Neyroksning aptekalardagi narxlari
NEYROKS eritma 5ml N5
|
|
20 ta dorixonada bor
|
85 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
NEYROKSON eritma 100mg/ml 45ml N1
|
|
5 ta dorixonada bor
|
140 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
NEYROKSON sirop 100mg/ml 45ml
|
|
46 ta dorixonada bor
|
117 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
90 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Neyroks ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
NEYROKS
NEYROKS
Preparatning savdo nomi: Neyroks
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): etilmetilgidroksipiridin suksinati
Dori shakli: vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma
Tarkibi:
1 ampula (2 ml) quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: etilmetilgidroksipiridin suksinati – 100 mg;
1 ampula (5 ml) quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: etilmetilgidroksipiridin suksinati – 250 mg;
yordamchi moddalar: natriy disulfiti, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: antioksidant vosita.
ATX kodi: N07XX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Etilmetilgidroksipiridin suksinati (EMGPS) erkin radikal jarayonlarning ingibitori, membranoprotektori bo‘lib, antigipoksik, stressprotektiv, nootrop, tirishishga qarshi va anksiolitik ta‘sirga egadir. 3-oksipiridinlar sinfiga mansubdir. Ta‘sir mexanizmi antioksidant va membranoprotektor xususiyatlari bilan bog‘liq. Lipidlarning perekisli oksidlanishini susaytiradi, superoksidazaning faolligini oshiradi, lipid-oqsil nisbatini oshiradi, hujayralar membranalarining strukturasi va funksiyasini yaxshilaydi. Membranaga bog‘langan fermentlar, reseptor komplekslarning faolligini modulyasiya qiladi, bu ularni ligandalar bilan bog‘lanishiga, biomembranalarning funksional buzilishini shakllanganligini saqlanishiga, neyromediatorlarini tashilishiga va sinaptik o‘tkazilishini yaxshilanishga yordam beradi. Bosh miyada dofaminning konsentrasiyasini oshiradi. Aerob glikolizning kompensator faolligini kuchaytiradi va Krebs siklida gipoksiya sharoitlarida adenozintrifosfor kislotasi va kreatinfosfatni oshishi bilan oksidlanish jarayonlarini susayish darajasini pasaytiradi, mitoxondriyalarning energiyani sintezlovchi faoliyatini faollashtiradi. Patologik holatlarda (shok, gipoksiya va ishemiya, miya qon aylanishini buzilishlari, etanol va antipsixotik dori vositalari bilan intoksikasiya) organizmning turli shikastlovchi omillarning ta‘siriga chidamliligini oshiradi. Bosh miyani qon bilan ta‘minlanishini va metabolizmini, mikrosirkulyasiyani va qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, trombositlar agregasiyasini kamaytiradi. Qon hujayralarining (eritrositlar va trombositlar) membranalarini barqarorlashtiradi, gemoliz rivojlanishi ehtimolini pasaytiradi. Gipolipidemik ta‘sirga ega, umumiy xolesterin va past zichlikdagi lipoproteinlar miqdorini kamaytiradi.
Ishemiyaga uchragan miokardda metabolik jarayonlarni normallashtiradi, nekroz zonasini kamaytiradi, miokardning elektrik faolligi va qisqaruvchanligini tiklaydi va/yoki yaxshilaydi, shuningdek ishemiya sohasida koronar oqimini oshiradi, nitropreparatlarning antianginal faolligini oshiradi, o‘tkir koronar yetishmovchiligida reperfuzion sindromining oqibatlarini kamaytiradi.
Stressopretektor ta‘siri stressdan keyingi hatti-harakatni, somatovegativ buzilishlarni, “uyqu-tetiklik” sikllarini, o‘rganish jarayonlari va xotirani tiklanishi, bosh miyaning turli strukturalarida distrofik o‘zgarishlarni kamayishi bilan namoyon bo‘ladi.
Etilmetilgidroksipiridin suksinati abstinent sindromida yaqqol antitoksik ta‘sirga ega, o‘tkir alkogolli intoksikasiyaning nevrologik va neyrotoksik ko‘rinishlarini bartaraf qiladi, hatti-harakat va kognitiv buzilishlarni tuzatadi. Etilmetilgidroksipiridin suksinati ta‘siri ostida trankvilizasiya qiluvchi, neyroleptik, antidepressiv, uyqu va tirishishga qarshi vositalarning ta‘siri kuchayadi, bu ularning dozasini va nojo‘ya samaralarini kamaytirish imkoniyatini beradi.
Farmakokinetikasi
Mushak ichiga yuborilganidan keyin qon plazmasida preparat 4 soat davomida aniqlanadi. Mushak ichiga yuborilganida maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti – 0,3-0,58 soat. Mushak ichiga 400-500 mg dozada yuborilganida maksimal konsentrasiyasi
2,5-4 mkg/ml. Etilmetilgidroksipiridin suksinati qon tizimidan a‘zolar va to‘qimalarga tez o‘tadi va organizmdan tez chiqariladi. Mushak ichiga yuborilganida preparatni organizmda tutib turilishini o‘rtacha vaqti – 0,7-1,3 soat. Glyukuronlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Siydik bilan tez asosan metabolitlari ko‘rinishida (12 soat ichida 50%) tez va ozgina miqdori – o‘zgarmagan holda (12 soat ichida 0,3%) chiqariladi. Preparat qabul qilinganidan keyingi birinchi 4 soat davomida yuqori jadallik bilan chiqariladi. Siydik bilan o‘zgarmagan preparat va metabolitlarini chiqarilishining ko‘rsatkichlarida ahamiyatli individual o‘zgaruvchanlikka ega.
Qo‘llanilishi
- miya qon aylanishini o‘tkir buzilishlari (majmuaviy davolash tarkibida);
- bosh-miya jarohati, bosh-miya jarohatlarining oqibatlari;
- dissirkulyator ensefalopatiya;
- vegetativ (neyrosirkulyator) distoniya sindromi;
- aterosklerotik genezli yengil kognitiv buzilishlar;
- nevrotik va nevrozsimon holatlardagi xavotirlik holatlari;
- o‘tkir miokard infarkti (birinchi sutkalardan boshlab) majmuaviy davolash tarkibida;
- turli bosqichlardagi ochiq burchakli glukoma, majmuaviy davolash tarkibida;
- alkogolizmdagi nevrozsimon va vegetativ–tomirli buzilishlarni ustunligi bilan kechuvchi abstinent sindromi;
- antipsixotik dori vositalari bilan o‘tkir intoksikasiya.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mushak ichiga (m/i) yoki vena ichiga (v/i) (oqim bilan yoki tomchilab) yuboriladi. Infuzion yuborish usulida preparatni natriy xloridining 0,9% eritmasida suyultirish kerak.
Neyroks oqim bilan asta-sekin 5-7 minut davomida, tomchilab – minutiga 40-60 tomchi tezlik bilan yuboriladi. Maksimal sutkalik doza 1200 mg dan oshmasligi kerak.
Miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishlarida Neyroks majmuaviy davolashda birinchi 10-14 kunlari vena ichiga tomchilab 200-500 mg dan sutkada 2-4 marta, so‘ngra – 2 hafta davomida mushak ichiga 200-250 mg dan sutkada 2-3 marta yuboriladi.
Bosh-miya jarohati, bosh-miya jarohatlarining oqibatlarida Neyroks 10-15 kun davomida v/i tomchilab 200-500 mg dozada sutkada 2-4 marta qo‘llanadi.
Dekompensasiya bosqichidagi dissirkulyator ensefalopatiyada Neyroksni v/i oqim bilan yoki tomchilab 200-500 mg dozada sutkada 1-2 marta 14 kun davomida buyurish kerak. So‘ngra – keyingi 2 hafta davomida m/i sutkada 100-250 mg dan yuboriladi.
Dissirkulyator ensefalopatiyani kursli profilaktikasi uchun Neyroks 10-14 kun davomida m/i 200-250 mg dozada sutkada 2 marta yuboriladi.
Neyrosirkulyator distoniyada, nevrotik va nevrozsimon holatlarda preparat 14 kun davomida m/i sutkada 50-400 mg dan yuboriladi.
Keksa yoshdagi bemorlardagi yengil kognitiv buzilishlarda va xavotirli buzilishlarda preparat 14-30 kun davomida m/i sutkada 100-300 mg li sutkalik dozada qo‘llanadi.
O‘tkir miokard infarktida majmuaviy davolash tarkibida Neyroks v/i yoki m/i 14 sutka davomida miokard infarktini an‘anaviy davolash (nitratlar, beta-adrenoblokatorlar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari, trombolitiklar, antikoagulyatlar va antiagregant vositalar, shuningdek ko‘rsatmalar bo‘yicha simptomatik vositalarni o‘z ichiga oluvchi davolash) fonida yuboriladi.
Birinchi 5 sutka davomida Neyroks vena ichiga yuboriladi, keyingi 9 sutka davomida preparat mushak ichiga yuborilishi mumkin.
Preparatni vena ichiga yuborishni tomchilab infuziya yo‘li bilan (asta-sekin) 30-90 minut davomida (0,9% li natriy xloridi eritmasi yoki 5% li dekstroza (glyukoza) eritmasining 100-150 ml da) o‘tkaziladi, zarurat tug‘ilganida preparatni kamida 5 minut davomiylikdagi oqim bilan asta-sekin yuborish mumkin.
Preparatni yuborishni har 8 soatdan so‘ng sutkada 3 marta (v/i yoki m/i) amalga oshiriladi. Sutkalik terapevtik doza sutkada tana vazniga 6-9 mg/kg ni, 1 martalik doza – tana vazniga 2-3 mg/kg ni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza 800 mg dan, bir martalik esa – 250 mg dan oshmasligi kerak.
Turli bosqichdagi ochiq burchakli glaukomada kompleks davolash tarkibida Neyroks 14 kun davomida m/i sutkada 100-300 mg dan sutkada 1-3 marta yuboriladi.
Alkogolli abstinent sindromida Neyroks 5-7 kun davomida m/i yoki v/i tomchilab 200-500 mg dozada sutkada 2-3 marta yuboriladi.
Antipsixotik dori vositalari bilan o‘tkir intoksikasiyada preparat 7-14 kun davomida v/i sutkada 200-500 mg dozada yuboriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Parenteral yuborilganida (ayniqsa vena ichiga oqim bilan): og‘izni qurishi, og‘izda “metall” ta‘mi, butun tana bo‘ylab “oqib kelayotgan issiq” hissi, tomoqni qirilishi va ko‘krak qafasida diskomfort, havoni yetishmasligi tuyg‘usi (odatda haddan tashqari tez yuborish tezligi bilan bog‘liq bo‘lib, qisqa muddatli xarakterga egadir).
Uzoq muddat qo‘llanilganida – ko‘ngil aynishi, meteorizm, uyquni buzilishi (uyquchanlik yoki uyquga ketishni buzilishi).
Allergik reaksiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparat yoki uning komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik;
- o‘tkir buyrak yetishmovchiligi;
- o‘tkir jigar yetishmovchiligi;
- homiladorlik;
- emizish;
- bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan: anamnezidagi allergik kasalliklar va reaksiyalar, shu jumladan sulfitlarga yuqori sezuvchanlikda.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Benzodiazepin anksiolitiklari, tutqanoqqa qarshi (karbamazepin), parkinsonizmga qarshi (levodopa) dori vositalarining, nitratlarning ta‘sirini kuchaytiradi. Etanolning toksik samaralarini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolash davrida avtotransportni haydashda va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: uyquni buzilishi (uyqusizlik, ayrim hollarda – uyquchanlik); vena ichiga yuborilganida – ahamiyatsiz va qisqa muddatli (1,5-2 soatgacha) qon bosimini oshishi.
Davolash: odatda davolash talab qilinmaydi – simptomlar bir sutka davomida o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Uyqusizlikning og‘ir hollarida – nitrazepam 10 mg, oksazepam 10 mg yoki diazepam 5 mg. Arterial bosim haddan ziyod oshganida – arterial bosimni nazorati ostida gipotenziv dori vositalari.
Chiqarilish shakli
Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma 50 mg/ml.
2 ml yoki 5 ml dan sindirish uchun rangli xalqasi yoki rangli nuqtasi va chiziqchasi bo‘lgan yorug‘likdan himoyalangan shisha ampulada. Ampulaga qo‘shimcha ravishda bir, ikki yoki uchta rangli xalqa va/yoki ikki o‘lchamli shtrix-kod, va/yoki harf-raqamli kodirovka tushiriladi yoki qo‘shimcha rangli xalqasiz, ikki o‘lchamli shtrix-kodsiz, harf-raqamli kodirovkasiz bo‘ladi. 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda.
5 ml dan ampulalar 1 kontur uyali o‘ramdan yoki 2 ml dan ampulalar 2 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari