RIABAL ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
RIABAL®
RIABAL
Preparatning savdo nomi: Riabal®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): prifiniy bromidi
Dori shakli: 7,5 mg/5 ml sirop.
Tarkibi:
5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: prifiniy bromidi (Prifinium bromide) – 90 mg;
yordamchi moddalar: saxaroza, 70% li suyuq sorbitol, gliserin, propilengikol, glikamil (monoammoniy glisirrizinati), natriy sitrati, Caramel Cream hushbo‘yi, natriy saxarinati, natriy benzoati, FD &C Yellow No.6 bo‘yovchisi, Allura Red FD & C (Red no.40) bo‘yovchisi, tozalangan suv.
Ta‘rifi: shirin karamel ta‘miga ega to‘q sariq sirop.
Farmakoterapevtik guruhi: me‘da-ichak kasalliklari patologiyasini davolash uchun qo‘llanadigan vosita (antixolinergik vosita).
ATX kodi: A03AV18
Farmakologik xususiyatlari
Riabal ovqat hazm qilish yo‘llarining, asosan M-xolinoreseptorlariga ta‘sir etuvchi antixolinergik vosita prifiniy bromidi saqlaydi. Xlorid kislotasining sekresiyasini (ajralib chiqishini) kamaytiradi va me‘da shirasining peptik (sekretor) faolligini pasaytiradi. Me‘da osti bezining tashqi sekretor faolligini (ovqat hazm qiluvchi shiralarni ajralib chiqishini) pasaytiradi. Me‘da-ichak yo‘llarining silliq mushaklari tonusini pasaytiradi, me‘dani bo‘shashiga yordam beradi, ovqat hazm qilish yo‘llarining oshgan motor (harakat) faolligiga muvofiqlashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Qusish: chaqaloqlar va bolalardagi oddiy qusish; o‘tkir gastroenteritlarda (me‘da va ingichka ichakning shilliq qavatlarini yallig‘lanishida); isitmali holatlarda (tana harorati keskin oshganida); dori vositalarini o‘zlashtira olmaslikda qo‘llaniladi.
Abdominal og‘riqli sindrom (qorinda og‘riq): yo‘g‘on ichakning o‘tkazuvchanligini buzilishi va qorinni dam bo‘lishi bilan kechuvchi yoki kechmaydigan funksional kasalliklari; me‘da-ichak yo‘llarining shilliq mushaklarini psixogen tabiatiga ega spazmlari; me‘da-ichak yo‘llarining kasalliklarini etiologik (bevosita kasallikning yuz berish sabablariga ta‘sir etuvchi) davolashga qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi.
Siydik-tanosil tizimining og‘riqli sindromlari: siyishga qistovlar, siydik kislotasi va uratlarni siydik bilan chiqarilishi, sistitlar va pielitlarda qo‘llaniladi.
Gastroendoskopiyada va me‘da-ichak yo‘llari radiografiyasida dori vositalari bilan tayyorgarlik. Dismenoreya va qusishda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
3 oylikdan kichik bolalar.: | 1 ml dan har 6-8 soatda |
3-6 oylik bolalar: | 1-2 ml dan har 6-8 soatda |
6-12oylik bolalar: | 2 ml dan har 6-8 soatda |
1-2 yoshli bolalar: | 5 ml dan har 6-8 soatda |
2-6 yoshli bolalar: | 5-10 ml dan har 6-8 soatda buyuriladi |
Nojo‘ya ta‘sirlari
Og‘izni qurishi, qorachiqlarni kengayishi, akkomodasiyani buzilishi (rang ajratishni buzilishi), uyquchanlik. Ko‘rsatilgan simptomlar preparatning dozasi pasaytirilganda yoki uni bekor qilinganda yo‘qoladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ko‘z ichki bosimini oshishi, prostata bezi gipertrofiyasi, siydik chiqarish yo‘llari funksiyasini siyishni tutilishi bilan namoyon bo‘luvchi izdan chiqishi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Antixolinergik ta‘sirga ega preparatlarni qabul qilish ko‘zni ichki bosimini oshish sababi bo‘lishi mumkin.
Prostata bezi gipertrofiyasi bo‘lgan pasientlarda siyish soni kamayadi, bir vaqtda qovuq xajmi maksimal oshadi, bu dizuriyani yomonlashishiga olib keladi.
Prifiniya bromidni homiladorlik va laktasiya davrida qabul qilish uchun qo‘llashga mumkin bo‘lmagan xolatlar yo‘q.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: holsizlik, bosh aylanishi, taxikardiya, ortostatik gipotenziya; gallyusinasiyalar.
Davolash: me‘dani aspirasiya va yuvish yo‘li bilan tozalash kerak. Tuzli surgi vositalarini buyurish kerak. Antixolinergik preparatlarning markaziy va periferik nerv tizimiga ta‘sirini nazorat qilish uchun Fizostigmin salisilatini (1-2 mg) mushak ichiga, vena ichiga yoki teri ostiga yuborish kerak.
Chiqarilish shakli
To‘q polimer (PVX) flakonlar bolalardan himoya qilish uchun ochish nazorati bo‘lgan qopqoqlar bilan berkitilgan. Flakonlarga qog‘oz yorliq yopishtirilgan.
1 flakon, o‘lchov pipetkasi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Bolalar ololmaydigan joyda, 15°S–25°S gacha bo‘lgan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Saqlash muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari