LINZONID ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
LINZONID
LINZONID
Preparatning savdo nomi: Linzonid
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): linezolid
Dori shakli: infuziya uchun eritma
Tarkibi:
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 200 mg linezolid USP (100% moddaga qayta hisoblaganda);
yordamchi moddadar: suvsiz dekstroza USP; in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: tiniq rangsiz yoki biroz sarg‘ish suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: tizimli qo‘llash uchun antibakterial vositalar.
ATX kodi: J01X X08.
Farmakologik xususiyatlari
Linezolid mikroblarga qarshi preparatlarning yangi guruhi – oksazolidinlarga kiruvchi sintetik antibakterial vosita hisoblanadi. In vitro sharoitda aerob grammusbat, ayrim grammanfiy bakteriyalarga va anaerob mikroorganizmlarga qarshi faol.
Linezolid bakterial xujayralarda unikal ta‘sir mexanizmi bilan oqsillar sintezini selektiv ingibirlaydi. Xususan, u bakterial ribosomadagi soha bilan (23S subbirlik 50S bilan) bog‘lanadi va funksional 70S inisiyalovchi kompleksni hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, u translyasiya jarayonining muhim komponenti bo‘lib hisoblanadi.
Linezolidga quyidagi mikroorganizmlar sezgir: grammusbat aeroblar, Enterococus faecalis, Enterococus faecium*, Staphylococcus aureus*; koagulozamanfiy stafilokokklar Streptococcus agalactiae*, Streptococcus pneumoniae*, Streptococcus pyogenes*, S guruhi streptokokklari, G guruhi streptokokklari, Clostridum petfringens, Peptostreptococcus anaerobius, Peptostreptococcus spp.
Rezistent mikroorganizmlar: Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis, Neisseria species Enterobacteriaeae, Pseudomonas spp.
Farmakokinetikasi
(S)-linezolid biologik faol va organizmda nofaol hosilalarining hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Linezolidning suvdagi eruvchanligi taxminan 3 mg/ml ni tashkil qiladi va 3-9 diapazonda rN ga bog‘liq. Qon plazmasidagi linezolidning maksimal (Smax) va minimal (Cmin) konsentrasiyasi (o‘rtacha qiymati va [standart og‘ish]) preparat vena ichiga sutkada ikki marta 600 mg dozada yuborilganidan keyin muvofiq 15,1 (2,5) ml/l va 3,68 (2,68) mg/l ni tashkil qiladi.
Organizmda taqsimlanishi
Sog‘lom ko‘ngillilarda muvozanat holatida taqsimlanish hajmi o‘rtacha 40-50 litrni tashkil qiladi, bu organizmdagi suvning umumiy miqdoriga to‘g‘ri keladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanish darajasi taxminan 31% va preparatning qon plazmasidagi konsentrasiyasiga bog‘liq emas.
Ko‘ngillilardagi preparatni kursli ravishda qo‘llash bo‘yicha tekshirishlarda linezolidning konsentrasiyasi cheklangan miqdordagi shaxslarda organizmning turli suyuqliklarida aniqlangan. Linezolidning so‘lak va terdagi konsentrasiyasini qon plazmasidagi konsentrasiyasiga nisbati muvofiq 1,2:1 va 0,55:1 ni tashkil qilgan. Bronxoalveolyar lavaj suyuqligidagi va o‘pkaning alveolyar xujayralaridagi konsentrasiyasining qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga nisbati muvozanat holatida muvofiq 4,5:1 va 0,15:1 ni tashkil qilgan.
Ventrikuloperitoneal shuntlari bo‘lgan bolalarda olingan farmakokinetik ma‘lumotlar, preparat bir marta va ko‘p marta yuborilganidan keyin orqa miya suyuqligidagi linezolidning konsentrasiyasini o‘zgaruvchanligidan dalolat beradi; orqa miya suyuqligidagi preparatning barqaror terapevtik konsentrasiyasiga erishilmagan va tutib turilmagan. Shuning uchun markaziy nerv tizimining infeksiyalari bo‘lgan bolalarda linezolidni emperik mikroblarga qarshi davolash uchun qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Metabolizmi
Linezolid asosan morfolin xalqasini oksidlanishi yo‘li bilan metabolizmga uchraydi va ochilgan xalqali karboksil kislotasining ikki nofaol hosilalarini hosil qiladi: aminoetoksisirka kislotasi (PNU-142300) metaboliti va gidroksietil glisin (PNU-142586) metaboliti. Gidroksietil glisin (PNU-142586) metaboliti odamda predominant hisoblanadi, u ehtimol, nofermentativ jarayoni orqali hosil bo‘ladi. Aminoetilsirka kislotasi (PNU-142300) metaboliti kamroq miqdorda aniqlanadi. Shuningdek boshqa «kichik» nofaol metabolitlari identifikasiyalangan.
Chiqarilishi
Buyrak faoliyati normal bo‘lgan yoki ahamiyatsiz yoki o‘rtacha ifodalangan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda linezolid muvozanat holatida asosan siydik bilan PNU-142586 metaboliti (40%), o‘zgarmagan holda (30%) va PNU-142300 metaboliti ko‘rinishida (10%) chiqariladi. O‘zgarmagan holda axlatda preparat deyarli aniqlanmaydi, har bir asosiy metabolitlaridan, PNU-142586 va PNU-142300 bir qismi muvofiq 6% va 3% ni tashkil qiladi. Linezolidning yarim chiqarilish davri o‘rtacha 5-7 soatni tashkil qiladi. Buyrakdan tashqari klirensi linezolidning umumiy klirensini taxminan 65% ni tashkil qiladi. Linezolidning dozasi oshirilganida klirensining notekisligini ahamiyatsiz darajasi kuzatiladi. Ochig‘i, bu linezolidning yuqori konsentrasiyalaridagi buyrak va buyrakdan tashqari kuchliroq klirensining oqibatidir. Lekin klirensidagi farq ahamiyatsiz va yarim chiqarilish davrida bevosita aks etmaydi.
