Rozatning aptekalardagi narxlari
ROZAT tabletkalari 40mg N28
|
|
47 ta dorixonada bor
|
109 900 so'mdan
Dorixonadan topish
|
123 100 so'mdan
Bron qilish
|
ROZAT tabletkalari 5mg N28
|
|
54 ta dorixonada bor
|
37 990 so'mdan
Dorixonadan topish
|
44 700 so'mdan
Bron qilish
|
ROZAT tabletkalari 20mg N28
|
|
83 ta dorixonada bor
|
115 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
116 000 so'mdan
Bron qilish
|
ROZAT tabletkalari 10mg N28
|
|
77 ta dorixonada bor
|
58 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
60 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Rozat ko'rsatmalar
‒oilaviy gomozigot giperxolesterinemiyada parhez va lipidlar darajasini pasaytiruvchi boshqa davolash usullari (masalan PZLP (past zichlikdagi lipoproteidlar) aferez) ga qo'shimcha yoki davolashning boshqa usullari samarasiz bo'lganda
‒umumiy xolesterin (uxs) va XS PZLP darajasini kutilgan darajagacha pasaytirish uchun davolashning bir qismi sifatida katta pasientlarda aterosklerozni avj olishini sekinlashtirish uchun parhezga qo'shimcha sifatida.
‒normaning yuqori chegarasidan 3 martadan yuqoriroq zardobdagi aminotransferezalar faolligini oshishi bilan kechuvchi jigar kasalliklarini mavjudligi (shuningdek aniqlanmaganlari);
‒buyrak faoliyatini og'ir buzilishlari (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam);
‒miopatiya;
‒tsiklosporinni bir vaqtda qabul qilish;
‒galaktozani nasliy o'zlashtiraolmaslik, laktaza etishmovchiligi yoki glyukoza va galaktaza malabsorbtsiya sindromi
‒homiladorlik, laktasiya davri, reproduktiv yosh (kontratsepsiyaning ishonchli usullaridan qo'llashsiz);
‒bolalar va 18 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Miopatiya yoki rabdomiolizga olib keluvchi omillari bo'lgan pasientlarda preparatning 40 mg dozasini qo'llash mumkin emas. Bunday omillarga quyidagilar kiradi:
‒buyrak faoliyatini o'rtacha buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 60 ml dan kam);
‒gipotireoz;
‒pasientda yoki anamnezida mushak to'qimasining nasliy kasalliklari;
‒GMG-KoA reduktazaning boshqa ingibitorlari qo'llagandan keyin mushak to'qimasining yomonlashishi simptomlarini paydo bo'lishi;
‒qonda rozuvastatinning kontsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin bo'lgan holatlar;
‒fibratlarni bir vaqtda qo'llash;
‒alkogolni suiiste'mol qilish;
‒Osiyo irqiga mansub pasietlar;
-70 yoshdan oshganlar;
‒trombositopeniya.
Rozuvastatin ichga qabul qilingandan keyin plazmadagi maksimal kontsentrasiyasiga taxminan 5 soatdan keyin erishiladi. Rozuvastatinning taxminan 90% plazma oqsillari, asosan albuminlar bilan bog'lanadi.
Rozuvastatinning taxminan 90% o'zgarmagan ko'rinishda axlat bilan chiqariladi (so'rilgan yoki so'rilmagan rozuvastatindan qat'iy nazar). Qolgan qismi siydik bilan chiqariladi. Taxminan 5% o'zgarmagan ko'rinishda siydik bilan chiqariladi. Chiqarilish fazasidagi yarim parchalanish davri taxminan 19 soatni tashkil qiladi. Doza oshirilganda chiqarilish fazasidagi yarim chiqarilish davri oshmaydi.
Rozuvastatinning tizimli samaralari dozaga proportsional ravishda oshadi. Sutka davomida ko'p marta qabul qilinganda farmakokinetik ko'rsatkichlar o'zgarmaydi. Rozuvastatin gipertrigliseridemiyasi bilan yoki usiz namoyon bo'luvchi giperxolesterinemiyasi bo'lgan pasientlarda irqi, jinsi, yoshidan qat'iy nazar, shuningdek pasientlarning alohida guruhlarida, masalan qandli diabeti yoki nasliy giperxolesterinemiya bilan xastalangan pasientlarda samarali.
Nojo'ya samaralarning paydo bo'lishi tez-tezligi quyidagicha keltirilgan:
Juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), noma'lum (mavjud bo'lgan ma'lumotlar asosida tez-tezligi baholab bo'lmaganda).
Tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha)
-bosh og'rig'i, bosh aylanishi
-ko'ngil aynishi, qorinda og'riq
-miagiya
-asteniya
-qandli diabetning II tipi
-mushaklarda og'riq
Tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha)
-qichishish, toshma va eshakemi
Kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha)
-yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan angionevrotik shish
-miopatiya (shu jumladan mizit) va rabdomioliz
-jigar transaminazalari faolligi oshishi, pankreatit
Juda kam hollarda (<1/10000)
-sariqlik, gepatit
-polineyropatiya
-xotirani yo'qolishi
-gematuriya, proteinuriya
-artralgiya
-depressiya, uyquni buzilishi
-jinsiy disfunktsiya
Yakka holatlarda
-o'pkaning interstisial kasalliklari
Tez-tezligi noma'lum
-diareya
-immunitetga bog'liq nekrozlovchi miopatiya
-yo'tal, hansirash
-Stivens-Djonson sindromi
-ginekomastiya
-periferik shishlar.
Shuningdek GMG-KoA reduktazaning boshqa ingibitorlarini holatlaridagi kabi nojo'ya samaralarning tez-tezligi ushbu preparatning dozasiga bog'liq.
Proteinuriya, ayniqsa qum massasi bilan kechuvchi kanalchalar mexanizmli proteinuriya. 10 mg yoki 20 mg dan kamroq dozada davolash vaqtida 1% pasientlarda kamroq va 3% pasientlarda (40 mg dozada) siydikda oqsil miqdorini o'zgarishi aniqlangan: "mavjud emas" yoki "izlari" natijasidan "++" darajasigacha. Ko'pchilik holatlarda proteinuriya davolash jarayonida kamayali yoki yo'q bo'ladi va buyrakning o'tkir yoki yondosh kasalligini avj olishidan dalolat bermaydi.
Rozuvastatin qabul qilgan pasientlarni kichik guruhida GMG-KoA reduktazaning boshqa ingibitorlarini qo'llagandagi kabi preparatning dozasiga qarab aminotransferazalar faolligini oshishi aniqlangan. Ko'pchilik holatlarda ular maqbul, simptomsiz va vaqtinchalik bo'lgan.
Rabdomioliz, buyrak va jigar tomonidan (transaminazalar faolligi oshishi) og'ir nojo'ya samaralar paydo bo'lishi tez-tezligi 40 mg dozada oshadi.
Faol modda: rozuvastatin kaltsiy 5,2 mg (5 mg rozuvastatinga ekvivalent)
Yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza (tip 102), quruq laktoza monogidrati, krospovidon (tip A), magniy stearati, laktoza monogidrati, giporomelloza (E 464), titan dioksidi (E 171), triatsetin (E 1518), xinolin sarig'ining alyumin laki (E 104)
10 mg uchun:
Faol modda: rozuvastatin kaltsiy 10,4 mg (10 mg rozuvastatinga ekvivalent)
Yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza (tip 102), quruq laktoza monogidrati, krospovidon (tip A), magniy stearati, laktoza monogidrati, giporomelloza (E 464), titan dioksidi (E 171), triatsetin (E 1518), qizil maftunkor alyumin laki (E 129)
20 mg uchun:
Faol modda: rozuvastatin kaltsiy 20,8 mg (20 mg rozuvastatinga ekvivalent)
Yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza (tip 102), quruq laktoza monogidrati, krospovidon (tip A), magniy stearati, laktoza monogidrati, giporomelloza (E 464), titan dioksidi (E 171), triatsetin (E 1518), Karmin (E120)
40 mg uchun:
Faol modda: rozuvastatin kaltsiy 41,6 mg (40 mg rozuvastatinga ekvivalent)
Yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza (tip 102), quruq laktoza monogidrati, krospovidon (tip A), magniy stearati, laktoza monogidrati, giporomelloza (E 464), titan dioksidi (E 171), triatsetin (E 1518), Ponceau alyumin laki (E124), sariq shafaq alyumin laki
Davolash kursini boshlashdan oldin va davolash jarayonida pasient xolesterin darajasini pasaytirishga qaratilgan parhezga rioya qilishi kerak. Dozalashni majburiy tavsiyalar: davolashning maqsadi, shuningdek pasientning davolashga reaktsiyasiga qarab shaxsiy ravishda aniqlash kerak.
Avval xolesterin darajasini pasaytiruvchi statinlar guruhiga mansub preparatlar (gipolipidemik vositalar) qabul qilmagan pasientlarda ham, GMG-KoA reduktazaning boshqa ingibitorlari bilan davolangan pasientlarda ham tavsiya etilgan boshlang'ich doza sutkada 5 mg yoki 10 mg ni tashkil qiladi. Boshlang'ich dozani aniqlash vaqtida konkret pasientda xolesterin darajasini va keyinchalik yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini, shuningdek nojo'ya samaralar paydo bo'lish xavfini e'tiborga olish kerak. Pastroq dozalarni qo'llashdagi oqibatlarga nisbatan preparatning dozasini 40 mg gacha oshirilgandan keyin nojo'ya samaralarning tez-tezligini oshishi tufayli, 20 mg doza qo'llanilgandan keyin kutilgan natija erishilmagan yurak-qon tomir kasalliklarining yuqori xavf guruhiga (ayniqsa xolesterinning darajasi nasliy yuqori bo'lgan pasientlar) mansub xolesterinning darajasi yuqori bo'lgan pasientlardagina dozani maksimal 40 mg gacha oshirish mumkin. 40 mg dozani qo'llayotgan pasientlar mutaxassisning nazorati ostida bo'lishlari kerak.
Keksa yoshdagi pasientlar: 70 yoshdan oshgan pasientlarda tavsiya etilgan boshlang'ich doza 5 mg ni tashkil etadi. Boshqa yoshdagi pasientlar uchun preparatning dozasini o'zgartirish zarurati yo'q.
Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlar: buyrak faoliyatini o'tkir va surunkali buzilishlari bo'lgan pasientlarda preparatning dozasini o'zgartirish zarurati yo'q. Buyrak faoliyaini buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 60 ml dan kam) bo'lgan pasientlar uchun tavsiya etilgan boshlang'ich doza 5 mg ni tashkil etadi. Buyrak faoliyatni biroz buzilishlari bo'lgan pasientlarda 40 mg dozani qo'llash mumkin emas. Shuningdek buyrak faoliyatini og'ir buzilishlari (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam) bo'lgan pasientlarda Rozat preparatini qo'llash mumkin emas.
Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlar: Chald-Pyu shkalasi bo'yicha 7 ball yoki kamroq ball bo'lgan pasientlarda organizmning rozuvastatinga reaktsiyani kuchayishi aniqlanmagan. Lekin Chald-Pyu shkalasi bo'yicha 8 yoki 9 ball bo'lgan pasientlarda rozuvastatinning ta'siri ekspozisiyasini oshishi kuzatilgan. Preparatni Chald-Pyu shkalasi bo'yicha 9 balldan yuqori bo'lgan pasientlarda preparatni qo'llash bo'yicha biron-bir ma'lumotlar yo'q. Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda Rozat preparatini qo'llash mumkin emas.
Turli irqqa mansub pasientlar: osiyolik pasientlarda organizmning rozuvastatinga reaktsiyasini oshishi kuzatilgan. Osiyolik pasientlar uchun tavsiya etilgan boshlang'ich doza 5 mg ni tashkil qiladi. Bunday pasientlarga 40 mg dozani qo'llash mumkin emas.
Miopatiyaga moyilligi bo'lgan pasientlar: miopatiya rivojlanishiga moyil omillari bo'lgan pasientlarga preparatni 40 mg dozada buyurish mumkin emas. Ushbu guruhdagi pasientlar uchun tavsiya etilgan boshlang'ich doza 5 mg ni tashkil qiladi.
Yondosh davolash. Rozuvastatin turli tashuvchi-oqsillar (masalan 1v1 organik anionlarning transport polipeptidi va sut bezi rakining rezistentli oqsili) substrati hisoblanadi. Rozuvastatin tashuvchi-oqsillar (masalan Tsiklosporin va ayrim proteaza ingibitorlari, shu jumladan ritonavirni atazanavir, liponavir va/yoki tipranavir bilan birga) o'zaro ta'siri natijasida plazmada rozuvastatinning kontsentrasiyasini oshirishi mumkin bo'lgan ayrim tibbiy preparatlar bilan birga buyurilganda miopatiya (shu jumladan skelet mushaklarining o'tkir nekrozi) xavfi oshadi. Imkoni bo'lganda muqobil preparatlarni qo'llash va zarurati bo'lganida rozuvastatin bilan davolashni vaqtincha to'xtatish kerak. Bu tibbiy preparatlarni rozuvastatin bilan birga qo'llash zarur bo'lgan hollarda yondosh davolashning foyda va xavfini e'tiborga olish va rozuvastatinning dozasiga tuzatish kiritish kerak.
Davolash kursini boshlashdan oldin va davolash jarayonida pasient xolesterin darajasini pasaytirishga qaratilgan parhezga rioya qilishi kerak. Dozalashni majburiy tavsiyalar: davolashning maqsadi, shuningdek pasientning davolashga reaktsiyasiga qarab shaxsiy ravishda aniqlash kerak.
Avval xolesterin darajasini pasaytiruvchi statinlar guruhiga mansub preparatlar (gipolipidemik vositalar) qabul qilmagan pasientlarda ham, GMG-KoA reduktazaning boshqa ingibitorlari bilan davolangan pasientlarda ham tavsiya etilgan boshlang'ich doza sutkada 5 mg yoki 10 mg ni tashkil qiladi. Boshlang'ich dozani aniqlash vaqtida konkret pasientda xolesterin darajasini va keyinchalik yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini, shuningdek nojo'ya samaralar paydo bo'lish xavfini e'tiborga olish kerak. Pastroq dozalarni qo'llashdagi oqibatlarga nisbatan preparatning dozasini 40 mg gacha oshirilgandan keyin nojo'ya samaralarning tez-tezligini oshishi tufayli, 20 mg doza qo'llanilgandan keyin kutilgan natija erishilmagan yurak-qon tomir kasalliklarining yuqori xavf guruhiga (ayniqsa xolesterinning darajasi nasliy yuqori bo'lgan pasientlar) mansub xolesterinning darajasi yuqori bo'lgan pasientlardagina dozani maksimal 40 mg gacha oshirish mumkin. 40 mg dozani qo'llayotgan pasientlar mutaxassisning nazorati ostida bo'lishlari kerak.
Keksa yoshdagi pasientlar: 70 yoshdan oshgan pasientlarda tavsiya etilgan boshlang'ich doza 5 mg ni tashkil etadi. Boshqa yoshdagi pasientlar uchun preparatning dozasini o'zgartirish zarurati yo'q.
Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlar: buyrak faoliyatini o'tkir va surunkali buzilishlari bo'lgan pasientlarda preparatning dozasini o'zgartirish zarurati yo'q. Buyrak faoliyaini buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 60 ml dan kam) bo'lgan pasientlar uchun tavsiya etilgan boshlang'ich doza 5 mg ni tashkil etadi. Buyrak faoliyatni biroz buzilishlari bo'lgan pasientlarda 40 mg dozani qo'llash mumkin emas. Shuningdek buyrak faoliyatini og'ir buzilishlari (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam) bo'lgan pasientlarda Rozat preparatini qo'llash mumkin emas.
Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlar: Chald-Pyu shkalasi bo'yicha 7 ball yoki kamroq ball bo'lgan pasientlarda organizmning rozuvastatinga reaktsiyani kuchayishi aniqlanmagan. Lekin Chald-Pyu shkalasi bo'yicha 8 yoki 9 ball bo'lgan pasientlarda rozuvastatinning ta'siri ekspozisiyasini oshishi kuzatilgan. Preparatni Chald-Pyu shkalasi bo'yicha 9 balldan yuqori bo'lgan pasientlarda preparatni qo'llash bo'yicha biron-bir ma'lumotlar yo'q. Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda Rozat preparatini qo'llash mumkin emas.
Turli irqqa mansub pasientlar: osiyolik pasientlarda organizmning rozuvastatinga reaktsiyasini oshishi kuzatilgan. Osiyolik pasientlar uchun tavsiya etilgan boshlang'ich doza 5 mg ni tashkil qiladi. Bunday pasientlarga 40 mg dozani qo'llash mumkin emas.
Miopatiyaga moyilligi bo'lgan pasientlar: miopatiya rivojlanishiga moyil omillari bo'lgan pasientlarga preparatni 40 mg dozada buyurish mumkin emas. Ushbu guruhdagi pasientlar uchun tavsiya etilgan boshlang'ich doza 5 mg ni tashkil qiladi.
Yondosh davolash. Rozuvastatin turli tashuvchi-oqsillar (masalan 1v1 organik anionlarning transport polipeptidi va sut bezi rakining rezistentli oqsili) substrati hisoblanadi. Rozuvastatin tashuvchi-oqsillar (masalan Tsiklosporin va ayrim proteaza ingibitorlari, shu jumladan ritonavirni atazanavir, liponavir va/yoki tipranavir bilan birga) o'zaro ta'siri natijasida plazmada rozuvastatinning kontsentrasiyasini oshirishi mumkin bo'lgan ayrim tibbiy preparatlar bilan birga buyurilganda miopatiya (shu jumladan skelet mushaklarining o'tkir nekrozi) xavfi oshadi. Imkoni bo'lganda muqobil preparatlarni qo'llash va zarurati bo'lganida rozuvastatin bilan davolashni vaqtincha to'xtatish kerak. Bu tibbiy preparatlarni rozuvastatin bilan birga qo'llash zarur bo'lgan hollarda yondosh davolashning foyda va xavfini e'tiborga olish va rozuvastatinning dozasiga tuzatish kiritish kerak.
‒Bir vaqtda qo'llash plazmadagi tsiklosporinning kontsentrasiyasiga ta'sir ko'rsatmaydi.
‒K vitamini antagonistlari. GMG-KoA reduktazaning boshqa ingibitorlari qo'llagandagi kabi K vitaminining antagonistlari (masalan varfarin yoki kumarin guruhiga mansub boshqa antikoagulyantlar) bilan davolanayotgan pasientlarda davolashni boshida yoki davolash vaqtida rozuvastatinning dozasini oshirganda halqaro normallashgan nisbatni (Xnn) oshishi kuzatilishi mumkin. Rozuvastatinning dozasini pasaytirish yoki uni qabul qilishni to'xtatish Xnn pasayishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda Xnn sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.
‒Gemfibrozil va lipidlarning kontsentrasiyasini pasaytiruvchi boshqa preparatlar. Rozuvastatin va gemfibrozilni bir vaqtda qo'llash rozuvastatinning maksimal kontsentrasiyasini (Smax), shuningdek egri chiziq ostidagi maydonni (ECHOM) ikki marta oshishiga olib keladi.
‒Reduktaza ingibitorlari va gemfibrozil, fenofibrat yoki fibratlar guruhiga mansub boshqa preparatlar, shuningdek lipidlar kontsentrasiyasini pasaytiruvchi dozada (sutkada 1 g yoki ko'proq) niasinni (nikotin kislotasi) bir vaqtda qo'llash, ehtimol bu preparatlarning o'zi miopatiyaga olib kelishi mumkinligi tufayli, miopatiya paydo bo'lishi xavfi oshadi. Fibratlar guruhiga mansub preparatlar va 40 mg dozada rozuvastatinni bir vaqtda qo'llash mumkin emas. Bunday pasientlarni davolashni 5 mg dan boshlash kerak.
‒Ezetimib (Azatimib). Rozuvastatin preparati va ezetimib (azatimib) ni bir vaqtda qo'llash hech bir preparatning ECHOM (AUC) yoki Smax ga ta'sir ko'rsatmaydi. Lekin farmakodinamik o'zaro ta'sir va kutilmagan ko'rinishlarni paydo bo'lishi ehtimolini inkor etib bo'lmaydi.
‒Proteaza ingibitorlari. Rozuvastatin va proteaza ingibitorlarini bir vaqtda qo'llash rozuvastatinning ta'sirini ahamiyatli oshiradi. Bu ta'sirning aniq mexanizmi noma'lum.
‒Rozuvastatinni ritonavir bilan majmuada proteazaning turli ingibitorlari bilan birga qabul qilayotgan pasientlarda rozuvastatinning tizimli ta'sirini kuchayishi kuzatilgan. Proteaza ingibitorlarini qabul qilayotgan OITV-pasientlarda rozuvastatinni qo'llaganda lipidlar darajasini pasayishi afzalligini ham, proteaza ingibitorlari bilan davolangan pasientlarda rozuvastatinni qabul qilishni boshida va dozasi oshirilganda plazmada rozuvastatinning kontsentrasiyasini oshishiga potentsialni e'tiborga olish kerak. Preparatni proteaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi, faqat agar dozaga tuzatish kiritilgan bo'lsa.
‒Tashuvchi oqsil ingibitorlari. Rozuvastatin ma'lum tashuvchi-oqsillar, shu jumladan 1v1 organik anionlarning transport polipeptidini jigarda to'planish tashuvchisi va sut bezi rakining rezistentligi oqsilining efflyuks tashuvchisining substrati hisoblanadi. Rozuvastatin va bu tashuvchi-oqsillarning ingibitori hisoblangan tibbiy preparatlarni birga qo'llash plazmada rozuvastatinning kontsentrasiyasini oshishi va miopatiya rivojlanishi xavfini oshishi bilan kechishi mumkin (1 jadval).
‒Garchi o'zaro ta'sirning aniq mexanizmi noma'lum bo'lsada, proteaza ingibitorlarini bir vaqtda qo'llash rozuvastatinning ekspozisiyasini ahamiyatli darajada oshirishi mumkin (1 jadvalga qarang). Masalan farmakokinetik tadqiqotda 10 mg rozuvastatinni va ikkita proteaza ingibitolarini (300 mg atazanavir/100 mg ritonavir) bir vaqtda qo'llash sog'lom ko'ngillilarda rozuvastatinning barqaror AUC va Cmax muvofiq ravishda 3 va 7 marta oshishiga olib kelgan. Rozuvastatin va proteaza ingibitorlarining ayrim majmualarini bir vaqtda qo'llashni rozuvastatinning ekspozisiyasini kutilgan oshishiga asoslanib, rozuvastatinning dozasiga sinchkovlik bilan tuzatish kiritilgandan keyin amalga oshirish mumkin.
‒Antasid preparatlar. Rozuvastatin va me'da sekresiyasini pasaytiruvchi dori vositalari, alyuminiy va magniy gidroksidini bir vaqtda qo'llash plazmada rozuvastatinning kontsentrasiyasini 50% dan ko'proqqa pasayishiga olib keladi. Bu ta'sirning ahamiyati davolash amaliyotida noma'lum.
‒Eritromisin. Rozuvastatin va eritromisinni bir vaqtda qo'llash rozuvastatinning AUC(o-t) egri chizig'i ostidagi maydonni 20% ga va rozuvastatinning maksimal kontsentrasiyasini (Cmax) 30% ga kamayishiga olib keladi. Bu ta'sir eritromisinni qo'llagandan keyin me'da-ichak yo'llari ishini kuchayishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
‒Oral kontratsepivlar yoki gormonal davolash. Rozuvastatin va oral kontratseptiv vositalarn bir vaqtda qo'llash etinilestradiol va norgestrelning egri chizig'i ostidagi maydon (AUC) yuqori cho'qqisini muvofiq ravishda 26% va 34% ga oshishiga olib keladi. Plazmada preparatning kontsentrasiyasini oshishi kontratseptivning dozasi oshirilganda kuzatilganligiga e'tibor berish kerak.
‒Boshqa preparatlar. Reaktsiyalar va o'zaro ta'sirlar bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotlar asosida digoksinlar bilan ahamiyatli o'zaro ta'sir kuzatilmasligi taxmin qilinadi.
‒Tsitoxrom R450 fermentlari. Rozkvastatin tsitoxrom R450 fermentlarining ingibitori ham, induktori ham hisoblanmaydi. Bundan tashqari, rozuvastatin bu fermentlar uchun kuchsiz substrat hisoblanadi. Rozuvastatin va flukonazol (SUR2S9 va SUR3A4 ingibitori) va ketokonazol (SUR2A6 va SUR3A4 ingibitori) bilan klinik ahamiyatli o'zaro ta'siri kuzatilmagan. Rozat va itrakonazolni (SUR3A4 ingibitori) birga qo'llash rozuvastatinning AUC 28% ga oshishiga olib keladi. Shunday qilib, tsitoxrom R450 metabolizmi bilan bog'liq o'zaro ta'sir kutilmaydi.
Rozuvastatin jigar xujayralari yuzasida PZL (past zichlikdagi lipoproteidlar) ("yomon" xolesterin yoki beta-lipoproteidlar) uchun reseptorlarning miqdorini oshiradi, bu PZL ni katabolizmga jalb etilishini engillashtiradi, jigarda JPZLP sintezini susaytiradi, bu PZL va JPZLP (juda past zichlikdagi lipoproteidlar) ning umumiy miqdorini kamayishiga olib keladi.
Rozuvastatin xolesterin-PZLP, umumiy xolesterin, trigliseridlar (tg) ning oshgan darajasini kamaytiradi, xolesterin-yuqori zichlikdagi lipoproteinlar (XS-YuZLP) darajasini oshiradi. U shuningdek apolipoprotein V (apov), Xs-noyuzlp (xolesterin YuZLP darajasidan tashqari umumiy xolesterin darajasi), XS-JPZLP, tg-JPZLP darajasini kamaytiradi va apolipoprotein A-I (Apoa-I) darajasini oshiradi. Rozuvastatin XS-PZLP/XS-YuZLP, umumiy Xs/Xs-YuZLP, Xs-noyuzlp/Xs-YuZLP va apov/Apoa-I nisbatini kamaytiradi.
Rozuvastatinning yuqori dozalari, ayniqsa 40 mg dozada davolanayotgan pasientlarda proteinuriyaning o'tuvchan yoki sporadik ko'rinishlari, ayniqsa yondosh qum massasi bilan kechuvchi kanalchalar mexanizmiga ega proteinuriya kuzatiladi. Proteinuriya paydo bo'lishidan oldin buyraklarning o'tkir yoki avj oluvchi kasalliklari aniqlanmagan. Davolash jarayonida buyrak sohasida o'tkir hissiyotlar tez-tezligini oshishi 40 mg doza bilan bog'liq. 40 mg doza buyurilgan pasientlarda mutaxassislar buyrak faoliyatini nazorat qilishlari kerak.
Tayanch-harakat apparatiga ta'siri
Rozuvastatinni barcha dozalarda va ayniqsa preparatning 20 mg dan yuqori dozalarini qo'llaganda tayanch-harakat apparatiga quyidagi ta'sirlar haqida xabar berilgan: mialgiya, miopatiya, kam hollarda rabdomioliz.
Kreatinkinaza faolligini o'lchash
Jadal jismoniy yuklamadan keyin yoki kreatinkinaza darajasini oshishining boshqa sabablari mavjud bo'lganganda kreatinkinazaning faolligini o'lchash mumkin emas, chunki bu noto'g'ri tibbiy xulosalarga olib kelishi mumkin. Agara davolashni boshlashdan oldin kreatinkinaza darajasi dastlab yuqori (NYUCH (normaning yuqori chegarasi) dan 5 martadan ortiq) bo'lgan bo'lsa, 5-7 kun o'tgandan keyin nazorat tekshiruvini o'tkazish kerak. Agar nazorat tibbiy ko'rikda darajasi NYUCH dan 5 martadan yuqori bo'lsa, davolashni boshlash mumkin emas.
Davolashni boshlashdan oldin
Reduktaza darajasini pasaytiruvchi boshqa preparatlar kabi Rozat preparatini miopatiya yoki rabdomiolizga moyilligi bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Bu guruh pasientlarda davolashning bo'lishi mumkin bo'lgan xavflarini o'rganish kerak, davolash jarayonida esa pasientni nazorat qilish va kuzatish kerak. Agar nazorat tekshiruvi jarayonida davolashdan oldin pasientda kreatinkinazaning yuqori darajasi aniqlansa, bunday hollarda davolashni boshlash mumkin emas.
Davolash jaryonida
Pasientlarni to'satdan mushaklarda og'riq, mushak kuchsizligi yoki spazmlari, ayniqsa lohaslik va isitma bilan birga paydo bo'lgan hollar haqida darhol shifokorga xabar berish kerakligi haqida ogohlantirish kerak. Bunday pasientlarda kretinkinaza faolligi darajasini tekshirish kerak. Agar faollik darajasi ahamiyatli darajada yuqori (NYUCH dan 5 martadan yuqori) yoki mushak tarangligi va har kunlik, diskomfort chaqirsa, davolashni to'xtatish kerak.
Kretinkinaza faolligini yo'l qo'yiladigan darajagacha pasayishi belgilari paydo bo'lgandan keyin Rozat preparatini yoki reduktazaning boshqa ingibitorini pastroq dozada qabul qilishni takroran boshlash mumkin. Pasient mutaxassisning sinchkov nazorati ostida bo'lishi kerak. Agar pasientda yuqorida sanab o'tilgan simptomlar paydo bo'lmasa, kreatinkinaza faolligini sinchkovlik bilan nazorat qilish zarurati yo'q.
Agar pasientda miopatiya simptomlariga o'xshash o'tkir va og'ir hissiyotlar yoki rabdomiolizga o'xshash ikkilamchi buyrak etishmovchiligi (sepsis, gipotoniya, katta jarroxlik aralashuvi, jarohat og'ir metabolik, endokrin va elektrolit buzilishlari, tutqanoq) paydo bo'lsa, Rozat qo'llash mumkin emas.
Statinlar, shu jumladan rozuvastatin bilan davolash vaqtida yoki davolagandan keyin immunitetga bog'liq nekrozlovchi miopatiyaning kam holatlari qayd etilgan. Immunitetga bog'liq nekrozlovchi miopatiya proksimal mushaklar kuchsizligi va statinlar bilan davolashni to'xtatishga qaramay yuqori darajada saqlanib qoluvchi zardobda kreatinkinazaning darajasini oshishi bilan xarakterlanadi.
Jigar faoliyatiga ta'siri
GMG-KoA reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi Rozat preparatini alkogolni suiiste'mol qiluvchi va (yoki) jigar kasalliklari bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Davolashni boshlashdan oldin va davolash boshlangandan 3 oydan keyin jigar faoliyatini tekshirish kerak. Agar qon zardobida aminotransferazalar darajasi normaning yuqori chegarasidan 3 martadan yuqoriroq bo'lsa, davolashni to'xtatish yoki Rozat preparatining dozasini kamaytirish kerak. Nojo'ya samaralar (asosan jigar aminotransferazalarining faolligini oshishi bilan bog'liq) paydo bo'lish tez-tezligi preparatni 40mg dozada qabul qilish boshlangandan keyin oshadi.
Qalqonsimon bezi faoliyatini etishmovchiligi yoki nefrotik sindrom bilan bog'liq ikkilamchi giperxolesterinemiyasi bo'lgan pasientlarda Rozat preparati bilan davolashni boshlashdan oldin asosiy kasallikni tegishli davolashni o'tkazish kerak.
Turli irqqa mansub pasientlar
Tibbiy tadqiqotlar xitoylik va yapon pasientlarda preparatga yuqori sezgirlik kuzatilishini namoyish qilgan, evropalik pasientlarga nisbatan rozuvastatinning tizimli kontsentrasiyasini oshishi aniqlangan.
Nafas yo'llarining kasalliklari
Statinlar bilan davolaganda kam hollarda, ayniqsa preparatlarni uzoq vaqt qo'llagandan quyidagi simptomlar paydo bo'lishi mumkin: bo'g'ilish, quruq yo'tal, sog'liqni umumiy holatini yomonlashishi (toliqish, tana vaznini kamayishi va tana haroratini oshishi). Pasientda o'pkaning interstisial kasalligi rivojlanishiga gumon bo'lganda, statinlar bilan davolashni to'xtatish kerak.
Qandli diabet
Och qoringa qonda glyukozaning darajasi 5,6 dan 6,9 mmol/l gacha bo'lgan pasientlarda rozuvastatin bilan davolash qandli diabetni rivojlanishi xavfini oshishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
10 mg uchun: dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq yuzali, bir tomonida "10" gravirovkasi bo'lgan, och pushti rangli qobiq bilan qoplangan, diametri 7 mm bo'lgan tabletkalar.
20 mg uchun: dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq yuzali, bir tomonida "20" gravirovkasi bo'lgan, to'q pushti rangli qobiq bilan qoplangan, diametri 9 mm bo'lgan tabletkalar.
40 mg uchun: dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq yuzali, bir tomonida "40" gravirovkasi bo'lgan, qizil rangli qobiq bilan qoplangan, diametri 10 mm bo'lgan tabletkalar.
Davolash – simptomatik va tutib turuvchi davolash. Jigar faoliyatini v a KFK darajasini nazorat qilish kerak. Gemodializ samarali bo'lishi ehtimoli kam.Simptomlari – nojo'ya samaralar yaqqolligini kuchayishi.
Davolash – simptomatik va tutib turuvchi davolash. Jigar faoliyatini v a KFK darajasini nazorat qilish kerak. Gemodializ samarali bo'lishi ehtimoli kam.
Chiqarish shakllari