×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SEMAKS burun uchun tomchilar 3ml 0,1%

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Метионил-глутамил- гистидил-фенилаланил- пролил-глицил- пролин
Ishlab chiqaruvchi:
- Пептоген Инновационный научно-производственный центр АО
ATX kodi:
- N06BX
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 9 ta dorixonasida topildi

ico 107 800 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

123 200 s`om dan
SOMAZINA inyeksiya uchun eritma 500mg/4ml N5 Ferrer Internacional S.A. Ispaniya
180 000 s`om dan
SEREBROLIZAT inyeksiya uchun eritma 1ml N10 МИКРОГЕН НПО, ФГУП Минздрава России г.Уфа Rossiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SEMAKS burun uchun tomchilar 3ml 0,1% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SEMAKS

SEMAX

 

Preparatning savdo nomi: Semaks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): metionil-glutamil-gistidil-fenilalanil-prolil-glisil-prolin

Dori shakli: 1% li nazal tomchilar

Tarkibi:

faol modda: semaks 100% moddaga qayta hisoblanganida – 10 g;

yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat (Nipagin) – 1 g,  tozalangan suv – 1 l gacha.

Ta‘rifi: rangsiz, tiniq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: nootrop vosita.

ATX kodi: N06BX

Farmakologik xususiyatlari

Semaks 1% li nazal tomchilar – original peptid preparat bo‘lib, gormonal faolligini to‘liq yo‘qotgan adrenokortikotrop gormon (AKTG4-10) (metionil-glutamil-gistidil-fenilalanil-prolil-glisil-prolin) fragmentining analogi hisoblanadi. Barcha aminokislotalar L-shaklda bo‘ladi.

Farmakodinamikasi

Semaks markaziy nerv tizimi (MNT) ga original neyrospesifik ta‘sir mexanizmiga ega. Semaks kortikotropinning sintetik analogi bo‘lib, nootrop hususiyatlarga ega va gormonal faolligini butunlay yo‘qotgan. Preparat xotira, ta‘lim olish, diqqat kabi bosh miyaning bilish va kognitiv jarayonlarini yaxshilaydi. Aqliy ish qobiliyatini oshiradi; gipoksiya, narkoz va boshqa shikastlaydigan ta‘sirlarga bosh miyaning hujayralarini moslashishini yaxshilaydi. Preparat bir marta va uzoq vaqt yuborilganida deyarli zaharli emas. Allergik, embriotoksik, teratogen va mutagen hususiyatlarni namoyon qilmaydi. Mahalliy qitiqlovchi ta‘sirga ega emas.

Farmakokinetikasi

Burun bo‘shlig‘ining shilliq qavati orqali so‘riladi, bunda faol moddaga hisoblanganida 60-70% gacha qismi o‘zlashtiriladi. Semaks a‘zolar va to‘qimalarga tez taqsimlanadi, gematoensefalik to‘siq orqali o‘tadi. Qonga tushganida Semaks yetarlicha tez biotransformasiyaga uchraydi va organizmdan siydik bilan chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

O‘rtacha va og‘ir darajadagi ishemik insultning o‘tkir davrida kompleks terapiya tarkibida qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Semaks, plastmassa tiqin-pipetka bilan berkitilgan flakonda yordamida intranazal qo‘llaniladi.

Kesish

chizig‘i

   

 

Pipetkaning uchi 1-rasmda ko‘rsatilgan joyidan ehtiyotkorlik bilan kesiladi.

 

 

Qalpoqchasi pipetkani zich berkitishi kerak – 2-rasm.

Flakonni pastga qaratib, barmoq bilan uning tubini yengil taqillating, shunda suyuqlik pipetkaning butun bo‘shlig‘ini to‘ldirishi uchun biroz kuting – 3-rasm.
Qalpoqchani yeching, pipetkaning keng qismini yengil siqing va kerakli miqdordagi preparatni burun yo‘liga (shilliq pardaga) tomizing – 4-rasm.

Preparatni 2-rasmda ko‘rsatilganidek qalpoqchasi zich berkitilgan holda saqlash kerak.

Bir tomchi preparatning hajmi 0,05 ml (50 mkl) ga teng. Standart eritmaning bir tomchisida 500 mkg faol modda saqlaydi.

O‘rtacha og‘irlikdagi insultda har bir burun yo‘liga bir tomizishda 2-3 tomchidan tomiziladi, bu 2000 mkg (4 tomchi yoki 0,2 ml) – 3000 mkg (6 tomchi yoki 0,3 ml) ni tashkil qiladi. Preparat tomizishlar o‘rtasida 3-4 soatlik oraliq bilan kuniga 3-4 marta tomiziladi. Sutkalik doza 6000 mkg (12 tomchi yoki 0,6 ml) – 12000 mkg (24 tomchi yoki 1,2 ml) ni tashkil etadi.

Og‘ir insultda har bir burun yo‘liga bir tomizishda 3-4 tomchidan tomiziladi, bu 3000 mkg (6 tomchi yoki 0,3 ml) – 4000 mkg (8 tomchi yoki 0,4 ml) ni tashkil etadi. Preparat tomizishlar o‘rtasida 2,5-3 soatlik oraliq bilan kuniga 4-5 martadan tomiziladi. Sutkalik doza 12000 mkg (24 tomchi yoki 1,2 ml) – 20000 mkg (40 tomchi yoki 2,0 ml) ni tashkil qiladi.

Preparat 10 kun davomida har kuni tomiziladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Uzoq muddat qo‘llanganida burunning shilliq qavati biroz ta‘sirlanishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Peparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. O‘tkir ruhiy buzilishlar, xavotirlik buzilishlari, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik va laktasiya davrida, anamnezida tirishishlar bo‘lgan pasientlarga qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Farmasevtik ta‘siri. Preparatni kimyoviy tuzilishidan kelib chiqqan holda kimyoviy jihatdan nomutanosib kombinasiyalarni qo‘llash mumkin emas: preparat tez parchalanadi va me‘da-ichak yo‘llariga tushmaydi.

Farmakokinetik ta‘siri. Preparatni kimyoviy tuzilishi (geptapeptid – adrenokortikotrop gormonini sintetik analogi bo‘lib, gormonal faolligini butunlay yo‘qotgan), tez so‘rilishi va qonga tushish tezligi, shuningdek intranazal yuborish usulini hisobga olib, boshqa preparatlar Semaksning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ta‘sir qilmaydi deb taxmin qilinadi.

Semaksni (intranazal) yuborish usulini hisobga olib, mahalliy qon-tomirlarni toraytiruvchi ta‘sirga ega bo‘lgan intranazal yuboriladigan vositalarni qo‘llash maqsadga muvofiq emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas. Klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtga qadar, preparatning hatto bir martalik dozasi ahamiyatli darajada oshirilganda ham preparatning dozasini oshirib yuborilish hollarini aniqlash imkoni bo‘lmagan.

Chiqarilish shakli

3 ml dan plastmassa probka-pipetka bilan berkitilgan flakonda. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga qadoqlanadi.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, +10°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Muzlashiga yo‘l qo‘yilmasin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SEMAKS burun uchun tomchilar 3ml 0,1% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SEMAKS burun uchun tomchilar 3ml 0,1% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SEMAKS burun uchun tomchilar 3ml 0,1% dori vositasi Пептоген Инновационный научно-производственный центр АО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SEMAKS burun uchun tomchilar 3ml 0,1% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SEMAKS burun uchun tomchilar 3ml 0,1% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SEMAKS burun uchun tomchilar 3ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Метионил-глутамил- гистидил-фенилаланил- пролил-глицил- пролин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Пептоген Инновационный научно-производственный центр АО
Narh: 429 399 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
SEMAKS burun uchun tomchilar 3ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Метионил-глутамил- гистидил-фенилаланил- пролил-глицил- пролин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Пептоген Инновационный научно-производственный центр АО
Narh: 429 399 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9