×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PANANGIN 0,158+0,140 tabletkalari N50

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya / Rossiya
Faol modda:
Калия и магния аспарагинат
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- Гедеон Рихтер ОАО/"Гедеон Рихтер-РУС", АО
ATX kodi:
- А12СХ
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SENADEKSIN tabletkalari N10 УЗХИМФАРМ, АО O'zbekiston
1 200 s`om dan
ROTABIOTIK kapsulalar N25 Rotapharm Limited, Великобритания произведено: Kendy Ltd Bolgariya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PANANGIN 0,158+0,140 tabletkalari N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

DORI PREPARATINI QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(MUTAXASSISLAR UCHUN)

 

  1. PREPARATNING NOMI

PANANGIN, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

PANANGIN

 

  1. SIFAT VA MIQDORIY TARKIBI

Qobiq bilan qoplangan bir tabletka 158 mg kaliy asparaginati (½ N2O kaliy asparaginati shaklida) va 140 mg magniy asparaginati (4 N2O magniy asparaginati shaklida) saqlaydi.

Yordamchi moddalarning to‘liq ro‘yxati 6.1 bo‘limda keltirilgan.

  1. DORI SHAKLI

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Oq yoki deyarli oq rangli, disk shaklidagi, ikki yoqlama qavariq, biroz yaltiroq va sezilarsiz darajada notekis yuzali, deyarli hidsiz plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

  1. KLINIK XUSUSIYATLARI

4.1 Qo‘llanilishi

Preparat yurakning surunkali kasalliklarida (yurak yetishmovchiligida, infarktdan keyingi davrda), yurak ritmini buzilishlarida, eng avvalo yurak qorinchalari aritmiyalarida qo‘shimcha davolash uchun qo‘llanadi.

Angishvonagul preparatlari bilan majmuada qo‘shimcha davolash uchun qo‘llanadi.

Magniy va kaliyning qo‘shimcha manbai sifatida ham qo‘llanadi.

4.2 Qo‘llash usuli va dozalari

Odatdagi sutkalik doza 1-2 tabletkadan sutkada 3 martani tashkil qiladi. Sutkalik dozani 3 tabletkadan sutkada 3 martaga oshirish mumkin. Me‘da shirasi preparatning samaradorligini pasaytirish xususiyatiga ega, shuning uchun tabletkalarni ovqatdan so‘ng qabul qilish tavsiya qilinadi.

4.3 Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning ta‘sir etuvchi moddalariga yoki har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

O‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi, Addison kasalligi, III darajali atrioventrikulyar blokada, kardiogen shok (AB<90 mm. sim. ust.) da qo‘llash mumkin emas.

4.4 Maxsus ko‘rsatmalar va preparatni qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari

Preparatni giperkaliemiya bilan kechuvchi kasalliklari bo‘lgan bemorlarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bu toifa pasientlarda qon zardobida elektrolitlar konsentrasiyasini muntazam tekshirish tavsiya qilinadi.

4.5 Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri va o‘zaro ta‘sirning boshqa shakllari

Ichga qabul qilinadigan tetrasiklinlar, temir tuzlari va natriy ftoridi preparatni me‘da­ichak yo‘llaridan so‘rilishini tormozlaydi. Preparatni yuqorida eslatib o‘tilgan dori vositalari bilan majmuada qo‘llaganda qabul qilish orasida kamida 3 soatlik interval bo‘lishi kerak.

Preparatni kaliyni tejovchi diuretiklar va/yoki AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda buyurish giperkaliemiyani rivojlanish xavfini oshiradi.

4.6 Homiladorlik va laktasiya

Preparat bu toifa pasientlarda qo‘llanganida hozirgi vaqtgacha uning qandaydir zararli ta‘siri to‘g‘risida xabar berilmagan.

4.7 Preparatni transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparat transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

4.8 Nojo‘ya reaksiyalari

Me‘da­ichak yo‘llari tomonidan:

Preparatning katta dozalari qo‘llanganda, ich kelishini tezlashishi kuzatilishi mumkin.

4.9 Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilish hollari ta‘riflanmagan. Doza oshirib yuborilganda giperkaliemiya va gipermagniemiya simptomlarini yuz berish xavfi oshadi.

Doza oshirib yuborilgan hollarda preparat bilan davolashni to‘xtatish va simptomatik davolashni o‘tkazish (vena ichiga kalsiy xloridini minutiga 100 mg dozada yuborish, zarurat bo‘lganida gemodializni buyurish) kerak.

  1. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI

5.1 Farmakodinamik xususiyatlari

Farmakoterapevtik guruhi: Magniy asosidagi vositalar

ATX kodi: A12SS30

Kaliy va magniy ionlari muhim hujayra ichidagi kationlar sifatida qator fermentlarni faoliyat ko‘rsatishi, makromolekulalarni hujayra ichi tuzilmalari bilan bog‘lanishi uchun, shuningdek mushak qisqarishining molekulyar mexanizmi uchun xam zarurdir. Kaliy, kalsiy, natriy va magniy ionlarining xujayra ichidagi va tashqarisidagi konsentrasiyalarining nisbati miokardning qisqaruvchanlik qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatadi. Aspartat – kaliy va magniy ionlarining tashuvchisi bo‘lgan endogen moddadir; hujayralarga yuqori affinitetga ega. Shu bilan birga uning tuzlari kuchsiz dissosiasiyaga uchraydi. Buning oqibatida ionlar hujayra ichidagi bo‘shliqqa kompleks birikmalar ko‘rinishida kiradi. Magniy va natriy asparaginati miokardning metabolizmini yaxshilaydi. Kaliy va magniyni organizmdagi yetishmovchiligi arterial gipertenziyani, koronar qon tomirlarini aterosklerotik shikastlanishini, yurak ritmini buzilishlarini, miokard patologiyasini rivojlanish havfini oshiradi.

5.2 Farmakokinetik xususiyatlari

Ma‘lumotlar yo‘q.

5.3 Klinika oldi tadqiqotlarning natijalari

Ma‘lumotlar yo‘q.

  1. FARMASEVTIK XUSUSIYATLARI

6.1 Yordamchi moddalarning ro‘yxati

Tabletka yadrosi: suvsiz kolloid kremniy dioksidi, kartoshka kraxmali, povidon, magniy stearati, talk, makkajo‘xori kraxmali,

Plyonka qobig‘i: makrogol 6000, titan dioksidi (Ye171), eugidrat Ye 100, talk.

 

6.2 Nomutanosiblik

Ma‘lumotlar yo‘q.

 

6.3 Yaroqlilik muddati

5 yil.

O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasin.

 

6.4 Maxsus saqlash sharoitlari

+15oS dan +30oS gacha haroratda saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

  • O‘rami

50 plyonka qobiq bilan qoplangan  tabletka burma polietilen taglik bilan ta‘minlangan, kafolatli yopiluvchi qopqoqcha bilan yopilgan polipropilen flakonda. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

  • Berish tartibi

Shifokor reseptisiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PANANGIN 0,158+0,140 tabletkalari N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PANANGIN 0,158+0,140 tabletkalari N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PANANGIN 0,158+0,140 tabletkalari N50 dori vositasi Гедеон Рихтер ОАО/"Гедеон Рихтер-РУС", АО tomonidan Vengriya / Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PANANGIN 0,158+0,140 tabletkalari N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PANANGIN 0,158+0,140 tabletkalari N50 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
PANANGIN konsentrat 10ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Калия и магния аспарагинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер ОАО
KALIYA I MAGNIYA ASPARAGINAT infuziya uchun eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Калия и магния аспарагинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: TEMUR MED FARM, OOO
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
PANANGIN konsentrat 10ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Калия и магния аспарагинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер ОАО
NPP PANANGIN konsentrat 10 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NAMANGAN PHARM PLANT ООО
NPP PANANGIN konsentrat 10 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NAMANGAN PHARM PLANT ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9