VIROGEL ko'rsatmalar
DORI VOSITASI ISTE‘MOLCHILAR UCHUN
ILOVA-VARAQA
VIROGEL
3 mg/10 mg/g gel
Tarkibi:
1 g Virogel quyidagilarni saqlaydi:
Faol moddalar:
Ignabargli daraxtlar efir moyi (Pini aetheroleum) – 3 mg,
Silbiol (Silbiolum) – 10 mg
Yordamchi moddalar:
Karbomer, trolamin, etil spirti, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, tozalangan suv.
Dori shakli: nazal qo‘llash uchun ignabargli daraxtlar hidili tiniq bo‘lmagan sarg‘ish gel.
Farmakoterapevtik guruhi: viruslarga qarshi vosita.
ATX kodi: R01A X10
Farmakologik ta‘siri
Gel nazal qo‘llanganida grippni ilk davrida davolash uchun ishlatiladi. Gel burun bo‘shlig‘ida rinovirus ko‘payishini ingibisiya qiladi, burun shilliq qavatining qon tomirlarini torayishiga yordam beradi va sekresiyani (ajralib chiqishini) kamaytiradi, burunda salqinlik hissini hosil qiladi.
Qo‘llanilishi
Virus etiologiyali tumovni simptomatik davolash, kattalar va 3 yoshdan oshgan bolalarda nafas yo‘llarining rinovirus va gripp virusidan profilaktik himoyalash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Gelning faol moddalariga va/yoki gelning har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik;
- 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik choralari va qo‘llashdagi maxsus ko‘rsatmalar
Gelni ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘yilmasin, chunki gel ko‘zning shilliq qavatiga ta‘sirlovchi xususiyatlarga ega. Gel ko‘zga tushganida ko‘p miqdordagi iliq suv bilan yuvib tashlash kerak.
Homiladorlik va laktasiya : qo‘llash bo‘yicha cheklovlar yo‘q.
Transport vositalarini haydash va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasi ta‘sirining o‘ziga xosligi
Gel transport vositalarini haydash va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan va ko‘rmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin!
.
Dorilarni o‘zaro ta‘siri
Ma‘lumotlar yo‘q.
Qo‘llash usuli va dozalari
Gelning ko‘p bo‘lmagan miqdori burun bo‘shlig‘ining oldingi qismiga yupqa qavat qilib qo‘yiladi va burun orqali keskin nafas olib, gelni burun bo‘shlig‘iga chuqurroq kirishiga erishiladi.
Profilaktika maqsadida gel har 4 soatda qo‘yiladi, kasallikda esa – har soatda qo‘yiladi. Preparat 1-2 hafta qo‘llanadi, surunkali kasalliklarda shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha davolashni uzaytirish mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparat qo‘llanganida ba‘zida ignabargli daraxt turlarining efir moylariga nisbatan yuqori sezuvchanlikka ega bo‘lgan shaxslarda allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Allergiya simptomlari yoki boshqa noxush reaksiyalar paydo bo‘lgan holda, darhol davolovchi shifokor bilan preparatni qo‘llashni keyinchalik davom ettirish bo‘yicha maslahatlashish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Gel qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga muvofiq ishlatilganida, dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam.
Chiqarilish shakli va o‘rami
Alyumin tubalarda 15 g dan, tubalar ilova-varaqasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Qo‘llashga tayyorlash va yo‘qotish bo‘yicha ko‘rsatma
Maxsus ko‘rsatmalar yo‘q.
Chiqarish shakllari