Alohida guruh pasientlaridagi farmakokinetikasi
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar: 600 mg doza bir marta yuborilganidan keyin og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <30 ml/min) bo‘lgan pasientlarda qon plazmasida linezolidning ikki asosiy metabolitlarining tizimli ekspozisiyasini 7-8 marta oshishi kuzatilgan. Lekin dastlabki birikma uchun AUC ko‘rsatkichi bo‘yicha ekspozisiyasining qiymati o‘zgarmasdan qoladi. Gemodializ o‘tkazilganida linezolidning asosiy metabolitlarining ozgina miqdori organizmdan chiqarilishiga qaramasdan, bir marta 600 mg doza yuborilganidan keyin qon plazmasidagi metabolitlarining darajasi, buyrak faoliyati normal bo‘lgan yoki ahamiyatsiz yoki o‘rtacha ifodalangan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga nisbatan gemodializ muolajasidan keyin yuqori bo‘lgan.
Yaqqol buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan, 21 muntazam gemodializda bo‘lgan 24 pasientda, qon plazmasidagi ikki asosiy metabolitlarining maksimal konsentrasiyasi preparat qabul qilinganidan so‘ng bir necha kun o‘tgach, buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlarda kuzatiladigan konsentrasiyalardan taxminan 10 marta yuqori bo‘lgan. Qon plazmasidagi linezolidning maksimal darajalari buzilmagan. Bu kuzatishlarning klinik ahamiyati aniqlanmagan, chunki bugungi kunga kelib faqat cheklangan ma‘lumotlar bor.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar: cheklangan ma‘lumotlar linezolidi, PNU-142300 va PNU-142586 ning farmakokinetikasi ahamiyatsiz yoki o‘rtacha ifodalangan jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha A yoki V sinfi) bo‘lgan pasientlarda buzilmasligini ko‘rsatadi. Og‘ir jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha S sinfi) bo‘lgan pasientlarda linezolidning farmakokinetik parametrlari o‘rganilmagan. Linezolid nofermentativ yo‘li bilan metabolizmga uchrashi tufayli, jigar faoliyatini yetishmovchiligi uning metabolizmiga ahamiyatli ta‘sir qilishi kutilmaydi.
Keksa yoshli pasientlar: 65 yoshdan oshgan shaxslarda linezolidning farmakokinetikasi ahamiyatli o‘zgarmaydi.
Ayollar: ayollar uchun erkaklarga qaraganda, pastroq taqsimlanish hajmi xarakterli, o‘rtacha klirensi esa (tana vazni bo‘yicha to‘g‘rilangan) taxminan 20% ga pasaygan. Qon plazmasidagi konsentrasiyasi ayollarda yuqori, buni qisman tana vaznidagi farq bilan tushuntirish mumkin. Erkaklar va ayollarda yarim chiqarilish davrining o‘rtacha qiymati ahamiyatli farq qilmasligi tufayli, ayollarning qon plazmasidagi konsentrasiyasi yaxshi o‘zlashtiriladiganidan ahamiyatli oshgan bo‘lishi kutilmaydi. Shuning uchun dozani to‘g‘rilashga ehtiyoj yo‘q.
Qo‘llanilishi
Anaerob yoki aerob grammusbat mikroorganizmlarning sezgir shtammlari chaqirgan infeksiyalarni, shu jumladan bakteriemiya bilan birga kechuvchi quyidagi infeksiyalarni davolashda qo‘llanadi:
- nozokomikal (gospital) pnevmoniya;
- kasalxonadan tashqari pnevmoniya;
- teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari;
- enterokokklar, shu jumladan vankomisinga chidamli Enterocjccus faecium va faecalis shtammlari chaqirgan infeksiyalari.
Agar infeksiyaning qo‘zg‘atuvchilari grammanfiy mikroorganizmlarni o‘z ichiga oladigan bo‘lsa, klinik majmuaviy davolashni buyurish ko‘rsatilgan.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni qo‘llashdan oldin linezolidga sezuvchanlikni aniqlash uchun teri sinamasini o‘tkazish kerak. Linzonid vena ichiga sutkada 2 marta buyuriladi. Infuziya uchun eritmani 30-120 minut davomida yuborish kerak.
Linzonidni vena ichiga infuziya ko‘rinishida buyurish bilan davolashni boshlagan pasientlar, linezolidni og‘iz orqali qo‘llanadigan shakli bilan davolashga o‘tkazilishi mumkin. Bunday hollarda dozani tanlash talab qilinmaydi, chunki ichga qabul qilinganida linezolidning biokiraolishligi deyarli 100% ni tashkil qiladi.
Kattalar va 12 yoshdan boshlab bolalar uchun tavsiya etilgan dozalar
Ko‘rsatmalar |
Doza va qo‘llash usuli | Tavsiya etilgan davolash davomiyligi (ketma-ket sutkalar soni) |
Nozokomial pnevmoniya (shu jumladan bakteriemiya bilan kechuvchi shakllari) |
600 mg har 12 soatda |
10-14 |
Kasalxonadan tashqari pnevmoniya (shu jumladan bakteriemiya bilan kechuvchi shakllari) | ||
Teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (shu jumladan bakteriemiya bilan kechuvchi shakllari) | ||
Enterokokkli infeksiyalar (shu jumladan vankomisinga chidamli shtammlari va bakteriemiya bilan kechuvchi shakllari) |
600 mg vena ichiga har 12 soatda |
14-28 |
Bolalar uchun (tug‘ilgandan boshlab* 11 yoshgacha) tavsiya etilgan dozalar
Ko‘rsatmalar | Doza va qo‘llash usuli | Tavsiya etilgan davolash davomiyligi (ketma-ket sutkalar soni) |
Nozokomial pnevmoniya (shu jumladan bakteriemiya bilan kechuvchi shakllari) |
10 mg/kg vena ichiga har 8 soatda |
10-14 |
Kasalxonadan tashqari pnevmoniya (shu jumladan bakteriemiya bilan kechuvchi shakllari) | ||
Teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (shu jumladan bakteriemiya bilan kechuvchi shakllari) | ||
Enterokokkli infeksiyalar (shu jumladan vankomisinga chidamli shtammlari va bakteriemiya bilan kechuvchi shakllari) |
10 mg/kg vena ichiga har 12 soatda |
14-28 |
* 7 kunlikkacha bo‘lgan chala tug‘ilgan chaqaloqlarda (gestasion yosh – 34 haftadan kamroq) muddatida tug‘ilgan chaqaloqlar va katta bolalardagiga qaraganda linezolidning tizimli klirensi pastroq va AUC qiymatining ko‘rsatkichlari esa kattaroq.
Hayotining 7-nchi kunidan boshlab linezolidning klirensini qiymati va AUC ko‘rsatkichlari chala tug‘ilgan chaqaloqlarda muddatida tug‘ilgan chaqaloqlarda va katta bolalardagi qiymatlarga o‘xshashdir.
Davolash davomiyligi qo‘zg‘atuvchi, infeksiyani joylashishi va og‘irligi, shuningdek klinik samaraga bog‘liq.
Qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar
Vena ichiga infuziya 30-120 minut davomida amalga oshiriladi.
Infuziyalar uchun mutanosib eritmalar: in‘eksiya uchun 5% li glyukoza (dekstroza) eritmasi, in‘eksiya uchun 0,9% li natriy xloridi eritmasi, in‘eksiya uchun Ringer laktat eritmasi.
Keksa yoshli pasientlarda qo‘llanishi: dozani to‘g‘rilashga zarurat yo‘q.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi: dozani to‘g‘rilashga zarurat yo‘q.
Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar (xususan kreatinin klirensi
<30 ml/min): dozani to‘g‘rilashning zarurat yo‘q.
Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda linezolidning ikki asosiy metabolitlarining yuqori (10 martagacha) tizimli ekspozisiyasining klinik qiymati noma‘lumligi tufayli, bunday pasientlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan va faqat davolashdan kutilayotgan foyda potensial xavfdan ustun bo‘lgan xoldagina qo‘llash kerak. Linezolidning qabul qilingan dozasini taxminat 30% 3-soatlik gemodializ davomida chiqariladi, shuning uchun dializ olayotgan pasientlarda Linzonidni dializ o‘tkazilganidan keyin yuborish kerak. Gemodializ o‘tkazilganida linezolidning asosiy metabolitlari ma‘lum miqdorda organizmdan yo‘qotiladi, lekin dializ muolajasi o‘tkazilganidan keyin bu metabolitlarining konsentrasiyasi, buyrak faoliyati normal yoki ahamiyatsiz yoki o‘rtacha ifodalangan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda kuzatiladigan konsentrasiyalargiga qaraganda ahamiyatli yuqori bo‘lib qoladi. Shunday qilib, Linzonidni gemodializda bo‘lgan og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan, va faqat davolashdan kutilayotgan foyda, potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda buyurish kerak.
Hozirgi vaqtgacha doimiy ambulator peritoneal dializda bo‘lgan yoki buyrak yetishmovchiligi sababli muqobil davolash (gemodializdan boshqa) olayotgan pasientlarda lizenolidni qo‘llash yuzasidan klinik tajriba yo‘q.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi: dozani to‘g‘rilashga zarurat yo‘q. Lekin bu masala bo‘yicha klinik ma‘lumotlar cheklanganligi tufayli, linezolidni faqat davolashdan kutilayotgan foyda, potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda buyurish tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Infeksiyalar va invaziyalar: tez-tez – kandidoz (xususan oral va vaginal kandidoz) yoki zamburug‘li infeksiyalar; tez-tez emas – vaginit.
Qon va limfatik tizimi tomonidan: tez-tez emas (klinik xabarlarga muvofiq tez-tezligi) – eozinofiliya, leykopeniya, neytropeniya, trombositopeniya.
Ruxiy buzilishlar: tez-tez emas – uyqusizlik.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, ta‘mni o‘zgarishlari (metall ta‘mi); tez-tez emas – bosh aylanishi, giposteziya, paresteziya.
Ko‘rish a‘zolari tomonidan: tez-tez emas – ko‘rishni yomonlashishi.
