PROKOFning aptekalardagi narxlari
PROKOF sirop 100ml
|
|
9 ta dorixonada bor
|
33 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
PROKOF ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PROKOF
PROKOF
Preparatning savdo nomi: Prokof
Dori shakli: sirop
Tarkibi:
10 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: salbutamol sulfati – 2,0 mg; bromgeksin gidroxloridi – 4,0 mg; gvayfenezin – 100 mg; mentol – 1,0 mg;
yordamchi moddalar: limon kislotasi, natriy benzoati, natriy metilparaben, natriy propilparaben, saxaroza, gliserin, aspartam, 70% sorbitol eritmasi, propilenglikol, natriy saxarinati, dinatriy EDTA, suyuq ananas essensiyasi, Ponceau-4R supra bo‘yovchisi, natriy sitrati, tozalangan suv.
Ta‘rifi: qizil rangli sirop.
Farmakoterapevticheskaya gruppa: bronxolitik vosita.
ATX kodi: R05CB10
Farmakologik xususiyatlari
Salbutamol (Prokof siropida) – nisbatan selektiv beta-2-adrenergik bronxodilatatordir. Beta-adrenergik preparatlar, shu jumladan salbutamolning birlamchi ta‘siri, beta-adrenergik xujayralarda adenozin trifosfati (ATF) dan siklik 3´,5´-adenozin monofosfati (siklik AMF) ni hosil bo‘lishini katalizasiya qiluvchi ferment – adenilsiklazazani rag‘batlantirishdan iboratdir. Siklik AMF ning darajasini oshishi bronxial silliq mushaklarni bo‘shashishi va xujayralardan, ayniqsa o‘zak xujayralardan o‘rtacha sezuvchanlikka ega mediatorlarni ajralib chiqishini ingibisiya qilinishiga olib keladi.
Bromgeksin – mukolitik, balg‘am qovushqoqligini kamaytiradi. Bromgeksin nafas yo‘llarida shilliq ishlab chiqaruvchi xujayralarga ta‘sir qiladi va bronxial sekretning qovushqoqligiga mas‘ul bo‘lgan yuqori molekulyar mukopolisaxarid protein tolalarni depolimerizasiya jarayoniga uchratadi. Bronxial shilliq suyulganidan keyin, bromgeksin nafas yo‘llarining chidamliligini tiklaydi va yo‘talishni kuchaytirib, nafas yo‘llarini tozalaydi. Turli kasalliklarda bromgeksin o‘pkaning ventilyasion xususiyatlarni yaxshilaydi va shuning uchun bunday holatlarni, ayniqsa bronxospastik o‘pka-bronx kasalligini optimal davolash uchun juda foydali modda hisoblanadi.
Gvayfenezin (Prokof siropida) – oddiy balg‘am ko‘chiruvchi vositadir. Garchi uning aniq ta‘sir mexanizmi aniqlanmagan bo‘lsada, taxmin qilinishicha, u me‘da shilliq qavatidagi reseptorlarga rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, bu nafas yo‘llarida suyuqlikni refleks-sekresiyasini boshlaydi. Ushbu ta‘sir bronxlardagi balg‘am hajmini oshiradi va ayni paytda qovushqoqligini kamaytiradi. Bu gvayfenezinning balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sirining asosiy mexanizmidir.
Mentol (Prokof siropida) nafas yo‘llarining, ayniqsa yuqori nafas yo‘llarining tiqilib berkilib qolishida sezilarli tozalovchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Prokof siropi balg‘amli yo‘tal (shu jumladan astmatik yo‘talni) simptomatik davolash uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ishlatishdan oldin yaxshilab chayqatish kerak.
2-6 yoshli bolalar: 1 choy qoshiqdan sutkada 3 marta yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha.
6-12 yoshli bolalar: 1-2 choy qoshiqdan sutkada 3 marta yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha.
12 yoshdan oshgan bolalar: 2 choy qoshiqdan sutkada 3 marta yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha buyuriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ko‘ngil aynishi, qusish, terida toshma, bosh og‘rig‘i, kam hollarda bosh aylanishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Prokof preparatining komponentlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan: yurak kasalliklari, qandli diabet, gipertireoidizm, me‘da yarasi, homiladorlik, laktasiya davri, arterial gipertenziya, jigar va buyrak funksiyasini buzilishi, aritmiya.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Salbutamol (Prokof preparatida) simpatomimetiklar bilan birga qo‘llanganda yurak-qon tomir tizimida nojo‘ya samarani chaqirishi mumkin. Beta-blokatorlarni Prokof preparati birga ishlatish mumkin emas, chunki ular salbutamolning ta‘sirini bloklashi mumkin. Salbutamol monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlarining samarasini oshirishi mumkin, kaliyni tejovchi diuretiklar, digoksin, trisiklik antidepressantlar bilan birga qo‘llanganda, noxush reaksiyalarga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
PROKOFNI yurak ishemik kasalligi, arterial gipertenziya, yurak aritmiyasi, gipertireoidizm, qandli diabet kabi yurak-qon tomir buzilishlari bo‘lgan pasientlar, simpatomimetiklarga nostandart reaksiyasi bo‘lgan pasientlar, tirishish buzilishlari bo‘lgan pasientlar ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak. Bromgeksinni (Prokof siropi tarkibida) peptik yarasi, jigar va buyrakning og‘ir disfunksiyasi bo‘lgan pasientlar ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak. Mentol saqlovchi preparatlarni qizilo‘ngach churrasi, o‘t pufagida toshlari bo‘lgan pasientlar, homiladorlikning oxirgi uch oyligida ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak.
Homiladorlik va laktasiya davri
Prokof homiladorlik va laktasiya davrida faqat qat‘iy ko‘rsatmalar bo‘yicha buyurilishi kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilgan hollarda kuchli terlash, ko‘ngil aynishi va qusish namoyon bo‘lishi mumkin. Simptomatik davolash va quvvatlab turuvchi choralardan tashqari, me‘dani yuvish va faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish talab etiladi.
Chiqarilish shakli
100 ml sirop qahrabo rangli flakonda, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari