SITADIABning aptekalardagi narxlari
SITADIAB MET tabletkalari 50mg/850mg N56
|
|
30 ta dorixonada bor
|
176 800 so'mdan
Dorixonadan topish
|
207 200 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
188 200 so'mdan
Bron qilish
|
SITADIAB tabletkalari 100mg N28
|
|
24 ta dorixonada bor
|
124 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
140 000 so'mdan
Bron qilish
|
SITADIAB MET tabletkalari 50mg/1000mg N56
|
|
47 ta dorixonada bor
|
187 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
230 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
195 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
SITADIAB ko'rsatmalar
monoterapiya sifatida
- metforminni qo'llashga qarshi ko'rsatmalar yoki unga nisbatan o'zlashtiraolmaslik mavjud bo'lganda, parxez va jismoniy mashqlar bilan yetarli darajada glikemik nazoratga erishilmagan patsientlar;
majmuaviy (ikki komponentli) peroral terapiyasining tarkibida:
- metformin bilan, agar metforminni parhez va jismoniy mashqlar bilan birgalikda qo'llash yetarli glikemik nazoratga olib kelmasa;
- sulfonilsiydikchil hosilalari, agar sulfonilsiydikchil hosilalasining maksimal ruxsat etilgan dozasini parhez va jismoniy mashqlar bilan birgalikda qo'llash meforminni qo'llashga qarshi ko'rsatmalar yoki uning o'zlashtiraolmasligi mavjud bo'lganda yetarli glikemik nazoratga olib kelmasa;
- peroksisoma proliferatorlari tomonidan faollashtirilgan gamma-retseptorlari agonisti - PPAR-γ (tiazolidindion), agar PPAR-γ agonistini parhez va jismoniy mashqlar bilan birgalikda qo'llash yetarli glikemik nazoratga olib kelmasa;
majmualangan (uch komponentli) peroral terapiyasining tarkibida:
- sulfonilsiydikchil hosilalari va metformin bilan, agar sanab o'tilgan dorilarning ikkitasi bilan parhez va jismoniy mashqlar bilan majmualangan terapiya yetarli glikemik nazoratga olib kelmasa;
- PPAR-γ agonisti va metformin, agar ushbu dorilarning ikkitasi bilan parhez va jismoniy mashqlar bilan majmualangan terapiya yetarli glikemik nazoratga olib kelmasa.
Sitadiab® preparati, shuningdek, parhez, jismoniy mashqlar va insulinning barqaror dozasi adekvat glikemik nazoratga olib kelmasa, insulinga qo'shimcha sifatida (metformin bilan yoki u siz) qo'llaniladi.
Sog'lom odamlarda 100 mg sitagliptinni og'iz orqali qabul qilgandan so'ng, preparatning tez so'rilishi, qabul qilingan paytdan boshlab (o'rtacha Tmax) 1 dan 4 soatgacha bo'lgan maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) erishish bilan qayd etiladi, plazmadagi “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig'i ostidagi maydon (AUC) 8,52 mkmol'/l*soat, Smax – 950 nmol'/l. Sitagliptinning mutlaq biokiraolishligi taxminan 87% ni tashkil qiladi. Sitagliptinni yog'li ovqatlar bilan bir vaqtda qo'llash farmakokinetikaga ta'sir qilmaganligi sababli, Sitadiab® preparatini ovqatdan qat'iy nazar buyurish mumkin.
Qon plazmasidagi sitagliptinning AUC darajasi dozaga mutanosib ravishda ortadi. Smax va S0-24 soat uchun dozaga bog'liqlik aniqlanmagan (Smax dozaga ko'proq mutanosibdir, S0-24 soat esa kamroq dozaga mutanosib).
Taqsimlanishi
100 mg sitagliptinning bir martalik dozasini tomir ichiga yuborishdan keyin muvozanat holatiga o'rtacha tarqalish hajmi taxminan 198 litrni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan qayta bog'lanuvchi sitagliptinning ulushi nisbatan past va 38% ni tashkil qiladi.
Metabolizmi
Sitagliptin asosan buyraklar tomonidan o'zgarmagan holda chiqariladi va metabolizm ahamiyatsiz. Sitagliptinning taxminan 79% siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi. 14S-belgilangan sitagliptinni og'iz orqali yuborishdan so'ng, radioaktiv sitagliptinning taxminan 16% metabolitlari sifatida chiqariladi. In vitro tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, sitagliptinning cheklangan metabolizmi uchun javobgar bo'lgan asosiy ferment CYP2C8 izofermenti ishtirokida CYP3A4 izofermentidir.
