Stugeron ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
STUGERON®
STUGERON®
Preparatning savdo nomi: Stugeron® (Stugeron®)
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sinnarizin (cinnarizine)
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: sinnarizin 25 mg
yordamchi moddalar: suvsiz kolloid kremniy dioksidi, kartoshka kraxmali, magniy stearati, povidon, talk, makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati.
Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, bir tomonida «STUGERON» gravirovkasi, boshqa tomonida riskasi bo‘lgan, deyarli hidsiz, faskali, yassi disksimon tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: bosh aylanishini bartaraf etuvchi preparatlar.
ATX kodi: N07C A02
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Sinnarizin, kalsiy kanallarini bloklash yo‘li bilan qon tomirlarining silliq mushak hujayralarini qisqarishini ingibisiya qiladi. Bundan tashqari, sinnarizin kalsiyning bevosita antagonisti sifatida norepinefrin va serotonin kabi vazofaol moddalarning toraytiruvchi ta‘sirini pasaytiradi, bu bilan kalsiy kanallarini boshqaruvchi reseptorni bloklaydi. Kalsiyni hujayralarga kirishini bloklanishi bosh miya qon tomirlariga tanlab ta‘sir ko‘rsatadi va arterial bosimga yoki yurak qisqarishlari soniga ta‘sir qilmagan holda vazokonstriksiyani (qon tomirlarni torayishini) kamayishiga olib keladi.
Sinnarizin qo‘shimcha ravishda eritrositlarning deformasiyalanish xususiyatini oshirish va qonni qovushqoqligini pasaytirish yo‘li bilan mikrosirkulyasiyaning yetishmovchiligini yaxshilashi mumkin. U qabul qilinganida hujayralarning gipoksiyaga bo‘lgan rezistentligi oshadi.
Sinnarizin vestibulyar tizimni rag‘batlanishini susaytiradi, buning natijasida nistagm va boshqa vegetativ buzilishlar yo‘qoladi. Sinnarizin yordamida bosh aylanishining o‘tkir xurujlarini bartaraf etish yoki kamaytirish mumkin.
Farmakokinetikasi
Peroral yuborilgandan keyin sinnarizin bir soat davomida so‘riladi, lekin uning biokiraolishligi me‘da shirasining miqdoriga qarab o‘zgarishi mumkin.
Sinnarizinning plazmadagi konsentrasiya cho‘qqisiga preparat qabul qilinganidan keyin 1-3 soat o‘tgach erishiladi.
Sinnarizinning plazmadan yarim chiqarilish davri 4 soatni tashkil qiladi.
Sinnarizin jigarda kon‘yugasiya yo‘li bilan glyukuronidlar hosil qilib ekstensiv metabolizmga uchraydi. Ushbu metabolitlarning 1/3 qismi buyrak orqali, 2/3 qismi ichak orqali chiqariladi. Sinnarizinning qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 91% ni tashkil qiladi.
Xavfsizlik bo‘yicha klinika oldi tadqiqotlarining ma‘lumotlari
Ushbu dori preparatini qo‘llash bo‘yicha kerakli klinik oldi ma‘lumotlari yo‘q.
Qo‘llanilishi
Labirint patologiyasi oqibatidagi Mener kasalligining simptomlarida, shu jumladan bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish, quloqlarni shang‘illashi, nistagmda samarani bir maromda saqlab turuvchi davolash.
Chayqalishni oldini olish.
Migrenni oldini olish.
Miyada qon aylanishini buzilishi simptomlari, shu jumladan bosh aylanishi, quloqlarni shang‘illashi, qon tomir kasalligi oqibatidagi bosh og‘rig‘i, jizzakilik, odamovilik, xotirani va diqqatni jamlashni buzilishida samarani bir maromda saqlab turuvchi davolash sifatida qo‘llaniladi.
Periferik qon aylanishini buzilishi sipmtomlari, shu jumladan Reyno kasalligi, akrosinoz, vaqtivaqti bilan sodir buluvchi oqsoqlik, mikrosirkulyasiyani buzilishi, trofik va varikoz yaralar, paresteziya, tungi tirishishlar, oyoq-qo‘llarni sovuq qotishida samarani bir maromda saqlab turuvchi davolash sifatida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalar
Kattalar:
Miyada qon aylanishini buzilishlarida: 1 tabletkadan kuniga 3 marta (sutkada 75 mg) buyuriladi.
Periferik qon aylanishini buzilishlarida: 2-3 tabletkadan kuniga 3 marta (sutkada 150-225 mg) buyuriladi.
Ichki quloq kasalliklarida: 1 tabletkadan kuniga 3 marta (sutkada 75 mg) buyuriladi.
Chayqalish kasalligini oldini olishda: kattalar: 1 tabletka (25 mg) safardan yarim soat oldin buyuriladi; so‘ngra har 6 soatda takroran qabul qilish mumkin.
Bolalar va o‘smirlar: 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kattalarga buyurilgan dozaning yarmi tavsiya qilinadi.
Keksa yoshdagi shaxslar: ma‘lumotlar yo‘q.
Jigar yetishmovchiligida qo‘llanilishi: ma‘lumotlar yo‘q.
Buyrak yetishmovchiligida qo‘llanilishi: ma‘lumotlar yo‘q.
Stugeronni ovqatdan keyin qabul qilish afzalroq.
Maksimal tavsiya qilingan sutkalik doza 225 mg (9 tabletka) dan oshmasligi kerak.
Stugeronni bosh aylanishiga ta‘siri dozaga bog‘liq xarakterga egaligi tufayli, dozani asta-sekin oshirish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Uyquchanlik va me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar kabi simptomlar paydo bo‘lishi mumkin. Bu simptomlar odatda vaqtinchalik bo‘lib, optimal dozaga asta-sekin erishilganda bartaraf etilishi mumkin.
Kam hollarda bosh og‘rig‘i, og‘iz qurishi, tana vaznini oshishi, kuchli terlash yoki allergik reaksiyalar kuzatiladi. Juda kam hollarda qizil yassi temiratki va yugurikka o‘xshash simptomlar rivojlanganligi haqida xabar berilgan.
Tibbiyot adabiyotida xolestatik sariqlikning yagona holati qayd etilgan.
Asosan keksa yoshdagi shaxslarda uzoq muddatli davolash davomida ekstrapiramid simptomlarni yomonlashishi yoki rivojlanishi kuzatilgan. Bunday holatlarda davolashni to‘xtatish kerak.
A‘zolar tizmining birlamchi sinfi
(MedDRA 9.1) |
Nojo‘ya reaksiyalar |
Immun tizimi tomonidan buzilishlar | O‘ta yuqori sezuvchanlik
(allergik reaksiyalar) |
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar | Uyquchanlik
Bosh og‘rig‘i Ekstrapiramid buzilishlar |
Me‘daichak yo‘llari tomonidan buzilishlar | Og‘izni qurishi
MIY tomonidan buzilishlar |
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar | Xolestatik sariqlik |
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzlilishlar | Gipergidroz (kuchli terlash)
Yassi qizil temiratki |
Skeletmushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar | Yuguruksimon simptomlar |
Laboratoriya ko‘rsatkichlar | Tana vaznini oshishi |
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning ta‘sir etuvchi moddasiga yoki har qanday yordamchi moddalariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Boshqa antigistamin preparatlari kabi Stugeron me‘dada diskomfortni chiqarishi mumkin; preparatni ovqatdan so‘ng qabul qilish me‘da shilliq qavatini ta‘sirlanishini kamaytirish imkonini beradi.
Parkinson kasalligi bo‘lgan pasientlarga Stugeron faqat preparatni qabul qilishning afzalligi, ushbu kasallikni mumkin bo‘lgan yomonlashish xavfidan ustun bo‘lgan hollardagina tavsiya etiladi.
Stugeron davolashni boshida uyquchanlikni chaqirishi mumkinligi tufayli, alkogolni yondosh ravishda iste‘mol qilinganda yoki markaziy nerv tizimini (MNT) susaytiruvchi preparatlarni qabul qilinganda ehtiyotkorlikni namoyon etish lozim.
Laktozani o‘zlashtirolmaslikda bu faktni e‘tiborga olish lozim, chunki har bir tabletka 175,00 mg laktoza monogidratini saqlaydi.
Laktozani o‘zlashtirolmaslik, Lapp laktaza yetishmovchiligi yoki glyukozagalaktozani so‘rilishini buzilishi kabi kam uchraydigan nasliy kasalligi bo‘lgan pasientlar ushbu dori vositasini qabul qilmasliklari lozim.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Alkogol bilan birga iste‘mol qilish va MNT faoliyatini susaytiruvchi vositalarni, yoki trisiklik antidepressantlarni qo‘llash sanab o‘tilgan dori vositalarining birontasining yoki Stugeronning sedativ ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.
Antigistamin ta‘siri tufayli, Stugeron teri reaktivligi omillarini o‘rganish yuzasidan, uni qo‘llamasdan o‘tkazilgan sinamalarda musbat reaksiyani bartaraf etishi mumkin. Shuning uchun teri sinamalarini o‘tkazishdan oldin 4 kun davomida Stugeronni qabul qilish mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Garchi hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda sinnarizin teratogen ta‘sir chaqirmagan bo‘lsada, Stugeronni, barcha dori vositalari kabi, homiladorlik davrida faqat ona uchun
kutilayotgan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lsagina buyurish mumkin.
Stugeronni ona sutiga ajralib chiqishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun Stugeronni qabul qilayotgan ayollar emizishdan voz kechishlari kerak.
Transport vositasini haydash va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Uyquchanlik yuz berishi mumkinligi tufayli, ayniqsa davolashning boshida, transport vositalarini boshqarishda yoki mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikni namoyon etish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani o‘tkir oshirib yuborilishining bir holatida (2100 mg) 4 yoshli bolada quyidagi holatlar: qusish, uyquchanlik, koma, tremor, arterial gipotenziya kuzatilgan.
Spesifik antidoti mavjud emas. Doza oshirib yuborilganda dastlabki bir soat ichida me‘dani yuvish tavsiya etiladi. Ko‘rsatmalarga ko‘ra faollashtirilgan ko‘mir buyurish mumkin.
Chiqarilish shakli
25 tabletkadan PVX/alyumin folga blisterda.
2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari