Vitaprostning aptekalardagi narxlari
VITAPROST tabletkalari 20mg N20
|
|
213 ta dorixonada bor
|
180 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
260 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
218 400 so'mdan
Bron qilish
|
VITAPROST suppozitorii 10mg N10
|
|
238 ta dorixonada bor
|
183 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
226 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
165 000 so'mdan
Bron qilish
|
VITAPROST FORTE suppozitorii 20mg N10
|
|
222 ta dorixonada bor
|
195 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
260 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
215 000 so'mdan
Bron qilish
|
VITAPROST PLYUS suppozitorii 400mg+20mg N10
|
|
180 ta dorixonada bor
|
180 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
184 800 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Vitaprost ko'rsatmalar
VITAPROST®
dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha
YO‘RIQNOMA
Preparatning savdo nomi Vitaprost®
Xalqaro patentlanmagan nomi Prostata ekstrakti
Dori shakli Rektal suppozitoriylar
Tarkibi:
Bir suppozitoriy saqlaydi:
ta‘sir qiluvchi modda: prostata ekstrakti – 50 mg, suvda eruvchi peptidlarga qayta hisoblaganda – 10 mg;
suppozitoriylar uchun asos: qattiq yog‘ (H 15, W 35 markali Vitepsol, NA 15, NAS 50 markali Supposir) – 1,25 g vaznli suppozitoriy olish uchun yetarli miqdorda.
Ta‘rifi: oqdan to sarg‘ish yoki to‘q qo‘ng‘irroq tusli oq rangli, torpedasimon shaklli suppozitoriylar.
Farmakoterapevtik guruhi
Surunkali prostatitlarni davolash uchun vosita
ATX kodi: G04BX
Farmakologik xususiyatlari
Vitaprost® prostata beziga organotrop ta‘sirga ega. Prostata bezini shishi, leykositar infiltrasiyani kamaytiradi, epitelial xujayralarining sekretor faolligini normallashtiradi, asinuslar shirasidagi lesitin zarrachalari sonini oshiradi, qovuqning mushak tonusini rag‘batlantiradi. Tromblar hosil bo‘lishini kamaytirishi, antiagregant faolligi hisobiga prostata bezida mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi, prostata bezida venulalar trombozini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Vitaprost® prostata bezi va eyakulyatning parametrlarini me‘yorlashtiradi. Og‘riq va diskomfortni kamaytiradi, dizurik ko‘rinishlarni yo‘qotadi, kopulyativ faoliyatni yaxshilaydi.
Qo‘llanilishi
Surunkali prostatit, prostata bezidagi jarrohlik aralashuvlardan oldingi va keyingi holatlar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rektal, ichak o‘z-o‘zidan bo‘shalganidan keyin yoki tozalovchi klizmadan so‘ng 1 suppozitoriydan kuniga bir marta qo‘llanadi. Suppozitoriy kiritilganidan so‘ng pasientni 30-40 minut davomida o‘rinda yotishi maqsadga muvofiqdir. Vitaprost® preparati bilan davolash kursining davomiyligi kamida 10 kun.
Nojo‘ya ta‘siri
Allergik reaksiyalar.
Dozani oshirib yuborilishi
Vitaprost® preparatining dozasini oshirib yuborish hollari to‘g‘risida xabar berilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Preparat diqqatni yuqori jamlanishi va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish (shu jumladan transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash) qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Chiqarilish shakli
Rektal suppozitoriylar 10 mg. 5 suppozitoriy polivinilxlorid plyonka yoki polietilen bilan laminirlangan polivinilxlorid plyonka kontur uyali o‘ramda. Bir yoki ikki kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Yaroqlilik muddati
2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin.
Saqlash sharoiti
Bolalar olaolmaydigan joyda, 20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz
5 suppozitoriy polietilen bilan laminatsiya qilingan polivinilxlorid kontur uyali o‘ramga joylangan.
Bir yoki ikki kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Beta-laktamaza, patogen tomonidan ishlab chiqarilgan, lomefloksatsinning faoliga ta'sir qilmaydi. Gram-manfiy aerob mikroorganizmlarga qarshi faol: Citrobacter diversus, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Klebsiella pneumoniae, Moraxella catarrhalis, Proteus mirabilis, Pseudomonas aeruginosa (faqat siydik yullari infeksiyalari uchun); Gram-musbat aerob mikroorganizmlar: Staphylococcus saprophyticus, boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia trachomatis. Minimal ingibitiv kontsentratsiyasi 2 mkg/ml ni tashkil qilgan xolda, u quydagi mikroorganimlarga qarshi faoldir (ammo, bu mikroorganimlar keltirib chiqaradigan infektsiyalarning klinik samaradorligi qatiy nazorat ostida o‘rganilmagan): gram-musbat aerob mikroorganizmlar Staphylococcus aureus (shu jumladan metitsillinga chidamli shtammlar), Staphylococcus epidermidis (shu jumladan metitsillinga chidamli shtammlar) gram-manfiy aerob mikroorganizmlarga Aeromonas hydrophila, Citrobacter freundii, Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomerans, Haemophilus parainfluenzae, Hafnia alvei, Klebsiella oxytoca, Klebsiella ozaenae, Morganella morganii, Proteus vulgaris, Providencia alcalifaciens, Providencia rettgeri, Serratia liquefaciens, Serratia marcescens; va boshqa mikroorganizmlar. Legionella pneumophila. Lemofloksatsinga chidamli: Streptococcus spp. grupp A, V, D i G, Streptococcus pneumoniae, Pseudomonas cepacia, Ureaplasma urealyticum, Mycoplasma hominisa va anaerob bakteriyalar. Tashqi- va xujayra ichidagi joylashkan joyga ta'sir qiladi Mycobacterium tuberculosis, ularning tanadan ajratib chiqish vaqtini qisqartiradi, infiltratlarni tezroq so‘rilishini ta'minlaydi. Ko‘pchilik mikroorganizmlarga past kontsentratsiyalarda ta'sir qiladi (90% shtammlarni o‘sishini bostirish uchun kerak bo‘lgan kontsentratsiya 1 mkg/ml dan oshmaydi). Rezistentlik kam rivojlanadi.
Prostata bezining ektrakti prostata beziga organotrop ta'sir ko‘rsatadi. Prostata bezining shishish darajasini, leykotsitar infilьtratsiyasini kamaytiradi, epitelial xujayralarining sekretor faoliyatini normallashtiradi, atsinuslar shirasidagi letsitin donachalarining sonini oshiradi, qovuqning mushak tonusini rag‘batlantiradi. Tromb hosil bo‘lishini kamaytiradi, antiagregant faollikka ega, prostata bezida venulalarning trombozini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Vitaprost® Plyus prostata bezi va eyakulyatning parametrlarini me'yorlashtiradi. Og‘riq va diskomfortni kamaytiradi, kopulyativ faoliyatni yaxshilaydi.
Chiqarish shakllari