SERRATAning aptekalardagi narxlari
SERRATA tabletkalari 10mg N150
|
|
279 ta dorixonada bor
|
240 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
309 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
264 000 so'mdan
Bron qilish
|
SERRATA tabletkalari 10mg N10
|
|
4 ta dorixonada bor
|
19 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
SERRATA tabletkalari 10mg N100
|
|
1 ta dorixonada bor
|
199 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
SERRATA tabletkalari 10mg N30
|
|
2 ta dorixonada bor
|
58 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
SERRATA ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SERRATA®
SERRATA®
Preparatning savdo nomi: Serrata®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Serratiopeptidaza (serratiopeptidase).
Dori shakli: ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
Har bir ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: 10 mg serratiopeptidaza
Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, yengil magniy karbonati, natriy kraxmalglikolyati (A turi), magniy stearati, Opadry-YS-1-7027 oq qobig‘i, Opadry –OY-P-7171 oq qobig‘i, izopropil spirti, dixlormetan, tozalangan suv.
Ta‘rifi: dumaloq shaklga ega, ikki tomoni qavariq, ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan, oq rangdagi tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: tayanch-harakat apparati patologiyasida ishlatiladigan vositalar. Fermentlar.
ATX kodi: M09AV.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Serratiopeptidaza patogen bo‘lmagan ichak bakteriyasi Serratia E15 olingan bo‘lib, proteolitik ferment hisoblanadi. U fibrinolitik, yallig‘lanishga qarshi va shishga qarshi faollikka ega.
Yallig‘lanish jarayonini kamaytirishdan tashqari serratiopeptidaza, yallig‘langan to‘qimalardan og‘riq chaqiruvchi aminlarning ajralib chiqishini bloklashi hisobiga og‘riqni kuchsizlantiradi. Serratiopeptidaza qonning alfa-2-makroglobulini bilan 1:1 nisbatda bog‘lanadi, u uning antigenligini niqoblaydi, lekin uning fermentativ faolligini saqlab qoladi. So‘ngra yallig‘lanish joyida ekssudatga sekin o‘tadi va qonda uning darajasi asta-sekin kamayadi. Bradikinin, gistamin va serotoninning gidrolizi yordamida serratiopeptidaza bevosita kapillyarlar dilatasiyasini kamaytiradi va ularning o‘tkazuvchanligini nazorat qiladi.
Serratiopeptidaza plazminning ingibitorlarini bloklaydi va shu bilan plazminning fibrinolitik faolligiga yordam beradi. Serratiopeptidaza shishni kamaytirishi va mikrosirkulyasiyani yaxshilashi tufayli balg‘amning ajralishiga yordam beradi.
Farmakokinetika
Preparat me‘da orqali o‘zgarmasdan o‘tadi va ichakda so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga 1 soat mobaynida erishiladi. Serratiopeptidaza ozgina miqdorda siydikda aniqlanadi. Serratiopeptidaza ingichka ichakda so‘riladi va faol holatdagi ferment sifatida qonda aylanib yuradi.
Qo‘llanilishi:
Yuqori nafas yo‘llarining kasalliklari (balg‘amning qovushqoqligini kamaytiradi, antibiotiklarni yaxshi so‘rilishiga yordam beradi);
Jarohatlar: sport shikastlanishlari, paylarning cho‘zilishi va uzilishi, sinishlar va chiqishlar (shishlarni kamaytirish va jarohat joyida mikrosirkulyasiyani tiklash uchun);
Jarrohlikdan keyingi davr (infeksion asoratlarni va chandiqli bitishmalarni profilaktikasi yoki davolash uchun, shishni yo‘qotish uchun);
LOR-a‘zolarining kasalliklari;
Dermatit og‘riq bilan birga kuzatilganda;
A‘zolarning va hujayralarning transplantasiyasida (transplantantni ko‘chishini oldini olish va transplantant ko‘chgan joylarda mikrosirkulyasiyani tiklash uchun).
Qo‘llash usuli va dozalari
Peroral qo‘llanadi
Preparat majmuaviy davolashda 10 mg dozada (1 tabletka) ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar sutkada 2- 3 marta buyuriladi.
Tabletkalarni chaynamasdan, 1 stakan suv bilan birga yutish kerak.
Maksimal 1 martalik doza – 10 mg.
Maksimal 1 sutkalik doza – 30 mg.
Davolash kursining davomiyligi 1-4 haftagacha, patologik jarayonning xarakteri va dinamikasiga bog‘liq holda belgilanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Kam hollarda: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, epigastriyda diskomfort, diareya.
Juda kam hollarda: burundan qon ketishi va qon aralash balg‘amni chiqishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Oshqozon yara kassaligi;
- Prepartga yuqori sezuvchanlik;
- Homiladorlik va emizish davrida;
- Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar;
Eslatma: Qonning quyulish xususiyatlarida, jigar va buyrak tomonidan buzilishlari bo‘lgan bemorlar va antikoagulyantlar bilan davolanayotgan bemorlar serratiopeptidaza buyurilgan vaqtda vrach tomonidan sinchikovlik bilan nazorat qilinishlari lozim.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Serratiopeptidazani va karbamazepinni bir vaqtda qo‘llanilganda karbamazepinni qon zardobidagi konsentrasiyasini, hamda karbamazepinni samarasini kamaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik davrida qo‘llanilishi:
Homiladorlik davrida serratipeptidazani qo‘llash xavfli emasligini isbotlovchi odamlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar haqida ma‘lumotlar yetarli emas. Bundan tashqari, hayvonlarda o‘tkazilgan serratiopeptidazani homiladorlikka, embrional/homilaning rivojlanishiga, tug‘ruqqa va tug‘ilishdan keyingi rivojlanishga bo‘ladigan asoratlari haqida eksperimental tadqiqotlar yetarli emas. Serratiopeptidazani homiladorlik davrida faqat jiddiy ko‘rsatmalar bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.
Laktasiya davrida qo‘llanilishi: Emizish davrida davolashni qo‘llash. Serratiopeptidaza ko‘krak sutiga o‘tishi ma‘lum emas. Laktasiya davrida serratipeptidaza bilan davolangan bemor onalarning bolalarida nojo‘ya ta‘sirlar kuzatilmagan.
Dori vositasini avtotransport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish kobiliyatiga ta‘siri .
Yetarlicha ma‘lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach, ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi.
Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, epigastriyda diskomfort, balg‘amda qon paydo bo‘lishi va qon ketishlari.
Davolash: simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
- 10 tabletkadan stripda. 1 ta strip qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton o‘ramda va 10 ta shunday karton o‘rami karton qutida №100(10x1x10).
- 30 tabletkadan stripda, 1 yoki 5 yoki 10 ta shunday striplar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida №30(1x30), №150(5x30), №300(10x30).
Saqlash sharoiti
Quruq, salqin joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati.
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari