SIMALGELning aptekalardagi narxlari
SIMALGEL suspenziya 250ml N1
|
|
187 ta dorixonada bor
|
67 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
87 500 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
70 000 so'mdan
Bron qilish
|
SIMALGEL sirop 250ml
|
|
1 ta dorixonada bor
|
87 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
SIMALGEL ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SIMALGEL
SIMALGEL
Preparatning savdo nomi: Simalgel
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun suspenziya
Tarkibi:
5 ml suspenziyada quyidagilar saqlanadi:
faol moddalar:
alyumiy gidroksidining quruq geli 405 mg;
magniy gidroksidi 100 mg;
simetikon 125 mg;
yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, qalampir yalpiz moyi, mannitol, natriy metilparaben, natriy propilparaben, natriy saxarinati, 70% li sorbit eritmasi, konsentrasiyalangan vodorod peroksidi, 95% li etil spirti, tozalangan suv.
Farmakoterapevtik guruhi: antasid vosita; antasid preparatlar yel haydovchi vosita bilan majmuada.
ATX kodi: A02AF02
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamikasi
Simalgal – alyuminiy va magniyning optimal nisbatiga ega bo‘lgan mahalliy ta‘sir qiluvchi ko‘p komponentli, kation, so‘rilmaydigan antasid. Preparat optimal bufer samarasini chaqiradi – me‘daning rN qiymatini 3,5-4,0 atrofida tutib turadi. Me‘dadagi kislotalikni maksimal darajada neytrallaydigan samaraga ega. Simalgel pepsin va o‘t kislotalarni so‘rib oladi, shilliq hosil bo‘lishini va PgE2 sintezini kuchaytiradi, shilliq qavatni o‘rab oladi va sitoprotektiv ta‘sir ko‘rsatadi, shikastlangan to‘qimada himoya qoplamini hosil qiladi va pastki ezofagal sfinkterning tonusini kuchaytiradi. Preparat 3-5 minutdan keyin ta‘sir qiladi, samarasi 3 soatgacha davom etadi. Preparatning tarkibidagi yuzaki faol modda – simetikon fazalar orasidagi chegarada sirt tarangligini pasaytiradi, bu me‘da-ichak yo‘llari ichidagi suyuqlik va shilliqda gaz pufaklari hosil bo‘lishini qiyinlashtiradi va ularni parchalanishiga yordam beradi. Simetikon antasidlar bilan birga qo‘llanganida ularning o‘rab oluvchi samarasini kuchaytiradi va shu orqali shilliq qavatni agressiv omillarning ta‘siridan himoya qiladi.
Preparatning dori shakli me‘daning shilliq qavati bo‘ylab bir tekis taqsimlanishi va yanada uzoqroq ta‘sir ko‘rsatishi uchun sharoit yaratadi.
Farmakokinetikasi
Preparat deyarli so‘rilmaydi va organizmda elektrolitlar muvozanatini izdan chiqarmaydi. Alyuminiy gidroksidi qayta so‘rilishi juda yomon bo‘lgan, ammo me‘da-ichak yo‘llari orqali ajralib chiqadigan alyuminiy xloridi va alyuminiyning ishqoriy tuzlarini hosil qilib, me‘dada ortiqcha xlorid kislotani neytrallaydi. Bunda qon zardobidagi alyuminiy ionlarining miqdori deyarli o‘zgarmaydi. Magniy gidroksidi ham me‘adada magniy xloridiga aylanib, xlorid kislotasini neytrallaydi. Ichakda bu tuz qayta so‘rilishi yomon bo‘lgan magniy karbonatini hosil qiladi va qonda magniy ionlarining konsentrasiyasini o‘zgartirmaydi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qon zardobidagi magniy va alyuminiy ionlarining darajasi ularni organizmdan chiqarilishini buzilishi natijasida toksik qiymatlargacha oshishi mumkin. Simetikon butun me‘da-ichak yo‘llari bo‘ylab ta‘sir qiladi va inert birikma hisoblanadi. U boshqa moddalarni so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi, to‘planmaydi va to‘planishiga olib kelmaydi, MIYning rN va kimyoviy muhitini o‘zgartirmaydi va o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Ovqat hazm qilish yo‘llarining sekretor faoliyati normal bo‘lishi va oshishi, meteorizm (ichakda gazlarni hosil bo‘lishini oshishi) bilan kechuvchi kasalliklari.
Quyidagi kasalliklar:
- me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayish bosqichi;
- o‘tkir gastrit, surunkali gastritni zo‘rayish bosqichi;
- me‘da va o‘n ikki barmoq ichak eroziyasi; peptik yara; diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churrasi;
- reflyuks-ezofagit;
- duodeno-gastral reflyuksda
boshqa dori vositalari bilan majmuada qo‘llanadi.
Shuningdek noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida epigastriydagi diskomfort va og‘riq, jig‘ildon qaynashi, nordon kekirishda, alkogol, kofe va nikotin haddan tashqari ko‘p iste‘mol qilinganida ham preparatni qo‘llash mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilish uchun suspenziya.
Kattalar 10 ml dan sutkada 4 marta, ovqatdan 1 soat keyin (agar shifokor boshqacha buyurmagan bo‘lsa) qabul qiladilar.
Reflyuks-ezofagitda preparat ovqatdan keyin qisqa vaqt o‘tgach qabul qilinadi.
Davolash kursi 2-3 oy.
Vaqti-vaqti bilan qo‘llanganida (noto‘g‘ri ovqatlanish natijasidagi diskomfortda) – 10 ml 1 marta qabul qilinadi.
10 yoshdan katta bolalarda dozani davolovchi shifokor belgilaydi (odatda kattalarda qo‘llanadigan dozaning 1¤2 ni tashkil etadi).
Nojo‘ya ta‘sirlari
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda alyuminiy, magniy intoksikasiyasi rivojlanishi mumkin. Alsgeymer kasalligi va suyak-bo‘g‘im kasalliklarini (keksa yoshdagi odamlarda) zo‘rayishi mumkin. Kam hollarda me‘da-ichak yo‘llarining a‘zolari tomonidan ta‘m bilishni buzilishi, ko‘ngil aynishi, qayd qilish, diareya va qabziyat kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Simalgel preparatining komponentlariga yuqori sezuvchanlik; buyrak faoliyatini yaqqol buzilishi (qon zardobida alyuminiy va magniy ionlarining konsentrasiyasini oshish xavfi borligi tufayli, ularni buyrak orqali chiqarilishini sekinlashishi sababli); 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Markaziy nerv tizimi va jigar kasalliklari bo‘lgan, alkogolizm va tutqanoq bilan xastalangan pasientlarga; xomilador ayollarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Simalgel preparati boshqa dori vositalari: tetrasiklin qatori antibiotiklari, N2-gistamin reseptorlarining blokatorlari, angishvonagul glikozidlari, temir tuzlari, siprofloksasin, fenotiazin, izoniazid, beta-adrenoblokatorlar, indometasin va ketokonazol va boshqalar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ularning terapevtik samarasi pasayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Suspenziyani qabul qilishdan oldin flakonni yaxshilab chayqatish kerak!
Simalgel va boshqa dori vositalar birga qo‘llanganida ularni qabul qilishlar orasidagi oraliq kamida 2 soatni tashkil etishi kerak. Buyrak, jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarga va keksa yoshdagi pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi – bunday holatlarda buyurilganida davolovchi shifokorning nazorati ostida bo‘lishi kerak.
Preparat uzoq muddat qo‘llanganida qonda fosfor va magniyning miqdorini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Homiladorlik va laktasiya davrida, shuningdek 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga Simalgel preparatini buyurish tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: kalsiy, magniy, fosfor almashinuvini buzilish belgilari (holsizlik, suyaklarda og‘riq, terini qizarishi, adekvat bo‘lmagan hatti-harakat) bo‘lishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun suspenziya 125 ml yoki 180 ml yoki 300 ml dan flakonlarda.
1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va dozalash uchun qalpoqcha bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatish mumkin emas!
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari