×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RIABAL sirop 60ml 7,5mg/5ml N1

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Iordaniya
Faol modda:
Прифиния бромид
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Hikma Pharmaceuticals Co. Ltd., Иордания произведено: 1) Hikma Pharmaceuticals Co. Ltd., Иордания 2) The Arab Pharmaceuticals Manufacturing Co.
ATX kodi:
- A03AB18
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

DYUSPATALIN kapsulalar 200mg N30 Mylan Laboratories SAS Frantsiya
60 000 s`om dan
GLISERIN suppozitorii 2,11g N10 Radiks, НПП Rossiya Federatsiyasi
6 100 s`om dan
FORTRANS poroshok 64g N4 Ipsen Pharma, Франция произведено: Beaufour Ipsen Industrie Frantsiya
113 900 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
RIABAL sirop 60ml 7,5mg/5ml N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RIABAL®

RIABAL

 

Preparatning savdo nomi: Riabal®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): prifiniy bromidi

Dori shakli: 7,5 mg/5 ml sirop.

Tarkibi:

5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: prifiniy bromidi (Prifinium bromide) – 90 mg;

yordamchi moddalar: saxaroza, 70% li suyuq sorbitol, gliserin, propilengikol, glikamil (monoammoniy glisirrizinati), natriy sitrati, Caramel Cream hushbo‘yi, natriy saxarinati, natriy benzoati, FD &C Yellow No.6 bo‘yovchisi, Allura Red FD & C (Red no.40) bo‘yovchisi, tozalangan suv.

Ta‘rifi: shirin karamel ta‘miga ega to‘q sariq sirop.

Farmakoterapevtik guruhi: me‘da-ichak kasalliklari patologiyasini davolash uchun qo‘llanadigan vosita (antixolinergik vosita).

ATX kodi: A03AV18

Farmakologik xususiyatlari

Riabal ovqat hazm qilish yo‘llarining, asosan M-xolinoreseptorlariga ta‘sir etuvchi antixolinergik vosita prifiniy bromidi saqlaydi. Xlorid kislotasining sekresiyasini (ajralib chiqishini) kamaytiradi va me‘da shirasining peptik (sekretor) faolligini pasaytiradi. Me‘da osti bezining tashqi sekretor faolligini (ovqat hazm qiluvchi shiralarni ajralib chiqishini) pasaytiradi. Me‘da-ichak yo‘llarining silliq mushaklari tonusini pasaytiradi, me‘dani bo‘shashiga yordam beradi, ovqat hazm qilish yo‘llarining oshgan motor (harakat) faolligiga muvofiqlashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Qo‘llanilishi

Qusish: chaqaloqlar va bolalardagi oddiy qusish; o‘tkir gastroenteritlarda (me‘da va ingichka ichakning shilliq qavatlarini yallig‘lanishida); isitmali holatlarda (tana harorati keskin oshganida); dori vositalarini o‘zlashtira olmaslikda qo‘llaniladi.

Abdominal og‘riqli sindrom (qorinda og‘riq): yo‘g‘on ichakning o‘tkazuvchanligini buzilishi va qorinni dam bo‘lishi bilan kechuvchi yoki kechmaydigan funksional kasalliklari; me‘da-ichak yo‘llarining shilliq mushaklarini psixogen tabiatiga ega spazmlari; me‘da-ichak yo‘llarining kasalliklarini etiologik (bevosita kasallikning yuz berish sabablariga ta‘sir etuvchi) davolashga qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi.

Siydik-tanosil tizimining og‘riqli sindromlari: siyishga qistovlar, siydik kislotasi va uratlarni siydik bilan chiqarilishi, sistitlar va pielitlarda qo‘llaniladi.

Gastroendoskopiyada va me‘da-ichak yo‘llari radiografiyasida dori vositalari bilan tayyorgarlik. Dismenoreya va qusishda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

3 oylikdan kichik bolalar.: 1 ml dan har 6-8 soatda
3-6 oylik bolalar: 1-2 ml dan har 6-8 soatda
6-12oylik bolalar: 2 ml dan har 6-8 soatda
1-2 yoshli bolalar: 5 ml dan har 6-8 soatda
2-6 yoshli bolalar: 5-10 ml dan har 6-8 soatda buyuriladi

Nojo‘ya ta‘sirlari

Og‘izni qurishi, qorachiqlarni kengayishi, akkomodasiyani buzilishi (rang ajratishni buzilishi), uyquchanlik. Ko‘rsatilgan simptomlar preparatning dozasi pasaytirilganda yoki uni bekor qilinganda yo‘qoladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Ko‘z ichki bosimini oshishi, prostata bezi gipertrofiyasi, siydik chiqarish yo‘llari funksiyasini siyishni tutilishi bilan namoyon bo‘luvchi izdan chiqishi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Antixolinergik ta‘sirga ega preparatlarni qabul qilish ko‘zni ichki bosimini oshish sababi bo‘lishi mumkin.

Prostata bezi gipertrofiyasi bo‘lgan pasientlarda siyish soni kamayadi, bir vaqtda qovuq xajmi maksimal oshadi, bu dizuriyani yomonlashishiga olib keladi.

Prifiniya bromidni homiladorlik va laktasiya davrida qabul qilish uchun qo‘llashga mumkin bo‘lmagan xolatlar yo‘q.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: holsizlik, bosh aylanishi, taxikardiya, ortostatik gipotenziya; gallyusinasiyalar.

Davolash: me‘dani aspirasiya va yuvish yo‘li bilan tozalash kerak. Tuzli surgi vositalarini buyurish kerak. Antixolinergik preparatlarning markaziy va periferik nerv tizimiga ta‘sirini nazorat qilish uchun Fizostigmin salisilatini (1-2 mg) mushak ichiga, vena ichiga yoki teri ostiga yuborish kerak.

Chiqarilish shakli

To‘q polimer (PVX) flakonlar bolalardan himoya qilish uchun ochish nazorati bo‘lgan qopqoqlar bilan berkitilgan. Flakonlarga qog‘oz yorliq yopishtirilgan.

1 flakon, o‘lchov pipetkasi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Bolalar ololmaydigan joyda, 15°S–25°S gacha bo‘lgan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

 

Saqlash muddati

3 yil.

Yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

 

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RIABAL sirop 60ml 7,5mg/5ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RIABAL sirop 60ml 7,5mg/5ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RIABAL sirop 60ml 7,5mg/5ml N1 dori vositasi Hikma Pharmaceuticals Co. Ltd., Иордания произведено: 1) Hikma Pharmaceuticals Co. Ltd., Иордания 2) The Arab Pharmaceuticals Manufacturing Co. tomonidan Iordaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RIABAL sirop 60ml 7,5mg/5ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RIABAL sirop 60ml 7,5mg/5ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9