VIREADning aptekalardagi narxlari
VIREAD tabletkalari 245mg N30
|
|
1 ta dorixonada bor
|
530 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
VIREAD ko'rsatmalar
QO‘LLASH UCHUN YO‘RIQNOMA
VIREAD®
VIREAD®
Preparatning savdo nomi: Viread®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): tenofovir dizoproksil fumarati
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 300 mg tenofovir dizoproksil fumarati (245 mg tenofovir dizoproksilga ekvivalent);
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmelloza, oldindan jelatinlangan kraxmal, magniy stearati;
plyonka qobiq tarkibi: Opadry II White 32K18425 (laktoza monogidrati, gipromelloza, titan dioksidi, triasetin).
Ta‘rifi: oq rangli, bodomsimon shaklli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, tabletkaning bir tomoniga «GILEAD»va «4331» yozuvi bosib tushirilgan.
Farmakoterapevtik guruhi: tizimli qo‘llash uchun viruslarga qarshi vositalar. Qaytuvchi transkriptazaning nukleozidli va nukleotidli ingibitorlari.
ATX kodi: J05AF07
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Ta‘sir mexanizmi va farmakodinamik samaralari
Tenofovir dizoproksil fumarati – bu tenofovir dizoproksilning fumaratli tuzi. Tenofovir dizoproksil so‘riladi va faol modda – nukleozid monofosfatining (nukleotidning) analogi hisoblangan tenofovirga aylanadi. So‘ngra tenofovir faol metabolit, konstruktivli ekspressiyalangan xujayra fermentlari yordamida zanjirning obligat terminatori hisoblangan tenofovir difosfatiga aylanadi. Tenofovir difosfati faollashtirilgan holatida – 10 soatlik xujayra ichki yarim chiqarilish davriga va periferik qonning mononuklear xujayralarida (peripheral blood mononuclear cell – PBMCs) tinch holatda – 50 soatlik yarim chiqarilish davriga ega. Tenofovir difosfati, dioksiribonukleotidning tabiiy substrati bilan raqobatli bog‘lanish va DNK ga bog‘langandan keyin DNK zanjirini uzish yo‘li bilan OITV-1 qaytar transkreptaza va V gepatiti virusi polimerazani ingibisiya qiladi. Tenofovir difosfati xujayra ά, β, va γ polimerazalarining kuchsiz ingibitori hisoblanadi. In vitro taxlillarda tenofovir 300 mkmol/l konsentrasiyalarda ham mitoxondrial DNK sinteziga yoki sut kislotasini hosil bo‘lishiga ta‘siri yo‘qligini ko‘rsatgan.
OITV ga qarshi faollik
In vitro sharoitlarda OITV ga qarshi faollik
Yovvoyi turdagi OITV-1IIIB laboratoriya shtammini 50% ga ingibisiya qilish uchun (YeS50 – 50% samarali konsentrasiya) tenofovirning konsentrasiyasi periferik qonning mononuklear xujayralarida (peripheral blood mononuclear cell – PBMCs) OITV-1 V kichik tipi birlamchi izolyatlariga qarshi – 1-6 mkmol/l va 1,1 mkmol/l ni tashkil qiladi. Tenofovir shuningdek birlamchi monositlar/makrofaglarda OITV-1, A, C, D, E, F, G va O, shuningdek OITVBaL ga qarshi faol. Tenofovir shuningdek in vitro sharoitlarda MT-4 xujayralarda 4,9 mkmol/l miqdorida OITV-2 ga qarshi 50% li samarali konsentrasiya YeS50 bilan faollikni namoyon qiladi.
Rezistentlik
Tenofovirga pasaygan sezuvchanlik va qaytuvchi transkriptazada K65R almashinish bilan OITV-1 shtammlari in vitro sharoitlarda va ayrim pasientlarda tanlab olingan. Shtammlari K65R holatda almashinishni saqlovchi, ilgari antiretrovirus terapiya qabul qilgan pasientlarda tenofovir dizoproksil fumaratini qo‘llashdan saqlanish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang). Bundan tashqari, OITV-1 qaytuvchi transkriptazadagi K70Ye holatdagi almashinish tenofovir tomonidan olib tashlangan va tenofovirga nisbatan sezuvchanlikni ancha pasayishiga olib kelgan.
Ilgari antiretrovirus terapiya qabul qilgan pasientlar ishtirokida o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda, 245 mg tenofovir dizoproksilning (fumarat shaklida) nukleozidli ingibitorlarga rezistent OITV-1 shtammlariga qarshi anti-OITV faolligi baholangan. Natijalar, OITV ning, M41L yoki L210W qaytar transkreptazaning mutasiyalarini o‘z ichiga olgan, timidin analoglari (thymidine-analogue associated mutations – TAMs) bilan bog‘liq 3 ta yoki undan ortiq mutasiyalarni ekspressiyasi kuzatilgan pasientlar 245 mg tenofovir dizoproksil (fumarat shaklida) bilan davolashga nisbatan past javob namoyish qilganligini ko‘rsatgan.
V gepatiti virusiga qarshi faollik
In vitro V gepatiti virusiga qarshi faollik
Tenofovirni V gepatiti virusiga qarshi in vitro sharoitdagi faolligi HepG2 2.2.15. xujayra liniyasida baholangan. Tenofovir uchun YeS50 0,14 dan 1,5 mkmol/ gacha chegaralarda, SS50 (50% sitotoksik konsentrasiya) 100 mkmol/l dan yuqori bo‘lgan.
Rezistentlik
Tenofovir dizoproksil fumaratiga rezistentlik bilan bog‘liq bo‘lgan V gepatiti virusidagi almashinishlar aniqlangan emas. Xujayralar taxlilida lamivudin va telbuvidin bilan bog‘liq bo‘lgan rtV173L, rtL180M va rt204I/V almashinishlarni ekspressiya qiluvchi V gepatiti virusi liniyasi, tenofovirga yovvoyi tipdagi virusiga sezuvchanlikdan 0,7-3,4 marta yuqori sezuvchanlik namoyon qilgan.
Entekavirga rezistentlik bilan bog‘liq bo‘lgan rtL180M, rtT184G, RTs202g/I, rtM204V va rtM250V almashinishlarni ekspressiya qiluvchi V gepatiti virusi liniyalari tenofovirga yovvoyi tipdagi virusga sezuvchanlikka qaraganda, 0,6-6,9 marta yuqori sezuvchanlik namoyon qilgan. RtA181T almashinish saqlovchi viruslar, tenofovirga sezuvchan qolganlar, YeS50 kattaligi yovvoyi tipdagi virusga qaraganda 1,5 marta katta bo‘lgan.
Kompensasiyalangan va dekompensasiyalangan kasallikdagi tenofovir dizoproksil fumaratining foydasini namoyishi HBeAg-musbat va HBeAg-manfiy surunkali V gepatiti bo‘lgan katta pasientlarda virusologik, bioximik va serologik javoblarga asoslanadi. Preparat bilan ilgari davolash olmagan, shuningdek ilgari lamivudin, adefovir dipivoksil bilan davolangan pasientlar, va dastlabki ma‘lumotlarga muvofiq lamivudinga va/yoki adefovir dipivoksilga rezistent almashinishlari bo‘lgan pasientlar davolangan. Foyda, shuningdek kompensasiyalangan kasalligi bo‘lgan pasientlarda olingan gistologik natijalar asosida ham namoyish qilingan.
Farmakokinetikasi
Tenofovir dizoproksil fumarati – propreparatning suvda eruvchi efiri bo‘lib, u in vivo sharoitida tenofovir va formaldegidga tez aylanadi.
Tenofovir xujayra ichida tenofovir monofosfati va faol komponent – tenofovir difosfatiga aylanadi.
So‘rilishi
OITV-infeksiyalangan pasientlarga tenofovir dizoproksil fumarati peroral yuborilganidan keyin tez so‘riladi va tenofovirga aylanadi. OITV-infeksiyalangan pasientlarga tenofovir dizoproksil fumaratining dozalari ovqat bilan ko‘p marta yuborilganidan keyin, tenofovir uchun Cmax, AUC0-∞ va Cmin ning o‘rtacha (variasiya koeffisienti, %[CV, %]) qiymatlarini muvofiq 326 (36,6%) ng/ml, 3324 (41,2%) ng·soat/ml va 64,4 (39,4%) ng/ml ga olib kelgan. Tenofovirning qon zardobidagi maksimal konsentrasiyasi och qoringa yuborilgandan keyin 1 soat chegaralarida va u ovqat bilan qabul qilinganda 2 soat atrofida kuzatiladi. Tenofovir dizoproksil fumarati pasientlarga och qoringa peroral yuborilganida, peroral biokiraolishligi taxminan 25% ni tashkil qilgan. Tenofovir dizoproksil fumaratini yog‘larga boy ovqat bilan yuborish peroral biokiraolishligini oshirgan, bunda tenofovirning AUC qiymati taxminan 40% ga, Cmax esa – taxminan 14% ga oshgan.
Qorni to‘q pasientlar qabul qilgan tenofovir dizoproksil fumaratining birinchi dozasidan keyin, zardobda Cmax ning o‘rtacha qiymati 213 dan 375 ng/ml qiymatlar doirasida bo‘lgan. Lekin tenofovir dizoproksil fumaratini past kaloriyali ovqat bilan yuborish, tenofovirning farmakokinetikasiga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Taqsimlanishi
Tenofovir dizoproksil fumarati peroral yuborilganidan keyin, tenofovir ko‘p to‘qimalarga taqsimlanadi, bunda eng yuqori konsentrasiyalari buyrak, jigar va ichakning ichidagisida kuzatiladi (klinik oldi tadqiqotlar). In vitro sharoitlarda tenofovirning qon plazmasi yoki zardobi oqsillari bilan bog‘lanishi, tenofovirning 0,01 dan 25 mkg/ml konsentrasiyalari doirasida muvofiq 0,7 va 7,2% dan kamroqni tashkil qilgan.
Biotransformasiyasi
In vitro sharoitidagi tadqiqotlar na dizoproksil fumarati, na tenofovir CYP450 fermentlarining substrati emasligini ko‘rsatgan. Xususan, in vivo kuzatiladigandan ahamiyatli yuqori (taxminan 300 marta) konsentrasiyalarda, tenofovir in vitro biotransformasiyada ishtirok etuvchi odam CYP450 asosiy izoformalaridan (CYP3A4, CYP2D6, CYP2C9, CYP2E1 yoki CYP1A1/2) birontasi orqali dorilarning metabolizmini ingibisiya qilmagan. Tenofovir dizoproksil fumarati 100 mkmol/l konsentrasiyada CYP1A1/2 dan tashqari CYP450 izoformalaridan birontasiga xam ta‘sir ko‘rsatmagan, bunda katta bo‘lmagan (6%), lekin statistik ahamiyatli CYP1A1/2 substrati metabolizmini pasayishi kuzatilgan. Bu ma‘lumot asosida, tenofovir dizoproksil fumarati va metabolizmi CYP450 orqali amalga oshiriladigan dori vositalari orasida klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sirlar paydo bo‘lish ehtimoli kam deb xulosa qilish mumkin.
Chiqarilishi
Tenofovir asosan buyrak orqali filtrasiya yo‘li bilan xam, va faol tubulyar transport tizimi yordamida ham chiqariladi, bunda vena ichiga yuborilganidan keyin dozaning taxminan 70-80% siydik bilan o‘zgarmagan xolda chiqariladi. Umumiy klirens taxminan 230 ml/soat/kg deb baholangan (taxminan minutiga 300 ml). Buyrak klirensi taxminan
160 ml/soat/kg baholangan (taxminan minutiga 210 ml), bu glomerulyar filtrasiya tezligidan yuqoridir. Bu tubulyar sekresiya tenofovirni chiqarilishining asosiy qismi ekanligini ko‘rsatadi. Peroral yuborilgandan keyin tenofovirning yakuniy yarim chiqarilish davri 12 dan 18 soatgachani tashkil qiladi.
Tadqiqotlarda tenofovirning faol tubulyar sekresiya yo‘li odam organik anioni (hOAT) 1 va 3 transporterlari yordamida proksimal naydagi xujayraga kiruvchi oqim va ko‘pchilik preparatlarga rezistent oqsil 4 (multidrag resistant protein 4 – MRP 4) yordamida siydikka chiqariluvchi oqim hisoblanishi aniqlangan.
To‘g‘ri proporsionallik/noto‘g‘ri proporsionallik
Tenofovirning farmakokinetik parametrlari tenofovir dizoproksil fumaratining
75 mg dan to 600 mg gacha diapazonda dozaga bog‘liq bo‘lmagan va dozaning har qanday darajasida takroriy yuborishning ta‘siri sezilmagan.
Yosh
Keksa (65 yoshdan oshgan) pasientlarda farmakokinetikani tekshirish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Jins
Tenofovirning ayollardagi farmakokinetikasi bo‘yicha cheklangan ma‘lumotlar, jinsni ahamiyatli ta‘siri yo‘qligini ko‘rsatadi.
Etnik mansublik
Turli etnik guruhlarda spesifik farmakokinetik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Pediatrik pasientlar
OITV-1: Tenofovirning muvozanat holatidagi farmakokinetik parametrlari OITV-1 infeksiyalangan, tana vazni ≥35 kg 8 pasientlarda (12 yoshdan 18 yoshgacha) baholangan. Cmax va AUCtau o‘rtacha (± SD) qiymati muvofiq 0,38±0,13 mkg/ml va 3,39±1,22 mkg·soat/ml ni tashkil qilgan. 245 mg tenofovir dizoproksilning (fumarat shaklida) peroral sutkalik dozasini qabul qilgan pasientlarda erishilgan tenofovirga ekspozisiya, 245 mg tenofovir dizoproksilning (fumarat shaklida) dozasini sutkada bir martalik tartibda olgan kattalarda erishiladigan ekspozisiyalarga o‘xshash bo‘lgan.
Surunkali V gepatiti: V gepatiti bilan infeksiyalangan tenofovir dizoproksilning 245 mg (fumarat shaklida) peroral sutkalik dozasini olgan o‘smirlarda (12 yoshdan 18 yoshgacha) tenofovirga muvozanatli ekspozisiya, 245 mg tenofovir dizoproksilning (fumarat shaklida) dozasini sutkada bir marta rejimda olgan kattalarda erishiladigan ekspozisiyalarga o‘xshash bo‘lgan.
12 yoshdan kichik bolalarda yoki buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan bolalarda, tenofovir dizoproksilning (fumarat shaklida) 245 mg tabletkalarining farmakokinetik tadqiqotlari o‘tkazilmagan.
Buyrak funksiyasini buzilishi
Tenofovirning farmakokinetik parametrlari, buyrak funksiyasini turli darajali buzilishlari bo‘lgan, ular kreatinin klirensining dastlabki qiymatiga muvofiq aniqlangan (buyraklarni normal funksiyasi – CrCl >80 ml/min); katta bo‘lmagan buzilishlar – CrCl 50-70 ml/min; o‘rtacha – CrCl 30-49 ml/min va og‘ir – CrCl 10-29 ml/min), 40 OITV va V gepatiti virusi bilan infeksiyalanmagan pasientlarda tenofovir dizoproksil 245 mg bir martalik dozada yuborilgandan keyin aniqlangan. Buyrak funksiyasi normal bo‘lgan pasientlarga nisbatan buyrak funksiyasini biroz, o‘rtacha va og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda tenofovirga bo‘lgan o‘rtacha ekspozisiya (% SV) CrCl >80 ml/min bo‘lgan shaxslarda 2185 (12%) ng·soat/ml dan muvofiq ravishda 3064
(30%) ng·soat/ml, 6009 (42%) ng·soat/ml va 15985 (45%) ng·soat/ml gacha oshgan.
Preparatni yuborish orasidagi intervalni oshirish, buyrak funksiyasini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda, buyrak funksiyasi normal pasientlar bilan solishtirganda, qon plazmasida yuqoriroq cho‘qqi konsentrasiyalarga va Smin ni kamroq darajalariga olib kelishi kutiladi. Buning klinik ahamiyati noma‘lum.
Buyrak kasalliklarini terminal bosqichi (YeSRD) (CrCl <10 ml/min) bo‘lgan pasientlarda, ularga gemodializ zarur bo‘lgan, dializlar orasida tenofovirning konsentrasiyasi Smax 1032 o‘rtacha qiymatga va AUC0-48h 42857 ng·soat/ml o‘rtacha qiymatga erishib, 48 soat davomida ahamiyatli oshgan.
Kreatinin klirensi <50 ml/min bo‘lgan pasientlarda yoki YeSRD ega va dializga muxtoj bo‘lgan pasientlarda tenofovir dizoproksilni (fumatat shaklida) 245 mg dozada yuborishlar orasidagi intervalni o‘zgartirish tavsiya etiladi (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang).
Kreatinin klirensi <10 ml/min bo‘lgan gemodializda bo‘lmagan va buyrak kasalliklarini terminal bosqichi – YeSRD bo‘lgan, holatining nazorati peritoneal yoki yoki dializning boshqa shakllari bilan amalga oshiriladigan pasientlarda tenofovirning farmakokinetikasi tekshirilmagan.
Jigar funksiyasini buzilishi
Tenofovir dizoproksilning 245 mg bir martalik dozasi, OITV va V gepatiti virusi bilan infeksiyalanmagan, Child-Pugh-Turcotte (CPT) tasnifiga muvofiq aniqlanadigan jigar funksiyasini turli darajali buzilishlari bo‘lgan pasientlarga yuborilgan. Jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda tenofovirning farmakokinetik parametrlarining ahamiyatli o‘zgarishlari aniqlanmagan, bu dozaga tuzatish kiritishga zarurat yo‘qligini ko‘rsatadi. Tenofovirning Smax va AUC0-¥ o‘rtacha (% SV) qiymati jigar funksiyasini buzilishlari bo‘lmagan shaxslarda muvofiq 223 (34,8%) ng/ml va
2050 (50,8%) ng·soat/ml ni, jigar funksiyasini o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan shaxslarda 289 (46,0%) ng/ml va 2310 (43,5%) ng·soat/ml va jigar funksiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lgan shaxslarda 305 (24,8%) ng/ml va 2740 (44,0%) ng·soat/ml ni tashkil qilgan.
Xujayra ichki farmakokinetikasi
Odamning qayta hosil bo‘lmaydigan periferik qonining mononuklear xujayralarida (RVMS) tenofovir difosfatining yarim chiqarilish davri taxminan 50 soatni tashkil qiladi, ayni vaqtda fitogemoglyutinin bilan rag‘batlantirilgan RVMS da bu ko‘rsatkich taxminan 10 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
OITV-1 infeksiya
Viread plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalari OITV-1 infeksiyalangan kattalarni boshqa antiretrovirusli preparatlar bilan majmuada davolash uchun qo‘llanadi.
Viread plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalari qaytuvchi transkriptazaning nukleozidli ingibitorlariga rezistentlik aniqlanganda yoki ularning toksik ta‘siri birinchi qator preparatlarni qo‘llash imkoniyatini istisno qilgan hollarda OITV-1 infeksiyalangan 12 yoshdan <18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarni davolash uchun qo‘llanadi.
V gepatiti virusining infeksiyasi
Viread plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalari kattalarda quyidagilar bilan bog‘liq surunkali V gepatitini davolash uchun qo‘llanadi:
- virusning faol replikasiyasining belgilari, qon zardobida alaninaminotransferazaning (ALT) doimiy yuqori darajasi va faol yallig‘lanish va/yoki fibrozning gistologik ko‘rinishlari bilan kechuvchi jigarning kompensasiyalangan kasalliklari (“Farmakodinamikasi” bo‘limiga qarang);
- V gepatitning lamivudin-rezistent virusining belgisi bo‘lgan kattalarda (“Nojo‘ya ta‘sirlari” va “Farmakodinamikasi” bo‘limlariga qarang);
- jigarning dekopensasiyalangan kasalliklari bo‘lgan kattalarda qo‘llanadi (“Maxsus ko‘rsatmalar”, Nojo‘ya ta‘sirlari” va “Farmakodinamikasi” bo‘limlariga qarang).
Viread plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalari 12 yoshdan <18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda quyidagilar bilan bog‘liq surunkali V gepatitini davolash uchun mo‘ljallangan:
- jigarning kompensasiyalangan kasalligi va faol immun kasallikning belgilari bo‘lgan, ya‘ni virusning faol replikasiyasi, qon zardobida alaninaminotransferazaning (ALT) doimiy yuqori darajasi va faol yallig‘lanish va/yoki fibrozning gistologik ko‘rinishlari (“Maxsus ko‘rsatmalar”, “Nojo‘ya ta‘sirlari” va “Farmakodinamikasi” bo‘limlariga qarang).
Qo‘llash usuli va dozalari
Davolashni OITV-infeksiyasi va/yoki surunkali V gepatitini davolash tajribasiga ega bo‘lgan shifokor buyurishi kerak.
Kattalar
Antiretrovirus preparatlar bilan davolash tajribasiga ega bo‘lgan OITV-infeksiyalangan pasientlarni davolash uchun Vireadni tanlash, shaxsiy virusli rezistentlikni va/yoki pasientlarning davolash tarixini tekshirishga asoslangan bo‘lishi kerak.
OITV va V gepatitini davolash uchun tavsiya etilgan doza peroral, ovqat bilan sutkada 1 marta 1 tabletkani tashkil qiladi.
Surunkali V gepatiti
Davolashning optimal davomiyligi noma‘lum. Davolashni to‘xtatish uchun asoslar quyida keltirilgan:
- Sirrozsiz V gepatiti virusi antigeniga (HBeAg) ijobiy reaksiyasi bo‘lgan pasientlarni davolash NVe serokonversiya tasdiqlangandan keyin kamida 6-12 oy (V gepatiti virusiga va V gepatiti DNK virusiga NVe antigenlarni, anti-NVe ni aniqlanishi bilan anitigenlarni yo‘qolishi) yoki HBs serokonversiyasigacha yoki samaradorligi yo‘qolguncha davom etishi kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang). Davolash to‘xtatilgandan keyin viremiyaning qandaydir kechki qaytalanishlarini aniqlash maqsadida qon zardobida ALT va V gepatiti virusi-DNK darajasini muntazam aniqlash kerak.
- Sirrozsiz V gepatiti virusi antigeniga salbiy reaksiya bo‘lgan pasientlarni davolash, yo‘qolishi kamida, HBs serokonversiyasigacha yoki davolash samaradorligini belgilari paydo bo‘lgunicha davom etishi kerak. 2 yildan ko‘proq davom etuvchi uzoq muddatli davolashda, pasient uchun tanlangan davolashni davom ettirishni maqsadga muvofiqligini tasdiqlash uchun, davolashni takror ko‘rishni muntazam o‘tkazish tavsiya etiladi.
Bolalar va o‘smirlar
OITV-1: 12 yoshdan <18 yoshgacha va tana vazni ≥35 kg bo‘lgan o‘smirlar uchun Vireadning tavsiya etilgan dozasi peroral, ovqat bilan, sutkada 1 marta bir tabletkani tashkil qiladi (“Nojo‘ya ta‘sirlari” va “Farmakodinamikasi” bo‘limlariga qarang).
Surunkali V gepatiti: 12 yoshdan <18 yoshgacha va tana vazni ≥35 kg bo‘lgan o‘smirlar uchun Vireadning tavsiya etilgan dozasi peroral, ovqat bilan, sutkada 1 marta bir tabletkani tashkil qiladi (“Nojo‘ya ta‘sirlari” va “Farmakodinamikasi” bo‘limlariga qarang). Davolashning optimal davomiyligi xozirgi vaqtda aniqlanmagan.
Surunkali V gepatiti bilan xastalangan 2 yoshdan <12 yoshgacha va tana vazni <35 kg bo‘lgan bolalarda dizoproksil fumaratini qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Ma‘lumotlar yo‘q.
Tabletkani yutish kerak. Agar pasientga tabletkani yutish qiyin bo‘lsa, unda Viread tabletkasini, uni taxminan 100 ml suv, apelsin yoki uzum sharbatida eritilganidan keyin darhol qabul qilish mumkin.
O‘tkazib yuborilgan dozalar
Agar dozani qabul qilish o‘tkazib yuborilgan, va dozani odatdagi qabul qilish vaqtidan 12 soatdan kamroq o‘tgan bo‘lsa, unda pasient Vireadni iloji boricha tezroq ovqat bilan qabul qilishi va preparatni qabul qilishni odatdagi tartibiga qaytish kerak. Agar dozani qabul qilish o‘tkazib yuborilgandan keyin 12 soatdan ko‘proq vaqt o‘tgan va preparatning navbatdagi dozasini qabul qilish vaqti yaqinlashayotgan bo‘lsa, unda pasient o‘tkazib yuborilgan dozani qabul qilmasligi, lekin preparatni qabul qilishni odatdagi tartibiga qaytishi kerak.
Agar Viread qabul qilgandan keyin 1 soat davomida pasientda qusish kuzatilsa, yana bir tabletkani qabul qilish kerak. Agar pasientda qusish Viread qabul qilganidan keyin 1 soatdan ko‘proq vaqt o‘tgandan keyin yuz bersa, unda yana bir tabletkani qabul qilmaslik kerak.
Alohida guruhlar
Keksa yoshli pasientlar
Bugungi kunda 65 yoshdan oshgan pasientlar uchun dozalash yuzasidan tavsiya berishga asos bo‘ladigan ma‘lumotlar yo‘q (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang).
Buyrak funksiyasini buzilishi
Tenofovir organizmdan siydik bilan chiqariladi, shuning uchun buyrak disfunksiyasi bo‘lgan pasientlar, tenofovirning yuqori ta‘siriga duchor bo‘ladilar. Buyrak funksiyasini o‘rtacha va og‘ir buzilishlari (kreatinin klirensi <50 ml/min) bo‘lgan pasientlarda tenofovir dizoproksil fumaratining xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha ma‘lumotlar cheklangan. Buyrak funksiyasini ahamiyatsiz buzilishlari (kreatinin klirensi minutiga 50-80 ml) nisbatan xavfsizlik ko‘rsatkichlarni baholash uzoq muddatli kelajakda o‘tkazilmagan. Shu sababli buyrak funksiyasini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda tenofovir dizoproksil fumaratini, agar davolashning potensial foydasi potensial xavfdan yuqori hisoblansa qo‘llash kerak. Kreatinin klirensi <50 ml/min bo‘lgan pasientlar uchun dozalash intervalini muvofiqlashtirish tavsiya etiladi.
Buyrak funksiyasini ahamiyatsiz buzilishlari (kreatinin klirensi minutiga 50-80 ml)
Klinik tadqiqotlar natijasida olingan cheklangan ma‘lumotlar, buyrak funksiyasini ahamiyatsiz buzilishlari bo‘lgan pasientlar uchun tenofovir dizoproksil fumaratining sutkada bir marta dozalashni saqlab qolish foydali ekanligidan dalolat beradi.
Buyrak funksiyasini o‘rtacha buzilishlari (kreatinin klirensi minutiga 30-49 ml)
Vireadning 1 tabletkasini har 48 soatda qabul qilish, OITV-salbiy sub‘ektlarda va buyrak buzilishlarining turli darajalari, shu jumladan gemodializni talab qiluvchi buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi bo‘lgan, V gepatiti virusi bilan infeksiyalanmagan sub‘ektlarda, bir martalik dozaning farmakokinetik ma‘lumotlarini modellash asosida tavsiya etiladi. Lekin bunday dozalash klinik tadqiqotlar doirasida tasdiqlangan emas. Shuning uchun bunday pasientlarda davolashga bo‘lgan klinik reaksiya va buyrak funksiyasini diqqat bilan nazorat qilish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” va “Farmakokinetikasi” bo‘limlariga qarang).
Buyrak funksiyasini og‘ir buzilishlari (kreatinin klirensi <30 ml/min) va gemodializda bo‘lgan pasientlar
Ta‘sir etuvchi moddaning boshqa miqdori bo‘lgan tabletkalar yo‘qligi tufayli, dozaga tegishli tuzatish kiritishni o‘tkazish mumkin emas, shuning uchun bu guruh pasientlari uchun preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Agar muqobil davolash bo‘lmasa, quyidagi tarzda uzaytirilgan yuborish intervallarini qo‘llash mumkin:
- buyrak funksiyasini og‘ir buzilishlari: Vireadning 1 tabletkasi har 72-96 soatlarda (haftada ikki marta) qabul qilinsin;
- gemodializda bo‘lgan pasientlar: gemodializ sessiyasi yakunlangandan keyin Vireadning 1 tabletkasi har 7 sutkada qabul qilinsin*.
Ko‘rsatilgan dozalarni qabul qilish intervaliga tuzatish kiritish klinik tadqiqotlar doirasida tasdiqlangan emas. Modellash, dozalashni davomli intervali optimal emaslini va yuqori toksiklikka va, ehtimol, noadekvat reaksiyaga olib kelishi mumkinligini taxmin qilishga asos bo‘ladi. Shu sababdan klinik reaksiyani va buyrak funksiyasini diqqat bilan nazorat qilish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” va “Farmakokinetikasi” bo‘limlariga qarang).
* Odatda, haftada 1 marta yuborishga, har biri taxminan 4 soat davomiylikdagi haftada gemodializning 3 sessiyasida yoki 12 soatlik kumulyativ gemodializdan keyin yo‘l qo‘yiladi.
Klirensi < 10 ml/min bo‘lgan gemodializsiz pasientlar uchun dozalash bo‘yicha tavsiyalar berish mumkin emas.
Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pediatrik pasientlarda tenofovir dizoproksil fumaratini qo‘llash tavsiya etilmaydi (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang).
Jigar funksiyasini buzilishi
Jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar uchun dozaga tuzatish kiritishga zarurati yo‘q (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” va “Farmakokinetikasi” bo‘limlariga qarang).
Yondosh OITV infeksiyalangan yoki yondosh infeksiyalanish bo‘lmagan surunkali V gepatiti bo‘lgan pasientlarda Vireadni qabul qilish to‘xtatilganda, gepatitning belgilarining zo‘rayishini aniqlash maqsadida diqqat bilan kuzatish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang).
Nojo‘ya ta‘sirlari
Xavfsizlik profili bo‘yicha qisqa ma‘lumotlar
OITV-1 va V gepatiti
Buyrak funksiyasini buzilishlari, buyrak yetishmovchiligi va proksimal buyrak tubulopatiyasi (shu jumladan Fankoni sindromi) holatlari haqida kam xabar berilgan, ular ba‘zida tenofovir dizoproksil fumarati qabul qilgan pasientlarda suyak anomaliyalariga (kam hollarda – sinishlarga) olib kelgan. Viread qabul qilayotgan pasientlar uchun buyrak funksiyasini kuzatish tavsiya etiladi (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang).
OITV-1.
Tenofovir dizoproksil fumaratini boshqa antiretrovirus preparatlar bilan birga davolashga javoban bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar, taxminan pasientlarning uchdan birida kutilishi mumkin. Bunday reaksiyalar, odatda, me‘da-ichak yo‘llaridagi ahamiyatsizdan to og‘irligi o‘rtacha darajali ko‘rinishlardan iborat bo‘ladi. Tenofovir dizoproksil fumarati bilan davolangan taxminan 1% pasientlar, me‘da-ichak yo‘llari tomonidan reaksiyalar tufayli davolashni to‘xtatganlar.
Viread va didanozinni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki bu nojo‘ya reaksiyalar xavfini oshishiga olib kelishi mumkin (“Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang). Pankreatit kasalligi va laktatasidoz bilan kasallanish hollari, ba‘zida o‘lim bilan yakunlangan hollari haqida kam xabar berilgan (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang).
V gepatiti
Tenofovir dizoproksil fumarati bilan davolashga nojo‘ya reaksiyalar (asosan ahamiyatsiz) pasientlarning taxminan to‘rtdan birida kutilishi mumkin. V gepatiti virusi bilan infeksiyalangan pasientlarni o‘rganish bo‘yicha klinik tadqiqotlar vaqtida tenofovir dizoproksil fumaratiga eng ko‘p reaksiya ko‘ngil aynishi (5,4%) bo‘lgan.
Davolangan pasientlarda, shuningdek V gepatitini davolashni to‘xtatgan pasientlarda, gepatitni kuchli zo‘rayish hollari haqida xabar berilgan (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang).
Nojo‘ya reaksiyalarining umumlashtirilgan jadvali
Tenofovir dizoproksil fumaratiga javoban yuz bergan nojo‘ya reaksiyalarni baholash klinik tadqiqotlar davomida va postmarketing tahlil jarayonida olingan xavfsizlik bo‘yicha ma‘lumotlarga asoslangan. Barcha nojo‘ya reaksiyalar 1-jadvalda ko‘rsatilgan.
OITV-1 klinik tadqiqotlari
OITV-1 klinik tadqiqotlarining ma‘lumotlari bo‘yicha nojo‘ya reaksiyalarni baholash, ilgari davolangan, tenofovir dizoproksil fumarati (n=443) yoki plaseboni (n=210) boshqa antiretrovirus preparatlar bilan birga 24 hafta davomida qabul qilgan 653 nafar pasient ishtirokidagi ikkita tadqiqotning natijalariga, shuningdek ilgari davolanmagan, 245 mg tenofovir dizoproksilni (fumarat shaklida) (n=299) yoki stavudin (n=310) ni lamuvidin va efavirens bilan birga 144 hafta davomida qabul qilgan 600 nafar pasient ishtirokidagi ikki yoqlama yashirin qiyosiy nazoratli tadqiqotning ma‘lumotlariga asoslanadi.
V gepatiti bo‘yicha klinik tadqiqotlar
V gepatitining klinik tadqiqotlarining ma‘lumotlari bo‘yicha nojo‘ya reaksiyalarni baholash asosan ikkita ikki yoqlama yashirin qiyosiy nazoratli klinik tadqiqotlarning natijalariga asoslangan bo‘lib, uning doirasida surunkali V gepatiti va jigarning kompensasiyalangan kasalligi bo‘lgan 641 pasientlar 245 mg tenofovir dizoproksilni (fumarati shaklida) har kuni (n=426) yoki 10 mg adefovir dipivoksilni har kuni (n=215) 48 hafta davomida qabul qilishgan. 384-haftalik uzuluksiz davolash davomida kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalar, tenofovir dizoproksil fumaratining xavfsizlik profiliga to‘g‘ri keladi. Davolashning birinchi 4 haftasi o‘tgach, buyrak funksiyasini boshlang‘ich taxminan minutiga 4,9 ml ga (Kokroft-Golt formulasi bo‘yicha) yoki 3,9 ml/min/1,73 m2 ga pasayishi (buyrak kasalliklarida parhezni modifikasiya qilish [MDRD] formulasi bo‘yicha) tenofovir dizoproksil fumaratini qabul qilayotgan pasientlarda aniqlangan dastlabki buyrak funksiyasini har yilgi pasayish tezligiga nisbatan, bir yilda minutiga 1,41 ml ni (Kokroft-Golt formulasi bo‘yicha) yoki 0,74 ml/minut/1,73 m2 ni (MDRD formulasi bo‘yicha) tashkil qildi.
Jigarning dekompensasiyalangan kasalliklari bo‘lgan pasientlar
Jigarning dekompensasiyalangan kasalliklari bo‘lgan pasientlar uchun tenofovir dizoproksil fumaratining xavfsizlik profili ikki tomonlama yashirin nazoratli tadqiqotlar vaqtida (GS-US-174-0108) baholangan, uning doirasida pasientlar tenofovir dizoproksil fumarati (n=45) yoki emtrisitabin plyus tenofovir dizoproksil fumarati (n=45), yoki entekavir (n=22) bilan 48 hafta davomida davolanganlar.
Tenofovir dizoproksil fumarati qabul qilgan guruhda 7% pasientlar nojo‘ya reaksiyalar tufayli davolashni to‘xtatganlar, 9% pasientlarda esa zardobda kreatininni ≥0,5 mg/dl ga tasdiqlangan oshishi yoki zardobda fosfat darajasi <2 mg/dl bo‘lgan tasdiqlangan oshishi 48 haftagacha aniqlangan. Tenofovirni majmuaviy qabul qilgan guruh va entekavirni qabul qilgan guruh orasida statistik ahamiyatli farq bo‘lmagan. 168 haftadan keyin tenofovir dizoproksil fumarati qabul qilgan guruhda 16% (7/45), emtrisitabin va tenofovir dizoproksil fumarati qabul qilgan guruhda 4% (2/45) va entekavir qabul qilgan guruhda 14% (3/22) yetishmovchilikni buzilishini ko‘rsatgan. Tenofovir dizoproksil fumarati qabul qilgan guruhda o‘n uch foiz (6/45), emtrisitabin va tenofovir dizoproksil fumarati qabul qilgan guruhda 13% (6/45) va entekavir qabul qilgan guruhda 9% (2/22) zardobda kreatininni ≥0,5 mg/dl oshishini tasdiqlagan yoki zardobda fosfat darajasini <2 mg/dl tasdiqlangan.
Jigarning dekompensasiyalangan kasalligi bo‘lgan pasientlar orasida 168 haftada o‘lim darajasi tenofovir dizoproksil fumarati qabul qilgan guruhda 13% (5/45), emtrisitabin va tenofovir dizoproksil fumarati qabul qilgan guruhda 11% (2/45) va entekavir qabul qilgan guruhda 14% (3/22) bo‘lgan. Gepatosellyulyar karsinoma darajasi tenofovir dizoproksil fumarati qabul qilgan guruhda 18% (8/45), emtrisitabin va tenofovir dizoproksil fumarati qabul qilgan guruhda 7% (2345) va entekavir qabul qilgan guruhda 9% (2/22) bo‘lgan. SRT ni yuqori dastlabki ko‘rsatkichi bo‘lgan sub‘ektlarda jiddiy nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanishining yuqoriroq xavfi bo‘lgan (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang bo‘limiga qarang).
Lamivudinga rezistent surunkali V gepatiti bo‘lgan pasientlar
Ikki tomonlama yashirin randomizasiyalangan tadqiqotlar (GS-US-174-0121) vaqtida tenofovir dizoproksil fumaratiga yangi nojo‘ya reaksiyalar aniqlanmagan bo‘lib, uning doirasida lamivudinga-rezistent 280 nafar pasient tenofovir dizoproksil fumarati (n=141) yoki emtrisitabin plyus tenofovir dizoproksil fumarati (n=139) bilan 96 hafta davomida davolanganlar.
Nojo‘ya reaksiyalar davolashga potensial (yoki, eng kamida, mumkin bo‘lgan) nisbati bilan quyida a‘zolar sinfi va tez-tezligi bo‘yicha keltiriladi. Har bir guruh chegarasida tez-tezligi bo‘yicha nohush ko‘rinishlar jiddiyligini kamayishi tartibida keltirilgan. Nojo‘ya reaksiyalar tez-tezligi quyidagicha aniqlanadi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha) va kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha).
1-jadval
Klinik tadqiqotlar va postmarketing taxlil asosidagi tenofovir dizoproksil fumaratini qabul qilish bilan bog‘liq nojo‘ya reaksiyalar haqida qisqa ma‘lumotlar
A‘zolar tizimi sinfi va tez-tezligi | Nojo‘ya reaksiyalar |
Moddalao almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar | |
Juda tez-tez | Gipofosfatemiya1 |
Tez-tez emas | Gipokaliemiya1 |
Kam hollarda | Laktatasidoz |
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar | |
Juda tez-tez | Bosh aylanishi |
Tez-tez | Bosh og‘rig‘i |
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar | |
Juda tez-tez | Diareya, qusish, ko‘ngil aynishi |
Tez-tez | Qorinda og‘riq, qorinni dam bo‘lishi, meteorizm |
Tez-tez emas | Pankreatit3 |
Jigar va o‘t- chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar | |
Tez-tez | Transaminazalar darajasini oshishi |
Kam hollarda | Jigarning yog‘li degenerasiyasi, gepatit |
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar | |
Juda tez-tez | Toshmalar |
Kam hollarda | Angionevrotik shish |
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar | |
Tez-tez emas | Rabdomioliz1, mushak kuchsizligi1 |
Kam hollarda | Osteomalyasiya (suyaklarda og‘riq sifatida namoyon bo‘ladi va kam hollarda sinishlarning sabablaridan biri hisoblanadi)1,2, miopatiya1 |
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar | |
Tez-tez emas | Kreatininni oshishi |
Kam hollarda | O‘tkir buyrak yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi, o‘tkir tubulyar nekroz, proksimal buyrak tubulopatiyasi (shu jumladan Fankoni sindromi), nefrit (shu jumladan o‘tkir interstisial nefrit)2, nefrogen qandli diabet |
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar | |
Juda tez-tez | Asteniya |
Tez-tez | Charchoqlik |
1 Nojo‘ya reaksiya proksimal buyrak tubulopatiyasi oqibati sifatida paydo bo‘lishi mumkin. Bu kasallik bo‘lmaganda u tenofovir dizoproksil fumarati bilan sababli bog‘liqlikka ega deb hisoblanmaydi.
2 Nojo‘ya reaksiya postmarketing tadqiqot vaqtida aniqlangan, lekin randomizasiyalangan nazoratli tadqiqotlar yoki tenofovir dizoproksil fumaratiga bo‘lgan keng dastur vaqtida kuzatilmagan. Uchrash tezligi mezoni randomizasiyalangan nazoratli tadqiqotlar va kirishga ruxsat kengaytirilgan dastur doirasida tenofovir dizoproksil fumaratini qabul qilgan pasientlarning umumiy soni (n=7319) asosida statistik hisoblar bo‘yicha aniqlangan.
Ayrim nojo‘ya reaksiyalarning ta‘rifi
OITV-1 va V gepatiti
Buyrak funksiyasini buzilishi
Viread buyrak funksiyasini buzilishiga olib kelishi mumkinligi tufayli, buyrak funksiyasini kuzatish tavsiya etiladi (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” va “Xavfsizlik profili bo‘yicha qisqacha ma‘lumotlar” bo‘limlariga qarang). Proksimal buyrak kanalchalarini shikastlanishi odatda o‘tib ketadi yoki uning og‘irligi tenofovir dizoproksil fumaratini qabul qilish to‘xtatilganidan keyin pasayadi. Biroq ayrim pasientlarda tenofovir dizoproksil fumarati bekor qilinganiga qaramay, pasaygan kreatinin klirensi tiklanmagan. Buyrak funksiyasini buzilish xavfi bo‘lgan pasientlarda (masalan, dastlabki holatda buyrak funksiyasini buzilish xavfi bo‘lgan pasientlar, OITV-infeksiyasining kechki bosqichlarida yoki nefrotoksik preparatlar bilan yondosh davolash) tenofovir dizoproksil fumarati bekor qilinganidan keyin buyrak funksiyasini to‘liq tiklanmaslik xavfi yuqori bo‘ladi (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang).
OITV-1
Didanozin bilan o‘zaro ta‘siri
Tenofovir dizoproksil fumarati va didanozinni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki bu didanozinning tizimli ta‘sirini 40-60% ga oshishiga olib keladi, bu didanozin bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar xavfini oshishiga olib keladi (“Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang). Ba‘zida o‘lim bilan yakunlanuvchi pankreatit va laktatasidoz bilan kasallanish hollari haqida kam xabar berilgan.
Metabolizm parametrlari
Antiretrovirus terapiya o‘tkazilganda tana vazni oshishi mumkin va qonda glyukoza va lipidlar darajasi oshishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang).
Immun reaktivasiya sindromi
Og‘ir immun yetishmovchiligi bo‘lgan OITV-infeksiyalangan pasientlarda majmuaviy antiretrovirus davolashni (combination antiretroviral therapy – CART) boshlash vaqtida asimptomatik va opportunistik patogenlarga yallig‘lanish reaksiyasi paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek autoimmun buzilishlar (Greyvs kasalligi kabi) paydo bo‘lishi mumkin. Lekin ta‘riflangan paydo bo‘lish vaqti o‘zgaruvchandir va bu holatlar davolash boshlanganidan keyin ko‘p oylar o‘tgach yuz berishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang).
Osteonekroz
Osteonekroz hollari haqida xabar berilgan, ayniqsa xavfning umumiy tan olingan omillari, OITV-kasalligi bo‘lgan pasientlar yoki majmuaviy antiretrovirus davolash davomli ta‘siri yuzasidan xabar berilgan. (CART). Ko‘rsatilgan ko‘rinishning yuz berish chastotasi noma‘lum (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang).
V gepatiti
Davolash vaqtida gepatitni zo‘rayishi
Tadqiqotlar doirasida ilgari nukleozidlar qabul qilmagan pasientlar orasida, davolash vaqtida ALT darajasini normaning yuqori chegarasidan 10 martadan ko‘proqqa oshishi va boshlang‘ich darajadan 2 martadan ko‘proqqa oshishi, tenofovir dizoproksil fumarati bilan davolangan 2,6% pasientlarda kuzatilgan. ALT darajasini namoyon bo‘lishigacha 8 haftani tashkil qiluvchi o‘rtacha vaqt bilan oshishi, uzoq muddatli davolashda muvofiqlashtirilgan. ALT ni bunday oshishi ko‘pchilik hollarda virusli yuklamani ≥2 log10 nusxa/ml kamayishi bilan bog‘liq, u ALT ni oshishidan oldin yuz bergan yoki unga to‘g‘ri kelgan. Davolash vaqtida jigar funksiyasini muntazam kuzatish tavsiya etiladi (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang).
Davolash to‘xtatilganidan keyin gepatitni zo‘rayishi
V gepatiti virusi bilan infeksiyalangan pasientlarda V gepatitini davolash to‘xtatilgandan keyin, gepatitni zo‘rayishining klinik va laborator belgilari paydo bo‘lgan (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang).
Pediatrik pasientlar
OITV-1
Nojo‘ya reaksiyalarni baholash tenofovir dizoproksil fumarati (n=93) yoki plasebo/faol qiyosiy preparatni (n=91) boshqa antiretrovirus preparatlar bilan birga 48 hafta davomida qabul qilgan OITV-1 bilan infeksiyalangan 184 pediatrik (2 yoshdan 18 yoshgacha) pasientlarda o‘tkazilgan ikkita randomizasiyalangan tadqiqotlarga (GS-US-104-0321 va GS-US-104-0352 tadqiqotlar) asoslangan. Tenofovir dizoproksil fumarati bilan davolangan pediatrik pasientlarda kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalar, kattalardagi tenofovir dizoproksil fumaratining klinik tadqiqotlarida kuzatilganiga muvofiq kelgan (“Nojo‘ya ta‘sirlarning umuklashtirilgan ma‘lumotlari” va “Farmakodinamikasi” bo‘limlariga qarang).
Bolalar va o‘smirlarda suyakning mineral zichligi (SMZ) ni pasayish hollari kuzatilgan. OITV-1 bilan infeksiyalangan o‘smirlarda SMZ Z-mezonining qiymatlari, plasebo qabul qilgan guruhga nisbatan, tenofovir dizoproksil fumarati bilan davolash fonida pastroq bo‘lgan. OITV-1 bilan infeksiyalangan bolalarda SMZ Z-mezonining qiymatlari, stavudin yoki zidovudin bilan sxema bo‘yicha davolashni davom ettirayotgan guruhga nisbatan, tenofovir dizoproksil fumaratini qabul qilishga o‘tkazilgan guruhda pastroq bo‘lgan (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” va “Farmakodinamikasi” bo‘limlariga qarang).
GS-US-174-0115 tadqiqotida tenofovir dizoproksil fumaratini qabul qilgan (tenofovir dizoproksil fumaratining ekspozisiyasini o‘rtacha davomiyligi 312 hafta) 89 nafar bolalar va o‘smirlardan 4 nafari proksimal buyrak tubulopatiyasidan dalolat beruvchi noxush reaksiyalar tufayli preparatni qabul qilishni to‘xtatishgan. Yetti nafar pasientda hisoblab chiqilgan buyrak kalavalari filtrasiyasi tezligi (KFT) 1,73 m2 ga minutiga 70 dan 90 ml gachani tashkil etdi. Ular orasidan ikki pasientda hisoblab chiqilgan KFT ko‘rsatkichini klinik ahamiyatli pasayishi yuz bergan bo‘lib, u tenofovir dizoproksil fumarati bekor qilinganidan so‘ng yaxshilandi.
Surunkali V gepatiti
Nojo‘ya reaksiyalarni baholash, 72 hafta davomida 245 mg tenofovir dizoproksil bilan (fumarati shaklida) (n=52) yoki plasebo (n=54) bilan davolashgan surunkali V gepatiti bo‘lgan 106 o‘smirlarda (12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda) o‘tkazilgan bitta randomizasiyalangan tadqiqotga (GS-US-174-0115 tadqiqoti) asoslangan. Tenofovir dizoproksil fumarati bilan davolangan o‘smirlarda kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalar, kattalardagi tenofovir dizoproksil fumaratining klinik tadqiqotlarida kuzatilgan reaksiyalarga muvofiq kelgan (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari – Nojo‘ya ta‘sirlarning umumlashtirilgan ma‘lumotlari” va “Farmakodinamikasi” bo‘limlariga qarang).
Suyaklarning mineral zichligini kamayishi V gepatiti virusi bilan infeksiyalangan o‘smirlarda kuzatilgan. Tenofovir dizoproksil fumaratini qabul qilgan sub‘ektlarda kuzatilgan suyaklarning mineral zichligining Z-mezoni, plasebo qabul qilgan sub‘ektlarda kuzatilgan xuddi shu mezondan pastroq bo‘lgan (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” va “Farmakodinamikasi” bo‘limlariga qarang).
Pasientlarning boshqa alohida toifalari
Keksa yoshdagi pasientlar
Tenofovir dizoproksil fumaratini 65 yoshdan oshgan pasientlar orasida tadqiqotlari o‘tkazilmagan. Keksa yoshli pasientlar buyrak funksiyasini pasayishiga ko‘proq darajada moyil bo‘ladilar, shuning uchun tenofovir dizoproksil fumarati bilan davolash vaqtida bu populyasiyada ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang).
Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar
Tenofovir dizoproksil fumarati nefrotoksiklikka olib kelishi mumkinligi tufayli, Vireadni qabul qilayotgan, buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan katta pasientlarda buyrak funksiyasini diqqat bilan nazorat qilish tavsiya etiladi (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” va “Farmakodinamikasi” bo‘limlariga qarang). Buyrak funksiyasini buzilishlari bo‘lgan pediatrik pasientlarda tenofovir dizoproksil fumaratini qo‘llash tavsiya etilmaydi (“Qo‘llash usuli va dozalari” va “Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limlariga qarang).
Noxush reaksiyalarni yuz berishiga shubhalar to‘g‘risida xabarlar
Dori preparatini qo‘llashga ruxsat berilganidan keyin noxush reaksiyalarni yuz berishiga shubhalar to‘g‘risida xabarlar juda muhimdir. Ular ushbu preparatni qo‘llashdan kutilgan foyda/xavf nisbatini uzluksiz monitoringini o‘tkazish imkonini beradi. Tibbiyot xodimlaridan noxush reaksiyalarga bo‘lgan barcha shubhalar to‘g‘risida xabarlarni berish bo‘yicha milliy tizimlarni qo‘llagan holda xabar berishlari so‘raladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ta‘sir etuvchi moddaga yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlik.
Bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
O‘zaro ta‘sirning ta‘sirini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar faqat kattalarda o‘tkazilgan.
In vitro sharoitidagi tajribalarning natijalari va tenofovirning ma‘lum yuborish yo‘li asosida, CYP450 bilan bog‘liq o‘zaro ta‘sir imkoniyati tenofovir va boshqa dori vositalari ishtirokida past.
Bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi
Vireadni tenofovir dizoproksil fumarati saqlovchi boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Vireadni adefovir dipivoksil bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Didanozin
Tenofovir dizoproksil fumarati va didanozinni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limi va 2 jadvalga qarang).
Buyrak orqali chiqariladigan dori vositalari
Tenofovir asosan buyrak orqali chiqarilishi tufayli, tenofovir dizoproksil fumaratini buyrak funksiyasini pasaytiruvchi yoki hOAT 1, hOAT 3 yoki MRP 4 tashuvchi oqsillar yo‘li bilan buyrak faol naychalari sekresiyasi uchun raqobat qiluvchi dori vositalari (masalan, sidofovir bilan) bilan bir vaqtda qo‘llash, qon zardobida tenofovirning va/yoki bir vaqtda chiqarilayotgan dori preparatlarining qonsentrasiyasini oshirishi mumkin.
Tenofovir dizoproksil fumaratini nefrotoksik dori vositalarini (masalan, aminoglikozidlar, amfoterisin V, foskarnet, gansiklovir, pentamidin, vankomisin, sidofovir va interleykin-2) bilan bir vaqtda yoki yaqin orada qo‘llashdan saqlanish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang).
Takrolim buyrak funksiyasiga ta‘sir qilishi mumkinligini hisobga olib, u tenofovir dizoproksil fumarati bilan bir vaqtda qo‘llanganda sinchiklab kuzatish tavsiya etiladi.
Boshqa o‘zaro ta‘sirlar
Tenofovir dizoproksil fumarati, proteaza ingibitorlari va proteaza ingibitorlari bo‘lmagan antiretrovirus vositalar orasidagi o‘zaro ta‘sir quyida 2 jadvalda berilgan (oshishi – «↓», kamayishi – «↓», o‘zgarishlar yo‘qligi «↔», sutkada ikki marta – «b.i.d.» va sutkada bir marta – «q.d.» belgilangan).
2-jadval
Tenofovir dizoproksil fumarati va boshqa dori vositalari orasidagi o‘zaro ta‘sirlar
Davolashning yo‘nalishlari bo‘yicha dori vositalari (doza mg da) |
Preparatning darajalariga ta‘siri, o‘rtacha foizli o‘zgarish
AUC, Cmax, Cmin |
245 mg tenofovir dizoproksil (fumarat shaklida) bir vaqtda qo‘llash bo‘yicha tavsiya | |
INFEKSIYALARGA QARSHI VOSITALAR | |||
Antiretrovirus preparatlar | |||
Proteaza ingibitorlari | |||
Atanazavir/ritona-
vir (300 q.d./100 q.d./300 q.d.) |
Atanazavir:
AUC: ↓ 25% Cmax: ↓ 28% Cmin: ↓ 26% Tenofovir: AUC: ↑ 37% Cmax: ↑ 34% Cmin: ↑ 29% |
Dozaga tuzatish kiritish tavsiya etilmaydi. Tenofovirga ekspozisiyani oshishi, tenofovir bilan bog‘liq bo‘lgan noxush ko‘rinishlarni, shu jumladan buyrak buzilishlarini, kuchaytirishi mumkin. Buyrak funksiyasini sinchiklab kuzatish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang). | |
Lopinovir/ritona-
vir (400 b.i.d./100 b.i.d./300 q.d.) |
Lopinovir/ritonavir.
Lopinavir/ritonavirning farmakokinetik parametrlariga ahamiyatli ta‘siri yo‘q. Tenofovir: AUC: ↑ 32% Cmax: ↔ Cmin: ↑ 51% |
Dozaga tuzatish kiritish tavsiya etilmaydi. Tenofovirga ekspozisiyani oshishi, tenofovir bilan bog‘liq bo‘lgan nohush ko‘rinishlarni, shu jumladan buyrak buzilishlarini, kuchaytirishi mumkin. Buyrak funksiyasini sinchiklab kuzatish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang). | |
Draunovir/ritona-
Vir (300/100 b.i.d./300 q.d.) |
Darunovir.
Daunovir/ritonavirning farmakokinetik parametrlariga ahamiyatli ta‘siri yo‘q. Tenofovir: AUC: ↑ 22% Cmin: ↑ 37% |
Dozaga tuzatish kiritish tavsiya etilmaydi. Tenofovirga ekspozisiyani oshishi, tenofovir
bilan bog‘liq bo‘lgan nohush ko‘rinishlarni, shu jumladan buyrak buzilishlarini, kuchaytirishi mumkin. Buyrak funksiyasini sinchiklab kuzatish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang). |
|
Qaytuvchi transkriptazaning nukleozidli ingibitorlari | |||
Didanozin | Tenofovir dizoproksil fumarati va didanozinni bir vaqtda qo‘llash, didanozinning tizimli ekspozisiyasini 40-60% ga oshishiga olib keladi, bu didanozin bilan bog‘liq bo‘lgan noxush ko‘rinishlarni oshirishi mumkin. Pankreatit va laktatasidozning tez-tez uchramaydigan, ba‘zida letal hollari haqida xabar berilgan. Tenofovir dizoproksil fumarati va sutkada 400 mg didanozinni bir vaqtda qo‘llash, CD4 xujayralari sonini ahamiyatli kamayishi bilan bog‘liq, ehtimol, xujayraro o‘zaro ta‘sir tufayli, bu fosforlangan (ya‘ni faol) didanozinni oshirsa kerak.
Tenofovir dizoproksil fumarati davolash bilan bir vaqtda qo‘llanadigan Didanozinning 250 mg kamaytirilgan dozalash, OITV-infeksiyasini davolash uchun bir necha tekshirilgan majmualarda virusologik muvaffaqiyatsiz davolashni yuqori tez-tezligi haqidagi xabarlar bilan bog‘liq bo‘lgan |
Tenofovir dizoproksil fumarati va didanozinni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang). | |
Adefovir d ipivoksil | AUC: ↔
Cmin: ↔ |
Tenofovir dizoproksil fumaratini adefovir dipivoksil bilan bir vaqtda
qo‘llash mumkin emas (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang). |
|
Entekavir | AUC: ↔
Cmin: ↔ |
Tenofovir dizoproksil fumarati entekavir bilan bir vaqtda qo‘llanganda klinik ahamiyatli farmakokinetik o‘zaro ta‘sirlar bo‘lmagan. | |
S gepatitini davolash uchun viruslarga qarshi vositalar | |||
Ledipasvir/sofosbuvir
(90 mg/400 mg q.d.) + Atazanavir/Ritonavir (300 mg q.d./100 mg q.d.) + Emtrisitabin/tenofovir dizoproksil fumarati (200 mg/300 mg q.d.)1 |
Ledipasvir:
AUC: ↑ 96 % Cmax: ↑ 68 % Cmin: ↑ 118 %
Sofosbuvir: AUC: ↔ Cmax: ↔
GS‑3310072: AUC: ↔ Cmax: ↔ Cmin: ↑ 42 %
Atazanavir: AUC: ↔ Cmax: ↔ Cmin: ↑ 63 %
Ritonavir: AUC: ↔ Cmax: ↔ Cmin: ↑ 45 %
Emtrisitabin: AUC: ↔ Cmax: ↔ Cmin: ↔
Tenofovir: AUC: ↔ Cmax: ↑ 47 % Cmin: ↑ 47 % |
Tenofovir dizoproksil fumaratini, ledipasvir/sofosbuvir va atazanavir/ritonavir bilan birga yuborilganda plazmada tenofovirning konsentrasiyasini oshishi tenofovir dizoproksil fumarati bilan bog‘liq bo‘lgan noxush reaksiyalarni, shu jumladan buyrakdagi buzilishlarni kuchaytirishi mumkin. Tenofovir dizoproksil fumaratining ledipasvir/sofosbuvir va farmakokinetikani kuchaytiruvchi preparatlar (masalan, ritonavir yoki kobisistat bilan) bilan qo‘shib qo‘llangandagi xavfsizligi aniqlanmagan.
Ushbu majmuani, agar boshqa davolash variantlari bo‘lmasa, buyrak funksiyasini tez-tez nazorati ostida ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang).
|
|
Ledipasvir/sofosbuvir
(90 mg/400 mg q.d.) + Darunavir/ritonavir (800 mg q.d./100 mg q.d.) + Emtrisitabin/tenofovir dizoproksil fumarati (200 mg/300 mg q.d.)1 |
Ledipasvir:
AUC: ↔ Cmax: ↔ Cmin: ↔
Sofosbuvir: AUC: ↓ 27 % Cmax: ↓ 37 %
GS‑3310072: AUC: ↔ Cmax: ↔ Cmin: ↔
Darunavir: AUC: ↔ Cmax: ↔ Cmin: ↔
Ritonavir: AUC: ↔ Cmax: ↔ Cmin: ↑ 48 %
Emtrisitabin: AUC: ↔ Cmax: ↔ Cmin: ↔
Tenofovir: AUC: ↑ 50 % Cmax: ↑ 64 % Cmin: ↑ 59 % |
Tenofovir dizoproksil fumaratini, ledipasvir/sofosbuvir va atazanavir/ritonavir bilan birga yuborilganda plazmada tenofovirning konsentrasiyasini oshishi tenofovir dizoproksil fumarati bilan bog‘liq bo‘lgan noxush reaksiyalarni, shu jumladan buyrakdagi buzilishlarni kuchaytirishi mumkin. Tenofovir dizoproksil fumaratining ledipasvir/sofosbuvir va farmakokinetikani kuchaytiruvchi preparatlar (masalan, ritonavir yoki kobisistat bilan) bilan qo‘shib qo‘llangandagi xavfsizligi aniqlanmagan.
Ushbu majmuani, agar boshqa davolash variantlari bo‘lmasa, buyrak funksiyasini tez-tez nazorati ostida ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang).
|
|
Ledipasvir/sofosbuvir
(90 mg/400 mg q.d.) + Efavirenz/emtrisitabin/tenofovir dizoproksil fumarati (600 mg/200 mg/300 mg q.d.) |
Ledipasvir:
AUC: ↓ 34 % Cmax: ↓ 34 % Cmin: ↓ Chiqarish shakllari
VIREAD tabletkalari 300mg N30 Дельта Медикел, ЧП, Украина произведено: Takeda GmbH, Германия для Gilead Sciences, Inc., США
Germaniya
O'xshash dori vositalari
VIREAD dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VIREAD dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VIREAD dori vositasi Дельта Медикел, ЧП, Украина произведено: Takeda GmbH, Германия для Gilead Sciences, Inc., США tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?
Virusga qarshi
Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?Savol qoldirish Barcha rasmlar
«VIREAD» dorisining ta'rifi Apteka.uz saytida qisqartilirlgan yoki rasmiy ko'rsatmalar bilan to'ldirilgan bo'lishi mumkin.
Dorini sotib olishdan va ishlatishdan oldin siz shifokor bilan maslahatlashib, ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan izoh bilan tanishishingiz kerak.
Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati
|