×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SERRATA tabletkalari 10mg N150

Kategoriya:
- Suyak mushak tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
серратиопептидаза
Qadoqda soni:
- 150
Ishlab chiqaruvchi:
- Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
Vakil:
- Kusum
ATX kodi:
- M09AB
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 279 ta dorixonasida topildi

ico 245 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 309 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 264 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

TERAFLEKS kapsulalar N120 Bayer Consumer Care AG Germaniya
362 900 s`om dan
BELDOMAX tabletkalari 400mg N1 (Sotish taqiqlangan) Marion Biotech Pvt. Ltd. Hindiston
20 900 s`om dan
FRAKJOIN kapsulalar 500mg N30 (Sotish taqiqlangan) Marion Biotech Pvt. Ltd. Hindiston
IBRA tabletkalari N30 Dr Sertus Ilaç Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi Turkiya
78 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SERRATA tabletkalari 10mg N150 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SERRATA®

SERRATA®

 

Preparatning savdo nomi: Serrata®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Serratiopeptidaza (serratiopeptidase).

Dori shakli: ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Har bir ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 10 mg serratiopeptidaza

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, yengil magniy karbonati, natriy kraxmalglikolyati (A turi), magniy stearati, Opadry-YS-1-7027 oq qobig‘i, Opadry –OY-P-7171 oq  qobig‘i, izopropil spirti, dixlormetan, tozalangan suv.

Ta‘rifi: dumaloq shaklga ega, ikki tomoni qavariq, ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan, oq rangdagi tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: tayanch-harakat apparati patologiyasida ishlatiladigan vositalar. Fermentlar.

ATX kodi: M09AV.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamika

Serratiopeptidaza patogen bo‘lmagan ichak bakteriyasi Serratia E15 olingan bo‘lib, proteolitik ferment hisoblanadi. U fibrinolitik, yallig‘lanishga qarshi va shishga qarshi faollikka ega.

Yallig‘lanish jarayonini kamaytirishdan tashqari serratiopeptidaza, yallig‘langan to‘qimalardan og‘riq chaqiruvchi aminlarning ajralib chiqishini bloklashi hisobiga og‘riqni kuchsizlantiradi. Serratiopeptidaza qonning alfa-2-makroglobulini bilan 1:1 nisbatda bog‘lanadi, u uning antigenligini niqoblaydi, lekin uning fermentativ faolligini saqlab qoladi. So‘ngra yallig‘lanish joyida ekssudatga sekin o‘tadi va qonda uning darajasi asta-sekin kamayadi. Bradikinin, gistamin va serotoninning gidrolizi yordamida serratiopeptidaza bevosita kapillyarlar dilatasiyasini kamaytiradi va ularning o‘tkazuvchanligini nazorat qiladi.

Serratiopeptidaza plazminning ingibitorlarini bloklaydi va shu bilan plazminning fibrinolitik faolligiga yordam beradi. Serratiopeptidaza shishni kamaytirishi va mikrosirkulyasiyani yaxshilashi tufayli balg‘amning ajralishiga yordam beradi.

 

Farmakokinetika

Preparat me‘da orqali o‘zgarmasdan o‘tadi va ichakda so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga 1 soat mobaynida erishiladi. Serratiopeptidaza ozgina miqdorda siydikda aniqlanadi. Serratiopeptidaza  ingichka ichakda  so‘riladi  va faol holatdagi ferment sifatida qonda aylanib yuradi.

 

Qo‘llanilishi:

Yuqori nafas yo‘llarining kasalliklari (balg‘amning qovushqoqligini kamaytiradi, antibiotiklarni yaxshi so‘rilishiga yordam beradi);

Jarohatlar: sport shikastlanishlari, paylarning cho‘zilishi va uzilishi, sinishlar va chiqishlar (shishlarni kamaytirish va jarohat joyida mikrosirkulyasiyani tiklash uchun);

Jarrohlikdan  keyingi davr (infeksion asoratlarni va chandiqli bitishmalarni profilaktikasi yoki davolash uchun, shishni yo‘qotish uchun);

LOR-a‘zolarining kasalliklari;

Dermatit  og‘riq bilan birga kuzatilganda;

A‘zolarning va hujayralarning transplantasiyasida (transplantantni ko‘chishini oldini olish va transplantant ko‘chgan joylarda mikrosirkulyasiyani tiklash uchun).

Qo‘llash usuli va dozalari

Peroral qo‘llanadi

Preparat majmuaviy davolashda 10 mg dozada (1 tabletka) ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar sutkada 2- 3 marta buyuriladi.

Tabletkalarni chaynamasdan, 1 stakan suv bilan birga yutish kerak.

Maksimal 1 martalik doza – 10 mg.

Maksimal 1 sutkalik doza – 30 mg.

Davolash kursining davomiyligi 1-4 haftagacha,  patologik jarayonning xarakteri va dinamikasiga bog‘liq  holda  belgilanadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, epigastriyda diskomfort, diareya.

Juda kam hollarda: burundan qon ketishi va qon aralash balg‘amni chiqishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Oshqozon yara kassaligi;
  • Prepartga yuqori sezuvchanlik;
  • Homiladorlik va emizish davrida;
  • Bolalar va  18 yoshgacha bo‘lgan  o‘smirlar;

Eslatma: Qonning quyulish xususiyatlarida, jigar va buyrak tomonidan buzilishlari bo‘lgan bemorlar va antikoagulyantlar bilan davolanayotgan bemorlar serratiopeptidaza buyurilgan vaqtda vrach tomonidan sinchikovlik bilan nazorat qilinishlari  lozim.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Serratiopeptidazani va karbamazepinni bir vaqtda qo‘llanilganda karbamazepinni qon zardobidagi konsentrasiyasini, hamda karbamazepinni samarasini kamaytirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik davrida qo‘llanilishi:

Homiladorlik davrida serratipeptidazani qo‘llash xavfli emasligini isbotlovchi odamlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar haqida ma‘lumotlar yetarli emas. Bundan tashqari, hayvonlarda  o‘tkazilgan serratiopeptidazani homiladorlikka, embrional/homilaning rivojlanishiga, tug‘ruqqa va tug‘ilishdan keyingi rivojlanishga bo‘ladigan asoratlari haqida eksperimental tadqiqotlar yetarli emas. Serratiopeptidazani homiladorlik davrida faqat jiddiy ko‘rsatmalar bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.

Laktasiya davrida qo‘llanilishi: Emizish davrida davolashni qo‘llash. Serratiopeptidaza ko‘krak sutiga o‘tishi ma‘lum emas. Laktasiya davrida serratipeptidaza bilan davolangan bemor onalarning bolalarida nojo‘ya ta‘sirlar kuzatilmagan.

Dori vositasini avtotransport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish kobiliyatiga ta‘siri .

Yetarlicha ma‘lumotlar yo‘q.

 Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach, ishlatilmasin.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, epigastriyda diskomfort, balg‘amda qon paydo bo‘lishi va qon ketishlari.

Davolash: simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli

  • 10 tabletkadan stripda. 1 ta strip  qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton o‘ramda va 10 ta shunday karton o‘rami karton qutida №100(10x1x10).
  • 30 tabletkadan stripda, 1 yoki 5 yoki 10 ta shunday striplar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida  №30(1x30), №150(5x30), №300(10x30).

Saqlash sharoiti

Quruq, salqin joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan  haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati.

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SERRATA tabletkalari 10mg N150 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SERRATA tabletkalari 10mg N150 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SERRATA tabletkalari 10mg N150 dori vositasi Kusum Healthcare Pvt. Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SERRATA tabletkalari 10mg N150 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SERRATA tabletkalari 10mg N150 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SERRABEST-10 tabletkalari 10 mg N100
Narh: 134 400 so'mdan Batafsil
SERRIDAZA tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: серратиопептидаза ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Pharmacia Limited
  • Vakil: Farmalife
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
SERISHAAN tabletkalari 10mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: серратиопептидаза ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GANGA HEALTHCARE M.CH.J
Narh: 127 000 so'mdan Batafsil
REPEP 20 tabletkalari 20mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: серратиопептидаза ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
  • Vakil: Rhydburg
REPEP 10 tabletkalari 10mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: серратиопептидаза ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Ltd
  • Vakil: Rhydburg
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
ALSATA 10 tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: серратиопептидаза ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: God Gift Laboratory Pvt. Ltd.
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
DERMAZOL shampun 100ml 2%
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
DERMAZOL shampun 50ml 2%
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
MUKEKS sirop 100ml 30mg/5ml
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
NIMID FORTE tabletkalari 100mg/2mg N100
Narh: 176 800 so'mdan Batafsil
UKRLIV tabletkalari 250mg N30
Narh: 165 000 so'mdan Batafsil
DOMRID tabletkalari 10mg N30
Narh: 35 800 so'mdan Batafsil
DOMRID suspenziya 60ml 1mg/ml
ESZOL tabletkalari 100mg N10
Narh: 84 900 so'mdan Batafsil
REMOV LOSON 50ml 4% N1
Narh: 33 000 so'mdan Batafsil
OKSAPIN tabletkalari 300mg N30
Narh: 35 500 so'mdan Batafsil
MEZAKAR tabletkalari 200mg N50
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
MEZAKAR SR tabletkalari 400mg N50
Narh: 78 000 so'mdan Batafsil
LOFLATIL tabletkalari 2mg/125mg N100
Narh: 89 600 so'mdan Batafsil
ZARDEKS kapsulalar 300mg N100
DIKLOSEYF suppozitorii 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
DIKLOSEYF suppozitorii 100mg N10
Narh: 32 000 so'mdan Batafsil
DIKLOSEYF MAKS gel 30g 5%
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
VOLVIT/WOLVIT tabletkalari 5 mg N30
VERTINEKS tabletkalari 5mg N10
ASKOSIN tabletkalari N100
Narh: 93 072 so'mdan Batafsil
ARTRIKYUR tabletkalari N60
ALFAFORKAL kapsulalar 0,25mkg N30
TAYGERON tabletkalari 750mg N5
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
TAYGERON tabletkalari 500mg N5
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
REKOL tabletkalari 10mg N14
Narh: 46 400 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9