Nefrotektning aptekalardagi narxlari
Nefrotekt eritma
NEFROTEKT eritma 250ml
|
|
5 ta dorixonada bor
|
150 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Tanlanganlarga qo'shildi
- Nefrotekt qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Nefrotektning tarkibi
- Nefrotekt - ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Nefrotekt narxi Toshkent dorixonalarida
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Nefrotekt ko'rsatmalar
Farmakoterapevtik guruh:
- parenteral oziqlantirish uchun eritmalar – aminokislotalar.
Ishlab chiqaruvchi:
Ishlab chiqarilish joyi:
- Avstriya
Kategoriya:
Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘gan patsiyentlarda parenteral oziqlantirganda aminokislotalarni yuborish xayotiy zarur bo‘lishi mumkin. Zarurati bo‘lganida aminokislotalar eritmalari homilador ayollarga va emizikli onalarga buyurilishi mumkin. Homilador ayollar va emizikli onalarga buyurganda noxush va nojo‘ya samaralar kuzatilmagan. Teratogen samaralar aniqlanmagan.
Homilador va emizikli ayollarga Nefrotektni buyurishdan oldin xavf/foyda nisbatini baholash kerak.
Vena ichiga yuboriladi.
Doza patsiyentning individual ehtiyojlariga qarab tanlanishi kerak. Agar o‘zgacha buyurilmagan bo‘lsa:
- Gemo- yoki peritoneal dializda bo‘lmagan o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda: sutkada 1 kg tana vazniga 0,6-0,8 g aminokislotalar = sutkada 6-8 ml/kg;
- Gemo- yoki peritoneal dializda bo‘lgan o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda: sutkada 1 kg tana vazniga 0,8-1,2 g aminokislotalar = sutkada 8-12 ml/kg;
- Gemo- yoki peritoneal dializda aminokislotalarni yo‘qotilishini o‘rnini to‘ldirish: sutkada 1 kg tana vazniga 0,5-0,8 g aminokislotalar = sutkada 5 -8 ml/kg.
Kattalar va bolalar uchun maksimal tavsiya etilgan sutkalik doza: sutkada 1 kg tana vazniga 0,8-1,2 g aminokislotalar = sutkada 8-12 ml/kg. Bu tana vazni 70 kg bo‘lgan patsiyentlar uchun sutkada taxminan 560-840 ml ni tashkil qiladi.
Kattalar va bolalar uchun maksimal tavsiya etilgan yuborish tezligi:
- Parenteral oziqlantirish: soatiga 1 kg tana vazniga 0,1 g aminokislotalar = soatiga 1 ml/kg.
- Gemo- yoki peritoneal dializda aminokislotalarni yo‘qotilishini o‘rnini to‘ldirish: soatiga 1 kg tana vazniga 0,2 g aminokislotalar = soatiga 2 ml/kg.
Odatda parenteral oziqlantirish o‘tkazilganda har qanday aminokislotali eritmalar energiya manbai preparatlari: glyukoza eritmalari va/yoki yog‘ emulsiyalari bilan majmuada buyuriladi. To‘liq parenteral oziqlantirish o‘tkazilganda Nefrotekt energiya manbalari, elektrolitlar, suvda eruvchan va yog‘da eruvchan vitaminlar va mikroelementlar bilan birga qo‘llanadi. Nefrotekt preparatini parenteral oziqlantirish uchun boshqa preparatlar bilan birga yakuniy osmolyarlikka qarab markaziy yoki periferik venalarga yuborish mumkin.
Nefrotekt preparatini alohida infuzion tizim orqali yuborilishi yoki aseptik sharoitlarda parenteral oziqlantirishning boshqa komponentlari bilan aralashtirilishi va konteynerga yuborilishi mumkin.
Dializda aminokislotalarni yo‘qotilishini o‘rnini to‘ldirish uchun Nefrotekt preparati glyukoza eritmalari va yog‘ emulsiyasisiz bevosita dializ apparatining venoz qismiga yuborilishi mumkin.
Nefrotekt bemorga parenteral oziqlanishtirish talab etilgan vaqt davomida yoki aminokislotalarni yo‘qotilishini to‘ldirish zarurati qolgan vaqt davrida buyurilishi mumkin.

Tarkibi:
1 litr eritma quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar:
L-izoleysin 5,80 g
L-leysin 12,80 g
L-lizin monoatsetati 16,925 g
(= L-lizin 12,0 g)
L-metionin 2,00 g
L-fenilalanin 3,50 g
L-treonin 8,20 g
L-triptofan 3,00 g
L-valin 8,70 g
L-arginin 8,20 g
L-gistidin 9,80 g
L-alanin 6,20 g
N-atsetil-L-sistein 0,54 g
(=L-sistein 0,40 g)
Glitsin 5,305 g
L-prolin 3,00 g
L-serin 7,60 g
L-tirozin 0,60 g
Glitsil –L-tirozin (suvsiz) 3,155 g
yordamchi moddalar:
Konsentratsiyalangan sirka kislotasi 2,50 – 4,0g
Olma kislotasi 2,01 g
In’eksiya uchun suv 1 l gacha
Aminokislotalarning umumiy miqdori 100 g/l
Azotning umumiy miqdori 16,3 g/l
rN 5,5 – 6,5
nazariy osmolyarligi 935 mOsm/l
Chiqarilish shakli
Infuziya uchun eritma 250 ml dan rezina (galobutil) tiqin va birinchi ochish nazoratli-plastik qopqoqli alyumin qopqoqcha bilan berkitilgan rangsiz shisha flakonlarda. 10 flakondan plastik tutqich yoki usiz tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Nefrotekt – organizmda oqsil sintezi uchun va parenteral oziqlantirganda musbat azot muvozanatiga erishish uchun va dializda aminokislotalarni yo‘qotilishini o‘rnini to‘ldirish uchun zarur bo‘lgan almashtirib bo‘lmaydigan va almashtirib bo‘ladigan aminokislotalar eritmasidir.
Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar uchun maxsus ishlab chiqarilgan.

Retsept bo‘yicha.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin!
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

tiniq yoki biroz tovlanuvchi, rangsizdan och-sariq ranggacha bo‘lgan eritma.
Preparatni maksimal tavsiya etilgandan yuqori tezlikda yuborganda ko‘ngil aynishi, qusish, gipertermiya, qaltirash, giperemiya, giperamminiyemiya, giperaminoatsidemiya, atsidoz kuzatiladi.
Dozani oshirib yuborilishi belgilari paydo bo‘lganda infuziya to‘xtatilishi kerak.