×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Solamin eritma 100ml N1

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Xitoy
Faol modda:
Аргинина гидрохлорид
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Hebei Tiancheng Pharmaceutical Co., Ltd
Vakil:
- Phoenix Pharm Trade
ATX kodi:
- В05BA01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
100 ml dan 1 flakon tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 4,2 g arginin gidroxloridi (100 ml da 20 mmol arginin va 20 mmol xloridlar saqlanadi);

yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv.

Arginin (a-amino-5-guanidinvalerian kislotasi) – shartli almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalar sinfiga kiruvchi aminokislota va organizmning ko'p sonli hayotiy muhim funktsiyalarining faol va har tomonlama hujayra boshqaruvchisi hisoblanadi, organizmning og'ir holatlarida muhim protektor samaralar nomoyon qiladi.

Solamin antigipoksik, membranalarni barqarorlashtiruvchi, tsitoprotektor, antioksidant, antiradikal ta'sir ko'rsatadi, dezintoksikasion faollik nomoyon qiladi, o'zini oraliq almashinuv va energiya bilan ta'minlash jarayonlarining faol boshqaruvchisi sifatida nomoyon qiladi, organizmda gormonal muvozanatni tutib turilishida ma'lum rol o'ynaydi. Arginin qonda insulin, glyukagon, somatotrop gormoni va prolaktinning miqdorini oshirishi ma'lum, prolin, poliamin, agmatinning sintezida ishtirok etadi, fibrinogenoliz, spermatogenez jarayonlariga kirishadi, membranalarni depolyarizasiyalovchi ta'sir ko'rsatadi.

Arginin jigarda mochevina sintezi tsiklida asosiy substratlardan biri hisoblanadi. Preparatning gipoamoniemik samarasi ammiakni mochevinaga aylanishini faollashtirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Antioksidant, antigipoksik va membranalarni barqarorlashtiruvchi faolligi tufayli, gepatoprotektor ta'sir ko'rsatadi, gepatositlarda energiya bilan ta'minlanish jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

L-arginin endoteliositlarda azot oksidining sintezini katalizlovchi ferment – NO-sintetaza uchun substrat hisoblanadi. Preparat gualinatsiklazani faollashtiradi va tomirlarning endoteliysida tsiklik guanidinmonofosfatning (sGMF) darajasini oshiradi, VCAM-1 va MCP-1 adgeziya proteinlarning sintezini susaytiradi, shunday qilib, aterosklerotik blyashkalar xosil bo'lishi va rivojlanishini oldini oladi, qon-tomirlar devorining kuchli vazokonstriktori va silliq miositlarning proliferasiyasi va migrasiyasining stimulyatori hisoblangan endotelin-1 sintezini susaytiradi. L-arginin shuningdek oksidativ stressning kuchli endogen stimulyatori – asimmetrik dimetilargininning sintezini susaytiradi. Preparat T-hujayralarni ishlab chiqaruvchi ayrisimon bezning faoliyatini rag'batlantiradi, jismoniy mashklar vaqtida qondagi glyukozaning miqdorini boshqaradi. Kislota xosil qiluvchi ta'sir nomoyon qiladi va kislota-ishqor muvozanatini to'g'irlanishiga yordam beradi. L-arginin yaqqol kislota xosil qiluvchi ta'sir ko'rsatadi va kislota-ishqor muvozanatini to'g'irlanishiga yordam beradi.



Vena ichiga uzluksiz infuziya qilinganida arginin gidroxloridining qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasi yuborish boshlanganidan keyin 20-30 minut o'tgach kuzatiladi. L-arginin yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi, buyrak kalavalarida filtrlanadi, lekin buyrak naychalarida deyarli to'liq qayta so'riladi
Bosh og'rig'i, qizish hissi, eritma yuborilgan joyda flebit. Kam hollarda allergik reaktsiyalar bo'lishi mumkin.


Resept bo'yicha.

Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda infuziyani boshlashdan oldin diurezni va qon plazmasidagi kaliyning darajasini tekshirish kerak, chunki preparat giperkaliemiyani rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Endokrin bezlarining funktsiyasi buzilganida preparat ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi. Preparat insulin va o'sish gormonining sekresiyasini rag'batlantirishi mumkin.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo'llanishi

Preparat yo'ldosh orqali o'tadi, shuning uchun homiladorlik davrida uni faqat ona uchun davolashdan kutiladigan foyda, homila uchun potentsial havfdan ustun bo'lgan xolatdagina qo'llash mumkin. Preparatni emizish davrida qo'llashga nisbatan ma'lumotlar yo'q.

Bolalarda qo'llanishi

Preparat 3 yoshdan katta bolalarda qo'llanadi.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobilyati

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki preparat bosh og'rig'ini chaqirishi mumkin.

Yurak va bosh miya tomirlarining aterosklerozi, periferik tomirlarning aterosklerozi, shu jumladan vaqti-vaqti bilan avj oluvchi oqsoqlik, diabetik angiopatiya, yurak ishemik kasalligi, arterial gipertenziya, o'tkazilgan o'tkir miokard infarkti va bosh miyada qon aylanishini o'tkir buzilishidan keyingi xolat, miokardiopatiya, surunkali yurak etishmovchiligi, giperxolesterinemiya, stenokardiya, o'pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari, interstisial pnevmoniya, idiopatik o'pka gipertenziyasi, surunkali postembolik o'pka gipertenziyasi, turli etiologiyali o'tkir va surunkali gepatitlar, giperamoniemiya, gipoksik xolatlar, rekonvalessentsiya jarayonidagi astenik xolatlar, shu jumladan infektsion kasalliklar va operativ aralashuvlardan keyingi holatlar, metabolik asidoz, ayrisimon bezning funktsiyasini pasayishi, xomila rivojlanishini kechikishi va preeklampsiyada qo'llanadi
Preparatga yuqori sezuvchanlik, buyraklar funktsiyasini og'ir buzilishlari, giperxloremik asidoz; anamnezida allergik reaktsiyalar; kaliyni tejovchi diuretiklarni, shuningdek spirinolaktonni qo'llash, 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
L-arginin qo'llanganida, buyrak etishmovchiligi fonida Spirinolakton qabul qilayotgan yoki qabul qilgan bemorlarda preparat yaqqol va turg'un giperkaliemiya chaqirishi mumkinligini hisobga olish kerak. Oldindan kaliyni tejovchi diuretiklarni qo'llash ham qonda kaliyning kontsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Aminofillin bilan bir vaqtda qo'llanganida, qonda insulinning darajasini oshishi mumkin.

Nomutanosiblik: Preparat tiopental bilan nomutanosibdir.

Preparat vena ichiga tomchilab birinchi 10-15 minutda minutiga 10 tomchi tezlikda yuboriladi, so'ngra yuborish tezligini minutiga 30 tomchigacha oshirish mumkin.

Preparatning sutkalik dozasi – 100 ml eritmani tashkil etadi.

Markaziy va periferik tomirlardagi qon aylanishini og'ir buzilishlarida, intoksikasiya, gipoksiya, astenik xolatlarning yaqqol ko'rinishlarida preparatning dozasi sutkada 200 ml gacha oshirilishi mumkin.

Infuzion eritmani maksimal yuborilish tezligi soatiga 20 mmoldan oshmasligi kerak. 12 yoshgacha bolalar uchun preparatning dozasi 1 kg tana vazniga sutkada 5-10 ml ni tashkil etadi.

Metabolik alkalozni davolash uchun doza quyidagi tarzda hisoblanishi mumkin:

arginin gidroxloridi (mmol)

------------------------------------------------------------- x 0,3 x kg tana vazni

ishqorni ortiqchasi (ve) (mmol/l)

Yuborishni hisoblangan dozaning yarmidan boshlash kerak. Qo'shimcha tuzatish kiritish kislota-ishqor muvozanatining yangilangan natijalari olingandan keyin o'tkazilishi kerak

Simptomlari: buyrak etishmovchiligi, gipoglikemiya, metabolik asidoz.

Davolash: dozasi oshirib yuborilganida preparatni infuziyasini to'xtatish kerak. Fiziologik reaktsiyalarni monitoringini o'tkazish va organizmning hayotiy muhim funktsiyalarini tutib turish kerak. Zarurati bo'lganida ishqorlashtiruvchi vositalar va diurezni oshirish uchun vositalar (saluretiklar), elektrolitlarning eritmalari (0,9% li natriy xloridi eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi) ni yuborish kerak. Davolash simptomatik.



Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Solamin eritma 100ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Solamin eritma 100ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Solamin eritma 100ml N1 dori vositasi Hebei Tiancheng Pharmaceutical Co., Ltd tomonidan Xitoy mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Solamin eritma 100ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Solamin eritma 100ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
LARGIN infuziya uchun eritma 100ml 4,2%
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
EPSIN infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Аргинина гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt Ltd., Индия произведено: Guizhou Tiandi Pharmaceutical Co., Ltd
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
GLOVERTIN infuziya uchun eritma 100ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9