×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LITOMAREN eritma dlya priema vnutr 5ml N10

Kategoriya:
- Urologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Siydik tosh kasalligida qo'llanadigan vosita
Faol modda:
Лимонная кислота, Натрия цитрат дигидрат, Калия цитрат моногидрат
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- G04BC
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

DAPORIN tabletkalari 30mg N3 Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
KATARIYA granuli 4,0g N6 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
TUTUKON NEO eritma dlya priema vnutr 250ml Grand Medical Group AK, Швейцария произведено: Labaratorio Miquel Y Garriga Inc, S.L. Ispaniya
131 000 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

Faol  moddalar: 

natriy tsitrat digidrati     -    952,0 mg, 

kaliy tsitrat monogidrati   -    1045,0 mg, 

suvsiz limon kislotasi    -       577,0 mg.

Yordamchi moddalar: natriy saxarinati, in'ektsiya uchun suv 5,0 ml gacha.


Сhiqarilish shakli

5,0 ml dan polietilenli yoki polipropilenli yunidozalarda (ampulalar). Yunidozalar (ampulalar) qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan birga karton qutiga joylashtirilgan.

Ichish uchun eritma.
Faol moddalar: natriy tsitrat digidrati - 952,0 mg, kaliy tsitrat monogidrati - 1045,0 mg, suvsiz limon kislotasi - 577,0 mg. Yordamchi moddalar: natriy saxarinati, in'ektsiya uchun suv 5,0 ml gacha.
Siydikni rN 6,6 – 6,8 ko'rsatkichlarigacha ishqorlash hisobiga siydik kislotasi toshlarini eritadi va ularning paydo bo'lishini oldini oladi (siydikning rN 6,6 – 6,8 doirasida siydik kislotasi toshlarini eritilishi sezilarli darajada oshadi). Bundan tashqari, kal'tsiy chiqarilishini pasaytiradi, siydikda kal'tsiy oksalat eruvchanligini yaxshilaydi, kristallar paydo bo'lishini susaytiradi va shunday qilib kal'tsiy-oksalat toshlari paydo bo'lishiga to'sqinlik qiladi.
So'rilishi. Litomaren me'da – ichak yo'liga tushib, qon oqimiga butunlay so'riladi, shuning uchun uning biokiraolishligi 100% ga yaqinlashidi. Сhiqarilishi. Litomaren preparatini chiqarilishi buyraklar orqali amalga oshadi.
Komponentlarni individual o'zlashtirmaganda o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari. Immun tizimi tomonidan: allergik reaktsiyalar Moddalar almashinuvi tomonidan: shishlar (natriyni tutilish) metabolik alkaloz (pH ni ortiqcha ko'tarilishi). Me'da-ichak yo'li tomonidan: kekirish, jig'ildon qaynashi, ko'ngil aynishi va qusish, meteorizm, qorinda diskomfort, suyuq najas.
Shifokor retsepti bo'yicha.
O'rtacha sutkalik doza (4 ta yunidoza) taxminan 1,5 g kaliy va 0,9 g natriy saqlaydi (osh tuzi iste'moli cheklangan patsientlarda hisobga olinishi kerak). Kaliy ionlari ushlanib qolishi bilan birga kechmaydigan surunkali buyrak yetishmovchiligida qo'llanilishi mumkin. Qandli diabet kasalligi bo'lgan patsientlarga buyurilishi mumkin. Siydik kislotasi toshlarini eritishda sutkalik dozani oshirib yubormaslik kerak, chunki rN miqdori 7,0 dan oshirilganda siydik kislotasi kristallarida fosfatlar cho'kishi yuz beradi, bu esa ularning kelgusida erishiga to'sqinlik qiladi. Davolash vaqtida oqsillarga va purin asoslariga boy mahsulotlar iste'mol qilinishini cheklash, shuningdek yetarli darajada (eng kamida 1,5-2 litr) suyuqlik ichilishini ta'minlash kerak. Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi Homiladorlik va emizish (laktatsiya davri) davrida qo'llash mumkin emas.
 siydik kislotasi va kal'tsiy-oksalat toshlarini eritish va ularning paydo bo'lishi oldini olish;  aralash siydik kislotasi-oksalat toshlarini eritish (oksalatlar tarkibi eng kamida 25% holatida);  tsitostatiklar yoki siydik kislotasi chiqarilishini oshiradigan preparatlar qabul qilayotgan shaxslarda siydikni ishqorlash;  teri porfiriyasini simptomatik davolashda qo'llaniladi.
- o'ta yuqori sezuvchanlik; - o'tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi; - metabolik alkaloz; - mochevinani parchalaydigan mikroorganizmlar chaqirgan siydik yo'llari infektsiyalari; - siydikning rN 7 dan yuqori miqdori; - qat'iy tuzsiz parhezga rioya qilish zarurligi (masalan, arterial gipertenziyaning og'ir shakllarida) qo'llash mumkin emas.
Tarkibida tsitratlar va alyuminiy saqlaydigan preparatlarning bir vaqtda qabul qilinishi alyuminiy so'rilishi kuchayishiga olib kelishi mumkin. Bunday preparatlarni qabul qilish o'rtasidagi oraliq vaqt eng kamida 2 soatni tashkil etishi kerak. Yurak glikozidlari Litomaren bilan birga buyurilganida, preparat tarkibida kaliy mavjudligi tufayli yurak glikozidlarining ta'siri kamayishi mumkin. Arterial bosimni pasaytiruvchi ayrim preparatlar (al'dosteron antagonistlari, kaliy tejovchi diuretiklar, angiotenzin-aylantiruvchi ferment blokatorlari), shuningdek nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar va anal'getiklar kaliy chiqarilishini pasaytirishi mumkin. Bunday preparatlarni bir vaqtda qabul qilish mumkinligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Quruq, yorug'likdan himoyalangan, 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Muzlatilmasin!

Yaroqlilik muddati

2 yil.

O'ramda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin qo'llanilmasin.

Tiniq, rangsiz yoki biroz sarg'ish suyuqlik.
Ichga qabul qilishdan oldin yunidoza (ampula) 200 ml suyuqlikda (choy, meva sharbati yoki ishqorli mineral suv) eritiladi. Sutkalik doza - 2-6 yunidoza. Sutkalik doza kun davomida bir maromda taqsimlanadi va ovqatlanishdan keyin qabul qilinadi. Agar rN sutka davomida 6,2 – 7,0 (siydik kislotasi toshlarini eritish uchun); 7,5 – 8,5 (tsistin toshlari uchun); 7,2 – 7,5 (porfiriyani davolash uchun); minimum 7,0 (tsitostatiklar bilan davolashda) doirasida bo'lgan holatdagina doza to'g'ri tanlangan hisoblanadi. Agar siydikning rN ko'rsatkichi ko'rsatilgandan pastroq bo'lsa, dozani oshirish, yuqoriroq bo'lsa – kamaytirish kerak. Davolash davomiyligi – 4 – 6 oy. Samaradorlik nazorati (siydikning rN aniqlash) bir kunda 3 marta indikator qog'ozi yordamida har bir martalik dozani qabul qilishdan oldin o'tkaziladi. Qog'ozda olingan rang 2 minut davomida shkala bilan solishtiriladi va olingan miqdor nazorat kalendariga kiritiladi. Tsistin toshlari mavjud holatda va porfiriyani davolashda samaradorlikni tekshirish uchun rN ko'rsatkichlari 7,2 dan 9,7 gacha maxsus indikator qog'ozidan foydalanish kerak.
Buyraklar normal ishlab turganida doza oshirib yuborilgan holatda moddalar almashinuvining fiziologik ko'rsatkichlariga noxush ta'sir kutilmaydi. Siydikning ortiqcha ishqorlanishi, ayniqsa uzoq vaqt, mavjud bo'lgan konkrementlar utiga fosfatlar cho'kishiga olib keladi, bu ularning keyinchalik erishini qiyinlashtiradi.
Homiladorlik va emizish (laktatsiya davri) davrida qo'llash mumkin emas.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LITOMAREN eritma dlya priema vnutr 5ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LITOMAREN eritma dlya priema vnutr 5ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LITOMAREN eritma dlya priema vnutr 5ml N10 dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LITOMAREN eritma dlya priema vnutr 5ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LITOMAREN eritma dlya priema vnutr 5ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 10 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
Narh: 5 301 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 800 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9