Eshitish a‘zolari tomonidan: tez-tez emas – quloqlarda jaranglash.
Yurak-tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – arterial gipertenziya, flebit/tromboflebit.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: tez-tez – diareya, ko‘ngil aynishi, qusish; tez-tez emas – qorinda lokal yoki umumiy og‘riq, qabziyat, og‘izni qurishi, dispepsiya, gastrit, glossit, ichni suyuq kelishi, pankreatit, stomatit, tilning normal holatini buzilishi yoki rangini o‘zgarishi.
Gepatobiliar tizimi tomonidan: tez-tez – anomal funksional jigar sinamalari.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: tez-tez emas – dermatit, ko‘p terlash, qichishish, toshma, eshakemi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez emas – poliuriya.
Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan: tez-tez emas – vulvovaginal buzilishlar.
Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar: tez-tez emas – qizish, toliqish, isitma, in‘eksiya joyida og‘riq, chanqoqni kuchayishi, lokal og‘riq.
Laboratoriya ko‘rsatkichlari.
Bioximiya: tez-tez – AST, ALT, LDG, ishqoriy fosfataza, qondagi mochevina azoti, kreatininkinaza, lipaza, amilaza yoki glyukozani ochlikdan tashqari oshishi; umumiy oqsil, albumin, natriy va kalsiy miqdorini pasayishi; kaliy yoki bikarbonatni oshishi yoki pasayishi; tez-tez emas – umumiy bilirubin, kreatinin, natriy yoki kalsiyni oshishi; ochlikdan tashqari glyukozani pasayishi; xloridlarni oshishi yoki pasayishi.
Gematologiya: tez-tez – neytrofillar va eozinofillar sonini oshishi; gemoglobin, gematokrit yoki eritrositlar sonini kamayishi; trombositlar yoki leykositlar sonini oshishi yoki kamayishi; tez-tez emas – retikulositlar sonini oshishi; neytrofillar sonini pasayishi.
Alohida hollarda quyidagi nojo‘ya reaksiyalar og‘ir sifatida baholangan: qorinda og‘riq, tranzitor ishemik xurujlar, arterial gipertenziya, pankreatit va buyrak yetishmovchiligi.
Klinik tadqiqotlar davomida aritmiyaning (taxikardiya) bir xoli haqida xabar berilgan, u preparatni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan.
28 kun muddat davomida linezolid buyurilgan nazoratli klinik tadqiqotlarda, 0,1% dan kamroq pasientlarda anemiya aniqlangan. Hayotga xavf soluvchi infeksiyalari va yo‘ldosh kasalliklari bo‘lgan bemorlarni davolash dasturida, linezolid <28 kun davomida qabul qilinganida anemiya rivojlangan bemorlar foizi, davolash >28 kun davom etgandagi 12,3% bilan solishtirilganda 2,5% ni tashkil qilgan.
Postmarketing tajriba.
Qon va limfatik tizimi tomonidan: anemiya, leykopeniya, neytropeniya, trombositopeniya, pansitopeniya va mielosupressiya. Linezolid 28 kundan ko‘proq muddat davomida qabul qilinganida anemiya rivojlanib, gemotransfuziyani o‘tkazish zaruratini oshirgan.
Immun tizimi tomonidan: anafilaksiya.
Trofika va metabolizmni buzilishi: laktoasidoz.
Nerv tizimi tomonidan: periferik neyropatiya, tirishishlar, serotoninli sindrom. Linezolid bilan davolangan pasientlar orasida, periferik neyropatiya haqida xabar berilgan. Tavsiya etilgan 28 kunlik davolash muddatini tashkil qilgan muddatdan ortiq davolangan pasientlardan kelib tushgan.
Linezolid bilan davolangan pasientlar orasida, tirishish hollari xaqida xabar berilgan. Ko‘pchilik hollarda pasientning anamnezida tirishishlar yoki tirishishlar paydo bo‘lish xavf omillari bo‘lgan.
Serotoninli sindrom xaqida xabar berilgan.
