MAGNE V6ning aptekalardagi narxlari
MAGNE B6 FORTE tabletkalari 500mg N50
|
|
32 ta dorixonada bor
|
20 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
27 600 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
23 000 so'mdan
Bron qilish
|
MAGNE B6 tabletkalari 24mg N100
|
|
2 ta dorixonada bor
|
28 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
MAGNE B6 tabletkalari 48mg/5mg N50
|
|
148 ta dorixonada bor
|
36 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
150 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
|
MAGNE B6 tabletkalari 470mg/5mg N50
|
|
37 ta dorixonada bor
|
90 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
140 000 so'mdan
Bron qilish
|
MAGNE B6 tabletkalari 48mg/5mg N60
|
|
2 ta dorixonada bor
|
120 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
MAGNE B6 FORTE tabletkalari 100mg/10mg N40
|
|
158 ta dorixonada bor
|
108 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
160 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
140 000 so'mdan
Bron qilish
|
MAGNE B6 eritma 10ml N10
|
|
219 ta dorixonada bor
|
36 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
100 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
89 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
MAGNE V6 ko'rsatmalar
Quyidagi simptomlarning ma'lum sonini majmuasi magniyning tanqisligidan dalolat berishi mumkin:
- Asabiylik, ta'sirchanlik, kuchsiz xavotirlik, o'tkinchi toliqish, uyquni biroz buzilishi,
- Me'da-ichak spazmlari, yurakni tez-tez urishi (sog'lom yurakda) shaklidagi bezovtalik ko'rinishlari,
- Mushak tirishishlari, sanchilish hissi.
Magniyni buyurish bu simptomlarni yo'qotishga yordam berishi mumkin.
Agar bir oy davolashdan keyin yaxshilanish kuzatilmasa, ushbu preparat bilan monoterapiyani davom ettirish maqsadga muvofiq emas.
- Preparatning komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik,
- Kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam bo'lgan og'ir buyrak yetishmovchiligi.
Tabletkalarda saxaroza borligi tufayli, fruktozani o'zlashtiraolmaslikda, glyukoza yoki galaktozaning so'rilishini buzilishi sindromida yoki saxaraza-izomalьtaza tanqisligida preparatni qo'llash mumkin emas.
Magniyning og'ir tanqisligida va so'rilishini buzilishlarida, davolash vena ichiga yuborishdan boshlanishi kerak.
Zarurati bo'lganida magniy homiladorlikning har qanday bosqichida qo'llanishi mumkin.
Keng qamrovli tekshirishlar yo'qligiga qaramasdan, bor bo'lgan klinik tajriba umidli hisoblanadi.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MAGNE V6®
MAGNE B6®
Preparatning savdo nomi: Magne V6®.
Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
1 tabletkada quyidagilar saqlanadi
Tabletkaning yadrosi:
faol moddalar: magniy laktat digidrati* – 470 mg, piridoksin gidroxloridi – 5 mg;
yordamchi moddalar: saxaroza – 115,6 mg, og‘ir kaolin – 40,0 mg, akasiya kamedi – 20,0 mg, karboksipolimetilen 934 – 10,0 mg, talk (magniy gidroksilati) – 42,7 mg, magniy stearati – 6.7 mg.
Tabletkaning qobig‘i:
akasiya kamedi – 3,615 mg, saxaroza – 214,969 mg, dioksid titani – 1,416 mg, talk (magniya gidrosilikat) – qoldiqlar, karnaub mumi (kukun) – qoldiqlar.
* – saqlash bo‘yicha 48 mg magniy (Mg++) ga 48 mg ekvivalent.
Ta‘rifi: oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan oval ikki yoqlama qavariq silliq yaltiroq yuzali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: magniy preparati.
Kod ATX: A11JB.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Magniy hayotiy muhim elementdir, u hujayralarning normal faoliyati uchun zarur bo‘lib, ko‘pgina moddalar almashinuvi reaksiyalarida ishtirok etadi.
Qisman, u nerv impulslarining o‘tkazilishini boshqarilishida va mushaklarning qisqarishida ishtirok etadi. Organizmga magniy ovqat bilan birga tushadi. Magniy yetishmovchiligi ovqatlanish tartibi buzilganda (parhez) yoki magniyga talab oshganda (yuqori jismoniy va aqliy yuklamalarda, stress, homiladorlik, diuretiklar qo‘llanilgan holatlarda) kuzatiladi.
Piridoksin (vitamin V6) ko‘pgina metabolik jarayonlarda ishtirok etadi, u magniyning me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini va hujayralarga kirishini yaxshilaydi.
Qon zardobidagi magniy miqdorlari:
– 12 va 17 mg/l orasida (0,5–0,7 mmol/l): magniyning o‘rtacha miqdordagi yetishmovchiligini ko‘rsatadi;
– 12 mg/l dan past (0,5 mmol/l): magniyning og‘ir tanqisligini ko‘rsatadi.
Farmakokinetika
Magniyning me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilishi qabul qilingan dozadan 50% dan ko‘pini tashkil qiladi. Magniyni 99% organizmning xujayra ichida joylashgan. Taxminan 2/3 xujayra ichidagi magniy suyak to‘qimalarida taqsimlanadi, boshqa 1/3 esa silliq va ko‘ndalang targ‘il mushak to‘qimalarida joylashgan. Magniy asosan siydik orqali chiqariladi. Magniyni qabul qilingan dozasini kamida 1/3 siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Alohida yoki boshqa holatlar bilan bog‘liq bo‘lgan aniqlangan magniy tanqisligi, quyidagi belgilar bilan kechuvchi holatlar: yuqori ta‘sirchanlik, uyquni biroz buzilishi, me‘da-ichak spazmlari, yurakning tez urishi, tez charchash, mushaklarda og‘riq va sanchilish hissi kuzatilganda.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tabletkalarni butunligicha, bir stakan suv bilan ichish lozim.
Kattalar: sutkada 2-3 qabulga bo‘lingan 3-4 tabletka, ovqatlanish vaqtida buyuriladi.
6 yoshdan oshgan bolalar (taxminan 20 kg vaznli):
sutkada 10-30 mg/kg, ya‘ni 6 yoshdan katta bolalar uchun (taxminan 20 kg vaznili) sutkada 2-3 qabulga bo‘lingan 2-4 tabletka, ovqatlanish vaqtida buyuriladi.
Odatda davolanish davomiyligi bir oyni tashkil etadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Immun tizimi tomonidan buzilishlar:
Juda kam hollarda (<0.01%): allergik reaksiyalar, shu jumladan teri reaksiyalari;
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:
Tez-tezligi noma‘lum (yuzaga chiqish tezligini baholash mavjud ma‘lumotlarga ko‘ra mumkin emas): diareya, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
- Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam).
- Fenilkentonuriya.
- 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).
- Nasliy galaktozemiya, glyukoza va galaktozaning malabsorbsiya sindromi yoki laktaza yetishmovchiligi (preparat tarkibida laktoza mavjudligi sababli).
- Bir vaqtda levodopa bilan qabul qilish (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” ga qarang) mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
O‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi (gipermagniemiya rivojlanish xavfi)
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan majmualar
Levodopa bilan: levodopa faolligi piridoksin yordamida ingibisiya qilinishi (agarda bu preparat aromatik L-aminokislotalarning periferik dekarboksilazasi ingibitorlari bilan birga qabul qilinmasa). Shuning uchun levodopa preparati aromatik L-aminokislotalarning periferik dekarboksilazasi ingibitorlari bilan birgalikda qabul qilinmasa, shu vaqtda istalgan miqdordagi piridoksinni qabul qilishdan saqlaning.
Tavsiya etilmaydigan majmualar
Fosfat yoki kalsiy tuzlarini saqlovchi dori vositalari bilan birga qabul qilingan magniyning ichak orqali so‘rilishini susaytiradi.
E‘tiborga olish kerak bo‘lgan majmualar
Tetrasiklinlarni ichga qabul qilish buyurilganda tetrasiklin va Magne V6® preparati orasida 3 soatlik intervalni saqlash lozim, chunki magniy preparatlari tetrasiklinlar so‘rilishini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tabletkalar faqat kattalar va 6 yoshdan katta bolalar uchun mo‘ljallangan.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun ma‘lumot: qobiq bilan qoplangan tabletkalar yordamchi modda sifatida saxaroza saqlaydi.
Og‘ir darajadagi magniy tanqisligi yoki malabsorbsiya sindromi holatlarida davolanishni magniyni vena ichiga yuborish yo‘li bilan boshlash zarur.
Kalsiy va magniyning bir vaqtdagi tanqisligi holatida magniy tanqisligini kalsiy preparati va kalsiy saqlovchi ozuqaviy qo‘shimchalar qabul qilishdan avval to‘ldirish tavsiya etiladi.
Organizmda magniy tanqisligiga olib keluvchi surgi dori vositalarini, alkogolni tez-tez qo‘llash holatlarida, og‘ir jismoniy va ruhiy yuklamalar vaqtida magniyga muhtojlik ortib boradi.
Uzoq vaqt davomida (bir necha oy yoki ayrim holatlarda – yillar) piridoksinni yuqori dozalarda (kuniga 200 mg dan ko‘p) qabul qilish tufayli uvishish va proprioseptiv sezuvchanlikning buzilishi, oyoq-qo‘llarning distal qismlarida tremor va sekin-asta rivojlanuvchi sensor ataksiya (harakat koordinasiyasining buzilishi) kabi simptomlar bilan kechuvchi sensor aksonal neyropatiya rivojlanishi mumkin. Bu o‘zgarishlar asosan o‘tkinchi bo‘lib, vitamin V6 vitaminini qabul qilish to‘xtatilishi bilan o‘tib ketadi.
Homiladorlik va emizish davri
Homiladorlik
Yetarlicha miqdordagi homilador ayollarda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar preparatning homila rivojlanishidagi nuqsonlarni kelib chiqishiga nojo‘ya ta‘siri yoki fetotoksik ta‘sirini aniqlamadi.
Magne V6® preparati homiladorlik vaqtida faqat shifokorning tavsiyasi bilan zarur holatlarda qo‘llanilishi mumkin.
Emizish davri
Magniyning ko‘krak sutiga o‘tishini hisobga olib, preparatni qabul qilish zarurati bo‘lgan vaqtida emizishni to‘xtatish tavsiya etiladi.
Transport vositalarini boshqarishga va boshqa potensial xavfli bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanishga ta‘siri
Ta‘sir qilmaydi. Alohida ko‘rsatmalar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozaning oshirib yuborilishi
Simptomlari
Buyrakning normal funksiyasida vaqtida magniyning ichga qabul qilinishi vaqtida dozaning oshirib yuborilishi toksik reaksiyalarning yuzaga kelishiga olib kelmaydi. Ammo buyrakning yetishmovchiligi holatida magniy bilan zaharlanish yuzaga kelishi mumkin. Dozaning oshirib yuborilgan belgilarining namoyon bo‘lishi magniyning qondagi konsentrasiyasiga bog‘liq: arterial bosimni pasayishi; ko‘ngil aynishi, qusish; markaziy tizimini susayishi, reflekslarni pasayishi; elektrokardiogrammada o‘zgarishlar kuzatilishi; nafasni susayishi, koma, yurak to‘xtab qolishi va nafasning falaji; anurik sindrom.
Davolash
Regidratasiya, kuchaytirilgan diurez. Buyrak yetishmovchiligida gemodializ yoki peritoneal dializ muhim.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan PVX/alyumin folgali blisterlarda.
5 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz beriladi.
FAQAT KATTALAR VA 6 YoShDAN OShGAN BOLALAR UChUN
Kattalar: 2-3 qabulga bo'lingan sutkada 6-8 tabletkadan, ovqat qabul qilish vaqtida.
Bolalar: sutkada 10-30 mg/kg, ya'ni 6 yoshdan oshgan bolalarga (tana vazni taxminan 20 kg) 2-3 qabulga bo'lingan sutkada 4-6 tabletka, ovqatlanish vaqtida.
Odatda davolashning davomiyligi bir oyni tashkil qiladi.
Qondagi magniyning darajasi normallashganidan keyin davolashni to'xtatish kerak.
- abdominal og'riqlar
- teri reaktsiyalari
- allergik reaktsiyalar.
Quyida ta'riflangan simptomlar paydo bo'lgan xolda, iltimos, darxol O'zingizning davolovchi shifokoringizga murojaat qiling!
Фаол моддалар: магний лактат дигидрати - 470 мг, пиридоксин гидрохлориди - 5 мг
Ёрдамчи моддалар: сахароза, оғир каолин, акация елими (Е414), карбомер, тальк (Е553), магний стеарати (Е572), карнауб муми (кукун) (Е903), титан диоксиди (171).
Таблеткадаги магний (Мг2+) нинг умумий миқдори 48 мг (1,97 ммоль) ни ташкил қилади.
Klinik aspektlari:
Zardobdagi magniyning darajalari:
- 12 va 17 mg/l gacha (1-1,4 mEkv/l yoki 0,5-0,7 mmolь/l) orasida: magniyning o'rtacha tanqisligini ko'rsatadi
- 12 mg/l dan past (1 mEkv/l yoki0,5 mmolь/l) –magniyning og'ir tanqisligini ko'rsatadi.
Tanqislik
- birlamchi, magniy metabolizmini tug'ma anomaliyasi tufayli bo'lishi mumkin (tug'ma surunkali gipomagniyemiya),
- quyidagilar ikkilamchi tufayli bo'lishi mumkin:
organizmga noadekvat tushishi (og'ir yetarli ovqatlanmaslik, alkogolizm, to'liq parenteral ovqatlanish),
me'da-ichakda so'rilishini buzilishlari (surunkali ich ketishi, me'da-ichak oqmasi, gipoparatiroidizm),
buyraklar miqyosida ortiqcha yo'qotilishi (buyrak naychalarning kasalliklari, jiddiy poliuriya, diuretiklarni suiste'mol qilish, surunkali piyelonefrit, birlamchi giperalьdosteronizm, sisplatin bilan davolanish) tufayli yuz berishi mumkin.
Piridoksin (V6 vitamini) ko'pchilik metabolik jarayonlarda, nerv tizimining metabolizmini boshqarilishida ishtirok etadi. V6 vitamini magniyni meьda-ichak yo'llaridan so'rilishini va uni xujayralarga kirishini yaxshilaydi.
6 yoshdan kichik bolalar uchun mos keluvchi dori shakllari mavjud.
O'rtacha buyrak yetishmovchiligida, gipermagniyemiya bilan bog'liq bo'lgan xavfni oldini olish maqsadida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Chiqarish shakllari