Mikonazolning aptekalardagi narxlari
MIKONAZOL suppozitorii 100mg N7
|
|
83 ta dorixonada bor
|
26 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
6 900 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Mikonazol ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MIKONAZOL
MICONAZOLE
Preparatning savdo nomi: Mikonazol
Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): mikonazol
Dori shakli: vaginal suppozitoriylar
Tarkibi:
1 vaginal suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: mikonazol nitrati – 100 mg;
Yordamchi moddalar: qattiq yog‘.
Ta‘rifi: oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, silindrkonik shaklli suppozitoriylar. Kesimida havoli va g‘ovak o‘qi va voronkasimon chuqurchasi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi: Ginekologik kasalliklarni davolash uchun antiseptiklar va mikroblarga qarshi preparatlar (kortikosteroidlar bilan majmuasi mustasno). Imidazol hosilalari.
ATX kodi: G01AF04.
Farmakologik xususiyatlari
Mikonazol – sintetik zamburug‘larga qarshi vosita, imidazol hosilasi. Patogen zamburug‘larning keng doirasiga, shu jumladan Candida spp., Aspergillus spp., Dimorphons fungi, Criptoccocus neoformans, Pityrosporum spp., Torulopsis glabrata larga nisbatan, shuningdek ayrim grammusbat mikroorganizmlarga, shu jumladan stafilokokklar va streptokokklarga nisbatan faoldir.
Fungisid va fungistatik ta‘siri zamburug‘larning qobig‘i va plazmatik membranasining ergosterolining biosintezini ingibirlashi bilan, xujayra devorining lipid tarkibini va xujayra devorining o‘tkazuvchanligini o‘zgartirishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu zamburug‘ xujayrasini nobud bo‘lishiga olib keladi.
Mikonazolni intravaginal qo‘llanganda eng kuchli fungisid samarasi Candida albicans ga nisbatan namoyon bo‘ladi. Qinning mikroflora tarkibi va rN ko‘rsatkichini o‘zgartirmaydi. Ko‘pincha zamburug‘li infeksiyalarda kuzatiladigan qichishishni tezda bartaraf etadi.
Farmakokinetikasi
Intravaginal qo‘llanganda mikonazol nitrati juda oz so‘riladi, qon plazmasi va siydikda aniqlanmaydi.
Qo‘llanilishi
– vulvovaginal kandidoz;
– grammusbat mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan superinfeksiyada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Intravaginal, 1 suppozitoriy (100 mg) dan sutkada bir marta, kechqurun uyqudan oldin, 7-14 kun davomida yoki bir suppozitoriydan 7 kun davomida ertalab va kechqurun buyuriladi.
Plyonkani suppozitoriyning konturi bo‘ylab, qaychi yordamida kesib, suppozitoriyni kontur uyali o‘ramdan ozod qilib olinadi, va yotgan holatda qin ichiga iloji boricha chuqurroq kiritiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Mahalliy reaksiyalar: ayniqsa davolashning boshida qinning shilliq qavatini mahalliy ta‘sirlanishi, qichishish, achishish hissi, toshma, qichishuvchi toshma, dismenoreya bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
– mikonazolga va imidazolning boshqa hosilalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
– jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari;
– homiladorlikning birinchi uch oyligi;
– 16 yoshgacha bo‘lganlar, qiz bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri
Mikonazol ichga qabul qilish uchun bilvosita antikoagulyantlar, sulfonilmochevina hosilalarining, gipoglikemik vositalarining, fenitoinning samaradorligini oshiradi.
Rifampisin mikonazolning terapevtik samarasini pasaytiradi, shuning uchun ularni birga qo‘llashga yo‘l quymaslik kerak.
Karbamazepin bilan bir vaqtda qo‘llanganida nojo‘ya ta‘sirlarini rivojlanish xavfi oshadi.
Astemizol, sizaprid, terfenadin bilan bir vaqtda qo‘llanganida aritmiyalarni rivojlanish xavfi oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qandli diabetda, mikrosirkulyasiyani buzilishlarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Suppozitoriylarni ishlatilishi mexanik kontrasepsiyaning (prezervativlar, vaginal diafragmalar) ishonchliligi, suppozitoriylarning asosini lateks yoki kauchuk bilan o‘zaro ta‘siri tufayli susayishi mumkin.
Jinsiy sherikda ham infeksiya aniqlanganda – tegishli davolashni buyurish kerak.
Allergik reaksiyalarni paydo bo‘lishi yoki 7 kun davomida klinik yaxshilanish bo‘lmasa, davolashni to‘xtatishni va qo‘shimcha tekshirishni talab qiladi.
Zarurat tug‘ilganda preparat qinni qaynagan suv bilan yuvish yo‘li bilan chiqarib tashlanishi mumkin.
Pediatriyada ishlatilishi: Preparatni 16 yoshgacha bo‘lganlarda, qiz bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Homilador va emizikli ayollar: preparatni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlikning II va III uch oyliklarida faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.
Preparatni laktasiya davrida qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Odamning xulqiga, avtomobilni yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri:
Preparatni qo‘llash avtotransportni haydash va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning kam so‘rilishi kamligi tufayli, intravaginal qo‘llanganida dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam.
Behosdan yutib yuborilganda xech qanday muammo tug‘ilmaydi.
Preparatning katta miqdori yutib yuborilganda, zarurat bo‘lsa me‘dani yuvishni o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
Vaginal suppozitoriylar.
7 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari