Aviroz preparatini qabul qilganda kuzatiladigan nojo'ya samaralar odatda kuchsiz namoyon bo'ladi va o'z-o'zidan o'tib ketadi. Boshqa GMG-KoA reduktaza ingibitorlari qo'llanilganda bo'lgani kabi, nojo'ya samaralarni rivojlanish tezligi asosan dozaga bog'liq xarakterga ega.
Immun tizimi tomonidan: kam hollarda – yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan angionevrotik shish.
Endokrin tizimi tomonidan: tez-tez –qandli diabetining 2 tipi.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og'rig'i, bosh aylanishi.
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – qabziyat, ko'ngil aynishi, qorinda og'riq; kam xollarda – pankreatit.
Teri qoplamalari tomonidan: tez-tez emas – terini qichishishi, toshma, eshakemi.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: tez-tez – mialgiya; kam hollarda – miopatiya (shu jumladan miozit), rabdomioliz.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: Aviroz preparatini qabul qilgan patsientlarda proteinuriya aniqlanishi mumkin. Siydikda oqsil miqdorining o'zgarishi (yo'qligidan yoki juda kam miqdordan ++ yoki undan ko'proqqacha) preparatni 10-20 mg dozada qabul qilayotgan 1% dan kamroq patsientlarda, preparatni 40 mg dozada qabul qilayotgan taxminan 3% patsientlarda kuzatilgan. Siydikda oqsil miqdorining biroz o'zgarishi 20 mg dozada qabul qilinganida kuzatilgan. Ko'pchilik holatlarda proteinuriya davolash jarayonida kamayadi yoki yo'qoladi va buyrak o'tkir kasalligining rivojlanishi yoki mavjud bo'lganini avj olishini bildirmaydi.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: Aviroz preparati barcha dozalarda, ayniqsa 20 mg dan yuqori dozalarda qo'llanilganda – mialgiya, miopatiya (shu jumladan miozit); kam hollarda – o'tkir buyrak yetishmovchiligi bilan yoki usiz kechuvchi rabdomioliz.
KFK darajasini dozaga bog'liq ravishda oshishi rozuvastatin qabul qilgan kam sonli patsientlarda kuzatiladi. Ko'pchilik xollarda u ahamiyatsiz, simptomsiz va vaqtinchalik bo'lgan. KFK faolligi oshganida (NYuСh ga nisbatan 5 marta va undan ko'p) davolanishni to'xtatish lozim.
Jigar tomonidan: patsientlarning oz miqdorida jigar transaminazalarining faolligini dozaga bog'liq oshishi kuzatilgan. Ko'pchilik hollarda u ahamiyatsiz, simptomsiz va vaqtinchalik bo'lgan.
Laborator ko'rsatkichlar: glyukoza, bilirubinning kontsentratsiyasini, GGT, ishqoriy fosfatazaning faolligini oshishi, qalqonsimon bezi funktsiyasining buzilishi.
Boshqalar: tez-tez – astenik sindrom kuzatilishi mumkin.