METROKS ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
METROKS
METROX
Preparatning savdo nomi: Metroks
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Metronidazol
Dori shakli: Infuziya uchun eritma
Tarkibi:
Faol modda: Metronidazol – 500 mg
Yordamchi moddalar: natriy xloridi, tozalangan suv.
Ta‘rifi: Rangsizdan sariq ranggacha bo‘lgan tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: Protozoylarga qarshi vosita.
ATX kodi: J01DX01
Farmakologik xususiyatlari
Protozoylarga va mikroblarga qarshi preparat, 5-nitroimidazol hosilasi. Ta‘sir mexanizmi anaerob mikroorganizmlar va sodda hayvonlarning hujayra ichki transport oqsillarining 5-nitroguruhini biokimyoviy tiklanishiga bog‘liq. Tiklangan 5-nitroguruhi mikroorganizmlar hujayrasining DNK si bilan o‘zaro ta‘sir qilib, ularning nuklein kislotalarini sintezini ingibisiya qilishda, bu bakteriyaning nobud bo‘lishiga olib keladi. Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Gardnerella vaginalis, Giardia intestinalis, shuningdek obligat anaeroblar Bacteroides spp. (shu jumladan, Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron), Fusobacterium spp., Veillonela spp., Prevotella (P.bivia, P.buccae, P.disiens), va ayrim grammusbat mikroorganizmlarga (Eubacterium spp., Clostridium spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp.) ga nisbatan faol.
Amoksisillin bilan birga Helicobacter pylori ga nisbatan (amoksisillin metronidazolga chidamlilik rivojlanishini bostiradi) faollik namoyon qiladi.
Metronidazolga ayrim aerob mikroorganizmlar va fakultativ anaeroblar sezgir emas, ammo aralash flora borligida (aeroblar va anaeroblar) metronidazol antibiotiklar bilan oddiy aeroblarga qarshi samarali sinergik ta‘sir qiladi.
O‘smalarni nurlanishga sezgirligini oshiradi, alkogolga sensibilizasiya (disulfiramsimon ta‘sir) chaqiradi, reparativ jarayonlarni rag‘batlantiradi.
Farmakokinetikasi
Organizmning ko‘pchilik to‘qima va suyuqliklarida, shu jumladan o‘pka, buyrak, jigar, teri, orqa miya suyuqligi, miya, safro, so‘lak, amniotik suyuqlik, abssesslar bo‘shlig‘i, qin sekreti, urug‘ suyuqligi, ko‘krak sutida bakterisid konsentrasiyalariga erishadi. Gemato-ensefalik va yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi. Taqsimlanish hajmi: (Vd): kattalarda – taxminan 0,55 l/kg; yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 0,54 – 0,81 l/kg ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 10-20% ni tashkil etadi.
Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga (Smax) 30-60 minutdan keyin erishiladi, terapevtik konsentrasiyasi 6-8 soat davomida saqlanadi. Preparatning qondagi minimal konsentrasiyasi (Smin) keyingi yuborishda-18 mkg/ml. Safroni normal hosil bo‘lishida metronidazolning safrodagi konsentrasiyasi vena ichiga (v/i) yuborilganida, plazmadagi konsentrasiyasidan ancha yuqori bo‘lishi mumkin.
Organizmda metronidazolning taxminan 30-60% gidroksil guruhini qo‘shilishi, oksidlanish va glyukuronizasiya yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti (2-oksimetronidazol) ham protozoylarga va mikroblarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.
Jigarning faoliyati normal bo‘lganida yarim chiqarilish davri (T1/2) – 8 soat (6 dan 12 soatgacha), jigarning alkogolli shikastlanishida – 18 soat (10 dan 29 soatgacha), yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda: homiladorlikning 28-30 haftalik muddatida tug‘ilganlarda taxminan – 75 soat, 32-35 haftaligida muvofiq – 35 soat, 36-40 haftaligida – 25 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali – 60-80%, (20% o‘zgarmagan holda), ichaklar orqali – 6-15% chiqariladi.
Buyrak klirensi – minutiga 10,2 ml. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarga qayta yuborilganidan keyin metronidazolning qon zardobida to‘planishi kuzatilishi mumkin (shuning uchun buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda qabul qilishlar sonini kamaytirish kerak). Metronidazol va uning asosiy metbolitlari gemodializda qondan tez chiqariladi (T½ 2,6 soatgacha qisqaradi). Peritoneal dializda oz miqdorda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Protozoy infeksiyalari: ichakdan tashqari amyobiaz, shu jumladan jigarning amyobali abssessi, ichak amyobiazi (amyobali dizenteriya), trixomoniaz, giardiazis, balantidiaz, lyamblioz, teri leyshmaniozi, trixomonada vaginiti, trixomonada uretriti.
Bacteroides spp. (shu jumladan, B.fragilis, B.distasonis, B.ovatus, B.thetaiotaomicron, B.vulgatus) chaqirgan infeksiyalar: suyaklar va bo‘g‘imlarning infeksiyalari, markaziy nerv tizimining (MNT) infeksiyalari, shu jumladan, meningit, bosh miya abssessi, bakterial endokardit, pnevmoniya, o‘pka empiemasi va abssessi.
Bacteroides turlari, shu jumladan, B.fragilis guruhi, Slostridium, Peptococcus va Peptostreptococcus turlari chaqirgan infeksiyalar: qorin bo‘shlig‘ining infeksiyalari (peritonit, jigar abssessi), chanoq a‘zolarining infeksiyalari (endometrit, endomiometrit, fallopiy naylari va tuxumdonlar abssessi, jarrohlik operasiyalaridan keyingi qin ravog‘i infeksiyalari), teri va yumshoq to‘qimalarining infeksiyalari, sepsis.
Soxtamembranoz kolit (antibiotiklarni qo‘llash bilan bog‘liq).
Helicobacter pylori bilan bog‘liq bo‘lgan gastrit yoki o‘n ikki barmoq ichak yarasi.
Operasiyadan keyingi asoratlarni (ayniqsa chambar ichak, to‘g‘ri ichak atrofi sohasidagi aralashuvlar, appendektomiya, ginekologik operasiyalar) oldini olish.
O‘smalari bo‘lgan bemorlarda nur bilan davolashda – o‘smaning chidamliligi o‘sma hujayralaridagi gipoksiya bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda, radiosensibilizasiyalovchi vositasi sifatida qo‘llanadi.
Asetaldegidrogenazani susaytirib, qonda asetaldegid miqdorini oshiradi va organizmni alkogolli ichimliklar ta‘siriga sensibilizasiya qiladi. Alkogolizmi bo‘lgan bemorlarni davolashda qo‘llanishi mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga boshlang‘ich 0,5-1 g dozada v/i tomchilab (infuziyaning davomiyligi 30-40 minut), keyin minutiga 5 ml tezlikda har 8 soatda 500 mg dan yuboriladi. Yaxshi o‘zlashtirilganida birinchi 2-3 infuziyadan keyin oqim bilan yuborishga o‘tiladi. Davolash kursi 7 kun. Zarurati bo‘lganida v/i ga yuborish uzoqroq muddat davom ettiriladi. Maksimal sutkalik doza – 4 g. Ko‘rsatmalar bo‘yicha, 400 mg dozada ichga sutkada 3 martalik samarani bir maromda ushlab turuvchi qabulga o‘tish amalga oshiriladi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga huddi shunday bir martalik 7,5 mg/kg dozadagi tartibda buyuriladi.
Yiringli-septik kasalliklarda odatda 1 davolash kursi o‘tkaziladi.
Kasallikning oldini olish maqsadida kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga v/i ga tomchilab operasiyadan oldin 0,5-1 g dan, operasiya kuni va keyingi kunlari sutkada 1,5 g dan (500 mg dan har 8 soatda) buyuriladi. 1-2 kundan keyin ichga qabul qilish usuli bilan samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashga o‘tiladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBE) va kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 ml dan kam va/yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda maksimal sutkalik doza – 1 g dan oshmasligi kerak, qabullar soni – sutkada 2 marta.
Radiosensibilizasiyalovchi vosita sifatida v/i ga tomchilab 160 mg/kg yoki tana yuzasining 4-6 g/kv. m hisobidan nurlantirishni boshlashdan 0,5–1 soat oldin yuboriladi.
