Пентаза
Pentaza | Panum | Nolpaza |
|
---|---|---|---|
Me'da va o'nikki barmoq ichak yarasini, shu jumladan N2-gistamin reseptorlarining antagonistlariga chidamli bo'lgan, nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalari bilan davolash oqibatida chaqirgan eroziv-yarali shikastlanishlar, reflyuks-ezofagit, Zollinger-Ellison sindromini davolash va oldini olish uchun qo'llanadi. Me'da va o'n ikki barmoq ichak yarasi bo'lgan pasientlarda Helicobacter pylori ni (antibiotiklar bilan majmuada) bartaraf etishda qo'llanadi.
Batafsil
|
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|
Nolpaza® preparati quyidagilarni davolash uchun kattalarda qoʼllash uchun koʼrsatilgan:
Batafsil
- Meʼda va oʼn ikki barmoqli ichakning yara kasalligi (zoʼriqish bosqichida), eroziv gastrit (shu jumladan, nosteroid yalligʼlanishga qarshi preparatlarni (NYaQP) qabul qilish bilan bogʼliq boʼlgan). - Gastroezofageal reflyuks kasallik (GERK): eroziv reflyuks-ezofagit (davolash), GERKni simptomatik davolash (yaʼni, noeroziv reflyuks kasallik – NERK). - Zollinger-Ellison sindromi. - Аntibakterial vositalar bilan majmuada Helicobacter pylori eradikatsiyasi. - Stress yaralarini, hamda ularning asoratlarini (qon ketish, teshilish, penetratsiya) davolash va oldini olish. |
|
Retseptli | Retsepsiz | Retseptli | |
Kategoriya | |||
Nojo'ya ta'sirlar | |||
Ichga, ovqatdan oldin (odatda ertalab), ko'p bo'lmagan miqdordagi suyuqlik bilan ichiladi. Me'da yarasini va reflyuks-ezofagitni simptomatik davolash: tavsiya etilgan dozasi 20-40 mg bo'lib, 2-4 hafta davomida har kuni qabul qilinadi. Boshlang'ich davolash kursidan so'ng to'liq sog'aymagan va davolashni boshqa turlariga chidamli bo'lgan pasientlar uchun preparatning dozasi kuniga 40 mg gacha oshiriladi va davolash yana 4 haftagacha davom ettiriladi. Davolash kursining davomiyligi ko'rsatmaga ko'ra tayinlanadi, lekin u 8 haftadan oshmasligi kerak.
Batafsil
Duodenal yarada: odatdagi dozasi 2 hafta davomida har kuni qabul qilinadigan 20-40 mg hisoblanadi. Boshlang'ich davolash kursidan keyin to'liq sog'aymagan pasientlar uchun davolash yana keyingi 4 haftagacha uzaytiriladi. Yarani yomon bitishida boshlang'ich doza 40 mg bo'lib, 4 haftalik davolash davomiyligi tavsiya etiladi. Yarani qaytalanishi va reflyuks-ezofagitni oldini olish uchun kuniga 10-40 mg doza tavsiya etiladi. Preparat bilan uzoq vaqt uzluksiz davolash tavsiya etilmaydi. Zollinger-Ellison sindromida tavsiya etilgan boshlang'ich dozasi 40 mg, har kuni qabul qilinadi. Dozani shaxsiy ravishda kuniga 240 mg gacha oshirish mumkin (bunday holda uni 2 marta qabul qilishga bo'linadi), davolash davomiyligi kasallik simptomlarining dinamikasiga bog'liq. Helicobacter pylori ga nisbatan bakterisid samaraga erishish uchun preparat 40 mg dozada kuniga 2 marta, muvofiq antibiotiklar (amoksisillin, klaritromisin, tetrasiklin va boshqalar) bilan turli sxemalarda qabul qilinadi, ular 7 dan 14 kungacha davom etadi. Yarani to'liq bitishi uchun, ikki yoqlama yoki uch yoqlama davolashdan keyin antasidlar bilan qo'shimcha davolash kerak bo'lishi mumkin. Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish oqibatida chaqirilgan yaralarda pantoprazolning tavsiya etilgan dozasi kuniga 20-40 mg hisoblanadi. |
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|
Pantoprazolning koʼrsatmalar bilan muvofiqlikda va tavsiya etilgan dozalarda inʼektsiyalar uchun eritmani tayyorlash uchun kukun dori shaklini qoʼllashda nojoʼya samaralar juda kam hollarda yuzaga keladi.
