Litomaren ko'rsatmalar
- Dori shakli
- Farmakokinetikasi
- Maxsus shartlar
- Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi
- Tarkibi
- Dozirovkasi
- Nojo'ya samaralari
- Dori vositalarining o'zaro ta'siri
- Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
- Farmakodinamikasi
- Sotish shartlari
- Maxsus saqlash sharoitlari
- Ta'rifi
- Dozani oshirib yuborilishi
Dori shakli
Ichish uchun eritma.
Farmakokinetikasi
So'rilishi. Litomaren me'da – ichak yo'liga tushib, qon oqimiga butunlay so'riladi, shuning uchun uning biokiraolishligi 100% ga yaqinlashidi. Сhiqarilishi. Litomaren preparatini chiqarilishi buyraklar orqali amalga oshadi.
Maxsus shartlar
O'rtacha sutkalik doza (4 ta yunidoza) taxminan 1,5 g kaliy va 0,9 g natriy saqlaydi (osh tuzi iste'moli cheklangan patsientlarda hisobga olinishi kerak). Kaliy ionlari ushlanib qolishi bilan birga kechmaydigan surunkali buyrak yetishmovchiligida qo'llanilishi mumkin. Qandli diabet kasalligi bo'lgan patsientlarga buyurilishi mumkin. Siydik kislotasi toshlarini eritishda sutkalik dozani oshirib yubormaslik kerak, chunki rN miqdori 7,0 dan oshirilganda siydik kislotasi kristallarida fosfatlar cho'kishi yuz beradi, bu esa ularning kelgusida erishiga to'sqinlik qiladi. Davolash vaqtida oqsillarga va purin asoslariga boy mahsulotlar iste'mol qilinishini cheklash, shuningdek yetarli darajada (eng kamida 1,5-2 litr) suyuqlik ichilishini ta'minlash kerak. Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi Homiladorlik va emizish (laktatsiya davri) davrida qo'llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi
Homiladorlik va emizish (laktatsiya davri) davrida qo'llash mumkin emas.
Tarkibi
Faol moddalar: natriy tsitrat digidrati - 952,0 mg, kaliy tsitrat monogidrati - 1045,0 mg, suvsiz limon kislotasi - 577,0 mg. Yordamchi moddalar: natriy saxarinati, in'ektsiya uchun suv 5,0 ml gacha.
Dozirovkasi
Ichga qabul qilishdan oldin yunidoza (ampula) 200 ml suyuqlikda (choy, meva sharbati yoki ishqorli mineral suv) eritiladi. Sutkalik doza - 2-6 yunidoza. Sutkalik doza kun davomida bir maromda taqsimlanadi va ovqatlanishdan keyin qabul qilinadi. Agar rN sutka davomida 6,2 – 7,0 (siydik kislotasi toshlarini eritish uchun); 7,5 – 8,5 (tsistin toshlari uchun); 7,2 – 7,5 (porfiriyani davolash uchun); minimum 7,0 (tsitostatiklar bilan davolashda) doirasida bo'lgan holatdagina doza to'g'ri tanlangan hisoblanadi. Agar siydikning rN ko'rsatkichi ko'rsatilgandan pastroq bo'lsa, dozani oshirish, yuqoriroq bo'lsa – kamaytirish kerak. Davolash davomiyligi – 4 – 6 oy. Samaradorlik nazorati (siydikning rN aniqlash) bir kunda 3 marta indikator qog'ozi yordamida har bir martalik dozani qabul qilishdan oldin o'tkaziladi. Qog'ozda olingan rang 2 minut davomida shkala bilan solishtiriladi va olingan miqdor nazorat kalendariga kiritiladi. Tsistin toshlari mavjud holatda va porfiriyani davolashda samaradorlikni tekshirish uchun rN ko'rsatkichlari 7,2 dan 9,7 gacha maxsus indikator qog'ozidan foydalanish kerak.
Nojo'ya samaralari
Komponentlarni individual o'zlashtirmaganda o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari. Immun tizimi tomonidan: allergik reaktsiyalar Moddalar almashinuvi tomonidan: shishlar (natriyni tutilish) metabolik alkaloz (pH ni ortiqcha ko'tarilishi). Me'da-ichak yo'li tomonidan: kekirish, jig'ildon qaynashi, ko'ngil aynishi va qusish, meteorizm, qorinda diskomfort, suyuq najas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Tarkibida tsitratlar va alyuminiy saqlaydigan preparatlarning bir vaqtda qabul qilinishi alyuminiy so'rilishi kuchayishiga olib kelishi mumkin. Bunday preparatlarni qabul qilish o'rtasidagi oraliq vaqt eng kamida 2 soatni tashkil etishi kerak. Yurak glikozidlari Litomaren bilan birga buyurilganida, preparat tarkibida kaliy mavjudligi tufayli yurak glikozidlarining ta'siri kamayishi mumkin. Arterial bosimni pasaytiruvchi ayrim preparatlar (al'dosteron antagonistlari, kaliy tejovchi diuretiklar, angiotenzin-aylantiruvchi ferment blokatorlari), shuningdek nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar va anal'getiklar kaliy chiqarilishini pasaytirishi mumkin. Bunday preparatlarni bir vaqtda qabul qilish mumkinligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:
Faol moddalar:
natriy tsitrat digidrati - 952,0 mg,
kaliy tsitrat monogidrati - 1045,0 mg,
suvsiz limon kislotasi - 577,0 mg.
Yordamchi moddalar: natriy saxarinati, in'ektsiya uchun suv 5,0 ml gacha.
Сhiqarilish shakli
5,0 ml dan polietilenli yoki polipropilenli yunidozalarda (ampulalar). Yunidozalar (ampulalar) qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan birga karton qutiga joylashtirilgan.
Farmakodinamikasi
Siydikni rN 6,6 – 6,8 ko'rsatkichlarigacha ishqorlash hisobiga siydik kislotasi toshlarini eritadi va ularning paydo bo'lishini oldini oladi (siydikning rN 6,6 – 6,8 doirasida siydik kislotasi toshlarini eritilishi sezilarli darajada oshadi). Bundan tashqari, kal'tsiy chiqarilishini pasaytiradi, siydikda kal'tsiy oksalat eruvchanligini yaxshilaydi, kristallar paydo bo'lishini susaytiradi va shunday qilib kal'tsiy-oksalat toshlari paydo bo'lishiga to'sqinlik qiladi.
Sotish shartlari
Shifokor retsepti bo'yicha.
Maxsus saqlash sharoitlari
Quruq, yorug'likdan himoyalangan, 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Muzlatilmasin!
Yaroqlilik muddati
2 yil.
O'ramda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin qo'llanilmasin.
Ta'rifi
Tiniq, rangsiz yoki biroz sarg'ish suyuqlik.
Dozani oshirib yuborilishi
Buyraklar normal ishlab turganida doza oshirib yuborilgan holatda moddalar almashinuvining fiziologik ko'rsatkichlariga noxush ta'sir kutilmaydi. Siydikning ortiqcha ishqorlanishi, ayniqsa uzoq vaqt, mavjud bo'lgan konkrementlar utiga fosfatlar cho'kishiga olib keladi, bu ularning keyinchalik erishini qiyinlashtiradi.
Chiqarish shakllari