Ko‘rish a‘zolari tomonidan: ko‘rish nervini neyropatiyasi, u ba‘zida ko‘rishni yo‘qolishigacha rivojlanib borgan (bu holatlar asosan preparatni maksimal tavsiya etilgan 28 kunlik davolash muddatini tashkil qilgan muddatdan ortiq davolangan pasientlardan kelib tushgan.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: angionevrotik shish, Stivens-Djonson sindromi kabi terining bullez shikastlanishlari.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Linezolid yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga ma‘lum bo‘lgan yuqori sezuvchanlik. Linezolid monoaminooksidaza A va V (masalan: fenelzin, izokarboksazid, selegilin, moklobemid) ni bostiruvchi har qanday tibbiy preparatlarni qabul qilyotgan yoki bunday preparatlarni qabul qilgandan keyin ikki hafta davomida qabul qilinmasligi kerak. Arterial bosimni sinchiklab kuzatish va monitoring qilish imkoniyati bo‘lgan hollardan tashqari, Linzonid quyidagi yondosh klinik holatlar yoki quyidagi preparatlarni birga qabul qilishda buyurilmasligi kerak:
- nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipertenziya, feoxromasitoma, karsinoid, tireotoksikoz, bipolyar depressiya, shizoeffektiv buzilishlar, bosh aylanishining o‘tkir epizodlari;
- serotoninni qayta qamrab olinishining ingibitorlari, trisiklik antidepressantlar, serotoninning 5-NT1 reseptorlarini antagonistlari (triptanlar), bevosita va bilvosita simpatomimetiklar (shu jumladan adrenergik bronxodilatatorlar, psevdoefedrin, fenilpropranolamin), vazopressorlar (epinefrin, norepinefrin), dopaminergik birikmalar (dopamin, dobutamin), petidin yoki buspiron.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Linezolid monoaminooksidazaning (MAO) kuchsiz, qaytuvchan, noselektiv ingibitori xisoblanadi. MAO ni susayishini chaqirishi mumkin bo‘lgan yo‘ldosh preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda bir vaqtda qo‘llanganida, linezolidni preparatlar orasidagi o‘zaro ta‘siri va xavfsizligini tekshirishlarning ma‘lumotlari cheklangan. Shuning uchun, ushbu vaziyatlarda, pasientni sinchiklab kuzatish va monitoringini imkoniyati bo‘lgan hollardan tashqari hollarda, Linzonid preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Linezolid olgan normotenziv sog‘lom ko‘ngillilarda, ba‘zida psevdoefedrin gidroxloridi yoki fenilpropanolamin gidroxloridining pressor samarasini ahamiyatsiz va o‘tkinchi kuchayishi kuzatilgan. Linezolid va psevdoefedrinni yoki fenilpropanolaminni yo‘ldosh qo‘llash, o‘rtacha sistolik arterial bosimni faqat linezolid qo‘llanganidagi 11-15 mm sim. ust.ga oshishi bilan solishtirilganda, 30-40 mm sim. ust., faqat psevdoefedrin yoki fenilpropanolamin qo‘llanganida 14-18 mm sim. ust., plasebo qo‘llanganida 8-11 mm sim. ust. olib keladi. Arterial gipertenziyasi bo‘lgan sub‘ektlarda bunday tekshirishlar o‘tkazilmagan. Dopamin yoki dopaminning agonistlari kabi adrenergik vositalarning boshlang‘ich dozasini pasaytirish va dozani istalgan klinik javobga erishilgunicha asta-sekin titrlash tavsiya etiladi.
Linezolid va serotoninergik vositalar bir vaqtda qo‘llanganida juda kam serotoninli sindrom hollari xaqida spontan xabarlar tushgan
Antibiotiklar: aztreonam yoki gentamisin bilan bir vaqtda qo‘llanganida linezolidning farmakokinetikasi o‘zgarmaydi.
Linezolid va dekstrometorfan orasidagi potensial o‘zaro ta‘sir sog‘lom ko‘ngillilarda o‘rganilgan. Ularga dekstrometorfan (20 mg dan ikki doza aloxida 4 soat o‘tgach buyurilgan) linezolid bilan yoki usiz buyurilgan. Normal shaxslarda linezolid va dekstrametorfan bir vaqtda qabul qilinganida serotonin sindromining samaralari (ongni susayishi, deliriy, ta‘sirchanlik, tremor, yuzni qizarishi, kuchli terlash, giperpireksiya) kuzatilmagan.
Postmarketing tajriba: linezolid va dekstrometorfan qabul qilgan pasientda bir holatda serotonin sindromini rivojlangani xaqida xabar berilgan. Sindrom ikkala preparat bekor qilinganidan keyin yo‘qolgan. Linezolid serotoninni qayta qamrab olinishining ingibitorlari bilan klinik qo‘llanganida, serotonin sindromini rivojlanish hollari xaqida juda kam xabar berilgan. Linezolid va 100 mg dan kamroq tiramin qabul qilgan shaxslarda ahamiyatli pressor samaralar kuzatilmagan. Shuning uchun tiraminni yuqori miqdorda saqlovchi ovqat va ichimliklarni (qattiq pishloq, achitqilarning ekstrakti, distillanmagan alkogolli ichimliklar, soya sousi kabi fermentlangan soya dukkaklarini saqlovchi maxsulotlarni) xaddan ziyod miqdorda iste‘mol qilishdan saqlanish kerak.
Linezolid sitoxrom R450 (CYP) tizimi tomonidan metabolizmga uchramaydi va odamning klinik muxim CYP izoformalaridan (1A2, 2C9, 2C19, 2D6, 2E1, 3A4) birontasini xam bostirmaydi. Xuddi shunday linezolid xayvonlarda R450 izofermentlarini induksiyalamaydi. Shuning uchun linezolid qo‘llanganida CYP450-induksiyalovchi o‘zaro ta‘sir kutilmaydi.
Linezolid bilan davolashga varfarin qo‘shilganida, muvozanat holatida o‘rtacha maksimal xalqaro normallashtirilgan nisbatni (XNN) 10% ga pasayishi, «konsentrasiya-vaqt» egri chizig‘i osti maydonini (AUC) 5% ga pasayishi kuzatilgan. Bu kuzatishlarning klinik ahamiyatini baxolash uchun, varfarin va linezolidni bir vaqtda qo‘llashni aloxida hollari bo‘yicha ma‘lumotlar yetarli emas.
Nomutanosiblik. Infuziya uchun Linzonid infuzion tizimning Y simon o‘tkazgichi orqali yuborish uchun quyidagi preparatlar bilan fizik nomutanosib: amfoterisin V, xlorpromazin gidroxloridi, diazepam, pentamidinizotionati, fenitoin-natriy, eritromisin laktobionati va trimetoprim/sulfametoksazol.
