RINOKSILKIDS ko'rsatmalar
Qo‘llash bo‘yicha yo‘riQnoma
Rinoksil® Kids
Rinoxil® Kids
Preparatning savdo nomi: Rinoksil® Kids
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): oksimetazolin
Dori shakli: nazal sprey.
Tarkibi:
0,025% li 100 ml eritma saqlaydi
faol modda: oksimetazolin gidroxloridi – 0,025 g.
yordamchi moddalar: evkalipt moyi, natriy digidrofosfati, natriy edetati, benzalkoniy xlorid eritmasi, propilenglikol, tozalangan suv.
Ta‘rifi: tiniq, o‘ziga xos hidli, rangsiz yoki och sariqroq rangli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: LOR a‘zolari kasalliklarini davolash uchun vositalar.
ATX kodi: R01AA05
Farmakologik hususiyatlari
Oksimetazolin tomirlarni toraytiruvchi va antikongestiv ta‘sir ko‘rsatadi. Alfa 1–adrenoreseptorlarni rag‘batlantiradi va aplikasiya joyida tomirlarni toraytiradi, yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavatini shishini kamaytiradi, burundan nafas olishni yengillashtiradi, venoz sinuslariga qonning oqib kelishini kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganida oksimetazolin ahamiyatsiz darajada tizimli so‘rilishga uchraydi, shuning uchun uni qon plazmasidagi konsentrasiyasi kam. Ta‘siri 15 minutdan keyin namoyon bo‘ladi. Ta‘sirining davomiyligi 10-12 soat. Asosan o‘zgarmagan holda buyraklar va ichak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 5-8 sutka.
Qo‘llanilishi
Burun shilliq qavatini, burun-xalqum va gaymor bo‘shliqlaridagi shishni kamaytirish uchun:
– shamollash kasalliklarida (o‘tkir rinit);
– burun bo‘shliqlarining yallig‘lanishida (o‘tkir sinusit);
– yevstaxiitda;
– allergik rinitda (shu jumladan, pichan isitmasida);
– o‘tkir otitda (yordamchi davolash vositasi sifatida, chunki yevstaxiev nayining teshigini atrofidagi shilliq qavatining shishini kamaytiradi).
Shuningdek burun bo‘shlig‘ining qo‘rishni yengillashtirishi uchun yoki jarrohlik muolajalarida ham qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
1 dan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda – har bir burun yo‘liga bir martadan sepiladi, zarurati bo‘lganida muolajani qaytarish mumkin.
Sepish vaqtida boshni tashlash tavsiya etilmaydi.
Davolanishning maksimal mumkin bo‘lgan davomiyligi – 5 kun.
Sepishni to‘g‘ri bajarish uchun sepgichni vertikal, uchlik yuqoriga yunaltirilgan holda ushlash kerak. So‘ngra tinik himoyalovchi qopqoqchani yechish, uchlik burun yo‘liga kiritish, tez keskin bir marta sepgichni bosish va sepgichni bo‘shatmasdan burundan chiqarib olish kerak. Sepish vaqtida burundan biroz havo olish lozim, bu oksimetazolinni optimal yuborilishiga yordam beradi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Oksimetazolin odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Preparatni tez-tez yoki uzoq muddat qo‘llanganida: burun yo‘llarining shilliq qavatining ta‘sirlanishi, achishishi va torayishi, gipersekresiya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, havotirlik, qo‘zg‘alish, yurak urishi, taxifilaksiya, ko‘ngil aynishi, arterial bosimni (AB) ni oshishi, burun va tomoqda sanchilish yoki qurishi, aksirish, burun shilliq qavatining giperemiyasi va atrofiyasi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga, shu jumladan boshqa intranazal qo‘llash uchun shishga qarshi vositalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, atrofik rinit, gipertireoz, burun yo‘llarining sekret ajratib chiqarishisiz bo‘lgan yallig‘lanishi, 1 yoshgacha bo‘lgan yosh bolalar, homiladorlik, laktasiya.
Ehtiyotkorlik bilan: surunkali buyrak yetishmovchiligi, aritmiyalar, prostata bezining giperplaziyasi klinik belgilari bilan, yopiqburchakli glaukoma, yaqqol ateroskleroz, surunkali yurak yetishmovchiligi, qandli diabet, arterial gipertenziya.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Preparat boshqa tomirlarni toraytiruvchi vositalari bilan buyurilganda (yuborish usulidan qat‘iy nazar) nojo‘ya samaralarining o‘zaro kuchayishi mumkin. Oksimetazolin mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalarining so‘rilishini sekinlashtiradi va ularning samarasini uzaytiradi. MAO ingibitorlari (ular bekor qilingandan keyingi 14 kunlik davri davomida) va trisiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda buyurilganda – AB ni oshishi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Buyurilgan dozalarni oshirmaslik kerak. Yurak-tomir tizimining kasalliklari, gipertireoz, arterial gipertoniyasi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Odatda oksimetazolin tavsiya qilingan dozalarda qo‘llanganida rinit belgilarini yo‘q qilish uchun 3 kun yetarli. Agarda bu davrda belgilar yo‘qolmasa davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak. Bir flakonni bir nechta shaxslarda ishlatish infeksiyaning tarqalishiga olib kelishi mumkin. Preparat bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi. Intranazal yuborish uchun mo‘ljallangan preparatni ko‘zga tushishidan saqlanish kerak. Preparat ko‘rishga ta‘sir qiladi, reaksiya tezligini pasayishi mumkin. Preparat tavsiya qilinganidan ortiq dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida yurak-tomir tizimiga va markaziy nerv tizimiga (MNT) umumiy ta‘sirini istisno qilib bo‘lmaydi. Bunday hollarda transport vositalari yoki qurilmalarni boshqarish qobiliyati pasayishi mumkin.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatish mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: taxikardiya, arterial gipertenziya, MNT susayishi.
Davolash: simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
Burun spreyi 0,025% li 10 ml dan, to‘q shisha flakonlarida, yig‘ib oluvchi trubkadan, dozalovchi nasosdan va sepuvchi uchlikdan tashkil topgan moslama bilan berkitilgan. Sepuvchi – uchlikka shaffof qopqoqcha o‘rnatiladi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Dozani ahamiyatli oshirib yuborilishida yoki tasodifan ichga qabul qilingandan keyin mioz, ko'ngil aynishi, qusish, tsianoz, gipertermiya, taxikardiya, aritmiya, tomirlar etishmovchiligi, arterial gipertenziya, nafas buzilishlari, o'pka shishi, yurakni to'xtab qolishi kabi belgilar aniqlanishi mumkin. Bundan tashqari, uyquchanlik, tana haroratining pasayishi, bradikardiya, arterial gipotenziya, nafasni to'xtashi va komani rivojlanishi bilan birga kechuvchi ruhiy buzilishlar, shuningdek, Markaziy asab tizimi funktsiyasini buzilishlari rivojlanishi mumkin. Davolash: qabul qilishni to'xtatish, simptomatik belgilarga qarab davolashni o'tkazish kerak.
Chiqarish shakllari