Quyida nomaqbul nojoʼya reaktsiyalarning yuzaga kelishi tez-tezligiga bogʼliq holda ular haqida maʼlumotlar keltiriladi.Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining (JSST) nojoʼya samaralarning rivojlanish tez-tezligini tasniflashi: juda tez-tez ≥ 1/10 tez-tez ≥ 1/100 dan < 1/10 gacha tez-tez emas ≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha kam hollarda ≥ 1/10000 dan <1/1000 gacha juda kam hollarda <1/10000, jumladan alohida holatlar tez-tezligi nomaʼlum mavjud boʼlgan maʼlumotlarga asoslangan holda aniqlanishi mumkin emas. Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar: kam hollarda - agranulotsitoz; juda kam hollarda – trombotsitopeniya, leykopeniya, pantsitopeniya. Immun tizimi tomonidan buzilishlar: kam hollarda - yuqori sezuvchanlik (shu jumladan anafilaktik reaktsiyalar, jumladan, anafilaktik shok). Modda almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar: kam hollarda - giperlipidemiya va qon plazmasida lipidlar (triglitseridlar, xolesterin) kontsentratsiyasini oshishi, tana vaznining oʼzgarishi; tez-tezlik nomaʼlum – giponatriemiya, gipomagniemiya, gipokalьtsiemiya1, gipokaliemiey1. Ruhiyatning buzilishi: tez-tez emas - uyquning buzilishi; kam hollarda - depressiya (shu jumladan, mavjud buzilishlarning kuchayishi); kam hollarda - dezorientatsiya (shu jumladan, mavjud buzilishlarning kuchayishi); tez-tezlik nomaʼlum - gallyutsinatsiyalar, ongning chalkashligi (ayniqsa, bunga moyilkor patsientlarda), hamda davolash boshlanguniga qadar mavjud boʼlgan simptomlarning zoʼriqishi. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas - bosh ogʼrigʼi, bosh aylanishi; kam hollarda - disgevziya (taʼm buzilishi); tez-tezlik nomaʼlum – paresteziya. Koʼrish aʼzolari tomonidan buzilishlar: kam hollarda - koʼrishni buzilishi (xira koʼrish). Meʼda-ichak yoʼllari tomonidan buzilishlar: tez-tez - meʼdaning bodomsimon poliplari (yaxshi sifatli); tez-tez emas - diareya, koʼngil aynishi/qusish, qorinning dam boʼlishi va meteorizm, qabziyat, ogʼiz boʼshligʼi shilliq qavatining quruqligi, diskomfort va qorindagi ogʼriq; tez-tezlik nomaʼlum - mikroskopik kolit. Jigar va safro chiqaruvchi yoʼllar tomonidan buzilishlar: tez-tez emas - qon plazmasida jigar fermentlari (aspartataminotranferaza (АST), gamma-glutamiltransferaza (GGT)) faolligini ortishi; kam hollarda - qon plazmasida bilirubin kontsentratsiyasini oshishi; tez-tezlik nomaʼlum - gepatotsellyulyar shikastlanishlar, sariq kasallik, jigar-hujayraviy yetishmovchilik. Teri va teriosti toʼqimalari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – ekzantema/teri toshmasi/dermatit, teri qichishishi; kam hollarda - eshakemi, angionevrotik shish; tez-tezlik nomaʼlum – yomon sifatli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), ekssudativ mulьtishaklli eritema, toksik epidermal nekroliz, fotosezuvchanlik, oʼtkir osti teri qizil yugurik (TTQYu), eozinofiliya va tizimli simptomlar bilan dori reaktsiyasi, shuningdek. DRESS kabi mashhur. Suyak-mushak va ulovchi toʼqimalar tomonidan buzilishlar: tez-tez emas - tos suyagini, bilak yoki umurtqa suyaklarini sinishi; kam hollarda – artralgiya, mialgiya; tez-tezlik nomaʼlum - mushaklarning spazmalari2 Buyrak va siydik chiqarish yoʼllari tomonidan buzilishlar: tez-tezlik nomaʼlum – tubulointerstitsial nefrit (TIN) (buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi ehtimoli bilan). Jinsiy aʼzolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar: kam hollarda - ginekomastiya. Yuborish joyida umumiy buzilishlar va nuqsonlar: tez-tez - yuborish joyida tromboflevit; tez-tez emas - holsizlik, yuqori toliqishlik va sirqovlanish; kam hollarda - tana haroratini oshishi, periferik shishlar. 1.Gipokaltsiemiya va/yoki gipokaliemiya gipomagniemiyaning yuzaga kelishi bilan bogʼliq boʼlishi mumkin ("Maxsus koʼrsatmalar" boʼlimiga qarang). 2. Elektrolitlar muvozanatini buzilish natijasida mushaklar spazmi.
Batafsil |
|
Narh | |||
Qadoqda soni
-
Dozasi
-
Narh*
-
|
Qadoqda soni
-
Dozasi
-
Narh*
-
|
Qadoqda soni
28
Dozasi
20мг
Narh*
25 800 so'm
Nolpaza bo'yicha barcha narxlarni ko'rish |
|
Mavjud qadoq turlari | |||
|
|
|
|
Homiladorlik davrida qabul qilish | |||
Ma'lumot topilmadi | Ma'lumot topilmadi | Ma'lumot topilmadi | |
Bog'lik kasalliklarni davolash | |||