Pentazaning aptekalardagi narxlari
PENTAZA tabletkalari 40mg N30
|
|
16 ta dorixonada bor
|
44 800 so'mdan
Dorixonadan topish
|
44 800 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Pentaza ko'rsatmalar
Taqsimlanish hajmi (Vd) 0,15 l/kg ni, klirensi – 0,1 l/soat/kg ni tashkil qiladi. Preparatni yarim chiqarilish davri (T1/2) – 1 soat.
Preparatning farmakokinetikasi preparat bir marta qo'llanganidan keyin ham va ko'p marta qo'llanganidan keyin ham bir xil.
Pantoprazolni qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi 98% ni tashkil etadi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Asosiy chiqarilish yo'li – buyraklar orqali (tahminan 80%) pantoprozolning metabolitlari ko'rinishida, oz miqdorda ahlat bilan chiqariladi. Qon plazmasidagi va siydikdagi asosiy metaboliti sulfat bilan kon'yugasiyalanuvchi desmetilpantoprazoldir.
Mutloq Biokiraolishligi – 77%. Ularni ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish "kontsentrasiya-vaqt" egri chiziq ostidagi maydon (AUC) va Smax ga ta'sir qilmaydi.
Preparatni buyraklar faoliyati cheklangan pasientlarda (shu jumladan gemodializdagi pasientlarda) qo'llanganda dozani pasaytirish talab qilinmaydi. Sog'lom pasientlarda bo'lgani kabi, pantoprazolning T1/2 qisqadir. Preparatning juda oz qismigina dializlanadi. Preparat organizmda to'planmaydi.
Jigar tsirrozi (Child tasnifi bo'yicha A va V sinflari) bo'lgan pasientlarda T1/2 ko'rsatkichi, pantoprazolni 20 mg dozada qo'llanganida 3-6 soatgacha va 40 mg dozada qo'llanganida esa 7-9 soatgacha oshadi. AUC ko'rsatkichi (20 mg doza uchun) 3-5 marta va (40 mg doza uchun) 5-7 marta oshadi. Smax sog'lom pasientlarga nisbatan 1,3 martaga (20 mg doza uchun) va 1,5 martaga (40 mg doza uchun) oshadi.
Keksa pasientlarda AUC va Smax ni biroz oshishi klinik ahamiyatga ega emas.
Davolashni boshlashdan avval me'da va qizilo'ngachda xavfli o'smani rivojlanish jarayoni yo'qligini istisno qilish kerak, chunki preparatni qabul qilish kasallikning simptomlarni yashirishi mumkin, bu to'g'ri tashxis qo'yishni qiyinlashtiradi va kechiktiradi.
Jigar faoliyatini buzilishlari bo'lgan pasientlarda qo'llanganida qonda jigar fermentlari faolligini muntazam nazorat qilish va u oshganida pantoprazolni bekor qilish kerak.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi
Pantoprazolni homiladorlikda qo'llash kerak bo'lganida ona uchun kutiladigan foyda va homila uchun bo'lgan potentsial xavfni qiyoslash kerak. Laktasiya davrida preparatni qabul qilish zarurati tug'ilganda emizishni to'xtatish to'g'risidagi masalani hal qilish kerak, chunki eksperimental tadqiqotlarda pantoprazolni ko'krak suti bilan chiqarilishi aniqlangan.
Avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat bilan davolanish vaqtida transport vositalarini boshqarish va diqqatni jamlash talab qiladigan mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish lozim.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o'tganidan keyin ishlatilmasin.
faol modda: 40 mg pantoprazolga ekvivalent pantoprazol natriy seskvigidrati;
yordamchi moddalar: laktoza, natriy metilparaben, magniy stearati, bo'yovchi "sunset yellow", titan dioksidi, makkajo'xori kraxmali, mikrokristallik tsellyuloza, talk, kremniy ikki oksidi, natriy kraxmal glikolyati.
Duodenal yarada: odatdagi dozasi 2 hafta davomida har kuni qabul qilinadigan 20-40 mg hisoblanadi. Boshlang'ich davolash kursidan keyin to'liq sog'aymagan pasientlar uchun davolash yana keyingi 4 haftagacha uzaytiriladi. Yarani yomon bitishida boshlang'ich doza 40 mg bo'lib, 4 haftalik davolash davomiyligi tavsiya etiladi.
Yarani qaytalanishi va reflyuks-ezofagitni oldini olish uchun kuniga 10-40 mg doza tavsiya etiladi.
Preparat bilan uzoq vaqt uzluksiz davolash tavsiya etilmaydi.
Zollinger-Ellison sindromida tavsiya etilgan boshlang'ich dozasi 40 mg, har kuni qabul qilinadi. Dozani shaxsiy ravishda kuniga 240 mg gacha oshirish mumkin (bunday holda uni 2 marta qabul qilishga bo'linadi), davolash davomiyligi kasallik simptomlarining dinamikasiga bog'liq.
Helicobacter pylori ga nisbatan bakterisid samaraga erishish uchun preparat 40 mg dozada kuniga 2 marta, muvofiq antibiotiklar (amoksisillin, klaritromisin, tetrasiklin va boshqalar) bilan turli sxemalarda qabul qilinadi, ular 7 dan 14 kungacha davom etadi. Yarani to'liq bitishi uchun, ikki yoqlama yoki uch yoqlama davolashdan keyin antasidlar bilan qo'shimcha davolash kerak bo'lishi mumkin.
Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish oqibatida chaqirilgan yaralarda pantoprazolning tavsiya etilgan dozasi kuniga 20-40 mg hisoblanadi.

Preparatni qabul qilish fonida me'da shirasining rn biologik kira olishligida muhim omil bo'lgan ayrim dorilarni (masalan, ketokonazol, ampisillin va uning hosilalari, temir tuzlari) so'rilishi pasayishi mumkin.
Preparatni antasidlar, metoprolol, teofillin, lidokain va xinidin bilan bir vaqtda qo'llanganida dori vositalarining ta'sirini o'zgarishi kuzatilmasligi aniqlangan.
Bolalar ola olmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati-3 yil.