Ostatin ko'rsatmalar
Me'da-ichak yo'llari va me'da osti bezining endokrin o'smalari bilan bog'liq bo'lgan simptomlarini engillashtirish:
-karsinoid sindrom bilan kechuvchi karsinoid o'smalar;
-Vipomalar (vazofaol intestinal peptidni ko'p ishlab chiqarilishi bilan xarakterlanadigan o'smalar);
-glyukagonomalar;
-gastrinomalar/Zollinger-Ellison sindromi – odatda N2-gistamin reseptorlarining antagonistlari yoki proton nasosi ingibitorlari bilan majmuada;
-insulinomalar (operasiyadan oldingi davrda gipoglikemiyani nazorat qilish, hamda bir maromda ushlab turuvchi davolash uchun);
-somatoliberinomalar (o'sish gormoni rilizing-omilini juda ko'p ishlab chiqarilishi bilan xarakterlanadigan o'smalar).
Oktreotid o'smaga qarshi preparat hisoblanmaydi va uni qo'llash ushbu toifa bemorlarini butunlay tuzalib ketishiga olib kelmaydi.
OITS bo'lgan bemorlarda refrakter diareya.
Me'da osti bezida o'tkazilgan operasiyalardan keyingi asoratlarni oldini olish.
Jigar tsirrozi bo'lgan bemorlarda qizilo'ngachning varikoz kengaygan venalaridan qon ketishini to'xtatish va qon ketishini qaytalanishini (residiv) oldini olish (spesifik davolash choralari, masalan, endoskopik skleroz chaqiruvchi davolash bilan majmuada) uchun qo'llanadi.
Umumiy klirensi minutiga 160 ml ni tashkil etadi. Preparat teri ostiga yuborilganidan so'ng yarim chiqarilish davri - 100 minutni tashkil etadi. Oktreotid preparati vena ichiga yuborilganidan so'ng preparatni chiqarilishi muvofiq ravishda 10 va 90 minut yarim chiqarilish davri bilan ikki bosqichda amalga oshadi. Peptidning yuborilgan dozasini katta qismi axlat bilan chiqariladi, taxminan 32% o'zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Buyrak faoliyatini buzilishi teri ostiga yuborilgan oktreotidning umumiy ekspozisiyasiga ("kontsentrasiya-vaqt" egri chizig'i ostidagi maydon) ta'sir qilmaydi. Jigar tsirrozi bo'lgan bemorlarda eliminasiya hususiyati pasayishi mumkin.
Preparatni teri ostiga mustaqil ravishda yuboradigan bemorlar, shifokor yoki hamshiradan batafsil yo'riqnoma olishlari kerak. Yuborilgan joyda noxush hislar kam bo'lishi uchun, eritma yuborilishidan oldin uning haroratini xona haroratiga etkazish kerak. Preparatni bir joyga qisqa vaqt oralig'ida takroriy yuborishdan saqlanish kerak.
Ampulalarni bevosita yuborishdan oldin ochish lozim, preparatning qoldig'ini utilizasiya qilish kerak.
Vena ichiga infuziyalar
Suyultirilgan eritma 25oS dan yuqori bo'lmagan haroratda, kamida 24 soat davomida fizik va kimyoviy jihatdan barqaror bo'lib qoladi.
Umumiy qoidalar
O'sish gormonini ishlab chiqaruvchi gipofizning o'smalari ba'zida kattalashib, jiddiy asoratlarni (masalan, ko'rish maydonini torayishi) chaqirishi mumkinligi tufayli, barcha pasientlarning holatini sinchiklab monitoring o'tkazish ahamiyatga ega.
Tug'ish yoshidagi ayollarga Oktreotid bilan davolanish vaqtida kontratsepsiyaning adekvat usullarini qo'llashni tavsiya etish kerak.
Oktreotid preparati bilan davomli davolanayotgan pasientlarda qalqonsimon bezning faoliyatini nazorat qilish kerak.
O't pufagi bilan bog'liq bo'lgan ko'rinishlar
Oktreotid preparatini teri ostiga uzoq vaqt davomida olayotgan pasientlarning 15-30% da o't pufagida toshlarni hosil bo'lishi kuzatilgan. Aholining umumiy populyasiyasida ushbu patologiyani tarqalish kengligi taxminan 5-20% ni tashkil etadi.
Glyukozaning metabolizmi
O'sish gormoni, glyukagon va insulinga tormozlovchi ta'sirini hisobga olib, Oktreotid preparati glyukozaning darajasini boshqarilishini buzishi mumkin. Ovqat qabul qilgandan so'ng glyukozani o'zlashtirilishi buzilishi mumkin va ayrim hollarda preparatni surunkali yuborilishi oqibatida persistrasiyalanuvchi giperglikemiya rivojlanishi mumkin.
Oktreotid olayotgan insulinomasi bo'lgan pasientlarda, o'sish gormoni va glyukagonni ishlab chiqarilishini, insulinga nisbatan kuchliroq susaytirish hususiyati borligi tufayli, shuningdek insulinga uning qisqa muddatli ingibitsiya qiluvchi ta'siri tufayli, gipoglikemiyaning jadalligini va davomiyligini oshirishi mumkin.
Qizilo'ngach venalarining varikozi
Qizilo'ngachning varikoz venalaridan qon ketish epizodlari, insulinga qaram diabetni rivojlanishini yoki ilgari diabeti bo'lgan pasientlarda insulinga bo'lgan ehtiyojni o'zgarishini yuqori xavfi bilan kechishi sababli, qonda glyukozaning darajasini monitoring o'tkazish kerak.
Keksa yoshdagi odamlarda qo'llanishi
Oktreotid preparati bilan davolangan keksa yoshdagi pasientlarda preparatning o'zlashtirilishini pasayishi yoki dozasiga tuzatish kiritish kerakligi yuzasidan dalillar yo'q.
Jigar faoliyatini buzilishlari bo'lgan pasientlarda qo'llanishi
Jigar tsirrozi bo'lgan pasientlarda preparatning yarim chiqarilish davri uzayishi mumkin, preparatning bir maromda tutib turuvchi dozasini buyurishda buni hisobga olish kerak.
Buyrak faoliyatini buzilishlari bo'lgan pasientlarda qo'llanishi
Buyrak faoliyatini buzilishi teri ostiga in'ektsiya yo'li bilan yuborilgan oktreotidning umumiy ekspozisiyasiga (preparatning kontsentrasiyasini vaqtga bog'liq egri chizig'i ostidagi maydon) ta'sir qilmaydi. Shunday ekan, Oktreotid preparatining dozasiga tuzatish kiritish zarurati yo'q.
faol modda: Oktreotid (Oktreotid atsetati holida) – 0,1 mg;
yordamchi moddalar: sut kislotasi, mannitol, natriy bikarbonati, in'ektsiya uchun suv.
Agar Oktreotid preparati bilan uch oy davolangandan so'ng, o'sish gormonining miqdorini etarli darajada pasayishi va kasallikning klinik manzarasini yaxshilanishi kuzatilmasa, davolashni to'xtatish kerak.
Me'da ichak yo'llari va me'da osti bezining endokrin o'smalarida preparatni t/o 0,05 mg boshlang'ich dozada sutkada 1-2 marta yuboriladi. Keyinchalik, erishilgan klinik samaraga, o'sma ishlab chiqaradigan gormonlarning miqdoriga (karsinoid o'smalarda – 5-gidroksiindolsirka kislotasini siydik bilan ajralishiga ta'siri) va o'zlashtirilishiga qarab, preparatning dozasini asta-sekin sutkada 3 marta 0,1-0,2 mg gacha oshirish mumkin. Ayrim hollarda nisbatan yuqori dozalar kerak bo'lishi mumkin.
Preparatning bir maromda ushlab turuvchi dozalarini individual ravishda tanlash kerak.
Agar Oktreotid preparatining maksimal o'zlashtiriladigan dozasi bilan davolashning birinchi haftasi davomida bemorning ahvolini yaxshilanishi kuzatilmasa, davolashni to'xtatish kerak.
OITS bo'lgan bemorlardagi refrakter diareyada preparat t/o boshlang'ich 0,1 mg dozada sutkada 3 marta yuboriladi. Agar bir hafta davomida davolashdan so'ng diareya to'xtamasa, preparatning dozasini individula ravishda, hatto sutkada 3 marta 0,25 mg gacha oshirish mumkin. Dozani to'g'rilash axlatning dinamikasi va preparatni o'zlashtira olinishi hisobga olinib amalga oshiriladi. Agar Oktreotid preparati bilan 0,25 mg dozada kuniga 3 marta bir hafta davomida davolashda yaxshilanish kuzatilmasa, davolashni to'xtatish kerak.
Me'da osti bezidagi operasiyalardan keyingi asoratlarni oldini olish uchun preparat t/o 0,1 mg dan sutkada 3 marta operasiya kunidan boshlab ketma-ket 7 kun davomida (hech bo'lmaganda laparotomiyadan 1 soat oldin) yuboriladi.
Qizilo'ngachning varikoz kengaygan venalaridan qon ketishida preparat soatiga 25 mkg dozada vena ichiga uzluksiz infuziya yo'li bilan 5 kun davomida yuboriladi. Oktreotid preparatini natriy xloridning 0,9% izotonik eritmasi bilan suyultirish mumkin.
Jigar tsirrozi bo'lgan bemorlarda qizilo'ngachni varikoz kengaygan venalaridan qon ketishi tufayli, Oktreotid preparati soatiga 50 mkg dan 5 kun davomida vena ichiga uzluksiz infuziya yo'li bilan qo'llaganida, yaxshi o'zlashtirilishi aniqlangan.
Preparatga nojo'ya reaktsiyalar quyidagi chastota bo'yicha joylashtirilgan: birinchisi – quyidagi gradasiyalarni qo'llash bilan eng tez-tez: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam (≥1/10000, <1/1000); juda kam (1/10000), shu jumladan alohida xabarlar. Har bir guruhda nojo'ya reaktsiyalar jiddiyligini pasayishi tartibida joylashtirilgan.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan: juda tez-tez – diareya, qorinda og'riq, ko'ngil aynishi, qabziyat, meteorizm; tez-tez – dispepsiya, qusish, qorinni dam bo'lishi, steatoreya, tez-tez suyuq ich kelishi, axlat massalarini rangsizlanishi.
Nerv tizimi tomonidan: juda tez-tez – bosh og'rig'i; tez-tez – bosh aylanishi.
Endokrin tizimi tomonidan: tez-tez – gipotireoz, qalqonsimon bezning disfunktsiyasi (masalan, tireostimullovchi gormonning darajasini past bo'lishi, umumiy T4 ning darajasini past bo'lishi, erkin T4 ning darajasini past bo'lishi).
Gepatobiliar tizimi tomonidan: juda tez-tez – xolelitiaz; tez-tez – xolesistit, o't konkrementlari, giperbilirubinemiya; kam hollarda – o'tkir pankreatit, xolestazsiz o'tkir gepatit, xolestatik gepatit, xolestaz, sariqlik, xolestatik sariqlik.
Teri va teri osti to'qimasi tomonidan: tez-tez – qichishish, toshmalar, alopesiya; tez-tez emas – eshakemi.
Nafas tizimi tomonidan: tez-tez – dispnoe.
Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: tez-tez – bradikardiya; tez-tez emas – taxikardiya; kam hollarda – aritmiya.
Immun tizimi tomonidan: tez-tez emas – allergiya / o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari; kam hollarda – anafilaksiya.
Metabolizm va trofikani buzilishlari: juda tez-tez – giperglikemiya; tez-tez – gipoglikemiya, glyukozani o'zlashtirilishini buzilishi, anoreksiya; tez-tez emas – degidratasiya.
Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar: juda tez-tez – in'ektsiya qilingan joyda og'riq; tez-tez – asteniya.
Laboratoriya tekshirishlari: tez-tez – transaminazalar darajasini oshishi; kam hollarda – ishqoriy fosfatazaning darajasini oshishi, gammaglutamiltransferazaning darajasini oshishi.
Oktreotid va bromkriptinni bir vaqtda yuborish bromokriptinning biokiraolishligini oshiradi.
Cheklangan chop etilgan ma'lumotlar, somatostatin analoglari tsitoxrom R450 fermentini ishtirokida metabolizmga uchraydigan moddalarning metabolik klirensini pasaytirishi mumkinligidan dalolat beradi, bu o'sish gormonining susayishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Oktreotidning bunday ta'siri borligini istisno qilish mumkin bo'lmasligi tufayli, asosan CYP3A4 ishtirokida metabolizmga uchraydigan va tor terapevtik indeksi bilan ishlatiladigan boshqa preparatlarni (masalan, xinidin, terfenadin) ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Nomutanosiblik.
Oktreotid atsetati to'liq parenteral oziqlantirish uchun qo'llanadigan eritmalarida beqarordir. "Qo'llash usuli va dozalari" bo'limida ko'rsatilmagan erituvchilar qo'llanilmasin.
Oktreotid sog'lom odamlarda quyidagilarni susaytiradi:
•o'sish gormonini, arginin, jismoniy harakatlar va insulin gipoglikemiyasi bilan chaqirilgan sekresiyasi;
•insulin, glyukagon, gastrin va gastro-entero-pankreatik endokrin tizimining boshqa peptidlarini, ovqat qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan sekresiyasi, shuningdek insulin va glyukagonni arginin bilan stimullanadigan sekresiyasi;
•tireotropinni, tireoliberin bilan bog'liq bo'lgan sekresiyasini susaytiradi.
Somatostatindan farqli ravishda, Oktreotid o'sish gormonining sekresiyasini insulinga nisbatan ko'proq susaytiradi. Oktreotidni yuborish, gormonlarning (ya'ni akromegaliyasi bo'lgan bemorlarda o'sish gormoni) rikoshet gipersekresiyasi bilan birga kechmaydi.
Akromegaliyasi bo'lgan bemorlarda Oktreotid qon plazmasida o'sish gormoni va insulinga o'xshash o'sish omili 1 (IO'O-1) ning kontsentrasiyasini pasaytiradi. 90% bemorlarda o'sish gormonini 50% ga va undan ko'p foizga susayishi kuzatiladi; qon plazmada o'sish gormonining miqdorini 5 ng/ml dan kam darajaga pasayishi bemorlarning taxminan yarmida erishiladi.
Me'da-ichak yo'llarining va me'da osti bezining funktsional endokrin o'smalari bo'lgan bemorlarda Oktreotid o'zining turli xil endokrin samaralari tufayli kasallikning qator klinik belgilariga ta'sir qiladi.
Karsinoid o'smalarda Oktreotid preparatini qo'llash qizib ketish hissi va diareya kabi simptomlarning yaqqollik darajasini kamayishiga olib kelish mumkin, u ko'pchilik hollarda plazmada serotoninning kontsentrasiyasini va 5-gidroksiindolsirka kislotasini siydik bilan ekskresiyasini pasayishi bilan kechadi.
Vazofaol intestinal peptid (VIP) ning juda ko'p ishlab chiqarilishi bilan xarakterlanadigan o'smalarda Oktreotid preparatini qo'llash ko'pchilik bemorlarda, ushbu holat uchun xos bo'lgan og'ir darajadagi sekretor diareyani kamayishiga olib keladi, bu o'z navbatida bemorning hayot tarzini yaxshilanishiga sabab bo'ladi.
Glyukagonomalarda Oktreotid preparatini qo'llash ko'p hollarda ushbu holat uchun xos bo'lgan nekrozga uchragan ko'chib yuruvchi toshmalarni sezilarli darajada kamayishiga olib keladi.
Gastrinomalarda/Zollinger-Ellison sindromida monoterapiya sifatida yoki proton nasosining ingibitorlari yoki N2-reseptorlarining blokatorlari bilan majmuada qo'llangan Oktreotid, me'dada xlorid kislotasi ishlab chiqarilishini kamaytirishi va klinik, jumladan diareyaga nisbatan yaxshilanishga olib kelishi mumkin.
Insulinomalari bo'lgan bemorlarda Oktreotid qonda immunoreaktiv insulinning darajasini kamaytiradi. Biroq, ushbu samara qisqa muddatli – taxminan 2 soat bo'lishi mumkin).
O'sish gormonining rilizing-omilini juda ko'p ishlab chiqaradigan o'smalari (somatoliberinomalar) bo'lgan bemorlarda Oktreotid akromegaliya simptomlarining yaqqollik darajasini kamaytiradi.
Orttirilgan immuntanqislik sindromi (SPID) bilan xastalangan bemorlardagi refrakter diareyada Oktreotid preparatini qo'llash, mikroblarga va/yoki diareyaga qarshi vositalar yordamida adekvat davolashda nazorat qilinmaydigan, diareya bilan xastalangan bemorlarning taxminan 1/3 qismida ich kelishini to'liq yoki qisman normallashishiga olib keladi.
Me'da osti bezida operasiya o'tkazilayotgan bemorlarda Oktreotid preparatini operasiya vaqtida va undan keyin qo'llash, operasiyadan keyingi asoratlar (masalan, pankreatik oqma yaralar, abssesslar, sepsis, operasiyadan keyingi o'tkir pankreatit) ning yuzaga kelish chastotasini pasaytiradi.
Jigar tsirrozi bo'lgan bemorlarda qizilo'ngach va me'daning varikoz kengaygan venalaridan qon ketishida Oktreotid preparatini o'ziga xos davolash (masalan, sklerozga olib keladigan davolash) bilan majmuada qo'llash, qon ketishi va erta qayta qon ketishini yanada samarali to'xtashiga, transfuziyalar hajmini kamayishiga va 5 kun davomida davolanganda ahvolini yaxshilanishiga olib keladi.
При кровотечении из варикозно расширенных вен пищевода и желудка у больных циррозом печени применение препарата октреотид в комбинации со специфическим лечением (например, склерозирующей терапией) приводило к более эффективной остановке кровотечения и раннего повторного кровотечения, уменьшению объема трансфузий и улучшению 5-дневного выживания.
Yaroqlilik muddati 2 yil.
Bolalarda dozalar kuniga 50-3000 mikrogrammni tashkil etgan va vena ichiga uzluksiz infuziya yo'li bilan (soatiga 2,1-500 mikrogramm) yoki teri ostiga (50-100 mikrogramm) yuborilgan. Yagona noxush ko'rinishi engil giperglikemiya bo'lgan.
Oktreotid preparatini kuniga 3000-30000 mikrogramm dozalarini bo'lingan dozalar ko'rinishida teri ostiga olgan, rak bilan xastalangan pasientlarda, kutilmagan noxush ko'rinishlar kuzatilmagan.
Davolash - simptomatik.
Chiqarish shakllari