Solaminning aptekalardagi narxlari
SOLAMIN eritma 4,2% 100ml N1
|
|
2 ta dorixonada bor
|
36 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Solamin ko'rsatmalar
Endokrin bezlarining funktsiyasi buzilganida preparat ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi. Preparat insulin va o'sish gormonining sekresiyasini rag'batlantirishi mumkin.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo'llanishi
Preparat yo'ldosh orqali o'tadi, shuning uchun homiladorlik davrida uni faqat ona uchun davolashdan kutiladigan foyda, homila uchun potentsial havfdan ustun bo'lgan xolatdagina qo'llash mumkin. Preparatni emizish davrida qo'llashga nisbatan ma'lumotlar yo'q.
Bolalarda qo'llanishi
Preparat 3 yoshdan katta bolalarda qo'llanadi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobilyati
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki preparat bosh og'rig'ini chaqirishi mumkin.
faol modda: 4,2 g arginin gidroxloridi (100 ml da 20 mmol arginin va 20 mmol xloridlar saqlanadi);
yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv.
Preparatning sutkalik dozasi – 100 ml eritmani tashkil etadi.
Markaziy va periferik tomirlardagi qon aylanishini og'ir buzilishlarida, intoksikasiya, gipoksiya, astenik xolatlarning yaqqol ko'rinishlarida preparatning dozasi sutkada 200 ml gacha oshirilishi mumkin.
Infuzion eritmani maksimal yuborilish tezligi soatiga 20 mmoldan oshmasligi kerak. 12 yoshgacha bolalar uchun preparatning dozasi 1 kg tana vazniga sutkada 5-10 ml ni tashkil etadi.
Metabolik alkalozni davolash uchun doza quyidagi tarzda hisoblanishi mumkin:
arginin gidroxloridi (mmol)
------------------------------------------------------------- x 0,3 x kg tana vazni
ishqorni ortiqchasi (ve) (mmol/l)
Yuborishni hisoblangan dozaning yarmidan boshlash kerak. Qo'shimcha tuzatish kiritish kislota-ishqor muvozanatining yangilangan natijalari olingandan keyin o'tkazilishi kerak
Nomutanosiblik: Preparat tiopental bilan nomutanosibdir.
Solamin antigipoksik, membranalarni barqarorlashtiruvchi, tsitoprotektor, antioksidant, antiradikal ta'sir ko'rsatadi, dezintoksikasion faollik nomoyon qiladi, o'zini oraliq almashinuv va energiya bilan ta'minlash jarayonlarining faol boshqaruvchisi sifatida nomoyon qiladi, organizmda gormonal muvozanatni tutib turilishida ma'lum rol o'ynaydi. Arginin qonda insulin, glyukagon, somatotrop gormoni va prolaktinning miqdorini oshirishi ma'lum, prolin, poliamin, agmatinning sintezida ishtirok etadi, fibrinogenoliz, spermatogenez jarayonlariga kirishadi, membranalarni depolyarizasiyalovchi ta'sir ko'rsatadi.
Arginin jigarda mochevina sintezi tsiklida asosiy substratlardan biri hisoblanadi. Preparatning gipoamoniemik samarasi ammiakni mochevinaga aylanishini faollashtirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Antioksidant, antigipoksik va membranalarni barqarorlashtiruvchi faolligi tufayli, gepatoprotektor ta'sir ko'rsatadi, gepatositlarda energiya bilan ta'minlanish jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
L-arginin endoteliositlarda azot oksidining sintezini katalizlovchi ferment – NO-sintetaza uchun substrat hisoblanadi. Preparat gualinatsiklazani faollashtiradi va tomirlarning endoteliysida tsiklik guanidinmonofosfatning (sGMF) darajasini oshiradi, VCAM-1 va MCP-1 adgeziya proteinlarning sintezini susaytiradi, shunday qilib, aterosklerotik blyashkalar xosil bo'lishi va rivojlanishini oldini oladi, qon-tomirlar devorining kuchli vazokonstriktori va silliq miositlarning proliferasiyasi va migrasiyasining stimulyatori hisoblangan endotelin-1 sintezini susaytiradi. L-arginin shuningdek oksidativ stressning kuchli endogen stimulyatori – asimmetrik dimetilargininning sintezini susaytiradi. Preparat T-hujayralarni ishlab chiqaruvchi ayrisimon bezning faoliyatini rag'batlantiradi, jismoniy mashklar vaqtida qondagi glyukozaning miqdorini boshqaradi. Kislota xosil qiluvchi ta'sir nomoyon qiladi va kislota-ishqor muvozanatini to'g'irlanishiga yordam beradi. L-arginin yaqqol kislota xosil qiluvchi ta'sir ko'rsatadi va kislota-ishqor muvozanatini to'g'irlanishiga yordam beradi.
Davolash: dozasi oshirib yuborilganida preparatni infuziyasini to'xtatish kerak. Fiziologik reaktsiyalarni monitoringini o'tkazish va organizmning hayotiy muhim funktsiyalarini tutib turish kerak. Zarurati bo'lganida ishqorlashtiruvchi vositalar va diurezni oshirish uchun vositalar (saluretiklar), elektrolitlarning eritmalari (0,9% li natriy xloridi eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi) ni yuborish kerak. Davolash simptomatik.
Chiqarish shakllari