In vitro tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, sitagliptin CYP3A4, 2C8, 2C9, 2D6, 1A2, 2C19, 2B6 tsitoxrom P450 izofermentlarini bostirmaydi va CYP3A4 va CYP1A2 izofermentlarini qo'zg'atmaydi.
Сhiqarilishi
14S-belgilangan sitagliptinni og'iz orqali qabul qilgandan so'ng, yuborilgan sitagliptinning taxminan 100% chiqariladi: 13% ichak orqali, 87% buyraklar orqali – preparatni qabul qilganidan keyin bir hafta ichida. 100 mg dozada og'iz orqali yuborilganda sitagliptinning yarim chiqarilish vaqti taxminan 12,4 soatni tashkil qiladi. Takroriy qo'llash bilan sitagliptin faqat minimal miqdorda to'planadi. Buyrak klirensi taxminan 350 ml/min ni tashkil qiladi.
Sitagliptinni chiqarilishi asosan faol naychali sekretsiya mexanizmi orqali buyraklar orqali chiqariladi. Sitagliptin sitagliptinning buyraklar orqali chiqarilishida ishtirok etishi mumkin bo'lgan 3-turdagi inson organik anion tashuvchisi (hOAT-3) uchun substratdir. Sitagliptinni tashishda hOAT-3 ning klinik ahamiyati aniqlanmagan. Sitagliptin ham R-glikoproteinning substrati bo'lib, u sitagliptinni buyraklar orqali yo'q qilishda ham ishtirok etishi mumkin. Biroq, R-glikoprotein ingibitori bo'lgan tsiklosporin sitagliptinning buyrak klirensini kamaytirmaydi. Sitagliptin 2-toifa organik anion tashuvchilar (OST-2), 1-turdagi organik anion tashuvchilar (OAT1) va oqsil tashuvchilar (RERT1/2) uchun substrat emas. In vitro tadqiqotlarida sitagliptin OAT3 (IC50 = 160 mkmol/l) yoki R-glikoprotein vositachiligida (250 mkmol/l gacha) qon plazmasidagi terapevtik kontsentratsiyalarda o'tkazilishini bostirmagan. Klinik tadqiqotlarda sitagliptin digoksinning plazma kontsentratsiyasiga kam ta'sir ko'rsatdi, shuning uchun sitagliptin R-glikoproteinning zaif ingibitori bo'lishi mumkin.
Patsientlarning alohida guruhlarida farmakokinetikasi
Sitagliptinning farmakokinetikasi odatda sog'lom odamlarda ham, 2-toifa diabet bilan og'rigan patsientlarda ham o'xshash edi.
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlar
Sog'lom ko'ngillilar bilan solishtirganda, surunkali buyrak yetishmovchiligining turli darajadagi og'irligi bo'lgan patsientlarda sitagliptining kamaytirilgan dozasining (50 mg) farmakokinetikasini baholash uchun preparatni bir marta yuborish bilan ochiq tadqiqot o'tkazildi.
Engil darajada buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda (GFT ≥ 60 dan < 90 ml/min/1,73 m2 gacha) va patsientlarda nazorat guruhiga nisbatan plazma sitagliptinning AUC ning mos ravishda taxminan 1,2 va 1,6 baravar oshishi kuzatiladi va o'rtacha buyrak yetishmovchiligi (GFT ≥ 45 dan < 60 ml/min/1,73 m2 gacha). Ushbu o'sish klinik ahamiyatga ega emasligi sababli, bunday patsientlarda dozani to'g'irlash talab qilinmaydi.
O'rtacha buyrak funktsiyasi buzilgan patsientlarda (GFT ≥ 30 dan < 45 ml/min/1,73 m2 gacha) va buyrak funktsiyasi buzilgan patsientlarda nazorat guruhiga nisbatan plazma sitagliptinning AUC ning mos ravishda taxminan 2 va 4 baravar oshishi kuzatildi va og'ir darajadagi buyrak funktsiyasini buzilishi (GFT < 30 ml/min/1,73 m2 ) (shu jumladan gemodializga muhtoj bo'lgan surunkali buyrak kasalligi so'ngi bosqichlari (SBKSB)). Gemodializ vaqtida sitagliptin oz miqdorda chiqariladi (qabul qilingan dozaning 13,5% preparat kiritilgandan keyin 4 soat o'tgach boshlangan 3-4 soatlik dializ seansida chiqariladi). Buyrak funktsiyasi normal bo'lgan patsientlarda sitagliptinning terapevtik plazma kontsentratsiyasiga erishish uchun GFT < 45 ml/min/1,73 m2 bo'lgan patsientlarga preparatning dozalarini kamaytirish tavsiya etiladi (“Qo'llash usuli va dozalari” bo'limiga qarang).
