Skin-kapning aptekalardagi narxlari
SKIN KAP aerozol 2mg/1ml 100ml
|
|
52 ta dorixonada bor
|
232 800 so'mdan
Dorixonadan topish
|
245 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Skin-kap ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SKIN-KAP
SKIN-KAP
Preparatning savdo nomi: Skin-Kap
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): faollashtirilgan rux piritioni
Dori shakli: davolovchi shampun
Tarkibi:
100 g preparat kuyidagilarni saklaydi:
faol modda: 1 g faollashtirilgan rux piritioni;
yordamchi moddalar: Tego Perli S-96, Tego sulfonat 2427 Bondesurf NL 228Ye, etanol 70%, Abil B 88183, dinatriy edetati, natriy xloridi, levomentol, etanol, Antil 141-Likvid, aromatizator (Binea 10680), suv 100 ml gacha.
Ta‘rifi: o‘ziga hos hidli, oq rangli suspenziya
Farmakoterapevtik guruxi: dermaprotektor vosita
ATX kodi: D11AX12.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Faollashtirilgan rux piritioni yallig‘lanishga qarshi, antibakterial va zamburug‘larga qarshi faollikka ega. Zamburug‘larga qarshi faolligi ayniqsa kazgok, seboreya, psoriaz va terining boshqa kasalliklarida yallig‘lanish va ortiqcha kepaklanishni tutib turuvchi Pityrosporum ovale va Pityrosporum orbiculare ga nisbatan yakqol. Rux piritionining antibakterial faolligi bir qator patogen mikroorganizmlarga (streptokokk, stafilokokk, ko‘kyiring va ichak tayoqchasi, protey va boshqalar) nisbatan namoyon bo‘ladi. Rux piritioni xujayra ichidagi ATF darajasini kamaytiradi, xujayralar membranalarini depolyarizasiyasi va zamburug‘lar va bakteriyalarni nobud bo‘lishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Faollashtirilgan rux piritioni sirtga qo‘llanilganida epidermis va dermaning yuza qavatlarida to‘planadi. Tizimli so‘rilishi sekin amalga oshadi. Preparat qonda juda kam miqdorda aniqlanadi.
Qo‘llanilishi
Psoriaz; boshning sochli kismining atopik dermatiti; seboreyali dermatit; kichishish; qazgoq; yog‘li seboreya; quruq seboreyada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga qo‘llanadi. Qo‘llashdan oldin flakon jadal silkitiladi. Skin-kap shampunining oz miqdori nam sochlarga surtiladi va bosh terisi massaj qilinadi. Bosh yuviladi va shampun takroran surtiladi. 5 minut davomida shampun sochlarda qoldiriladi va ko‘p miqdordagi suv bilan yuviladi. Birinchi ikki hafta davomida haftada 2-3 marta qo‘llanadi. Davolash kursi psoriazda – 5 hafta, seboreyali dermatitda – 2 haftani tashkil qiladi. Remissiya davrida shampun qaytalanishlarni oldini olish vositasi sifatida haftada 1-2 marta qo‘llanishi mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar. Davolashning birinchi kunlarida preparatni surtilgan joyida odatda preparatni bekor qilmaydigan qisqa vaqtli achishish xissi bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Skin-kap preparatini boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Skin-kap shampuni sochlarning tabiiy rangi va xolatiga ta‘sir kilmaydi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik va laktasiya davrida agar ona uchun davolashdan kutiladigan foyda, homila yoki emizikli bola uchun potensial xavfdan oshsagina buyurish mumkin.
Pirition sink preparatlarini homilador va emizayotgan ayollarda qo‘llanganda har qanday salbiy oqibatlarni rivojlanishi xaqida ma‘lumotlar bo‘lmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
150 ml dan plastik flakonda. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
+4°S dan +30°S gacha bo‘lgan xaroratda saklansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz
Chiqarish shakllari