Proktozanning aptekalardagi narxlari
PROKTOZAN NEO suppozitorii N10
|
|
4 ta dorixonada bor
|
47 990 so'mdan
Dorixonadan topish
|
120 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
94 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Proktozan ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PROKTOZAN®
Proctosan
Preparatning savdo nomi: Proktozan®
Dori shakli: rektal shamchalar
Tarkibi
1 shamcha quyidagilarni saqlaydi:
Faol ingredientlari: bufeksamak – 250 mg, vismut subgallati – 100 mg, titan dioksidi – 100 mg, lidokain monogidrat gidroxloridi – 10 mg;
Yordamchi ingredienti: qattiq yog‘.
Ta‘rifi: och-sarg‘ish-yashil rangli shamchalar.
Farmakologik guruhi: gemorroyni davolash uchun vosita
ATX kodi: S05AX02.
Farmakologik xususiyatlari
Bufeksamak (arilsirka kislotasining hosilasi) yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Vismut subgallati burushtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi va yaralarni bitishiga yordam beradi. Titan dioksidi burishtiruvchi va qurituvchi ta‘sir ko‘rsatadi, yaralarni bitishiga yordam beradi. Lidokain monogidrat gidroxloridi mahalliy anestetikdir.
Qo‘llanilishi
– 1-chi va 2-chi darajali gemorroy
– orqa teshikning yorig‘lari
– o‘tkir va surunkali anal ekzema
– to‘g‘ri ichak sohasidagi yallig‘lanish jarayonlari (proktit)
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, spesifik yallig‘lanish jarayonlari (sifilis, tuberkulez), bolalik yoshi, homiladorlik, laktasiya.
Qo‘llash usuli va dozalari
1 shamchadan sutkada 2-3 marta rektal qo‘llanadi, imkoni boricha ichak bo‘shaganidan keyin.
O‘tkir ko‘rinishlar bosilgandan keyin 8-10 kun davomida preparatni qo‘llashni davom ettirish tavsiya qilinadi.
Nojo‘ya ta‘siri
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lishi mumkin (achishish, qichishish, perianal soha terisini qizarishi, shish, pufakcha va tangachalarni paydo bo‘lishi va boshq.).
Maxsus ko‘rsatmalar
Samarasi bo‘lmaganida, noxush xislar va boshqa nojo‘ya ta‘sirlari paydo bo‘lganida, preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak. Uzoq vaqt davolashning zarurati bo‘lganida mahalliy anestetiklar saqlamaydigan dori vositalarini qo‘llash kerak. Proktozan® preparati va prezervativlar bir vaqtda qo‘llanganida prezervativlarning mustahkamligi pasayishi mumkin, bu ularning ishonchliligini pasaytiradi.
Chiqarilish shakli
Rektal shamchalar. 5 shamchadan PVX li kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil. Preparat o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari