Relpaks ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
RELPAKS®
Preparatning savdo nomi: Relpaks®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): eletriptan
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 24,242 mg/48,485 mg eletriptan gidrobromidi (20 mg yoki 40 mg eletriptanga ekvivalent);
yordamchi moddalar: 46,508 mg/93,015 mg mikrokristall sellyuloza, 23 mg/46 mg laktoza monogidrati, 5 mg/10 mg natriy kroskarmelloza, 1,25 mg/2,5 mg magniy stearati; plyonka qobig‘i: 3 mg/6 mg to‘q sariq opadray OY-LS-23016 (gipromelloza, laktoza monogidrati, titan dioksidi (Ye171), triasetin, sariq quyosh shafaq bo‘yovchisi alyuminiyli lak bilan (Ye110); 0,5 mg/1 mg tiniq opadray YS-2-19114-A (gipromelloza, triasetin).
Ta‘rifi:
Tabletkalar 20 mg: dumaloq shaklli, ikki tomoni qavariq, bir tomonida “REP 20” va boshqa tomonida ‘Pfizer’ yozuvi bo‘lgan to‘q sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tabletkalar 40 mg: dumaloq shaklli, ikki tomoni qavariq, bir tomonida “REP 40” va boshqa tomonida ‘Pfizer’ yozuvi bo‘lgan to‘q sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: migrenga qarshi vosita
ATX kodi: N02CC06.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Eletriptan tomir 5-NT1V va neyronal 5-NT1D serotonin reseptorlarining selektiv agonistlari guruhining vakilidir.
Eletriptan shuningdek 5-NT1F serotonin reseptorlariga yuqori yaqinlikka ega va 5-NT1A, 5-NT2V, 5-NT2Ye va 5-NT7 serotonin reseptorlariga o‘rtacha ta‘sir ko‘rsatadi.
Sumatriptan bilan solishtirganda eletriptan koronar va son qon tomirlariga nisbatan uyqu arteriyalaridagi reseptorlarga ahamiyatli darajada ko‘proq selektivlik namoyon qiladi. Eletriptanning bosh miya ichki qon tomirlarini toraytirish qobiliyati, shuningdek uni neyrogen yallig‘lanishga nisbatan ingibisiya qiluvchi ta‘siri, uning migrenga qarshi faolligini ifodalashi mumkin.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Eletriptan ichga qabul qilinganidan so‘ng, me‘da-ichak yo‘llaridan (MIY) tez va yetarlicha to‘liq so‘riladi: (so‘rilishi taxminan 81% ni tashkil qiladi). Erkaklar va ayollarda ichga qabul qilinganida mutloq biokiraolishligi taxminan 50 % ni tashkil qiladi. Ichga qabul qilinganidan so‘ng maksimal konsentrasiyasiga (TSmax) erishish vaqti o‘rtacha 1,5 soatni tashkil qildi. Terapevtik dozalar (20-80 mg) diapazonida elektriptanning farmakokinetikasi proporsional bog‘liqligi bilan xarakterlanadi.
Eletriptanning maksimal konsentrasiyasi (Smax) va egri chiziq ostidagi maydoni (AUC) yog‘li ovqat iste‘mol qilinganidan keyin preparat qo‘llanganida taxminan 20-30% ga oshgan. Migren xuruji vaqtida dori vosita ichga qabul qilinganida AUC taxminan 30% ga pasaygan, qon plazmasida TCmax esa 2,8 soatgacha oshgan. 5-7 kun davomida (20 mg sutkada 3 marta) muntazam qo‘llanganida, eletriptanning farmakokinetikasi proporsional bo‘lib, to‘planishini oldindan bilish mumkin. Yuqoriroq dozalarda 7 kun davomida
(40 mg sutkada 3 marta va 80 mg sutkada 2 marta) buyurilganida eletriptanni to‘planishi kutilganidan ko‘proq bo‘lgan (taxminan 40% ga).
Taqsimlanishi
Vena ichiga yuborilganida eletriptanning taqsimlanish hajmi 138 l ni tashkil qiladi, bu to‘qimalarda yaxshi taqsimlanishini ko‘rsatadi. Eletriptan oqsillar bilan o‘rtacha darajada bog‘lanadi (taxminan 85%).
Metabolizmi
In vitro sharoitdagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, eletriptanning metabolizmi sitoxrom R450 ning CYP3A4 izofermenti orqali jigarda amalga oshiriladi. Buni CYP3A4 ni kuchli selektiv ingibitori bo‘lgan eritromisin bilan bir vaqtda qabul qilinganida eletriptanning qon plazmasidagi konsentrasiyasini oshishi tasdiqlaydi. In vitro sharoitda tadqiqotlar eletriptanning metabolizmida shuningdek CYP2D6 ni ham biroz ishtirok etishini namoyish qiladi, ammo klinik tadqiqotlarda bu fermentni eletriptanning farmakokinetikasiga samarasining polimorfligini aniqlamagan.
Asosiy 2 metaboliti aniqlangan, bular S14 bilan nishonlangan eletriptan qonga yuborilgandan keyin plazmaning umumiy radiofaolligini asosiy qismini tashkil qiladilar.
N-oksidlanish natijasida hosil bo‘ladigan metaboliti hayvonlarda in vitro sharoitdagi tadqiqotlarda faollikka ega bo‘lmagan, N–demetilizasiya natijasida hosil bo‘ladigan metabolitning faolligi esa eletriptan bilan bir xil bo‘lgan. Radiofaol plazmaning uchinchi komponenti aniqlanmagan. U shuningdek buyraklar va ichak orqali chiqariladigan gidroksi guruxi qo‘shilgan metabolitlar aralashmasi deb taxmin qilinadi.
N-demetilizasiya qilingan metabolitining qon plazmasidagi konsentrasiyasi eletriptan konsentrasiyasining 10-20% ni tashkil qiladi va muvofiq ravishda uning terapevtik samaradorligiga ahamiyatli hissa qo‘shmaydi.
Chiqarilishi
Vena ichiga yuborilganidan keyin eletriptanning umumiy klirensi o‘rtacha soatiga 36 l ni tashkil qiladi, yarim chiqarilish davri (T1/2) esa taxminan 4 soat. Ichga qabul qilinganidan keyin o‘rtacha buyrak klirensi taxminan soatiga 3.9 l ni tashkil qiladi. Buyrakdan tashqari klirensi umumiy klirensining 90% ni tashkil qiladi, bu eletriptanni asosan buyraklar va ichak orqali metabolitlari ko‘rinishida chiqarilishini ko‘rsatadi.
Alohida guruh bemorlardagi farmakokinetikasi:
Jins
Klinik-farmakologik tadqiqotlarning meta-tahlilining natijalari va populyasion farmakokinetik tahlillar shuni ko‘rsatdiki, jins eletriptanning qon plazmasidagi konsentrasiyasiga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Keksa odamlar (65 yoshdan oshganlar)
Keksa odamlarda (65-93 yosh) eletriptan klirensining yosh odamlardagi shu ko‘rsatgichlar bilan solishtirganda katta bo‘lmagan va statistik ishonchsiz kamayishi (16%) va yarim chiqarilish davrini statistik ishonchli (taxminan 4,4 soatdan 5,7 soatgacha) ko‘payishi aniqlangan. Eletriptanning qon bosimiga ta‘siri keksa odamlarda yoshlarga nisbatan yaqqolroq ifodalangan bo‘lishi mumkin.
Jigar faoliyatini buzilishi
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha A va V bosqichlari) AUC ni (36%) va yarim chiqarilish davrini (T1/2) statistik ishonchli oshishi, shuningdek Smax ni biroz (18%) oshishi aniqlangan, lekin bu o‘zgarishlar klinik ahamiyatli emas.
Buyrak faoliyatini buzilishi
Buyrak faoliyatini yengil (kreatinin klirensi minutiga 61-89 ml), o‘rtacha (kreatinin klirensi minutiga 31-60 ml) va og‘ir (kreatinin klirensi < 30ml/min) buzilishi bo‘lgan bemorlarda eletriptanning farmakokinetikasi va uning plazma oqsillari bilan bog‘lanishida statistik ishonchli o‘zgarishlar aniqlanmagan.
Qo‘llanilishi
Aurali va aurasiz migren xurujlarini bartaraf qilishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi.
Tabletkalarni butunligicha suv bilan birga yutish kerak.
Migrensimon bosh og‘rig‘i paydo bo‘lganida Relpaks®ni iloji boricha erta qo‘llash kerak, lekin dori vositasi migren xurujining kechki bosqichida ham samarador.
Kattalar (18-65 yosh)
Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza 40 mg ni tashkil qiladi.
Agar bosh og‘rig‘i 24 soat ichida yana paydo bo‘lsa: agar migrensimon bosh og‘rig‘i bosilib, lekin so‘ngra 24 soat davomida yana qayta boshlansa, unda Relpaks®ni shu dozada yana buyurish mumkin. Agar ikkinchi doza kerak bo‘lsa, uni birinchi dozadan so‘ng kamida 2 soatdan keyin qabul qilish lozim.
Samarasi bo‘lmaganida: agar Relpaks®ning birinchi dozasi 2 soat davomida bosh og‘rig‘ini kamayishiga olib kelmasa, unda xurujni bartaraf etish maqsadida ikkinchi dozani qabul qilish kerak emas, chunki klinik tadqiqotlarda bunday davolashning samaradorligi isbotlanmagan. Bunda xurujni bartaraf etish mumkin bo‘lmagan bemorlar, navbatdagi xurujda samarali klinik javob berishi mumkin.
Agar 40 mg dozada preparatni qabul qilish adekvat samaraga erishish imkonini bermasa, unda keyingi migren xurujlarida 80 mg doza samarali bo‘lishi mumkin.
Sutkalik doza 160 mg dan oshmasligi lozim.
Jigar faoliyatini yengil yoki o‘rtacha buzilishi bo‘lgan bemorlarda dozani o‘zgartirish talab qilinmaydi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Umuman olganda, Relpaks® yaxshi o‘zlashtiriladi. Odatda nojo‘ya ta‘sirlari o‘tkinchi xususiyatiga ega bo‘lib, kuchsiz yoki o‘rtacha ifodalangan va qo‘shimcha davolashsiz o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Xurujlarini bartaraf etish uchun bir xil dozadagi dori vositani 2 marta qo‘llagan bemorlarda, nojo‘ya ta‘sirlarning uchrash tez-tezligi va og‘irlik darajasi, uni bir marta qabul qilgan pasientlardagi bilan bir xil bo‘lgan. Relpaks® bilan davolashda qayd qilingan asosiy nojo‘ya ta‘sirlari, 5-NT1 reseptorlari agonistlarining butun sinfi uchun xosdir.
5-NT1 reseptorlari agonistlarini, shu jumladan Relpaks® preparatini xam, ba‘zi xollarda o‘lim bilan yakunlangan jiddiy yurak-qon tomir tomonidan nojo‘ya samaralari haqida xabar berilgan. Bu reaksiyalar juda kam hollarda aniqlangan va asosan yondosh xavf omillari bo‘lgan pasientlarda kuzatilgan.
Relpaks®ni terapevtik dozalarda qabul qilgan pasientlarda quyidagi nojo‘ya reaksiyalar kuzatilgan (plasebo bilan solishtirganda ≥1% va yuqori tez-tezlikda). Bu ko‘rinishlar tez-tezligiga muvofiq quyidagi mezonlarga muvofiq taqsimlangan: tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan 1/100 gacha) yoki kam hollarda (≥1/10000 dan 1/1000 gacha).
Infeksiyalar:
Tez-tez: faringit va rinit.
Kam hollarda: nafas yo‘llarining infeksiyalari.
Limfatik tizim tomonidan buzilishlar:
Kam hollarda: limfoadenopatiya.
Oziqlanish va moddalar almashinuvini buzilishlari:
Tez-tez emas: anoreksiya.
Ruhiy buzilishlar:
Tez-tez emas: fikrlashni buzilishi, ajitasiya, ongni chalkashishi, depersonalizasiya, eyforiya, depressiya, uyqusizlik
Kam hollarda: emosional labillik.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:
Tez-tez: uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, “sanchilish” xissi yoki sezuvchanlikni boshqa buzilishlari, mushaklar gipertonusi, gipesteziya, miasteniya.
Tez-tez emas: tremor, giperesteziya, ataksiya, gipokineziya, nutqni buzilishi, stuporoz holat, ta‘m bilishini buzilishi.
Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar:
Tez-tez emas: ko‘rishni buzilishi, ko‘zlarda og‘riq, yorug‘likdan qo‘rqish va ko‘z yoshini oqishi.
Kam hollarda: kon‘yunktivit.
Eshitish va muvozanat a‘zolari tomonidan buzilishlar:
Tez-tez: vertigo.
Tez-tez emas: quloqlarda og‘riq, quloqlarda shovqin.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar:
Tez-tez: yurak urishini xis qilish va taxikardiya.
Kam hollarda: stenokardiya, arterial bosimni oshishi, bradikardiya, shok.
Respirator, torokal va mediastinal buzilishlar:
Tez-tez: tomoqda “qisilish” hissi.
Tez-tez emas: dispnoe, esnash.
Kam hollarda: astma va tovush tembrini o‘zgarishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar:
Tez-tez: qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini quruqligi va dispepsiya.
Tez-tez emas: diareya, glossit.
Kam hollarda: qabziyat, ezofagit, tilni shishi, kekirish.
Gepatobiliar tizimi tomonidan buzilishlar:
Kam hollarda: giperbilirubinemiya, AST (aspartataminotransferaza) faolligini oshishi.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar:
Tez-tez: ter ajralishini oshishi.
Tez-tez emas: toshma, terini qichishishi.
Kam hollarda: teri kasalliklari, eshakemi.
Suyak-mushak tizimi, biriktiruvchi va suyak to‘qimasi tomonidan buzilishlar:
Tez-tez: belda og‘riq, mushaklarda og‘riq
Tez-tez emas: bo‘g‘imlarda og‘riq, artroz va suyaklarda og‘riq.
Kam hollarda: artrit, miopatiya, mialgiya, tirishishlar.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar:
Tez-tez emas: siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar (siyishni tezlashishi, poliuriya).
Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan buzilishlar:
Kam hollarda: sut bezlarida og‘riq, menorragiya
Umumiy buzilishlar:
Tez-tez: qizib ketish hissi yoki yuzga issiqlikni “oqib kelishi”, etni uvishishi, asteniya, ko‘krak qafasi tomonidan buzilishlar (og‘riq, qisilish hissi, bosim).
Tez-tez emas: umumiy holsizlik, yuzni shishi, chanqoqlik, periferik shishlar.
Postmarketing tadqiqotlarda quyidagi noxush samaralari haqida xabar berilgan:
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: allergik reaksiyalar, angionevrotik shish.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: xushdan ketish holatlarining kam hollari.
Qon tomirlari tizimi tomonidan buzilishlar: arterial bosimni oshishi.
Yurak tomonidan buzilishlar: ishemiya yoki miokard infarkti, koronar arteriyalarning spazmi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar: boshqa ayrim 5-NT1V/1D – agonistlarini qo‘llashdagi kabi, ishemik kolit, qusish haqida kam hollarda xabarlar olingan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Eletriptanga yoki preparatning boshqa har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik.
Jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari.
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (chunki bu gurux bemorlarida preparatni qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar cheklangan).
CYP3A4 ingibitorlari (ketokonazol, itrakonazol, eritromisin, klaritromisin, djozamisin) va proteaza ingibitorlari (ritonavir, indinavir va nelfinavir) bilan bir vaqtda qabul qilish.
I tur (5-NT) 5-gidroksitriptamin reseptorlarining boshqa agonistlari kabi, uning farmakodinamik xususiyatlariga ko‘ra quyidagi holatlarda eletriptanni qo‘llash mumkin emas:
- boshqarib bo‘lmaydigan arterial gipertenziya,
- koronar arteriyalar spazmi, yurak ishemik kasalligi (stenokardiya, Prinsmetal stenokardiyasi, o‘tkazilgan miokard infarkti, tasdiqlangan simptomsiz miokard ishemiyasi) yoki uning borligiga shubha;
- aritmiyalar;
- yurak yetishmovchiligi;
- periferik qon tomirlarning okklyuzion kasalliklari;
- bosh miya qon aylanishini buzilishlari yoki anamnezdagi tranzitor ishemik xujum;
- boshqa 5-NT reseptorlarining agonistlari bilan birga qo‘llash;
- eletriptan qabul qilingunicha yoki qabul qilinganidan keyin 24 soat davomida ergotamin yoki uning hosilalarini, shu jumladan metisergidni qo‘llash mumkin emas («Dorilarning o‘zaro ta‘siri» bo‘limiga qarang).
Relpaks® gemiplegik, oftalmoplegik yoki bazilyar migrenni bartaraf qilish uchun ko‘rsatilmagan.
Laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktoza tanqisligi yoki glyukozo-laktoz malabsorbsiya kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan pasientlar preparatni qabul qilmasliklari kerak.
Ehtiyotkorlik bilan
Serotoninli sindromi: elektriptan SQQOSI (serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari) va SQQOSIN (serotonin va noradrenalini qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari) kabi serotoninergik faollikka ega bo‘lgan boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki ayrim hollarda eletriptan va boshqa serotoninergik preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida serotonin sindromini rivojlanishi haqida xabarlar bo‘lgan.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda preparatni 40 mg dan yuqori dozada qo‘llash (chunki bunday pasientlarda eletriptanning arterial bosimga ta‘siri kuchayadi).
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa dori vositalarni eletriptanning farmakokinetikasiga ta‘siri
CYP3A4 ning kuchli spesifik ingibitorlari bo‘lgan eritromisin (1000 mg) va ketokonazol (400 mg) bilan bir vaqtda buyurilganida, eletriptanning Cmax mos ravishda 2 va 2,7 marta va AUC mos ravishda 3,6 va 5,9 marta oshgan. Bunda samaralar eletriptanning T1/2 eritromisin qo‘llanganida 4,6 soatdan 7,1 soatgacha, ketokonazol qo‘llanganida 4,8 soatdan 8,3 soatgacha oshgan. (“Farmakokinetikasi” bo‘limiga qarang). Shunday qilib, Relpaks®ni CYP3A4ning kuchli ingibitorlari, xususan ketokonazol, itrakonazol, eritromisin, klaritromisin, djozamisin va proteaza ingibitorlari (ritonavir, indinavir va nelfinavir) bilan birga qo‘llash mumkin emas.
Relpaks®ni beta-adrenoblokatorlar, trisiklik antidepressantlar, seratoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari va flunarizin bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan, lekin yuqoridagi dori vositalari va eletriptanning o‘zaro ta‘sirini aniqlash maqsadidagi maxsus klinik tadqiqotlarning natijalari hozircha ma‘lum emas (propranololdan tashqari, pastga qarang).
Klinik tadqiqotlarning populyasion farmakokinetik tahlili shuni ko‘rsatadiki, quyidagi dori vositalarini Relpaks®ning farmakokinetikasiga biron-bir ta‘sir ko‘rsatishi mavhum: beta-adrenoblokatorlar, trisiklik antidepressantlar, seratoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari, estrogen saqlovchi gormonal o‘rinbosarpreparatlar, estrogen saqlovchi kontraseptiv preparatlar va kalsiy kanallarining blokatorlari.
Eletriptan MAO substrati emasligi tufayli, Relpaks® va MAO ingibitorlarining farmakokinetik o‘zaro ta‘sirining ehtimoli kam va ularning o‘zaro ta‘sirini maxsus tadqiqotlari o‘tkazilmagan.
Propranolol 160 mg dozada, verapamil 480 mg dozada yoki flukonazol 100 mg dozada bir vaqtda qo‘llanganida eletriptanning Smax mos ravishda 1,1, 2,2 va 1,4 marta, AUC esa – 1,3, 2,7 va 2,0 marta oshgan. Bu o‘zgarishlar klinik ahamiyatli hisoblanmaydi, chunki ular arterial bosimni oshishi yoki eletriptanning bir o‘zi qo‘llanganidagi bilan solishtirilganida nojo‘ya ta‘sirlarining tez-tezligini oshishi bilan birga kechmagan.
Relpaks® qabul qilinganidan so‘ng 1 va 2 soat keyin kofein/ergotaminni qabul qilish, arterial bosimni biroz, lekin additiv oshishiga olib keladi, buni ushbu dori vositalarning farmakologik xususiyatlari asosida oldindan bilish mumkin. Shuning uchun ergotamin va ergotaminsimon vositalarni (masalan, digidroergotamin) saqlovchi preparatlarni Relpaks® qabul qilinganidan keyin 24 soat davomida buyurish mumkin emas. Aksincha ergotamin saqlovchi preparatlar qabulidan keyin 24 soat o‘tgach Relpaks®ni buyurish mumkin.
Eletriptanni boshqa dori vositalarga ta‘siri
Terapevtik dozalarda sitoxrom R450 tizimiga preparatning ta‘siri (ingibisiya yoki induksiya qiluvchi) aniqlanmagan.
Serotoninergik preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri
5-NT reseptorlarining agonistlarini, shu jumladan eletriptanni, SQQOSI (serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari) va SNQQOSI (serotoninni va noradrenalinni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari) kabi serotoninergik faollikka ega bo‘lgan preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash, serotonin sindromini rivojlanishining xavfini oshirishi mumkin. Eletriptan va serotoninergik preparatlarni bir vaqtda qo‘llashning klinik zarurati bo‘lganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bunday pasientlarni sinchiklab kuzatish kerak, ayniqsa davolashni boshida va har bir preparatning dozasi oshirilganida.
Maxsus ko‘rsatmalar
Relpaks®ni CYP3A4 ning maxsus kuchli ingibitorlari, xususan ketokonazol, itrakonazol, eritromisin, klaritromisin, djozamisin va ritonavir, indinavir va nelfinavir kabi proteaza ingibitorlari bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang). Bundan tashqari, CYP3A4 ingibitorlarini qabul qilish yakunlanganidan keyin 72 soat davomida Relpaks®ni qabul qilish mumkin emas.
5-NT1 reseptorlarining boshqa agonistlari kabi, Relpaks®ni faqat migren tashxisiga gumon bo‘lmagan hollarda qo‘llash kerak.
5-NT1 reseptorlarining boshqa agonistlari kabi, Relpaks®ni jiddiy kasalliklar (insult, anevrizmani yorilishi) bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan “atipik” bosh og‘riqlarini davolash uchun buyurish mumkin emas, chunki bunda bosh miya qon tomirlarini torayishi zararli bo‘lishi mumkin.
5-NT1 reseptorlarining agonistlarini qo‘llash fonida bosh miyaga qon quyilishi, subaraxnoidal qon quyilishi, insult yoki ayrim xollarda o‘lim bilan yakunlangan boshqa serebrovaskulyar buzilishlar rivojlanishi xolatlari aniqlangan. Bir necha xollarda serebrovaskulyar buzilishlar asosiy kasallik bo‘lgan va simptomlarni migren belgisi xisoblab, 5-NT1 reseptorlarining agonistlari noo‘rin qo‘llangan. Migreni bo‘lgan pasientlarda serebrovaskulyar asoratlarning (masalan, insult, qon quyilishi va o‘tkinchi ishemik xujum) xavfi yuqori bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Eletriptan va SQQOSI (masalan, fluoksetin, paroksetin, sertralin, fluvoksamin, sitalopram, essitalopram) va SNQQOSI (masalan, venlafaksin, duloksetin) bir vaqtda qo‘llanganida potensial hayotga xavf tug‘diruvchi serotoninli sindrom rivojlanishi mumkin (“Ehtiyotkorlik bilan” va “Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang). Bu sindrom quyidagi simptomlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin: ruhiy statusni buzilishi (masalan, ajitasiya, gallyusinasiyalar, koma), vegetativ nerv tizimining beqarorligi (masalan, taxikardiya, arterial bosimni o‘zgarishi, gipertermiya), nerv-mushak tizimi faoliyatini buzilishi (masalan, giperrefleksiya, koordinasiyani buzilishi) va/yoki ovqat hazm qilish tizimi faoliyatini buzilish simptomlari (masalan, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya).
Relpaks® preparatini yurak ishemik kasalligi (masalan, arterial gipertenziya, giperxolesterinemiya, chekish, semizlik, qandli diabet, og‘irlashgan oilaviy anamnez, jarrohlik yoki fiziologik menopauza holatida bo‘lgan ayollar yoki 40 yoshdan oshgan erkaklar) rivojlanishini xavf omillari bo‘lgan pasientlarda, qon aylanish tizimini sinchiklab tekshirish o‘tkazilmagunicha va yurak-qon tomir kasalligi istisno qilinmaguncha qo‘llash tavsiya etilmaydi. Yurak-qon tomir tizimi holatini baholashning usullarini sezgirligi yetarlicha kam. Shuning uchun, agar pasientning anamnezida, EKG da yoki boshqa tashxis muolajalarni o‘tkazishda, arterial vazospazm yoki miokard ishemiyasi uchun xarakterli belgilar aniqlansa, eletriptanni qo‘llash tavsiya etilmaydi (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).
Yurak-qon tomir kasalliklarining xavf omillari bo‘lgan pasientlarda, lekin ularda yurak-qon tomir tizimi holatini baholash qoniqarli natija ko‘rsatgan, eletriptanning birinchi dozasini, ilgari eletriptan qabul qilgan pasientlardan tashqari, shifokor kuzatuvi ostida qabul qilish tavsiya etiladi. Miokard ishemiyasi klinik simptomlar bo‘lmaganida ham paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli, Relpaks® preparati qabul qilinganidan keyin darxol elektrokardiografik tekshirishlarni o‘tkazish imkoniyatini ko‘rish kerak.
Yuqorida ta‘riflanganidek, eletriptanni uzoq vaqt, lekin tanaffuslar bilan qabul qilayotgan, yurak-qon tomir kasalliklarning xavf omillari bo‘lgan pasientlar, vaqti-vaqti bilan yurak-qon tomir tizimining tekshiruvidan o‘tishlari kerak, chunki ular eletriptan bilan davolashni davom ettirayaptilar.
Yuqorida bayon qilingan tavsiyalarga muntazam rioya qilish, tashxis qilinmagan yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan eletriptan bilan davolanayotgan pasientlar hollarini pasayishiga olib keladi.
5-NT1 reseptorlarining agonistlari qo‘llanganda yurak faoliyatini og‘ir buzilishi hollari, shu jumladan preparat qabul qiligandan keyin birinchi bir necha soatda rivojlanuvchi miokard infarkti, yurak ritmini hayotga xavf soluvchi buzilishlari va o‘lim bilan yakunlanuvchi hollari haqida xabar berilgan. Migreni bo‘lgan pasientlarda 5-NT1 reseptorlarining agonistlari keng qo‘llanishini hisobga olib, bu reaksiyalar paydo bo‘lishini tez-tezligi juda past.
Klinik tadqiqotlarni o‘tkazish vaqtida quyidagi xabarlar olingan. Diagnostik koronar angiografiya o‘tkazilgan pasientlar orasida, vena ichiga eletriptan qabul qilayotgan (Smax 127 ng/ml, bu ichga qabul qilish uchun 60 mg eletriptanga ekvivalent) anamnezida stenokardiya, arterial gipertenziya va giperxolesterinemiya bo‘lgan bir pasientda, ko‘krak qafasida qisilish xissi paydo bo‘lgan, shuningdek, ishemiya uchun xarakterli bo‘lgan EKG da o‘zgarishlarsiz koronar angiospazm (angiografiya bilan tasdiqlangan) epizodi aniqlangan. Bundan tashqari, anamnezida ritmni shunday buzilishi bo‘lgan pasientda bo‘lmachalar fibrillyasiyasini rivojlanishining bir holati haqida xabar berilgan.
Postmarketing davrda og‘ir yurak-qon tomir asoratlar rivojlanishi hollari haqida xabar berilgan, ulardan ayrimlari o‘lim bilan yakunlangan. Juda kam hollarda bu asoratlar yurak-qon tomir kasalliklarning biron-bir belgilari bo‘lmaganda paydo bo‘lgan. Shunga qaramay, postmarketing davrida olingan xabarlarning nazorat qilishni qiyinligini hisobga olib, bu hollarni eletriptan qabul qilish bilan o‘zaro aloqasini oxirigacha aniqlash mumkin emas.
Relpaks®ni yurak-qon tomir kasalliklarini bo‘lishining ehtimoli yoki ularni rivojlanishining yuqori xavfi bo‘lgan bemorlarga oldindan tekshirmasdan buyurish mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang). Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda eletriptanni tizimli o‘rganish o‘tkazilmagan. 5-NT1 –reseptorlarning boshqa agonistlari kabi, eletriptanni bu bemorlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Relpaks® aura va aurasiz migrenni va menstrual sikliga yondosh migrenni davolashda samarali. Aura paydo bo‘lgan vaqtida qabul qilingan Relpaks® bosh og‘rig‘i rivojlanishiga to‘sqinlik qilmaydi, shuning uchun uni faqat bosh og‘rig‘i fazasida qabul qilish lozim.
Relpaks®ni shuningdek ko‘ngil aynishi, qusish, fotofobiya, fonofobiya kabi migren bilan birga kechuvchi simptomlarni bartaraf etish uchun ham va xuruj davomida bosh og‘rig‘ini qaytalanishini davolashda samaradorligi klinik tadqiqotlarda aniqlangan.
Relpaks®ni oldini olish maqsadida qo‘llash mumkin emas.
Relpaks® 60 mg va undan ortiq terapevtik dozalarda qo‘llanganida arterial bosimni biroz va o‘tkinchi oshishi qayd qilingan. Arterial bosim buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda (dastlabki darajadan maksimal sistolik bosim 14-17 mm sim. ust. diastolik esa 14-21 mm sim. ust. oshgan va sog‘lom ko‘ngillilarga qaraganda 3-4 mm sim. ust. yuqori bo‘lgan) va keksa odamlarda ko‘proq oshgan.
Migrenga qarshi dori vositalarni cheklanmagan qo‘llash surunkali har kungi bosh og‘riqlarga olib kelishi mumkinligini hisobga olish kerak. Har qanday triptanlarni haddan ziyod qo‘llash hollari hammadan ko‘proq har kuni bosh og‘rig‘i bo‘lgan pasientlarda kuzatiladi.
Homiladorlik va laktasiya davri
Relpaks®ni homiladorlikda qo‘llashning klinik tajribasi yo‘q. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda preparat teratogen ta‘sir ko‘rsatmagan. Relpaks®ni faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun mumkin bo‘lgan xavfdan axamiyatli yuqori bo‘lgan holdagina buyurish kerak.
Relpaks® ayollarda ko‘krak suti bilan chiqariladi. Relpaks® bir marta 80 mg dozada qabul qilinganida 24 soat davomida ko‘krak suti bilan chiqarilishi qabul qilingan dozaning o‘rtacha 0.02% ni tashkil qilgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa dori vositaning ta‘sirini, agar uni eletriptan qo‘llanganidan so‘ng 24 soat davomida emizish to‘xtatilsa minimalga yetkazish mumkin.
Avtomobilni boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Ayrim bemorlarda migrenning o‘zi yoki 5-NT1-serotonin reseptorlarining antagonistlarini shu jumladan eletriptanni qabul qilish, uyquchanlik yoki bosh aylanishi bilan birga kechishi mumkin. Haydash va murakkab mexanizmlar bilan ishlash kabi yuqori diqqatni talab qiluvchi ishlarni bajaruvchi pasientlarda migren xuruji vaqtida va Relpaks® qabul qilgandan keyin ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganida arterial gipertenziya va yurak-qon tomir tizimi tomonidan boshqa buzilishlar rivojlanishini kutish mumkin.
Davolash: me‘dani yuvish, simptomatik davolash. Eletriptanning yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 4 soatni tashkil qilishi tufayli, doza oshirib yuborilgan holda bemorni kamida 20 soat yoki klinik belgilari yo‘qolgunicha kuzatish kerak. Gemodializ va peritoneal dializni eletriptanning qon plazmasidagi konsentrasiyasiga ta‘siri noma‘lum.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 20 mg yoki 40 mg.
2, 3, 4, 6 yoki 10 tabletka PVX/alyuminiy folga blisterda.
1, 2, 3, 4, 5, 6 yoki 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Birinchi ochilishini nazorat qilish maqsadida karton qutining yuzi tomoniga yarim halqani eslatuvchi teshilgan qator tushiriladi. Preparatni qadoqlaganda qutining yon yuzalari zich qilib yopishtiriladi.
Saqlash sharoiti
30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari