×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VIRO gel 15g 3mg/10mg

Kategoriya:
- Nazal vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Latviya
Faol modda:
силбиол, тяжелая фракция хвойного эфирного масла
Ishlab chiqaruvchi:
- ЛМП, ООО
ATX kodi:
- R01AX10
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

OTRIVIN sprey 10ml 0,1% ГСК Консьюмер Хелскер С.А. Shveytsariya
27 600 s`om dan
GALAZOLIN burun uchun tomchilar 10ml 0,05% Польфа, Варшавский фармацевтический завод АО Polsha
7 800 s`om dan
KSIMELIN burun uchun tomchilar 10ml 0,1% N1 Takeda Pharma A/S, Дания произведено: Takeda GmbH Germaniya
ZEDPAR gel 30g Combitic Global Caplet Pvt. Ltd. Hindiston
18 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VIRO gel 15g 3mg/10mg qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

DORI VOSITASI ISTE‘MOLCHILAR UCHUN

ILOVA-VARAQA

 

VIROGEL

3 mg/10 mg/g gel

 

Tarkibi:

1 g Virogel quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar:

Ignabargli daraxtlar efir moyi (Pini aetheroleum) – 3 mg,

Silbiol (Silbiolum) – 10 mg

Yordamchi moddalar:

Karbomer, trolamin, etil spirti, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, tozalangan suv.

Dori shakli: nazal qo‘llash uchun ignabargli daraxtlar hidili tiniq bo‘lmagan sarg‘ish gel.

Farmakoterapevtik guruhi: viruslarga qarshi vosita.

ATX kodi: R01A X10

Farmakologik ta‘siri

Gel nazal qo‘llanganida grippni ilk davrida davolash uchun ishlatiladi. Gel burun bo‘shlig‘ida rinovirus ko‘payishini ingibisiya qiladi, burun shilliq qavatining qon tomirlarini torayishiga yordam beradi va sekresiyani (ajralib chiqishini) kamaytiradi, burunda salqinlik hissini hosil qiladi.

Qo‘llanilishi

Virus etiologiyali tumovni simptomatik davolash, kattalar va 3 yoshdan oshgan bolalarda nafas yo‘llarining rinovirus va gripp virusidan profilaktik himoyalash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Gelning faol moddalariga va/yoki gelning har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik;
  • 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik choralari va qo‘llashdagi maxsus ko‘rsatmalar

Gelni ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘yilmasin, chunki gel ko‘zning shilliq qavatiga ta‘sirlovchi xususiyatlarga ega. Gel ko‘zga tushganida ko‘p miqdordagi iliq suv bilan yuvib tashlash kerak.

Homiladorlik va laktasiya : qo‘llash bo‘yicha cheklovlar yo‘q.

Transport vositalarini haydash va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasi ta‘sirining o‘ziga xosligi

Gel transport vositalarini haydash va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan va ko‘rmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin!

.

Dorilarni o‘zaro ta‘siri

Ma‘lumotlar yo‘q.

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Gelning ko‘p bo‘lmagan miqdori burun bo‘shlig‘ining oldingi qismiga yupqa qavat qilib qo‘yiladi va burun orqali keskin nafas olib, gelni burun bo‘shlig‘iga chuqurroq kirishiga erishiladi.

Profilaktika maqsadida gel har 4 soatda qo‘yiladi, kasallikda esa – har soatda qo‘yiladi. Preparat 1-2 hafta qo‘llanadi, surunkali kasalliklarda shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha davolashni uzaytirish mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat qo‘llanganida ba‘zida ignabargli daraxt turlarining efir moylariga nisbatan yuqori sezuvchanlikka ega bo‘lgan shaxslarda allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Allergiya simptomlari yoki boshqa noxush reaksiyalar paydo bo‘lgan holda, darhol davolovchi shifokor bilan preparatni qo‘llashni keyinchalik davom ettirish bo‘yicha maslahatlashish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Gel qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga muvofiq ishlatilganida, dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam.

 

Chiqarilish shakli va o‘rami

Alyumin tubalarda 15 g dan, tubalar ilova-varaqasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Qo‘llashga tayyorlash va yo‘qotish bo‘yicha ko‘rsatma

Maxsus ko‘rsatmalar yo‘q.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VIRO gel 15g 3mg/10mg dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VIRO gel 15g 3mg/10mg dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VIRO gel 15g 3mg/10mg dori vositasi ЛМП, ООО tomonidan Latviya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VIRO gel 15g 3mg/10mg dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VIRO gel 15g 3mg/10mg dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
SANA gel 15 g 20 mg/g
PERMETRIN LMP gel 50 mg/g 40 g
SANA gel 15 g 30 mg/g
UMEKSOL gel 10mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Ishlab chiqaruvchi: ЛМП, ООО
STOMA gel 15 g 5 mg/g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Ishlab chiqaruvchi: ЛМП, ООО
STOMA gel 15 g 20 mg/g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Ishlab chiqaruvchi: ЛМП, ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9