×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PROKOF sirop 100ml 15mg/5ml

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
бромгексина гидрохлорид, Гвайфенезин, Ментол, сальбутамол сульфат
Ishlab chiqaruvchi:
- Protech Biosystems Pvt. Ltd
ATX kodi:
- R05CB10
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
58 000 s`om dan
DOKTOR MOM maz 20g Johnson & Johnson LLC Россия, произведено: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Ltd) Hindiston
34 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PROKOF sirop 100ml 15mg/5ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PROKOF

PROKOF

 

Preparatning savdo nomi: Prokof

Dori shakli: sirop

Tarkibi:

10 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: salbutamol sulfati – 2,0 mg; bromgeksin gidroxloridi – 4,0 mg; gvayfenezin – 100 mg; mentol – 1,0 mg;

yordamchi moddalar: limon kislotasi, natriy benzoati, natriy metilparaben, natriy propilparaben, saxaroza, gliserin, aspartam, 70% sorbitol eritmasi, propilenglikol, natriy saxarinati, dinatriy EDTA, suyuq ananas essensiyasi, Ponceau-4R supra bo‘yovchisi, natriy sitrati, tozalangan suv.

Ta‘rifi: qizil rangli sirop.

Farmakoterapevticheskaya gruppa: bronxolitik vosita.

ATX kodi: R05CB10

 

Farmakologik xususiyatlari

Salbutamol (Prokof siropida) – nisbatan selektiv beta-2-adrenergik bronxodilatatordir. Beta-adrenergik preparatlar, shu jumladan salbutamolning birlamchi ta‘siri, beta-adrenergik xujayralarda adenozin trifosfati (ATF) dan siklik 3´,5´-adenozin monofosfati (siklik AMF) ni hosil bo‘lishini katalizasiya qiluvchi ferment – adenilsiklazazani rag‘batlantirishdan iboratdir. Siklik AMF ning darajasini oshishi bronxial silliq mushaklarni bo‘shashishi va xujayralardan, ayniqsa o‘zak xujayralardan o‘rtacha sezuvchanlikka ega mediatorlarni ajralib chiqishini ingibisiya qilinishiga olib keladi.

Bromgeksin – mukolitik, balg‘am qovushqoqligini kamaytiradi. Bromgeksin nafas yo‘llarida shilliq ishlab chiqaruvchi xujayralarga ta‘sir qiladi va bronxial sekretning qovushqoqligiga mas‘ul bo‘lgan yuqori molekulyar mukopolisaxarid protein tolalarni depolimerizasiya jarayoniga uchratadi. Bronxial shilliq suyulganidan keyin, bromgeksin nafas yo‘llarining chidamliligini tiklaydi va yo‘talishni kuchaytirib, nafas yo‘llarini tozalaydi. Turli kasalliklarda bromgeksin o‘pkaning ventilyasion xususiyatlarni yaxshilaydi va shuning uchun bunday holatlarni, ayniqsa bronxospastik o‘pka-bronx kasalligini optimal davolash uchun juda foydali modda hisoblanadi.

Gvayfenezin (Prokof siropida) – oddiy balg‘am ko‘chiruvchi vositadir. Garchi uning aniq ta‘sir mexanizmi aniqlanmagan bo‘lsada, taxmin qilinishicha, u me‘da shilliq qavatidagi reseptorlarga rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, bu nafas yo‘llarida suyuqlikni refleks-sekresiyasini boshlaydi. Ushbu ta‘sir bronxlardagi balg‘am hajmini oshiradi va ayni paytda qovushqoqligini kamaytiradi. Bu gvayfenezinning balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sirining asosiy mexanizmidir.

Mentol (Prokof siropida) nafas yo‘llarining, ayniqsa yuqori nafas yo‘llarining tiqilib berkilib qolishida sezilarli tozalovchi ta‘sir ko‘rsatadi.

 

Qo‘llanilishi

Prokof siropi balg‘amli yo‘tal (shu jumladan astmatik yo‘talni) simptomatik davolash uchun qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ishlatishdan oldin yaxshilab chayqatish kerak.

2-6 yoshli bolalar: 1 choy qoshiqdan sutkada 3 marta yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha.

6-12 yoshli bolalar: 1-2 choy qoshiqdan sutkada 3 marta yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha.

12 yoshdan oshgan bolalar: 2 choy qoshiqdan sutkada 3 marta yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ko‘ngil aynishi, qusish, terida toshma, bosh og‘rig‘i, kam hollarda bosh aylanishi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Prokof preparatining komponentlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: yurak kasalliklari, qandli diabet, gipertireoidizm, me‘da yarasi, homiladorlik, laktasiya davri, arterial gipertenziya, jigar va buyrak funksiyasini buzilishi, aritmiya.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Salbutamol (Prokof preparatida) simpatomimetiklar bilan birga qo‘llanganda yurak-qon tomir tizimida nojo‘ya samarani chaqirishi mumkin. Beta-blokatorlarni Prokof preparati birga ishlatish mumkin emas, chunki ular salbutamolning ta‘sirini bloklashi mumkin. Salbutamol monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlarining samarasini oshirishi mumkin, kaliyni tejovchi diuretiklar, digoksin, trisiklik antidepressantlar bilan birga qo‘llanganda, noxush reaksiyalarga olib kelishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

PROKOFNI yurak ishemik kasalligi, arterial gipertenziya, yurak aritmiyasi, gipertireoidizm, qandli diabet kabi yurak-qon tomir buzilishlari bo‘lgan pasientlar, simpatomimetiklarga nostandart reaksiyasi bo‘lgan pasientlar, tirishish buzilishlari bo‘lgan pasientlar ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak. Bromgeksinni (Prokof siropi tarkibida) peptik yarasi, jigar va buyrakning og‘ir disfunksiyasi bo‘lgan pasientlar ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak. Mentol saqlovchi preparatlarni qizilo‘ngach churrasi, o‘t pufagida toshlari bo‘lgan pasientlar, homiladorlikning oxirgi uch oyligida ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak.

Homiladorlik va laktasiya davri

Prokof homiladorlik va laktasiya davrida faqat qat‘iy ko‘rsatmalar bo‘yicha buyurilishi kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilgan hollarda kuchli terlash, ko‘ngil aynishi va qusish namoyon bo‘lishi mumkin. Simptomatik davolash va quvvatlab turuvchi choralardan tashqari, me‘dani yuvish va faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish talab etiladi.

 

Chiqarilish shakli

100 ml sirop qahrabo rangli flakonda, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PROKOF sirop 100ml 15mg/5ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PROKOF sirop 100ml 15mg/5ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PROKOF sirop 100ml 15mg/5ml dori vositasi Protech Biosystems Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PROKOF sirop 100ml 15mg/5ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PROKOF sirop 100ml 15mg/5ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
VITABRIN inyeksiya uchun eritma 3ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
  • Vakil: KOHINOOR FARMA MChJ
KOAMOZEF 1200 poroshok 1000mg+200mg
SEFOPERAZON poroshok 1g N50
SEFOPERAZON poroshok 1g N1
Narh: 10 800 so'mdan Batafsil
PROSIPRO tabletkalari 500mg N10
PROSIPRO tabletkalari 250mg N10
PROPINEM poroshok 1g
PROMEZ kapsulalar 20mg N30
SEFOSON poroshok 1000 mg+1000 mg
SEFOSON poroshok 500 mg+500 mg
SEFOSON poroshok 250 mg+250 mg
LADEF poroshok 1g
LADEF poroshok 500mg
FASLAZEF tabletkalari 180mg N10
PROKANAZOL kapsulalar 150mg N1
PROKANAZOL kapsulalar 50mg N4
PROKSIM poroshok 750mg
PROSEFTAZDIM poroshok 1g
PROPINEM poroshok 500mg
PROLID tabletkalari 100mg N10
FILOKASIN 500 inyeksiya uchun eritma 2ml 250mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
SEFTRA FORTE poroshok 1000 mg/125 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
PROSEF FORTE poroshok 1000 mg/500 mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: PROTECH BIOSYSTEMS PVT. LTD
KETRON eritma 1 ml 30 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
SEFTRA poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9