Pananginning aptekalardagi narxlari
PANANGIN tabletkalari 158mg+140mg N50
|
|
250 ta dorixonada bor
|
29 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
47 100 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
40 000 so'mdan
Bron qilish
|
PANANGIN FORTE tabletkalari 316mg+280mg N60
|
|
2 ta dorixonada bor
|
119 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
PANANGIN MR konsentrat 10ml N5
|
|
2 ta dorixonada bor
|
22 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
PANANGIN konsentrat 10ml N5
|
|
249 ta dorixonada bor
|
16 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
77 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
54 300 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Panangin ko'rsatmalar
DORI PREPARATINI QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
(MUTAXASSISLAR UCHUN)
- PREPARATNING NOMI
PANANGIN, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
PANANGIN
- SIFAT VA MIQDORIY TARKIBI
Qobiq bilan qoplangan bir tabletka 158 mg kaliy asparaginati (½ N2O kaliy asparaginati shaklida) va 140 mg magniy asparaginati (4 N2O magniy asparaginati shaklida) saqlaydi.
Yordamchi moddalarning to‘liq ro‘yxati 6.1 bo‘limda keltirilgan.
- DORI SHAKLI
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Oq yoki deyarli oq rangli, disk shaklidagi, ikki yoqlama qavariq, biroz yaltiroq va sezilarsiz darajada notekis yuzali, deyarli hidsiz plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
- KLINIK XUSUSIYATLARI
4.1 Qo‘llanilishi
Preparat yurakning surunkali kasalliklarida (yurak yetishmovchiligida, infarktdan keyingi davrda), yurak ritmini buzilishlarida, eng avvalo yurak qorinchalari aritmiyalarida qo‘shimcha davolash uchun qo‘llanadi.
Angishvonagul preparatlari bilan majmuada qo‘shimcha davolash uchun qo‘llanadi.
Magniy va kaliyning qo‘shimcha manbai sifatida ham qo‘llanadi.
4.2 Qo‘llash usuli va dozalari
Odatdagi sutkalik doza 1-2 tabletkadan sutkada 3 martani tashkil qiladi. Sutkalik dozani 3 tabletkadan sutkada 3 martaga oshirish mumkin. Me‘da shirasi preparatning samaradorligini pasaytirish xususiyatiga ega, shuning uchun tabletkalarni ovqatdan so‘ng qabul qilish tavsiya qilinadi.
4.3 Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning ta‘sir etuvchi moddalariga yoki har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
O‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi, Addison kasalligi, III darajali atrioventrikulyar blokada, kardiogen shok (AB<90 mm. sim. ust.) da qo‘llash mumkin emas.
4.4 Maxsus ko‘rsatmalar va preparatni qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari
Preparatni giperkaliemiya bilan kechuvchi kasalliklari bo‘lgan bemorlarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bu toifa pasientlarda qon zardobida elektrolitlar konsentrasiyasini muntazam tekshirish tavsiya qilinadi.
4.5 Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri va o‘zaro ta‘sirning boshqa shakllari
Ichga qabul qilinadigan tetrasiklinlar, temir tuzlari va natriy ftoridi preparatni me‘daichak yo‘llaridan so‘rilishini tormozlaydi. Preparatni yuqorida eslatib o‘tilgan dori vositalari bilan majmuada qo‘llaganda qabul qilish orasida kamida 3 soatlik interval bo‘lishi kerak.
Preparatni kaliyni tejovchi diuretiklar va/yoki AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda buyurish giperkaliemiyani rivojlanish xavfini oshiradi.
4.6 Homiladorlik va laktasiya
Preparat bu toifa pasientlarda qo‘llanganida hozirgi vaqtgacha uning qandaydir zararli ta‘siri to‘g‘risida xabar berilmagan.
4.7 Preparatni transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Preparat transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
4.8 Nojo‘ya reaksiyalari
Me‘daichak yo‘llari tomonidan:
Preparatning katta dozalari qo‘llanganda, ich kelishini tezlashishi kuzatilishi mumkin.
4.9 Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilish hollari ta‘riflanmagan. Doza oshirib yuborilganda giperkaliemiya va gipermagniemiya simptomlarini yuz berish xavfi oshadi.
Doza oshirib yuborilgan hollarda preparat bilan davolashni to‘xtatish va simptomatik davolashni o‘tkazish (vena ichiga kalsiy xloridini minutiga 100 mg dozada yuborish, zarurat bo‘lganida gemodializni buyurish) kerak.
- FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
5.1 Farmakodinamik xususiyatlari
Farmakoterapevtik guruhi: Magniy asosidagi vositalar
ATX kodi: A12SS30
Kaliy va magniy ionlari muhim hujayra ichidagi kationlar sifatida qator fermentlarni faoliyat ko‘rsatishi, makromolekulalarni hujayra ichi tuzilmalari bilan bog‘lanishi uchun, shuningdek mushak qisqarishining molekulyar mexanizmi uchun xam zarurdir. Kaliy, kalsiy, natriy va magniy ionlarining xujayra ichidagi va tashqarisidagi konsentrasiyalarining nisbati miokardning qisqaruvchanlik qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatadi. Aspartat – kaliy va magniy ionlarining tashuvchisi bo‘lgan endogen moddadir; hujayralarga yuqori affinitetga ega. Shu bilan birga uning tuzlari kuchsiz dissosiasiyaga uchraydi. Buning oqibatida ionlar hujayra ichidagi bo‘shliqqa kompleks birikmalar ko‘rinishida kiradi. Magniy va natriy asparaginati miokardning metabolizmini yaxshilaydi. Kaliy va magniyni organizmdagi yetishmovchiligi arterial gipertenziyani, koronar qon tomirlarini aterosklerotik shikastlanishini, yurak ritmini buzilishlarini, miokard patologiyasini rivojlanish havfini oshiradi.
5.2 Farmakokinetik xususiyatlari
Ma‘lumotlar yo‘q.
5.3 Klinika oldi tadqiqotlarning natijalari
Ma‘lumotlar yo‘q.
- FARMASEVTIK XUSUSIYATLARI
6.1 Yordamchi moddalarning ro‘yxati
Tabletka yadrosi: suvsiz kolloid kremniy dioksidi, kartoshka kraxmali, povidon, magniy stearati, talk, makkajo‘xori kraxmali,
Plyonka qobig‘i: makrogol 6000, titan dioksidi (Ye171), eugidrat Ye 100, talk.
6.2 Nomutanosiblik
Ma‘lumotlar yo‘q.
6.3 Yaroqlilik muddati
5 yil.
O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasin.
6.4 Maxsus saqlash sharoitlari
+15oS dan +30oS gacha haroratda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
- O‘rami
50 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka burma polietilen taglik bilan ta‘minlangan, kafolatli yopiluvchi qopqoqcha bilan yopilgan polipropilen flakonda. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
- Berish tartibi
Shifokor reseptisiz.
Chiqarish shakllari