Jigar yetishmovchiligi bo'lgan patsientlar
Engil va o'rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda (Сhayld-P'yu shkalasi bo'yicha ≤ 9 ball) Sitadiab® dozasini to'g'irlash talab etilmaydi. Jigar yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda sitagliptinni qo'llash bo'yicha klinik ma'lumotlar yo'q (Сhayld-P'yu shkalasi bo'yicha > 9 ball). Biroq, sitagliptin asosan buyraklar orqali chiqarilishi sababli, og'ir jigar yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda sitagliptinning farmakokinetikasida sezilarli o'zgarishlarni kutmaslik kerak.
Keksa patsientlar
Preparatning dozasini yoshga qarab sozlashning holati yo'q. Yosh sitagliptinning farmakokinetikasiga klinik jihatdan ahamiyatli ta'sir ko'rsatmadi. Keksa patsientlarda (65-80 yosh) sitagliptinning plazma kontsentratsiyasi yosh patsientlarga qaraganda 19% yuqori edi.
Boshqa patsientlar guruhlari
Jins, irq yoki tana vazni indeksiga (TVI) qarab preparatning dozasini sozlashning holati yo'q. Ushbu xususiyatlar sitagliptinning farmakokinetikasiga klinik jihatdan ahamiyatli ta'sir ko'rsatmadi.
Umumiy ko'rsatmalar
Sitadiab® preparati 1-toifa qandli diabet bilan og'rigan patsientlarni va diabetik ketoatsidozni davolash uchun ishlatilmasligi kerak.
O'tkir pankreatit
DPP-4 ingibitorlarini qo'llash o'tkir pankreatit rivojlanish xavfi bilan bog'liq. Patsientlarga o'tkir pankreatitning xarakterli simptomlari haqida ma'lumot berish kerak: doimiy, kuchli qorin og'rig'i. Sitagliptinni bekor qilgandan so'ng, pankreatitning klinik ko'rinishlari odatda yoqoloda (davolash bilan/ yoki u siz), ammo juda kamdan-kam hollarda nekrotik yoki gemorragik pankreatit va/yoki o'lim haqida xabar berilgan. Agar pankreatitga shubha bo'lsa, Sitadiab® preparati va boshqa potentsial xavfli dorilarni qabul qilishni to'xtatish kerak. Agar pankreati tashxisi tasdiqlangan bo'lsa, Sitadiab® preparatini qayta boshlamaslik kerak. O'tkir pankreatit anamnezida bo'lgan patsientlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash tavsiya etiladi.
Boshqa qandtushiruvchi preparatlar bilan qo'llanganda gipoglikemiya
Sitadiab® preparatini qo'llash bo'yicha o'tkazilgan klinik tadqiqotlarda gipoglikemiyaga olib kelmaydigan dorilar (metformin va/yoki PPAR-γ agonisti) bilan monoterapiya yoki kombinattsiyalangan davolashda gipoglikemiya rivojlanishi platsebo guruhidagi gipoglikemiya chastotasi bilan taqqoslangan. Sitagliptinni insulin yoki sul'fonilsiydikchil preparatilari bilan birgalikda qo'llashda gipoglikemiya kuzatilgan. Shuning uchun gipoglikemiya xavfini kamaytirish uchun sul'fonilsiydikchil hosilalari yoki insulinning pastroq dozalarini qo'llash haqida o'ylash kerak (“Qo'llash usuli va dozalari” bo'limiga qarang).
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlar
Sitagliptin buyrak orqali chiqariladi. GFT <45 ml/min/1,73 m2 bo'lgan va gemodializ yoki peritoneal dializni talab qiladigan OSBK bo'lgan patsientlarda buyrak funktsiyasi normal bo'lgan patsientlardagi kabi sitagliptinning plazma kontsentratsiyasiga erishish uchun preparatning past dozalari tavsiya etiladi («Qo'llash usuli va dozalari»» va «Farmakokinetikasi» bo'limiga qarang). Sitagliptinni diabetga qarshi boshqa dorilar bilan birgalikda buyurishda buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarning holatini kuzatish kerak.
Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari
Ro'yxatga olishdan keyingi davrda sitagliptinni qabul qilgan patsientlarda jiddiy yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari haqida xabar berilgan. Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalariga anafilaksiya, angionevrotik shishish va terining eksfoliativ shikastlanishi, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi kiradi. Ushbu reaktsiyalar davolanish boshlanganidan keyin birinchi 3 oy ichida, ba'zi hollarda esa preparatning birinchi dozasidan keyin sodir bo'lgan. Agar yuqori sezuvchanlik reaktsiyasiga shubha bo'lsa, Sitadiab® preparatini qabul qilishni to'xtatish, kutilayotgan hodisaning rivojlanishining boshqa mumkin bo'lgan sabablarini baholash va boshqa gipoglikemik terapiyani buyurish kerak.
Bullez pemfigoid
DPP-4 ingibitorlarini, shu jumladan sitagliptinni qabul qilgan patsientlarda ro'yxatdan o'tgandan keyingi davrda bullyoz pemfigoid holatlari qayd etilgan. Agar bullez pemfigoidga shubha bo'lsa, Sitadiab® preparatini to'xtatish kerak.
Natriy
Sitadiab® plenka qobiq bilan qoplangan tabletkada 1 mmol' dan kam natriy (23 mg) o'z ichiga oladi, yani deyarli natriy yo'q.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Homiladorlik
Homilador ayollarda sitagliptinni qo'llash bo'yicha ishonchli ma'lumotlar yo'q. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda yuqori dozalarda reproduktiv toksiklik aniqlangan. Odamlar uchun potentsial xavf noma'lum. Ma'lumotlar yo'qligi sababli, homiladorlik paytida Sitadiab® preparatini qo'llash tavsiya etilmaydi.
Emizish
Sitagliptinning ona suti bilan chiqarilishi haqida ma'lumotlar yo'q. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar sitagliptinning sutga o'tishini ko'rsatdi. Sitadiab® preparati emizish davrida qo'llanilmasligi kerak.
Fertillik
Hayvonlarni o'rganish ma'lumotlari sitagliptin bilan davolashning ayollar va erkaklarning fertilligiga ta'sirini ko'rsatmadi. Inson tug'ilishiga ta'siri haqida ma'lumotlar mavjud emas.
Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Sitadiab® preparati transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi yoki sezilarli darajada ta'sir qilmaydi. Biroq, transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashda bosh aylanishi va uyquchanlik holatlari qayd etilganligi hisobga olish kerak. Bundan tashqari, patsientlar Sitadiab® preparatini sul'fonilsiydikchil hosilalari yoki insulin bilan birgalikda qo'llashda gipoglikemiya xavfi haqida ogohlantirilishi kerak.
Sitagliptin kuniga bir marta 100 mg dozada qo'llaniladi. Sitadiab® preparatini metformin va/yoki PPAR-γ agonisti bilan bir vaqtda qo'llash bilan metformin va/yoki PPAR-γ agonistining dozalash tartibi saqlanadi.
Sitadiab® preparatini sulfonilsiydikchil hosilalari yoki insulin bilan birgalikda qo'llashda gipoglikemiya xavfini kamaytirish uchun sulfonilsiydikchil hosilasi yoki insulin dozasini kamaytirishga etibor qaratish kerak (“Maxsus ko'rsatmalar” bo'limiga qarang).
Agar Sitadiab® preparatini do'zasi o'tkazib yuborilgan bo'lsa, patsient buni eslaganidan keyin preparatni imkon qadar tezroq qabul qilish kerak. Xuddi shu kuni preparatning ikki martalik dozasini qabul qilish mumkin emas.
Maxsus patsientlar guruhlari
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlar
Sitagliptinni diabetga qarshi boshqa dorilar bilan birgalikda buyurishda buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarning holatini kuzatish kerak.
Engil buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda (glomerulyar fil'tratsiya tezligi [GFT] ≥ 60 dan < 90 ml/min/1,73 m2 gacha) dozani to'g'irlash talab qilinmaydi.
O'rtacha buyrak yetishmovchiligi (GFT ≥ 45 dan < 60 ml/min/1,73 m2 gacha) bo'lgan patsientlar dozani to'g'irlashni talab qilmaydi.
O'rtacha buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlar uchun (GFT ≥ 30 dan < 45 ml/min/1,73 m2 gacha) sitagliptinning dozasi kuniga bir marta 50 mg ni tashkil qiladi.
Gemodializ yoki peritoneal dializga muhtoj bo'lgan og'ir buyrak yetishmovchiligi (GFT ≥ 15 dan < 30 ml/min/1,73 m2 gacha) yoki SBKBS (GFT < 15 ml/min/1,73 m2 ) bo'lgan patsientlar uchun sitagliptinning dozasi kuniga bir marta 25 mg ni tashkil qiladi. Preparat bilan davolash dializ muolajalari vaqtidan qat'iy nazar amalga oshirilishi mumkin.
50 mg dozani 100 mg Sitadiab® preparat tabletkasini yarmiga bo'lish orqali olish mumkin. Sitadiab® preparati 25 mg dozaga ega emas. Agar ushbu dozada preparatni qo'llash zarur bo'lsa, sitagliptinni o'z ichiga olgan boshqa preparatlarni qo'llash kerak.
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda dozani to'g'irlash zaruratidan kelib chiqqan holda, Sitadiab® preparati bilan davolanishni boshlashdan oldin va vaqti-vaqti bilan davolash paytida buyrak funktsiyasini baholash tavsiya etiladi.
Jigar yetishmovchiligi bo'lgan patsientlar
Engil va o'rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda dozani to'g'irlash talab qilinmaydi. Sitadiab® preparati og'ir jigar yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda o'rganilmagan va ushbu guruhdagi patsientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak (“Farmakokinetikasi” bo'limiga qarang). Sitagliptin asosan buyraklar orqali chiqarilishi sababli, og'ir jigar yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda sitagliptinning farmakokinetikasida sezilarli o'zgarishlar kutilmaydi.
Keksa patsientlar
Keksa patsientlarda preparatning dozasini sozlash talab etilmaydi.
Bolalar
Sitagliptinni 10 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlarda samaradorlik yo'qligi sababli qo'llash mumkin emas. 10 yoshgacha bo'lgan bolalarda sitagliptinni qo'llash o'rganilmagan.
Qo'llash usuli
Ichga. Sitadiab® preparati ovqat bilan yoki ovqatsiz qabul qilinadi.
Jiddiy nojo'ya reaktsiyalar, jumladan, pankreatit va yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari haqida xabar berilgan. Sulfonilsiydikchil preparatlari (4,7 – 13,8%) va insulin (9,6%) bilan bir vaqtda qo'llash bilan gipoglikemiya rivojlanishi haqida xabar berilgan (“Maxsus ko'rsatmalar” bo'limiga qarang).
Salbiy reaktsiyalarning qisqacha tavsifi
Nojo'ya reaktsiyalar a'zolar va tizimlarning shikastlanishiga va rivojlanish chastotasiga qarab quyida keltirilgan (1 jadval). Rivojlanish chastotasi quyidagicha aniqlanadi: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam (≥ 1/10 000 dan < 1/1000 gacha), juda kam (< 1/10 000), chastotasi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida aniqlanmaydi).
1-jadval. Monoterapiyada sitagliptinning platsebo-nazorat ostidagi klinik tadqiqotlarida va ro'yxatdan o'tgandan keyingi kuzatuvlarda aniqlangan nojo'ya reaktsiyalar chastotasi.
Nojo'ya reaktsiyalar |
Nojo'ya reaktsiyalar chastotasi |
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar |
|
trombotsitopeniya |
kam |
|
|
Immun tizimi tomonidan buzilishlar |
|
Yuqorisezuvchanlik reaktsiyalari, jumladan anafilaktik reaktsiyalar*,†
|
chastotasi noma'lum |
|
|
Metabolizm va ovqatlanish tomonidan buzilishlar
|
|
gipoglikemiya† |
tez-tez |
|
|
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar |
|
Bosh og'rig'i |
tez-tez |
Bosh aylanishi |
tez-tez emas |
|
|
Nafas olish, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i tomonidan buzilishlar |
|
O'pkani interstitsial kasalliklari* |
chastotasi noma'lum |
|
|
Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar |
|
Qabziyat |
chez-tez emas |
qusish* |
chastotasi noma'lum |
O'tkir pankreatit*,† |
chastotasi noma'lum |
Fatal va nofatal gemorragik va nekrotik pankreatit (har qanday natija bilan)*,† |
chastotasi noma'lum |
|
|
Teri va teriosti to'qimalar tomonidan buzilishlar |
|
qichishish* |
tez-tez emas |
Angionevrotik shish*,† |
chastotasi noma'lum |
toshma*,† |
chastotasi noma'lum |
eshakemi*,† |
chastotasi noma'lum |
teri vaskuliti*,† |
chastotasi noma'lum |
Terini eksfoliativ shikastlanishi, jumladan Stivens-Djonson sindromi*,†
|
chastotasi noma'lum |
bullez pemfigoid* |
chastotasi noma'lum |
|
|
Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to'qima tomonidan buzilishlar |
|
artralgiya* |
chastotasi noma'lum |
mialgiya* |
chastotasi noma'lum |
Belda og'riq* |
chastotasi noma'lum |
artropatiya* |
chastotasi noma'lum |
|
|
Buyrak va siydiq chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar |
|
Buyrak funktsiyasini pasayishi* |
chastotasi noma'lum |
O'tkir bo'yrak yetishmovchiligi* |
chastotasi noma'lum |
* Salbiy reaktsiyalar ro'yxatga olishdan keyingi kuzatuvning bir qismi sifatida aniqlandi.
†«Maxsus ko'rsatmalar» bo'limiga qarang.
Alohida nojo'ya reaktsiyalarning tavsifi
Yuqorida keltirilganga qo'shimcha ravishda, agar ular sitagliptin bilan davolangan patsientlarning kamida 5% yoki undan ko'pida, shu jumladan yuqori nafas yo'llarning infektsiyalari va nazofaringitda rivojlangan bo'lsa, preparatni qo'llash bilan bog'liqlikdan qat'i nazar, boshqa nojo'ya reaktsiyalar haqida xabar berilgan. Qo'shimcha ro'yxatda olinishi kerak bo'lgan nojo'ya reaktsiyalar, preparatni qo'llash bilan bog'liqlikdan qat'i nazar va ko'pincha sitagliptinni qabul qilgan patsientlarda yuzaga kelgan (sitagliptin guruhi nazorat guruhiga qaraganda chastotasi 5% darajasiga yetmagan, ammo 0,5% dan yuqori bo'lgan), osteoartrit va qo'l-oyoqda og'riqni o'z ichiga oladi.
Shubhali salbiy reaktsiyalar haqida xabar berish
Dori vositasini ro'yxatdan o'tkazgandan so'ng, shubhali nojo'ya reaktsiyalar holatlari haqida ma'lumot berish muhimdir. Bu dori preparatining foyda/xavf nisbatini doimiy monitoring qilish imkonini beradi. Sog'liqni saqlash xodimlaridan milliy hisobot tizimidan foydalangan holda har qanday shubhali salbiy reaktsiyalar haqida xabar berishlari so'raladi.
Quyidagi klinik ma'lumotlar shuni ko'rsatdiki, dori preparatlarni birgalikda qo'llashda klinik ahamiyatga ega dori o'zaro ta'siri xavfi past bo'ladi.
In vitro tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, sitagliptinning cheklangan metabolizmi uchun javobga bo'lgan asosiy ferment CYP2C8 izoferment ishtirokida CYP3A4 izofermentidir. Buyrak funktsiyasi normal bo'lgan patsientlarda metabolizm, shu jumladan CYP3A4 izoferment orqali metabolizm sitagliptinning klirensida kichik rol o'ynaydi. Jiddiy buyrak yetishmovchiligi va OSBK da sitagliptinni yo'q qilishda metabolizm muhimroq rol o'ynashi mumkin. Shu sababli, CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlari (masalan, ketokonazol, itrakonazol, ritonavir, klaritromitsin) og'ir buyrak yetishmovchiligi va OSBK bo'lgan patsientlarda sitagliptinning farmakokinetikasiga ta'sir qilishi mumkin. Buyrak funktsiyasi buzilgan patsientlarda CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlarining ta'siri klinik tadqiqotlarda o'rganilmagan.
In vitro transport tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, sitagliptin R-glikoprotein va 3-turdagi organik anion tashuvchisi (OAT3) uchun substratdir. OAT3 vositachiligida sitagliptinning tashilishi probenetsid tomonidan in vitro tomonidan bostirilgan, ammo klinik jihatdan ahamiyatli o'zaro ta'sirlar xavfi past deb hisoblanadi.
Metformin: kuniga 2 marta metformin (1000 mg) va sitagliptinning (50 mg) ko'p dozalarini bir vaqtda qo'llash 2-toifa diabet bilan og'rigan patsientlarda sitagliptinning farmakokinetikasiga sezilarli ta'sir ko'rsatmadi.
Tsiklosporin: tsiklosporinning (R-glikoproteinning kuchli ingibitori) sitagliptinning farmakokinetikasiga ta'sirini baholash uchun tadqiqot o'tkazildi. Sitagliptinni bir martalik 100 mg dozada va tsiklosporinni 600 mg dozada bir vaqtda og'iz orqali yuborish bilan sitagliptinning AUC va Smax mos ravishda taxminan 29 % va 68 % ga oshdi. Sitagliptinning farmakokinetikasidagi bu o'zgarishlar klinik ahamiyatga ega emas edi. Sitagliptinning buyrak klirensi sezilarli darajada o'zgarmadi. Shuning uchun boshqa R-glikoprotein ingibitorlari bilan sezilarli o'zaro ta'sir kutilmaydi.
Sitagliptinning boshqa dori vositalariga ta'siri
Digoksin: sitagliptin digoksinning plazma kontsentratsiyasiga kam ta'sir qiladi. Digoksinni 0,25 mg dozada kuniga 100 mg dozada sitagliptin bilan 10 kun davomida bir vaqtda qo'llashdan keyin qon plazmasidagi digoksinning AUC o'rtacha 11% ga, qon plazmasidagi Smax o'rtacha 18 % ga oshdi. Digoksinning dozasini sozlashning hojati yo'q. Biroq, sitagliptin bilan bir vaqtda qo'llanganda, digoksinning toksik ta'sirini rivojlanish xavfi tufayli patsientlarning ahvolini kuzatib borish kerak.
In vitro tadqiqotlari ma'lumotlari shuni ko'rsatdiki, sitagliptin CYP450 izofermentlarini bostirmaydi yoki qo'zg'atmaydi. Klinik tadqiqotlarda sitagliptin metformin, gliburid, simvastatin, rosiglitazon, varfarin va peroral kontratseptivlarning farmakokinetikasiga sezilarli ta'sir ko'rsatmadi, bu SYP3A4, CYP2C8, CYP2C9 va izoferment tashuvchisi substratlari bilan o'zaro ta'sir qilishning past sezuvchanligini ko'rsatdi va organik kationlar tashuvchisi (OST) in vivo. Sitagliptin in vivo R-glikoproteinni zaif tarzda bostirishi mumkin.
faol modda: sitagliptin gidroxlorid monogidrati 113,37 mg (100 mg sitagliptin asosiga ekvivalent) har bir plyonka qobiq bilan qoplanagn tabletkada;
yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, kal'tsiy gidrofosfati, natriy kroskarmelloza, natriy stearilfumarat, magniy stearati.
Tabletka qobig'i: Opadray II sariq 85F220118 (qisman gidrolizlangan polivinil spirti (E1203), titan dioksidi (E171), makrogol 4000/ PEG (E1521), tal'k (E553b), temir oksidi sariq (E172).
Сhiqarilish shakli14 tabletkadan PVX/PE/PVDX tiniq bo'lmagan oq plenka va alyumin fol'gali blisterda. 2 blister tibbiyotda qo'llanilishga doir yo'riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O'ramda ko'rsatilgan, yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
Dozani oshirib yuborish holatlarida standart yordamchi choralarni ko'rish (so'rilmagan preparatni me'da-ichak traktidan olib tashlash, hayotiy ko'rsatkichlarni, shu jumladan EKG ni kuzatish), shuningdek, agar kerak bo'lsa, simptomatik terapiyani tayinlash tavsiya etiladi.
Sitagliptin past darajada dializlanadi. Klinik tadqiqotlarda 3-4 soatlik dializ seansi davomida tanadan dozaning atigi 13,5% chiqarilgan. Klinik zarurat bo'lsa, uzaytirilgan dializ buyurilishi mumkin. Sitagliptinning peritoneal dializ samaradorligi to'g'risida ma'lumotlar yo'q.
Chiqarish shakllari