Nurlantirishning har bir seansidan oldin 1-2 hafta davomida qo‘llanadi. Nur bilan davolashning qolgan davrida metronidazol qo‘llanmaydi. Maksimal bir martalik doza 10 g dan, kurslik – 60 g dan oshmasligi kerak. Nurlantirish chaqirgan intoksikasiyani bartaraf qilish uchun glyukoza yoki natriy xloridining izotonik eritmalarini tomchilab yuborish qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, ichak sanchig‘i, qabziyat, og‘izda «metall» ta‘mi, og‘izni qurishi, glossit, stomatit, pankreatit.
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, harakat koordinasiyasini buzilishi, ataksiya, ongni chalkashishi, ta‘sirchanlik, depressiya, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, holsizlik, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, gallyusinasiyalar, periferik neyropatiya.
Allergik reaksiyalar: eshakemi, teri toshmasi, teri giperemiyasi, burun bitishi, isitma, artralgiyalar.
Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: dizuriya, sistit, poliuriya, siydikni tutib turaolmaslik, kandidoz, siydikni qizil-jigarrang rangga bo‘yalishi.
Mahalliy reaksiyalar: tromboflebit (og‘riq, in‘eksiya qilingan joyda qizarish va shish).
Boshqalar: neytropeniya, leykopeniya, EKG da T tishini tekislanishi
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, leykopeniya (shu jumladan, anamnezdagi), markaziy nerv tizimini organik shikastlanishlari (shu jumladan tutqanoq), jigar yetishmovchiligi, (yuqori dozalarda buyurilgan holda), homiladorlik (I uch oyligi), laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan: homiladorlik (II-III uch oyliklar), buyrak/jigar yetishmovchiligi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Metronidazolni v/i ga yuborish uchun boshqa dori vositalari bilan aralashtirish tavsiya qilinmaydi.
Preparat bilvosita antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytiradi, bu protrombin hosil bo‘lishi vaqtini uzayishiga olib keladi.
Davolanish davrida etanolni qabul qilish mumkin emas (disulfiramsimon reaksiyalar rivojlanishi mumkin: qorinda spastik og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, yuzga to‘satdan qon oqib kelishi).
Simetidin metronidazolning metabolizmnini ingibisiya qiladi, bu qon zardobida uning konsentrasiyasini oshishigi va nojo‘ya ko‘rinishilarining rivojlanishi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.
Jigar mikrosomal oksidlanish fermentlarini rag‘batlantiruvchi (fenobarbital, fenitoin) preparatlarni bir vaqtda buyurish, metronidazolning chiqarilishini tezlashtirishi mumkin, buning natijasida uning plazmadagi konsentrasiyasi pasayadi.
Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganida, plazmadagi litiy konsentrasiyasini oshishi va intoksikasiya belgilari rivojlanishi mumkin.
Qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlar (vekuroniy bromidi) bilan birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Sulfanilamidlar metronidazolning mikroblarga qarshi ta‘sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
18 yoshgacha bo‘lgan pasientlarda amoksisillin bilan majmuada qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Uzoq muddat davolashda qon manzarasini nazorat qilish kerak.
Leykopeniyada davolashni davom ettirish infeksion jarayonning rivojlanish xavfiga bog‘liq.
Ataksiya, bosh aylanishi va bemorlarda boshqa har qanday nevrologik holatlarning yomonlashishi davolashni to‘xtatilishni talab qiladi.
Ayollardagi trixomonada vaginitini va erkaklardagi trixomonada uretritini davolashda jinsiy hayotdan saqlanish kerak. Davolash hayz ko‘rish vaqtida to‘xtatilmaydi. Trixomaniazni davolashdan keyin hayz ko‘rishning navbatdagi uch sikli oldidan va keyin nazorat sinamalarini o‘tkazish lozim. Lyambliozni davolashdan keyin, agar kasallik belgilari saqlansa, 3-4 haftadan keyin bir necha kun oralig‘ida ahlatning 3 marta tahlilini o‘tkazish lozim (ayrim muvaffaqiyatli davolangan bemorlarda invaziya chaqirgan laktozani o‘zlashtiraolmaslik lyamblioz simptomlarini o‘xshash bir necha hafta yoki oylar davomida, saqlanishi mumkin).
Laktasiya davrida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, ataksiya.
Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir yuborish (preparat ichga qabul qilingan holda), gemodializ o‘tkazish. Metronidazol va uning metabolitlari gemodializda yaxshi chiqariladi.
Chiqarilish shakli
Infuziya uchun eritma 500 mg/100ml dan. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin!
Yaroqlik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari