TOEDIN GIN ko'rsatmalar
- zamburug'li infektsiya (Candida albicans);
- trixomoniaz qo'zg'atuvchisi (Trichomonas vaginalis);
- bakterial infektsiya (bakterial vaginoz, Gardenerella vag.);
aralash infektsiyalarda (qo'zg'atuvchilar majmuasi) chaqirgan vaginal infektsiyalar (vaginitlar) ni davolash uchun mo'ljallangan;
qinga, akusherlik va diagnostik muolajalari vaqtida jarroxlik yoki diagnostik aralashuvlaridan oldin profilaktik maqsadda qo'llaniladi.
- gipertireoz, tugunli kolloid yoki endemik bo'qoq, Xoshimoto tireoiditi;
- Dyuring gerpetiform dermatiti;
- gipertireozni davolaganda radiofaol yodni qo'llashdan oldingi va keyingi holat (to'liq sog'ayguncha);
- bolalar va 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlar;
- homiladorlik va laktasiya davrida qo'llash mumkin emas.
Toedin Gino preparatini qo'llash vaqtida qalqonsimon bezi tomonida yodni so'rilishi pasayishi mumkin, bu ayrim diagnostik tekshiruvlar (masalan qalqonsimon bezi stsintigrafiyasi, oqsil bilan bog'langan yodni aniqlash, radiofaol yodni qo'llash bilan tekshiruvlar) natidariga ta'sir ko'rsatishi, shuningdek qalqonsimon bezi kasalliklarini davolash uchun qo'llanayotgan yod preparatlari bilan o'zaro ta'sirlashishi mumkin. Povidon-yod bilan uzoq vaqt davolagandan keyin tekshiruvlarning ishonchli natijalarini olish uchun Toedin Gino preparatini qo'llash yakunlangandan keyin 1-2 xafta kutish tavsiya etiladi.
Axlatda yashirin qonni (gemoglobinni), shuningdek siydikda qon yoki glyukozani aniqlash uchun toluidin yoki gvayak qatronini qo'llash bilan tekshiruvlarning ayrim turlarini o'tkazganda, povidon-yodning oksidlovchilik xususiyatlari tufayli, uning izlari soxtammusbat natijalarga olib kelishi mumkin.
Preparatni qo'llaganda terini ta'sirlanishi, kontakt dermatit va yuqori sezuvchanlikning boshqa ko'rinishlari paydo bo'lishi mumkin. Uning birinchi belgilarida Toedin Gino preparatini qo'llashni darhol to'xtatish va shifokorga murojaat etish kerak. Agar bu holat 72 soat va undan ko'proq vaqt saqlansa, bu jiddiy buzilish belgisi bo'lishi mumkin.
Yod miqdorini oshishi qalqonsimon bezi funktsiyasini buzilishi (masalan tugunli kolloid yoki endemik bo'qoq) bo'lgan pasientlarda gipertireoz chaqirishi mumkin, bunday pasientlarda Toedin Gino vaginal suppozitoriylarni qo'llash mumkin emas yoki qo'llash vaqtini cheklash kerak. Agar davolash davrida gipertireoz simptomlari paydo bo'lsa, qalqonsimon bezi funktsiyasini tekshirish kerak.
Avval surunkali buyrak etishmovchiligi diagnostika qilingan pasientlarda yod saqlovchi preparatlarni muntazam qo'llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir ko'rsatmaydi.
faol modda: povidon-yod USP 200 mg (mavjud yod 20 mg);
yordamchi moddalar: polietilenglikol 1500, polietilenglikol 6000, metilparaben, propilparaben, butilizasiyalangan gidroksitoluol.
Suppozitoriylarni ertalab va kechqurun qo'llash tavsiya etiladi, buning uchun suppozitoriylarni qobig'idan chiqarib olish va qinga chuqur yuborish kerak.
Suppozitoriylarni qo'llash vaqtida gigienik tagliklarni qo'llash tavsiya etiladi. Preparatni 7-14 kun davomida har kuni qo'llash kerak. O'tkir vaginitda 7 kun davomida sutkada 1-2 marta qo'llanadi, nimo'tkir va surunkali vaginitda sutkada 1 marta, uyqudan oldin 14 kun davomida qo'llanadi. Hayz davrida davolashni vaqtincha to'xtatish zarurati yo'q.
- o'ta yuqori sezuvchanlik;
- psoriazsimon qizil mayda bullyoz elementlarni hosil bo'lishi bilan kechuvchi kontakt dermatit, eritema, qichishish.
Juda kam xollarda (<1/10,000):
- anafilaktik reaktsiya;
-gipertireoz (ayrim holatlarda taxikardiya yoki bezovtalik bilan kechuvchi) yodni ahamiyatli miqdorda qo'llagandan keyin (masalan yaralar yoki kuyishlarni davolash uchun povidon-yodni uzoq vaqt qo'llaganda) qalqonsimon bezi kasalliklari mavjud bo'lgan pasientlarda kuzatilishi mumkin;
-angionevrotik shish.
Tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida tez-tezligini aniqlab bo'lmaydi)
- gipotireoz (katta yuzalarda uzoq vaqt qo'llaganda);
- qon zardobida elektrolitlar darajasi va osmolyarlikni** o'zgarishi, metabolik asidoz**
- o'tkir buyrak etishmovchiligi**.
** yodni ahamiyatli miqdorda qo'llagandan keyin kuzatilishi mumkin (masalan kuyishlarni davolaganda).
Povidon-yodni oktenidin saqlovchi antiseptik preparatlar bilan bir vaqtda yoki bevosita qo'llagandan keyin bitta yoki terining Yandosh sohalarida qo'llash terining ishlov berilgan sohalarini vaqtincha to'q rangga bo'yalishini chaqirishi mumkin. Litiy preparatlarini qabul qilayotgan pasientlarda Toedin Ginoni muntazam qo'llashdan saqlanish kerak.
2 kontur uyali o'ramdan davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati-3 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.
Davolash: simptomatik va elektrolit muvozanatini alohida nazorati, buyrak va qalqonsimon bezi funktsiyasini nazorati bilan tutib turuvchi davolash.
Chiqarish shakllari