Radelaksning aptekalardagi narxlari
RADELAKS tabletkalari N30
|
|
156 ta dorixonada bor
|
113 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
145 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
125 000 so'mdan
Bron qilish
|
RADELAKS KIDS tomchilar 50ml N1
|
|
136 ta dorixonada bor
|
113 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
148 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
123 000 so'mdan
Bron qilish
|
RADELAKS KIDS sirop 150ml N1
|
|
3 ta dorixonada bor
|
115 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Radelaks ko'rsatmalar
- jismoniy va intellektual yuklamalarning ko'payishi;
- surunkali stress;
- depressiv holatlar;
- xavotir va tushkunlik hissi;
- charchoqning kuchayishi;
- uyqu buzilishi;
- mushaklardagi og'riq va spazmlar;
- yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini, shu jumladan aritmiya, arterial gipertenziya, yurak yetishmovchiligi, stenokardiya, ateroskleroz va miokard infarktidan keyingi holatlarni davolash uchun kompleks terapiyaning bir qismi sifatida.
Griffoniya 60 mg
Ashwagandha 150 mg
Magniy 57 mg
kuniga 1 tabletkadan 2-3 mahal buyuriladi. Maksimal sutkalik doza - 3 tabletka. Agar uyqu buzilgan bo'lsa va uyqusizlik bo'lsa, yotishdan yarim soat oldin 2 tabletka ichish kerak. Uni yetarli miqdorda suv bilan ichish kerak. Davolash kursi 1-3 oy.
Griffoniya tabiiy antidepressantidir. 5-HTP (5-gidroksitriptofan) faol komponenti endorfin gormonlarini sintez qilishda ishtirok etadi, buning natijasida u kayfiyatni yaxshilaydi, sog'lom uyquning barcha bosqichlarini tiklashga yordam beradi: uxlashni tezlashtiradi. Hayz oldi sindromida ruhiy holatni yaxshilaydi: tushkunlik va xavotir, zo'riqish, asabiylashish tuyg'ularini kamaytiradi.
Ashwagandha bu adaptogen o'simlik, stress paytida kortizol darajasini pasaytirish uchun va tanadagi muvozanatni samarali ravishda barqarorlashtiradi. Ashwagandha qalqonsimon bezning giperfunksiyasida va gipofunsiyasida ham samarali. Ashwagandha nafaqat stress bilan kurashishning tabiiy vositasi, balki immunitetni mustahkamlashga va degenerativ kasalliklarning oldini olishga yordam beradi.
Magniy tananing barcha to'qimalarida joylashgan va hujayralarning normal ishlashi uchun zarur bo'lgan muhim elementdir, ko'pgina metabolik reaksiyalarda ishtirok etadi, energiya ishlab chiqarish va iste'mol qilishga yordam beradi. Magniy mushaklardagi ion muvozanatini saqlashda muhim fiziologik rol o'ynaydi, shu jumladan miyokardda ham. Stress holatida organizm katta miqdordagi magniyni yo'qotadi, chunki bu microelementning eng muhim funksiyalaridan biri asab tizimini stress omillarining salbiy ta'siridan himoya qilishdir. Magniy yetishmovchiligi bilan yurak-qon tomir patologiyalari, shu jumladan arterial gipertenziya, yurak aritmiyasi va to'satdan yurak-qon tomir o'limi xavfi ortadi.
Chiqarish shakllari