Mikotranning aptekalardagi narxlari
MIKOTRAN suppozitorii 1200mg N1
|
|
136 ta dorixonada bor
|
39 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
53 800 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
43 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Mikotran ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MIKOTRAN®
MIKOTRAN®
Preparatning savdo nomi: Mikotran®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): mikonazol nitrati (miconazole nitrate)
Dori shakli: vaginal suppozitoriylar
Tarkibi:
Har bir vaginal suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 1200 mg mikonazol nitrati;
yordamchi moddalar: vitepsol S 55, tvin 80.
Ta‘rifi: oq, oval (torpeda shaklida), qavariq suppozitoriylar.
Farmakoterapevtik guruhi: mahalliy qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi dori vositasi.
ATX kodi: G01AF04.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Mikotran® vaginal suppozitoriylari imidazolning sintetik hosilasi bo‘lgan mikonazol nitratini saqlaydi. Mikonazol nitrati zamburug‘larga qarshi faollikka ega va keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan vositadir. U ayniqsa patogen zamburug‘lar va achitqilarga, shu jumladan Candida albicans ga nisbatan samaralidir. Shuningdek Aspergillus spp., Cryptococcus neoformans, Pseudoallescheria boydii va ayrim grammusbat mikroorganizmlarga, shu jumladan stafilokokklar va streptokokklarga nisbatan xam faoldir.
Mikonazol nitrati xujayra membranasining ergosteroli sintezini ingibisiya qiladi. In vitro sharoitida o‘tkazilgan tadqiqotlar, Candida spp. ga nisbatan mikonazol zamburug‘ xujayrasining o‘tkazuvchanligini o‘zgartirib, u tomondan glyukozani iste‘mol qilinishini susaytiradi.
Farmakokinetikasi
1200 mg mikonazol nitratini o‘z ichiga olgan bir suppozitoriy intravaginal yuborilganidan keyin plazmadagi o‘rtacha maksimal konsentrasiyasi 10,4 mkg/l, yarim chiqarilish davri 56,8 soatni, plazmadagi konsentrasiya-vaqt egri chizig‘i ostidagi o‘rtacha maydoni (AUC) soatiga 967 mkg/l ni, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi esa – 90-93% ni tashkil etadi.
Intravaginal yuborilganida mikonazol nitrati juda oz miqdorda (bir dozaning taxminan 1,4%) so‘riladi.
Qo‘llanilishi
Mikotran® vaginal suppozitoriylari bir martalik dozada vulvovaginal kandidozni davolashda qo‘llanadi.
Shuningdek Mikotran® vaginal suppozitoriylari zamburug‘li vaginal infeksiyalarini (ayniqsa Candida spp. tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni), shuningdek zamburug‘lar va grammusbat bakteriyalar (ikkilamchi infeksiyani olib keluvchi stafilokokklar, streptokokklar va mikokokklar) tomonidan chaqirilgan aralash infeksiyalarni davolashda ishlatiladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mikotran® vaginal suppozitoriylari vulvovaginal kandidozni davolashda bir marta qo‘llanadi, 1 vaginal suppozitoriy bir marta uyqudan oldin qinga chuqur qilib kiritiladi.
Zarurat tug‘ilganida preparatni uch kundan keyin takroran qo‘llash mumkin.
Preparatni shifokor bilan maslahatlashmasdan qo‘llanmasin.
Mikotran® vaginal suppozitoriylarini, samaradorligini pasayishi mumkinligini yoki uni yuborishdagi qiyinchiliklarni nazarda tutib, hayz ko‘rish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Vaginal suppozitoriylarni qo‘llashdan oldin qo‘llarni yuving va quriting. Gorizontal holatda yoting va oyoqlaringizni biroz ko‘taring. Suppozitoriyni qinga iloji boricha chuqurroq yuboring. Yotgan holatda yarim soat davomida qolishga harakat qiling. Vaginal suppozitoriylarni qo‘llagandan keyin qo‘llarni yana yuving.
Keksa yoshdagi (65 yoshdan oshgan) pasientlar: Yoshroq pasientlar uchun tayinlanganidek tavsiyalar beriladi.
Bolalar: Bolalarga buyurilmaydi.
Qiz bolalarda qo‘llanmasin.
Yutish va boshqa usul bilan qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Mikotran® vaginal suppozitoriylari yuborilganidan keyin ayrim pasientlarda (2-6%) qinda achishish va qichishish kabi vaginit simptomlari kuchayishi mumkin.
Bundan tashqari, chanoq mushaklarini spazmlari (2%), bosh og‘riqlari (1,3%), shuningdek juda kam hollarda – eshakemi kuzatilishi mumkin.
Noxush samaralar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qiling!
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning biron-bir komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Mikonazol nitratini boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sir ehtimolini pastligiga qaramay, Mikotran® vaginal suppozitoriylarini quyidagi dori vositalari bilan birga qo‘llanganda o‘zaro ta‘siri bo‘lishi mumkinligini hisobga olish lozim:
Astemizol, sizaprid va terfenadin: mikonazol bu moddalarning metabolizmini susaytiradi va ularning plazmadagi konsentrasiyasini oshiradi.
Karbamazepin: karbamazepinning metabolizmini susaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Mikotran® vaginal suppozitoriylarini vulvovaginal kandidozdagi samaradorligini hisobga olib, biomaterialni KON yordamida mikroskopik tekshiruvini o‘tkazish va/yoki kultural tekshirish usuli yordamida “vulvovaginal kandidoz” tashxisini tasdiqlash kerak. Suppozitoriylarning asosi ta‘sirida rezinani shikastlanishi ehtimolini nazarda tutib, suppozitoriylarni kontraseptiv diafragmalar va prezervativlar bilan bir vaqtda ishlatish tavsiya qilinmaydi.
Kontraseptiv diafragma va prezervativlar vaginal suppozitoriylar qo‘llanganidan keyin 3 kun o‘tgach ishlatilishi mumkin.
Mikotran® vaginal suppozitoriylari qo‘llanganda tamponlar ishlatilmaydi.
Homiladorlik vaqtida va laktasiya davrida qo‘llanilishi.
Homiladorlik
Mikotran® vaginal suppozitoriylarini homiladorlikning I uch oyligida ishlatilishi yuzasidan yetarli ma‘lumotlarni yo‘qligini nazarda tutib, preparat mazkur davrda qo‘llanmaydi.
Mikotran® vaginal suppozitoriylarini homiladorlikning II va III uch oyligida o‘tkir zarurat tug‘ilgan hollarda shifokor kuzatuvi ostida qo‘llash mumkin.
Laktasiya
Mikotran® vaginal suppozitoriylarini emizikli onalarda qo‘llashni ta‘siri aniq aniqlanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Mikotran® vaginal suppozitoriylarining katta miqdori behosdan tasodifan ichga qabul qilib yuborilganida bemorda sun‘iy ravishda qusishni chaqirish va me‘dani yuvishni o‘tkazish kerak. Maxsus antidoti yo‘q, simptomatik davolash buyuriladi.
Mikonazol nitratining dozasini oshirib yuborilish simptomlari: og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqda achishish hissi, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, diareya yuz berishi mumkin.
Chiqarilish shakli:
Mikotran® vaginal suppozitoriylari, 1 dona plastik blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan past bo‘lgan xona haroratida, original o‘ramida saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha beriladi.
Chiqarish shakllari