Linezolid infuziya uchun vositasi kimyoviy jihatdan seftriaksonning natriyli tuzi bilan majmuada nomutanosib. Infuziyalar uchun eritmaga qo‘shimchalarni yuborish mumkin emas. Agar in‘eksion linezolid bir vaqtda boshqa preparatlar bilan buyurilsa, har bir vositaning dozasi va yuborish usuli bo‘yicha tavsiyalarga muvofiq, har bir preparatni alohida yuborish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Linezolid monoaminooksidazaning (MAO) qaytaruvchan, noselektiv ingibitoridir; lekin antibakterial davolash uchun qo‘llanadigan dozalarda, preparat antidepressiv samara namoyon qilmaydi. Yondosh kasalliklari bo‘lgan pasientlarga yoki MAO ni susayishini chaqirishi mumkin bo‘lgan preparatlarni birga qabul qilayotgan pasientlarga buyurilgan sharoitda, Linzonid preparatining o‘zaro ta‘siri va xavfsizligi xaqida ma‘lumotlar cheklangan. Shuning uchun ko‘rsatilgan vaziyatlarda, pasientni sinchiklab kuzatish va monitoringini imkoniyati bo‘lmagan hollardan, tashqari hollarda Linzonidni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Pasientlar katta miqdorda tiramin saqlovchi ovqat qabul qilishdan saqlanishlari kerakligi xaqida ogoxlantirilgan bo‘lishlari kerak.
Har bir millilitr eritma 45,7 mg (13,7 g/300 ml) glyukoza saqlaydi. Buni qandli diabeti yoki glyukozaga tolerantlik buzilishi bilan xarakterlanuvchi boshqa holatlari bo‘lgan pasientlarni davolashda e‘tibor berish kerak.
Har bir millilitr eritma shuningdek 0,38 mg (0,114 g/300 ml) natriy saqlaydi.
Linezolid qabul qilgan ayrim pasientlarda qaytuvchan mielosupressiya (anemiya, trombositopeniya, leykopeniya va pansitopeniya) haqida xabar berilgan, uning yaqqolligi preparatning dozasi va davolash davomiyligiga bog‘liq. Ma‘lum bo‘lgan asoratlari holida, linezolid bekor qilinganidan keyin buzilgan gematologik ko‘rsatkichlar, davolash boshlanganigacha bo‘lgan dastlabki darajaga qaytgan. Bu samaralarni rivojlanishi xavfi davolash davomiyligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Trombositopeniya ko‘proq og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda, pasientni dializda bo‘lish, bo‘lmasligidan qatiy nazar yuz berishi mumkin. Shuning uchun mavjud anemiyasi, granulositopeniyasi, trombositopeniyasi bo‘lgan, periferik qonda gemoglobin darajasini yoki trombositlar sonini pasaytirish yoki ularning faoliyatini bostirish xususiyatiga ega bo‘lgan preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda, og‘ir buyrak yetishmovchiligi; qon ketishini yuz berishining yuqori xavfi, ilgari aniqlangan mielosupressiyasi bo‘lgan pasientlarda yoki linezolidni 2 haftadan ko‘proq olayotgan pasientlarda, qonning kengaytirilgan klinik tahlilini o‘tkazish kerak. Linezolid bunday pasientlarga faqat gemoglobinning darajasini, qonning kengaytirilgan ko‘rsatkichlari tahlilini va trombositlarni sinchikov monitoringini o‘tkazish imkoniyati bo‘lgan hollarda buyurilishi mumkin. Linezolid bilan davolash davomida ahamiyatli darajadagi mielosupressiya rivorjlanganida, davolashni davom ettirish zarur bo‘lgan hollardan tashqari hollarda, davolashni to‘xtatish kerak. Bunday hollarda qonning kengaytirilgan taxlili ko‘rsatkichlarini jadal monitoringini amalga oshirish va pasientni olib borishni muvofiq strategiyasini qo‘llash kerak.
Linezolidni haftada 1 marta qabul qilayotgan pasientlarda, qonning kengaytirilgan tahlilining dastlabki ko‘rsatkichlaridan qatiy nazar, qonning kengaytirilgan taxlili ko‘rsatkichlarini (shu jumladan gemoglobin darajasi, trombositlar sonini, leykositlarning umumiy va differensial sonini) qo‘shimcha monitoringini o‘tkazish tavsiya etiladi.
Tadqiqotlarda linezolidni, u 28 kunni tashkil qiluvchi maksimal tavsiya etilgan muddatidan, ortiq qabul qilgan pasientlarda jiddiy anemiya rivojlanishining yuqoriroq darajasi haqida xabar berilgan. Bu pasientlar ko‘proq gemotransfuziyaga muxtoj bo‘lganlar. Gemotransfuziyani talab qiluvchi anemiya hollari xaqida, postmarketing kuzatuv davomida xam xabar berilgan. Asosan bunday holatlar, linezolidni 28 kunni tashkil qiluvchi maksimal tavsiya etilgan muddatidan, ortiq qabul qilgan pasientlarda aniqlangan.
Linezolid qo‘llanganida laktatli asidoz rivojlanishi haqida xabar berilgan. Linezolid qabul qilayotgan, ularda ko‘ngil aynishi yoki qusish, aniqlanmagan sabablar bo‘yicha asidoz yoki qonda bikarbonatlarning darajasini pasayishi takroran kuzatilgan pasientlar, shoshilinch tibbiy tekshirishga muxtoj bo‘ladilar.
Ochiq, randomizasiya klinik tadqiqotlar doirasida, linezolid qabul qilgan va, grammusbat qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan kateterli septik infeksiyalari bo‘lgan og‘ir xastalangan pasientlarda, vankomisin/dikloksasillin/oksasillin majmuasini kabul qilgan pasientlarga nisbatan, yuqori o‘lim darajasi kuzatilgan. Linezolid (600 mg har 12 soatda vena ichiga/peroral) va vankomisin (1 g vena ichiga har 12 soatda) yoki oksasillin (2 g vena ichiga har 6 soatda)/dikloksasillin (500 mg peroral har 5 soatda) qo‘llash bilan o‘tkazilgan davolash solishtirilgan, davolashning davomiyligi 7 sutkadan 28 sutkagacha bo‘lgan. Bu tadqiqotda o‘lim hollarining tez-tezligi linezolid va qiyosiy preparatlar qo‘llanganida muvofiq 78/363 (21,5% va 58/363 (16%) ni tashkil qilgan. Logistik regressiya natijalari asosida, kutiladigan nisbiy xavf 1,426 [95% ishonch intervali 0,970, 2,098] ni tashkil qiladi. Sabab aloqasi aniqlanmaganligiga qaramasdan, kuzatilgan disbalans ko‘proq davolash boshlangunicha grammanfiy qo‘zg‘atuvchilar, yoki aralash grammanfiy va grammusbat infeksiya identifikasiyalangan, yoki qo‘zg‘atuvchi identifikasiyalanmagan linezolid qabul qilgan pasientlarda paydo bo‘lgan.
Nazoratli klinik tadqiqotlar oyoq panjasini diabetik shikastlanishi, yotoq yaralar, ishemik shikastlanishlar, og‘ir kuyishlar yoki gangrenasi bo‘lgan pasientlarni o‘z ichiga olmagan. Shuning uchun bunday holatlarni davolash uchun linezolidni qo‘llash tajribasi cheklangan. Linezolid bilan davolash uchun randomizasiyalab, tanlab olingan, pasientlarda va davolash boshlangunicha faqat infeksiyaning grammusbat qo‘zg‘atuvchilari identifikasiyalangan pasientlarda, shu jumladan grammusbat bakteriemiyasi pasientlar kichik guruhidagi pasientlarda, qiyosiy preparat guruhi pasientlaridagi kabi tirik qolish tez-tezligi kuzatilgan.
Linezoldid grammanfiy qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan klinik faollik namoyon qilmaydi, shuning uchun bu mikroorganizmlar chaqirgan infeksiyalarda uni qo‘llash ko‘rsatilmagan. Agar yondosh grammanfiy infeksiya aniqlangan yoki unga gumon qilingan bo‘lsa, grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan spesifik mikroblarga qarshi davolashni o‘tkazish ko‘rsatilgan.
Hayot uchun xavf tug‘diruvchi, xususan o‘rnatilgan markaziy venoz kateter oqibatidan tizimli infeksiyalarning yuqori xavfi bo‘lgan pasientlarda, jadal davolash bo‘limlarining pasientlarida Linezolidni aloxida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. O‘rnatilgan venoz kateterlar oqibatidagi septik infeksiyasi bo‘lgan pasientlarni davolash uchun linezolidni qo‘llash ma‘qullanmagan.
Linezolidni og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan va faqat preparatdan kutilayotgan foyda potensial xavfdan yuqori bo‘lgan hollarda qo‘llash kerak. Jigar faoliyatini og‘ir shikastlanishlari bo‘lgan pasientlarda, faqat preparatdan kutilayotgan foyda potensial xavfdan yuqori bo‘lgan hollarda linezolidni qo‘llash tavsiya etiladi.
Deyarli barcha antibakterial preparatlar, shu jumladan linezolidni, qo‘llanganida ham soxtamembranoz kolit hollari haqida xabar berilgan; uning og‘irlik darajasi ahamiyatsizdan to hayot uchun xavfligacha bo‘lishi mumkin. Clostridium difficile bilan bog‘liq bo‘lgan diareya xaqida deyarli barcha antibakterial preparatlar, shu jumladan linezolid, qo‘llanganida xabar berilgan; uning og‘irlik darajasi ahamiyatsiz diareyadan to o‘limga olib keluvchi kolitgacha bo‘lishi mumkin. Antibakterial vositalar bilan davolash yo‘g‘on ichak mikroflorasining normal tarkibini buzadi, bu C. difficile ni xaddan ziyod o‘sishiga olib keladi. C. difficile diareyani rivojlanishini chaqiruvchi A va V toksinlarni ishlab chiqaradi. C. difficile shtammlari ishlab chiqaradigan gipertoksin kasallanish va o‘limni oshishiga olib keladi, chunki bu infeksiyalar mikroblarga qarshi davolashga refrakter bo‘lishlari mumkin va kolektomiya o‘tkazilishini talab qilishi mumkin. C. difficile bilan bog‘liq bo‘lgan diareya, antibiotiklarni qo‘llashdan keyin paydo bo‘lgan diareya kuzatilgan barcha pasientlarda gumon qilinishi kerak. Anamnezni diqqat bilan yig‘ish kerak, chunki C. difficile bilan assosiasiyalangan diareya hollari, antibakterial vositalarni qabul qilgandan keyin 2 oydan ko‘proq vaqt o‘tgach ham rivojlanishi mumkin.
Linezolidni qabul qilgan pasientlarda periferik va optik neyropatiya hollari haqida xabar berilgan. Hammadan ko‘proq bunday hollar preparat maksimal tavsiya etilgan muddatda – 28 kundan ortiq qo‘llanganida aniqlangan. Ko‘rishni yo‘qolishigacha rivojlanib borgan optik neyropatiyada, pasientlar preparatni maksimal tavsiya etilgan davolash muddatidan ortiq qabul qilganlar.
Ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, ranglarni ajratishni o‘zgarishi, ko‘rishni noaniqligi yoki ko‘rish maydonini nuqsonlari kabi simptomlar paydo bo‘lgan hollarda, shoshilinch oftalmologik tekshirish tavsiya etiladi. Linezolidni uzov vaqt davomida (3 oy yoki ko‘proq) qabul qilayotgan barcha pasientlarda, linezolid bilan davolash davomiyligidan qat‘iy nazar, ko‘rish a‘zosi tomonidan yangi simptomlar paydo bo‘lganiga shikoyat qilgan barcha pasientlarda, ko‘rish faoliyatini nazorat qilish kerak. Periferik neyropatiya yoki ko‘ruv nervining neyropatiyasi rivojlangan hollarda linezolidni keyinchalik qo‘llashning maqsadga muvofiqligini va bu bilan bog‘liq bo‘lgan potensial xavfni baxolash kerak.
Linezolid qabul qilgan pasientlarda kam hollarda tirishishlar paydo bo‘lish hollari xaqida xabar berilgan. Ko‘pchilik hollarda – anamnezda tirishish xurujlari yoki tirishishlar paydo bo‘lishining xavf omillari bo‘lgan.
Linezolid va serotoninergik vositalar, shu jumladan antidepressantlarni, xususan seratoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlarini (SSRIs), bir vaqtda qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan serotoninli sindrom hollari xaqida spontan xabarlar tushgan. Linezolid va serotoninergik vositalarini bir vaqtda qo‘llash klinik zarur bo‘lgan hollarda, kognitiv disfunksiya, giperpireksiya, giperrefleksiya va koordinasiyani buzilishi kabi serotoninli sindromining ko‘rsatilgan belgilari va simptomlarni o‘z vaqtida aniqlash uchun pasient sinchikov tibbiy nazorat ostida bo‘lishi kerak. Yuqorida ko‘rsatilgan belgilar va simptomlar paydo bo‘lgan hollarda, shifokor ikkisidan birini yoki bu ikkala preparatni qo‘llashni to‘xtatish zarurati masalasini ko‘rib chiqishi kerak. Seratoninergik preparat bekor qilinganidak keyin, ko‘rsatilgan simptomatika yo‘qolib ketishi mumkin.
Linzonid fertillikni qaytuvchan pasaytiradi va odamdagiga taxminan teng ekspozisiya darajalarida katta erkak kalamushlarda spermasni normal bo‘lmagan morfologiyasini belgilaydi.
Preparatni odamning reproduktiv tizimiga mumkin bo‘lgan samaralari noma‘lum.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.
Homilador ayollarda linezolidni qo‘llanishi yuzasidan adekvat va yaxshi nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun homiladorlik davrida preparatni faqat ona uchun davolashdan kutiladigan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan holdagina buyurish mumkin.
Linezolidni ko‘krak sutiga chiqarilishi noma‘lum, shuning uchun emizikli ayollarga lizenolidni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Bolalar.
Hayotining birinchi kunidan boshlab qo‘llanadi.
Bolalar va o‘smirlar (18 yoshgacha bo‘lgan): o‘smirlarda (12 yoshdan 17 yoshgacha) preparat
600 mg dozada qo‘llanganida linezolidning farmakokinetikasi kattalarnikiga o‘xshash. Shunday qilib, har 12 soatda 600 mg dozada har kuni preparat olayotgan o‘smirlarda, preparatni shu dozada qabul qilgan kattalardagi kabi, xuddi shunday ekspozisiyasi kuzatilishi mumkin.
1 haftalikdan 12 yoshgacha: preparatni 10 mg/kg dozada xar 8 soatda xar kuni buyurish, preparat kattalarga 600 mg dozada sutkada 2 marta buyurilganida erishiladigan ekspozisiyaga yaqinlashgan ekspozisiyani ta‘minlaydi.
1 haftalikkacha bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda linezolidning tizimli klirensi
(1 kg tana vazniga hisoblaganda) hayotining birinchi haftasi davomida tez o‘sadi. Shunday qilib, preparatni 10 mg/kg dozada har 8 soatda har kuni olayotgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda, tug‘ilganidan keyingi birinchi kuni preparatning yuqoriroq ekspozisiyasi kuzatiladi. Lekin shunday dozalashda chaqaloq hayotining birinchi haftasi davomida organizmda preparatning haddan ziyod kumulyasiyasi kutilmaydi (hayotining birinchi 7 kuni davomida preparatning klirensini tez o‘sishi oqibatida).
Transport vositalarini boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati.
Linezolidning avtotransportni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri tizimli baholanmagan.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilgan hollarda kalava filtrasiyasi darajasini tutib turish bo‘yicha choralarni o‘tkazish bilan simptomatik davolash ko‘rsatilgan. Gemodializ o‘tkazilganida organizmdan qabul qilingan preparatning dozasini taxminan 30% chiqariladi.
Chiqarilish shakli
Infuziya uchun eritma 2 mg/ml. 100 ml dan flakonda.
Bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga qarton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda saqlansin.
Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari