydi, preparatning qabul qilingan dozasining faqat taxminan 1/3 qismigina o‘zgarmagan holda, qolgan qismi esa – metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi (prenoksdiazinning 4 ta metaboliti aniqlangan).
Prenoksdiazin metabolizmining dastlabki 12 soatida va uning metabolitlarining biliar ekskresiyasi muhim rol o‘ynaydi. Qabul qilingandan 24 soatdan keyin preparatning 93% chiqariladi. Ichga qabul qilingandan keyin 72 soatda qabul qilingan dozaning 50-74% ahlat bilan va 26-50% – siydik bilan birga chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Kelib chiqishi turlicha bo‘lgan quruq yo‘talda (yuqori nafas yo‘llarining katarida, grippda, o‘tkir va surunkali bronxitlarda, pnevmoniyada, emfizemada, yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlardagi tungi yo‘talda; pasientlarni bronxoskopiya va bronxografiya tekshirishlariga tayyorlashda) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar uchun o‘rtacha dozasi 100 mg dan kuniga 3-4 marta (1 tabletkadan kuniga 3-4 marta) ni tashkil qiladi. Yanada murakkab holatlarda dozani kuniga 200 mg dan 3-4 martagacha yoki 300 mg dan 3 martagacha (2 tabletkadan kuniga 3-4 marta yoki 3 tabletkadan kuniga 3 marta) oshirish mumkin.
Bolalar uchun o‘rtacha doza bolaning tana vazni va yoshiga qarab belgilanadi, odatda kuniga 25-50 mg dan 3 yoki 4 marta (1/4-1/2 tabletkadan kuniga 3-4 marta).
Bolalar uchun maksimal bir martalik doza – 50 mg (1/2 tabletka), kattalar uchun – 300 mg (3 tabletka). Bolalar uchun maksimal sutkalik doza – 200 mg (2 tabletka), kattalar uchun – 900 mg (9 tabletka).
Bronxoskopiyaga tayyorlashda muolajani boshlashdan 1 soat oldin tana vazniga 0,9-3,8 mg/kg dozani 0,5-1 mg atropin bilan birga qo‘llanadi.
Tabletkalar chaynalmasdan yutiladi (og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining anesteziyasidan saqlanish uchun).
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar
Kam: teri toshmasi, angionevrotik shish.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan:
Kam: og‘iz va tomoqni qurishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining anesteziyasi (vaqtinchalik uvishishi va sezuvchanlikni yo‘qolishi).
10% dan kam: me‘dada og‘riq, qabziyatga moyillik, ko‘ngil aynishi.
Nerv tizimi tomonidan (preparatni yuqori dozalarda qo‘llanganda): yengil sedativ samara, toliqish.
Shuni ta‘kidlash lozimki, sedativ samara ham, toliqish ham preparatning terapevtik dozasidan yuqori dozalarda qo‘llanganda namoyon bo‘lishi mumkin, va bu simptomlar preparatni qabul qilishni to‘xtatilgandan keyin bir necha soat davomida o‘z-o‘zidan to‘xtaydi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik. Ko‘p miqdorda bronxial sekresiya bilan kechadigan kasalliklar. Ingalyasion narkozdan keyingi holatlar. Galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiya sindromida qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan: bolalarda.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Preparatni mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi vositalar bilan birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki u mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi vositalar ta‘sirida suyultirilgan balg‘amni chiqarilishini qiyinlashtirishi mumkin.
Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri to‘g‘risida klinika oldi ham, klinik ma‘lumotlar ham yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat laktazani o‘zlashtiraolmaydigan bemorlarda me‘da-ichak yo‘llari tomonidan shikoyatlarni chaqirishi mumkin, chunki tabletkalar tarkibida laktoza saqlaydi (har bir tabletka 0,38 mg laktoza saqlaydi).
Homiladorlik va emizish
Libeksin®ni homiladorlik va emizish davrida faqat agar ona uchun potensial foyda homila va bola uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.
Avtotransportni boshqarish va yuqori xavf bilan bog‘liq ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘siri
Preparatni yuqori dozalarda qabul qilish reaksiyalar tezligini sekinlashtirishi mumkin, shuning uchun preparatni yuqori dozalarda qabul qilinganda avtomobilni boshqarish yoki yuqori xavf bilan bog‘liq faoliyatlar bilan shug‘ullanish to‘g‘risidagi masala shaxsiy ravishda hal qilinishi kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Inson uchun dozani oshirib yuborilishi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q. Terapevtik dozadan yuqori dozani qabul qilgan hollarda preparatning sedativ samarasi va holsizlik kuchayishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar, 100 mg.
20 tabletkadan polivinilxlorid plyonkali va alyumin folgali blisterda.
1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari