Semaks ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SEMAKS
SEMAX
Preparatning savdo nomi: Semaks
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): metionil-glutamil-gistidil-fenilalanil-prolil-glisil-prolin
Dori shakli: 1% li nazal tomchilar
Tarkibi:
faol modda: semaks 100% moddaga qayta hisoblanganida – 10 g;
yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat (Nipagin) – 1 g, tozalangan suv – 1 l gacha.
Ta‘rifi: rangsiz, tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: nootrop vosita.
ATX kodi: N06BX
Farmakologik xususiyatlari
Semaks 1% li nazal tomchilar – original peptid preparat bo‘lib, gormonal faolligini to‘liq yo‘qotgan adrenokortikotrop gormon (AKTG4-10) (metionil-glutamil-gistidil-fenilalanil-prolil-glisil-prolin) fragmentining analogi hisoblanadi. Barcha aminokislotalar L-shaklda bo‘ladi.
Farmakodinamikasi
Semaks markaziy nerv tizimi (MNT) ga original neyrospesifik ta‘sir mexanizmiga ega. Semaks kortikotropinning sintetik analogi bo‘lib, nootrop hususiyatlarga ega va gormonal faolligini butunlay yo‘qotgan. Preparat xotira, ta‘lim olish, diqqat kabi bosh miyaning bilish va kognitiv jarayonlarini yaxshilaydi. Aqliy ish qobiliyatini oshiradi; gipoksiya, narkoz va boshqa shikastlaydigan ta‘sirlarga bosh miyaning hujayralarini moslashishini yaxshilaydi. Preparat bir marta va uzoq vaqt yuborilganida deyarli zaharli emas. Allergik, embriotoksik, teratogen va mutagen hususiyatlarni namoyon qilmaydi. Mahalliy qitiqlovchi ta‘sirga ega emas.
Farmakokinetikasi
Burun bo‘shlig‘ining shilliq qavati orqali so‘riladi, bunda faol moddaga hisoblanganida 60-70% gacha qismi o‘zlashtiriladi. Semaks a‘zolar va to‘qimalarga tez taqsimlanadi, gematoensefalik to‘siq orqali o‘tadi. Qonga tushganida Semaks yetarlicha tez biotransformasiyaga uchraydi va organizmdan siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
O‘rtacha va og‘ir darajadagi ishemik insultning o‘tkir davrida kompleks terapiya tarkibida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Semaks, plastmassa tiqin-pipetka bilan berkitilgan flakonda yordamida intranazal qo‘llaniladi.
Kesish
chizig‘i |
Pipetkaning uchi 1-rasmda ko‘rsatilgan joyidan ehtiyotkorlik bilan kesiladi.
|
|
Qalpoqchasi pipetkani zich berkitishi kerak – 2-rasm. |
|
Flakonni pastga qaratib, barmoq bilan uning tubini yengil taqillating, shunda suyuqlik pipetkaning butun bo‘shlig‘ini to‘ldirishi uchun biroz kuting – 3-rasm. | |
Qalpoqchani yeching, pipetkaning keng qismini yengil siqing va kerakli miqdordagi preparatni burun yo‘liga (shilliq pardaga) tomizing – 4-rasm. |
Preparatni 2-rasmda ko‘rsatilganidek qalpoqchasi zich berkitilgan holda saqlash kerak.
Bir tomchi preparatning hajmi 0,05 ml (50 mkl) ga teng. Standart eritmaning bir tomchisida 500 mkg faol modda saqlaydi.
O‘rtacha og‘irlikdagi insultda har bir burun yo‘liga bir tomizishda 2-3 tomchidan tomiziladi, bu 2000 mkg (4 tomchi yoki 0,2 ml) – 3000 mkg (6 tomchi yoki 0,3 ml) ni tashkil qiladi. Preparat tomizishlar o‘rtasida 3-4 soatlik oraliq bilan kuniga 3-4 marta tomiziladi. Sutkalik doza 6000 mkg (12 tomchi yoki 0,6 ml) – 12000 mkg (24 tomchi yoki 1,2 ml) ni tashkil etadi.
Og‘ir insultda har bir burun yo‘liga bir tomizishda 3-4 tomchidan tomiziladi, bu 3000 mkg (6 tomchi yoki 0,3 ml) – 4000 mkg (8 tomchi yoki 0,4 ml) ni tashkil etadi. Preparat tomizishlar o‘rtasida 2,5-3 soatlik oraliq bilan kuniga 4-5 martadan tomiziladi. Sutkalik doza 12000 mkg (24 tomchi yoki 1,2 ml) – 20000 mkg (40 tomchi yoki 2,0 ml) ni tashkil qiladi.
Preparat 10 kun davomida har kuni tomiziladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Uzoq muddat qo‘llanganida burunning shilliq qavati biroz ta‘sirlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Peparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. O‘tkir ruhiy buzilishlar, xavotirlik buzilishlari, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik va laktasiya davrida, anamnezida tirishishlar bo‘lgan pasientlarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Farmasevtik ta‘siri. Preparatni kimyoviy tuzilishidan kelib chiqqan holda kimyoviy jihatdan nomutanosib kombinasiyalarni qo‘llash mumkin emas: preparat tez parchalanadi va me‘da-ichak yo‘llariga tushmaydi.
Farmakokinetik ta‘siri. Preparatni kimyoviy tuzilishi (geptapeptid – adrenokortikotrop gormonini sintetik analogi bo‘lib, gormonal faolligini butunlay yo‘qotgan), tez so‘rilishi va qonga tushish tezligi, shuningdek intranazal yuborish usulini hisobga olib, boshqa preparatlar Semaksning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ta‘sir qilmaydi deb taxmin qilinadi.
Semaksni (intranazal) yuborish usulini hisobga olib, mahalliy qon-tomirlarni toraytiruvchi ta‘sirga ega bo‘lgan intranazal yuboriladigan vositalarni qo‘llash maqsadga muvofiq emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas. Klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtga qadar, preparatning hatto bir martalik dozasi ahamiyatli darajada oshirilganda ham preparatning dozasini oshirib yuborilish hollarini aniqlash imkoni bo‘lmagan.
Chiqarilish shakli
3 ml dan plastmassa probka-pipetka bilan berkitilgan flakonda. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga qadoqlanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, +10°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlashiga yo‘l qo‘yilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari