×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PROKTOZAN suppozitorii N10

Kategoriya:
- Gemorroyni davolash
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Stada Arzneimittel AG, Германия произведено: Amcapharm Pharmaceutical GmbH
ATX kodi:
- C05AX03
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 4 ta dorixonasida topildi

ico 47 990 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 120 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 94 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

RELIF suppozitorii N12 Bayer Consumer Care AG Germaniya
73 000 s`om dan
RELIF ADVANS suppozitorii N12 Bayer Consumer Care AG Italiya
72 000 s`om dan
X PAYLS maz 30g L’amar Natural Product Pvt. Ltd Hindiston
76 200 s`om dan
RELIF maz 28,4mg Bayer Consumer Care AG Germaniya
58 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PROKTOZAN suppozitorii N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PROKTOZAN®

Proctosan

 

Preparatning savdo nomi: Proktozan®

Dori shakli: rektal shamchalar

Tarkibi

1 shamcha quyidagilarni saqlaydi:

Faol ingredientlari: bufeksamak – 250 mg, vismut subgallati – 100 mg, titan dioksidi – 100 mg, lidokain monogidrat gidroxloridi – 10 mg;

Yordamchi ingredienti: qattiq yog‘.

Ta‘rifi: och-sarg‘ish-yashil rangli shamchalar.

Farmakologik guruhi: gemorroyni davolash uchun vosita

ATX kodi: S05AX02.

 

Farmakologik xususiyatlari

Bufeksamak (arilsirka kislotasining hosilasi) yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Vismut subgallati burushtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi va yaralarni bitishiga yordam beradi. Titan dioksidi burishtiruvchi va qurituvchi ta‘sir ko‘rsatadi, yaralarni bitishiga yordam beradi. Lidokain monogidrat gidroxloridi mahalliy anestetikdir.

 

Qo‘llanilishi

–           1-chi va 2-chi darajali gemorroy

–           orqa teshikning yorig‘lari

–           o‘tkir va surunkali anal ekzema

–           to‘g‘ri ichak sohasidagi yallig‘lanish jarayonlari (proktit)

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, spesifik yallig‘lanish jarayonlari (sifilis, tuberkulez), bolalik yoshi, homiladorlik, laktasiya.

Qo‘llash usuli va dozalari

1 shamchadan sutkada 2-3 marta rektal qo‘llanadi, imkoni boricha ichak bo‘shaganidan keyin.

O‘tkir ko‘rinishlar bosilgandan keyin 8-10 kun davomida preparatni qo‘llashni davom ettirish tavsiya qilinadi.

 

Nojo‘ya ta‘siri

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lishi mumkin (achishish, qichishish, perianal soha terisini qizarishi, shish, pufakcha va tangachalarni paydo bo‘lishi va boshq.).

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Samarasi bo‘lmaganida, noxush xislar va boshqa nojo‘ya ta‘sirlari paydo bo‘lganida, preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak. Uzoq vaqt davolashning zarurati bo‘lganida mahalliy anestetiklar saqlamaydigan dori vositalarini qo‘llash kerak. Proktozan® preparati va prezervativlar bir vaqtda qo‘llanganida prezervativlarning mustahkamligi pasayishi mumkin, bu ularning ishonchliligini pasaytiradi.

 

Chiqarilish shakli

Rektal shamchalar. 5 shamchadan PVX li kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil. Preparat o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PROKTOZAN suppozitorii N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PROKTOZAN suppozitorii N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PROKTOZAN suppozitorii N10 dori vositasi Stada Arzneimittel AG, Германия произведено: Amcapharm Pharmaceutical GmbH tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PROKTOZAN suppozitorii N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PROKTOZAN suppozitorii N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Другие формы препарата
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9