RINALER analoglari


Dori analoglarini taqqoslash RINALER

RINALER VEGTAZON Нозатон
- kattalarda va 3 yoshdan katta bolalarda mavsumiy yoki yillik allergik rinitni davolash;

- o'tkir sinusit yoki kattalarda (jumladan keksa yoshdagilarda) va 12 yoshdan keyin o'smirlarda surunkali sinusitning zo'riqishi - antibiotiklar bilan davolashda yordamchi davolash vositasi sifatida;

- 12 yoshdan pasientlarda og'ir bakterial infektsiyaning ko'rinishlarisiz engil va o'rtacha yaqqol ko'rinuvchan simptomlar bilan o'tkir rinosinusit;

- kattalarda va 12 yoshdan o'smirlarda o'rtacha og'irlikdagi va og'ir o'tadigan mavsumiy allergik rinitni oldini olish davolanishida (changlanish mavsumining taxmin qilinuvchi boshlanishigacha 2-4 hafta oldin qo'llash tavsiya etiladi);

- 18 yoshdan pasientlarda nazal polip va u bilan bog'liq simptomlarni, jumladan burun bitishi va hid bilishning yo'qolishini davolashda qo'llaniladi.

Batafsil
-kattalar va bolalarda psoriazda (tarqalgan psoriatik plastinkalardan tashqari) va atopik dermatitda yallig'lanish va chiqishish ko'rinishlarini davolashda qo'llanadi.

Batafsil
– катталар, ўсмирлар ва 2 ёшдан ошган болаларда мавсусий ва йил буйи кечадиган аллергик ринитни даволаш;

– катталар ва 12 ёшдан бошлаб болаларда мавсумий аллергик ринитни олдини олиш;

– ўртача ва оғир кечиувчи аллергик ринитни профилактик даволашни чангланиш мавсумини тахмин қилинган бошланишидан 2-4 ҳафта олдин бошлаш тавсия қилинади;

– катталарда ва 12 ёшдан бошлаб болаларда оғир бактериал инфекциянинг белгилари бўлмаган ўткир риносинуситнинг симптомларини даволаш;

– 18 ёшдан ошган пациентларда назал полиплар ва улар билан боғлик симптомларни, шу жумладан бурунни битиши ва ҳид билишни йўқолишини даволаш учун кўлланади.

Batafsil
Retsepsiz Retseptli Retseptli
Kategoriya

Nazal vositalar

Dermatologik

Nazal vositalar

Nojo'ya ta'sirlar
Juda tez-tez (≥1/10) 

- burundan qon ketish (burun polipozida sutkad 2 marta preparatni qo'llashda).

Tez-tez (≥1/100dan <1/10gacha)

- faringit;

- yuqori nafas yo'llari infektsiyalari;

- bosh og'rig'i;

- burundan qon ketishi;

- burundagi achishish;

- burunning shilliq qavatini qo'zg'alishi va yaralar;

- tomoqning qichishishi (burun polipozida sutkad 2 marta preparatni qo'llashda).

Noma'lum

- yuqori sezuvchanlik, shu jumladan anafilaktik reaktsiyalar, angionevrotik shish, bronxospazm va nafas siqishi;

- glaukoma, ko'z ichi bosimining ko'tarilishi, katarakta, ko'rishning noaniqligi;

- burun to'sig'ining teshilishi;

- ta'm va hid bilishning buzilishi.

Bolalar

Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi a'zolari tomonidan buzilishlar va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan: burundan qon ketishlar (6%), burun shilliq qavatining qo'zg'alishi (2%), aksirish (2%). 

Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i (3%).

Bolalarda ko'rsatib o'tilgan nojo'ya ta'sirlarning paydo bo'lish tez-tezligi plasebo qo'llashda ularning vujudga kelish tez-tezligi bilan qiyoslanuvchi bo'lgan.

Taxmin qilinadigan nojo'ya reaktsiyalar haqidagi ma'lumotlarni xabar qilish 

Dori vositasini ro'yxatdan o'tkazgandan keyin nojo'ya ta'sirlar haqidagi ma'lumotlarni xabar berish preparatni qo'llashning foydasi va xavfi nisbatini monitoringi uchun muhim ahamiyatga ega. Barcha tibbiyot xodimlari va pasientlarga har qanday nojo'ya reaktsiyalar haqidagi ma'lumotlarni mazkur tibbiy qo'llashga doir Yo'riqnomaning oxirisida ko'rsatilgan manzil va telefon raqamlari bo'yicha xabar qilish kerak.

Batafsil
Tez-tezligi quyidagicha aniqlangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000) va noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida aniqlab bo'lmaydi).
Juda kam hollarda
-follikulit;
-achishish va qichishish ko'rinishidagi mahalliy reaktsiyalar.
Noma'lum
-bakterial infektsiyalar, furunkulyoz;
-paresteziya;
-kontakt dermatit, teri gipopigmentasiyasi, gipertrixoz, teri striyalari, husnbuzarsimon toshmalar, teri atrofiyasi;
-preparatni qo'llash sohasida og'riq va mahalliy reaktsiyalar.
Mahalliy dermatologik kortikosteroidlarni qo'llash oqibatida quyidilar kabi mahalliy nojo'ya reaktsiyalarni yuzaga kelishi haqida ma'lumotlar bor:
-terini qurishi va ta'sirlanishi;
-dermatit, perioral dermatit;
-terini maserasiyasi;
-issiqlik toshmasi va teleangioektaziyalar;
-giperkortisizm;
-giperkortisizm va Kushing sindromining klinik ko'rinishlarini rivojlanishi bilan kechuvchi gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimini susayishi, bolalarda o'sish va rivojlanishga ta'siri (bolalarda) kuzatilishi mumkin.
Batafsil
Мавсумий ва йил бўйи кечадиган аллергик ринитларда, ўткир синуситда, назал полиплари бўлган пациентларда препаратни қўллаш билан боғлиқ бўлган: бош оғриғи, бурундан қон кетиши (яъни яққол қон кетиши, шунингдек қон аралаш шиллиқни ёки қон кўйқасини чиқиши), фарингит, бурунда ачишиш ҳисси, таъсирланиш ва бурун шиллиқ қаватини ярали ўзгаришлари каби нохуш ҳолатлар кузатилади. Бунга ўхшаш нохуш ҳолатларни ривожланиши, кортикостероидларни сақловчи ҳар қандай бошқа назал спрей учун хосдир.

Болаларда бурундан қон кетишлари, бош оғриғи, бурунда таъсирланиш ҳисси ва аксириш каби нохуш ҳолатлар кузатилади.

Мометазон фуроати интраназал қўлланганидан кейин баъзан дарҳол кечувчи турдаги аллергик реакциялар (масалан, бронхоспазм, диспноэ) кузатилиши мумкин. Жуда кам ҳолларда анафилактик реакция ва ангионевротик шиш ривожланиши мумкин.

Жуда кам ҳолларда кортикостероидлар интраназал қўлланганида бурун тўсиғини тешилиши ёки кўз ички босимини ошиши ҳоллари аниқланган. Тизимли самаралар назал кортикостероидлар қўлланганида, айниқса юқори дозаларда буюрилганда ва узоқ вақт қўлланганида пайдо бўлиши мумкин. Бу самараларнинг эҳтимоли, орал кортикостероидлар қўлланганидагига қараганда кам ва турли пациентларда, шунингдек ҳар хил кортикостероид воситалар ишлатилганида фарк қилиши мумкин. Потенциал тизимли самаралари, Кушинг синдромини, буйрак усти безлари фаолиятини сусайишига, болалар ва ўсмирларда ўсишини кечикишини, катарактани, глаукомани ва кам ҳолларда руҳий ёки хулқ бузилишларини, шу жумладан психомотор кўзғалишни, гиперреактивликни, уйқуни бузилишини, хавотирликни, депрессия ёки агрессияни (айниқса болаларда) ўз ичига олиши мумкин.

Batafsil
Narh
Qadoqda soni -
Dozasi -
Narh* -
Qadoqda soni
Dozasi 15г
Narh* 48 450 so'm

VEGTAZON bo'yicha barcha narxlarni ko'rish

Qadoqda soni
Dozasi 12МЛ
Narh* 42 900 so'm

Нозатон bo'yicha barcha narxlarni ko'rish

Mavjud qadoq turlari
  • Sprey
  • Krem
  • Sprey
Homiladorlik davrida qabul qilish
Ma'lumot topilmadi Ma'lumot topilmadi Ma'lumot topilmadi
Bog'lik kasalliklarni davolash
«RINALER analoglar» dorisining ta'rifi Apteka.uz saytida qisqartilirlgan yoki rasmiy ko'rsatmalar bilan to'ldirilgan bo'lishi mumkin. Dorini sotib olishdan va ishlatishdan oldin siz shifokor bilan maslahatlashib, ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan izoh bilan tanishishingiz kerak.
×
×
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9