Mizoprostolning aptekalardagi narxlari
MIZOPROSTOL tabletkalari 0,2mg N5
|
|
2 ta dorixonada bor
|
100 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
MIZOPROSTOL tabletkalari 0,2mg N4
|
|
2 ta dorixonada bor
|
79 996 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
MIZOPROSTOL tabletkalari 0,2mg N3
|
|
136 ta dorixonada bor
|
60 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
62 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Mizoprostol ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MIZOPROSTOL
MISOPROSTOL
Preparatning savdo nomi: Mizoprostol
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): mizoprostol
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: mizoprostol – 200 mkg;
yordamchi moddalar: gidroksipropilmetilsellyuloza, natriy karboksimetilkraxmal, gidrogenlangan kanakunjut moyi, mikrokristall sellyuloza, mikronlashtirilgan kremniy dioksidi.
Ta‘rifi: dumaloq oq rangli yoki deyarli oq rangli tabletkalar
Farmakoterapevtik guruhi: asosan akusherlik va ginekologiyada qo‘llanadigan vositalar.
ATX kodi: G02AD06
Farmakologik xususiyatlari
Mizoprostol – tabiiy Ye1 prostaglandinining sintetik analogi. Bachadon bo‘ynini bo‘shashtiradi. Miometriyni qisqarishlari tez-tezligini oshirib, homiladorlikni erta muddatlarda to‘xtatish maqsadida qo‘llanadi. Me‘da–ichak yo‘llarining silliq mushaklarini rag‘batlantiradi, mizoprostolning yuqori dozasi (2 mg) me‘da shirasining sekresiyasini ingibisiya qiladi.
Farmakokinetikasi
Mizoprostol ichga qabul qilinganidan keyin tez so‘riladi va 1,5 soat o‘tgach to‘liq so‘rilishga erishadi. 0,2 mg dozada bir marta ichga qabul qilinganidan keyin 15 minut o‘tgach mizoprostolning zardobdagi faol metabolitlarining cho‘qqi konsentrasiyasiga va qondagi o‘rtacha cho‘qqisi 0,309 mkg/l ga erishadi. Yarim chiqarilish davri 36–48 minutni tashkil qiladi. Buyraklar va ichak orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Bachadon homiladorligini amenoreyaning 63 kunigacha bo‘lgan erta muddatlarda medikamentoz to‘xtatish.
Tug‘ruqdan keyingi qon ketishini davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
0,6 mg Mizoprostol (3 tabletka) bir marta Mizoprostol qabul qilinganidan keyin 36–48 soat o‘tgach shifokor ishtirokida qabul qilinadi.
Mizoprostolni ovqatlanishdan 2 soat oldin qabul qilish kerak.
Tug‘ruqdan keyingi qon ketishini to‘xtatish maqsadida 800 mkg dan 1000 mkg gacha Mizoprostol rektal qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
- ko‘ngil aynishi, qorinning pastki sohasida og‘riq, diareya;
- bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik;
- kam hollarda: giperemiya, qizish va qichishish, allergik shok.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- prostaglandinlarga yuqori sezuvchanlik;
- buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi, buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining disfunksiyasi va uzoq muddatli glyukokortikosteroid terapiya;
- o‘tkir yoki surunkali buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi;
- klinik tadqiqotlar bilan tasdiqlanmagan yoki hayz ko‘rishni to‘xtashi 63 kundan oshgan, bachadon ichki kontrasepsiyasini qo‘llash fonida yoki gormonal kontrasepsiya bekor qilinganidan keyin paydo bo‘lgan bachadondan tashqari homiladorlikka, homiladorlikka gumonda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Yallig‘lanishga qarshi nosteroid vositalar: indometasin, metindol, ibuprofen, naproksen, butadien, reopirin, diklofenak, voltaren, aspirin, sitramon, sedalgin, selebreksni qo‘llashdan saqlanish kerak, chunki ular preparatning samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
- Homiladorlikni erta to‘xtatish maqsadida Mizoprostolni Mifepriston qabul qilinganidan keyin buyurish kerak va alohida ishlatish mumkin emas.
- Mifepriston qabul qilgandan keyin 8–14 kun o‘tgach pasient UTT–nazoratga kelishi kerak, shuningdek homiladorlik to‘xtaganini tasdiqlash uchun beta–xorionik gormonining darajasini aniqlash kerak. Agar preparatlar qo‘llanganidan keyin 8–14 kun o‘tgach samara (to‘liq bo‘lmagan homila tushishi yoki davom etayotgan homiladorlik) kuzatilmasa, homiladorlik boshqa usul yordamida to‘xtalishi kerakligi haqida pasientkalar axborotga ega bo‘lishlari kerak, chunki homilada tug‘ma nuqsonlar shakllanishi mumkin.
- Mifepriston qo‘llanganidan keyin faqat bir necha pasient ayollardagina homila tuxumini haydalishi kuzatiladi, 80% pasient ayollarda – mizoprostolni qo‘llashdan keyin 6 soat davomida, va 10% pasient ayollarda – mizoprostol qo‘llanganidan keyin bir hafta davomida.
- Preparatni qo‘llash rezus alloimmunizasiyani oldini olishni va abort bilan birga boshqa umumiy choralarni talab qiladi.
- Preparatni qo‘llashdan oldin pasient ayol hamma nojo‘ya ta‘sirlari haqida axborotga ega bo‘lishi va 4 dan 6 soatgacha shifokor nazorati ostida bo‘lishi kerak.
- O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarida (shu jumladan bronxial astmada), og‘ir arterial gipertenziyada, yurak ritmini buzilishlarida, yurak yetishmovchiligida va glaukomada preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
- Laktasiya
Mizoprostol qabul qilinganidan keyin emizishni ikki haftaga to‘xtatish kerak.
Asoratlardan saqlanish uchun shifokorning qat‘iy ko‘rsatmasi asosida qo‘llansin.
Preparat muvofiq tayyorgarlikka ega bo‘lgan shifokorlar va kerakli jihozlarga ega muassasalarda qo‘llanishi kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: yaqqol umumiy zaharlanish, uyquchanlik, qusish, ko‘ngil aynishi va o‘ziga xos buyrak sanchig‘i bilan bo‘lgan buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi.
Davolash: qusishni chaqirish kerak; agar buning iloji bo‘lmasa – me‘dani yuvishni amalga oshirish, faollashtirilgan ko‘mir, tuzli surgilarni buyurish kerak.
Chiqarilish shakli
3 tabletkadan alyumin folga stripda.
Har bir strip qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda, +250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari
Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?
Savol qoldirish2 mahsulot mulohazalari
Sunnatullo
03 Yanvar 2023Xomlodor ayol qornidagi bola necha oyligda ichishi kerak va bir ichishda nechta
sibos
01 Avgust 2024sibos
Дилдора
17 Sentabr 2023Ичиш схемаси кандай булади
sibos
01 Avgust 2024123sss
sibos
01 Avgust 2024123sss