SAKLEChning aptekalardagi narxlari
SAKLECh tabletkalari 2mg/500mg N30
|
|
6 ta dorixonada bor
|
92 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
SAKLECh ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SAKLECh
SAKHLECH
Preparatning savdo nomi: Saklech
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): metformin, glimepirid
Dori shakli: tabletkalar 1 mg + 500 mg, 2 mg + 500 mg
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: glimepirid – 1 mg (2 mg), metformin gidroxloridi – 500 mg;
yordamchi moddalar: kraxmal, mikrokristall sellyuloza, jelatin, polivinilpirolidon
K-30, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi, talk, natriy laurilsulfati.
Ta‘rifi: dumaloq shaklli, oq rangli, plyonka qobiq bilan qoplanmagan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: gipoglikemik sintetik va boshqa vositalar majmuada.
ATX kodi: A10BD02
Farmakologik xususiyatlari
Glimepiridning asosiy ta‘sir mexanizmi qonda glyukozaning darajasini pasaytirish, me‘da osti bezining beta hujayralaridan insulinni ajralib chiqishini nazorat qilish bilan namoyon bo‘ladi, bundan tashqari glimepirid sulfonilmochevinaning hosilasi hisoblanadi.
Metformin qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan bemorlarda glyukozaga bo‘lgan tolerantlikni oshiradi, bazal va postprandial qismida glyukozaning darajasini pasaytiradi. Metformin jigarda glyukozani ishlab chiqarilishini pasaytiradi, ichakda glyukozani so‘rilishini kamaytiradi, insulinga sezuvchanlikni yaxshilab, glyukozani periferik so‘rilishini va uning utilizasiyasini oshiradi. Glimepirid va metforminni birga qo‘llash bir-birining ta‘sirini to‘ldiradi va qandli diabetning 2-tipini boshqarishda ijobiy glikemik nazoratini ta‘minlaydi va ehtimol, makrovaskulyar va mikrotomirlar komplekslarni bog‘lanishini oldini oladi.
Farmakokinetikasi
Glimepirid me‘da-ichak yo‘llaridan 1 soat davomida to‘liq so‘riladi, qon plazmasida moddani cho‘qqi konsentrasiyasiga (Cmax) 2- yoki 3-soatlarda kuzatiladi. Taqsimlanish hajmi (Vd) 8,8 l (113 ml/kg) ni tashkil etadi. Oqsillar bilan bog‘lanishi 99,5% ni tashkil etadi. Glimepirid oksidlanish yo‘li bilan to‘liq metabolizmga uchraydi. Asosiy metabolitlari – siklogeksil gidroksimetil hosilasi va karboksil hosilasi hisoblanadi. 14S-glimepirid peroral yuborilganida, umumiy reaktivlikning taxminan 60% 7 kun davomida siydikda aniqlangan.
500 mg metforminning mutloq biokiraolishligi taxminan 50-60% ni tashkil etadi. Ajralib chiqishi uzaytirilgan metforminning bir martalik dozasi qabul qilingandan so‘ng Cmax ga 4-8 soatdan keyin erishiladi. Metformin plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Metformin siydik bilan o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi va jigarda metabolizmga uchramaydi yoki safro bilan chiqarilmaydi. Metforminning buyrak klirensi kreatininga nisbatan taxminan 3,5 marta katta, bu buyrak naychalari sekresiyasi metforminning asosiy chiqarilish yo‘li ekanligini ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Insulinga qaram bo‘lmagan qandli diabetning 2-tipi bo‘lgan pasientlar uchun parhezga qo‘shimcha sifatida:
- agar sulfonilmochevina preparatlari yoki metformin bilan monoterapiya glikemik nazoratni yetarli darajada ta‘minlanmasa;
- sulfonilmochevina preparatlari va metformin bilan majmuaviy davolash o‘zgartirilganida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatning dozasi va davolash davomiyligi samaradorligi va tolerantligiga qarab individual ravishda bo‘lishi kerak. Boshlang‘ich tavsiya etilgan dozasi bir tabletkani tashkil etadi, kuniga bir marta nonushta vaqtida yoki asosiy ovqatni birinchi marta qabul qilingan vaqtda yoki shifokorning ko‘rsatmasiga muvofiq qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Eshakemi, leykopeniya, qichishish, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, trombositopeniya. Nojo‘ya samaralarning simptomlari preparatni qabul qilish to‘xtatilganidan so‘ng kamayib boradi. Agar kasallikning simptomlari saqlanib tursa, shifokor bilan maslahatlashing.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Buyrak yetishmovchiligi yoki buyrak funksiyasini buzilishi, jigar yetishmovchiligi, o‘tkir yoki surunkali asidoz. Glimepiridga va metforminga yoki preparatning biron-bir ingredientiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Furosemid qon plazmasida metforminning darajasini oshiradi, (Smax) 22% ga va AUC ni 15% ga oshiradi, bunda buyrak klirensida biron-bir ahamiyatli o‘zgarishlar aniqlanmaydi. Metformin kalsiyni bloklab, raqobatbardosh tipi bo‘yicha V12 vitaminini norasional peroral so‘rilishiga olib kelishi mumkin, bu V12 vitaminining ichki omilini reseptor bilan bog‘lanishiga bog‘liq. Nifedipin metforminning so‘rilishini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Og‘iz orqali qabul qilinadigan qondagi qandning miqdorini pasaytiruvchi preparatlar (Tolbutamid) qo‘llash yurak-qon tomir muammolari fonida o‘limni oshishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Sulfonilmochevinaning barcha preparatlari gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin. Spirt laktatning metabolizmiga metforminning ta‘sirini kuchaytiradi. Metforminni qabul qilish vaqtida pasientlar alkogolni haddan tashqari ko‘p iste‘mol qilishdan ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak.
Ushbu preparatni qo‘llashdan oldin homilador va emizikli ayollar shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.
Preparatning tavsiya etilgan dozasi oshirilmasin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozasi oshirib yuborilganida davolash simptomatik va tutib turuvchi bo‘lishi kerak.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda, 3 blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari