×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VITAPROST rektal suppozitorialar 10mg N10

Kategoriya:
- Urologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Простаты экстракт, пептиды
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Нижфарм, АО
Vakil:
- IP MChJ "STADA SUBSIDIARY"
ATX kodi:
- G04BХ
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 238 ta dorixonasida topildi

ico 184 900 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 226 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 197 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VITAPROST rektal suppozitorialar 10mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

VITAPROST®

dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

 

Preparatning savdo nomi Vitaprost®

Xalqaro patentlanmagan nomi Prostata ekstrakti

Dori shakli Rektal suppozitoriylar

Tarkibi:

Bir suppozitoriy saqlaydi:

ta‘sir qiluvchi modda: prostata ekstrakti – 50 mg, suvda eruvchi peptidlarga qayta hisoblaganda – 10 mg;

suppozitoriylar uchun asos: qattiq yog‘ (H 15, W 35 markali Vitepsol, NA 15, NAS 50 markali Supposir) – 1,25 g vaznli suppozitoriy olish uchun yetarli miqdorda.

Ta‘rifi: oqdan to sarg‘ish yoki to‘q qo‘ng‘irroq tusli oq rangli, torpedasimon shaklli suppozitoriylar.

Farmakoterapevtik guruhi

Surunkali prostatitlarni davolash uchun vosita

ATX kodi: G04BX

Farmakologik xususiyatlari

Vitaprost® prostata beziga organotrop ta‘sirga ega. Prostata bezini shishi, leykositar infiltrasiyani kamaytiradi, epitelial xujayralarining sekretor faolligini normallashtiradi, asinuslar shirasidagi lesitin zarrachalari sonini oshiradi, qovuqning mushak tonusini rag‘batlantiradi. Tromblar hosil bo‘lishini kamaytirishi, antiagregant faolligi hisobiga prostata bezida mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi, prostata bezida venulalar trombozini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.

Vitaprost® prostata bezi va eyakulyatning parametrlarini me‘yorlashtiradi. Og‘riq va diskomfortni kamaytiradi, dizurik ko‘rinishlarni yo‘qotadi, kopulyativ faoliyatni yaxshilaydi.

Qo‘llanilishi

Surunkali prostatit, prostata bezidagi jarrohlik aralashuvlardan oldingi va keyingi holatlar.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Qo‘llash usuli va dozalari

Rektal, ichak o‘z-o‘zidan bo‘shalganidan keyin yoki tozalovchi klizmadan so‘ng 1 suppozitoriydan kuniga bir marta qo‘llanadi. Suppozitoriy kiritilganidan so‘ng pasientni 30-40 minut davomida o‘rinda yotishi maqsadga muvofiqdir. Vitaprost® preparati bilan davolash kursining davomiyligi kamida 10 kun.

Nojo‘ya ta‘siri

Allergik reaksiyalar.

Dozani oshirib yuborilishi

Vitaprost® preparatining dozasini oshirib yuborish hollari to‘g‘risida xabar berilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparat diqqatni yuqori jamlanishi va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish (shu jumladan transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash) qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Chiqarilish shakli

Rektal suppozitoriylar 10 mg. 5 suppozitoriy polivinilxlorid plyonka yoki polietilen bilan laminirlangan polivinilxlorid plyonka kontur uyali o‘ramda. Bir yoki ikki kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin.

 

Saqlash sharoiti

Bolalar olaolmaydigan joyda, 20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VITAPROST rektal suppozitorialar 10mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VITAPROST rektal suppozitorialar 10mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VITAPROST rektal suppozitorialar 10mg N10 dori vositasi Нижфарм, АО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VITAPROST rektal suppozitorialar 10mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VITAPROST rektal suppozitorialar 10mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
VITAPROST PLYUS suppozitorii 400mg N10
SINTOMISIN suppozitorii 250mg N10
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
METILURASIL maz 25g 10%
Narh: 6 500 so'mdan Batafsil
GLISERIN suppozitorii 2,11g N10
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
GIOKSIZON maz 10g
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
GIDROKORTIZON maz 10g 1%
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
BENZILBENZOAT maz 25g 20%
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
XONDROKSID gel 30g 5%
Narh: 71 000 so'mdan Batafsil
XONDROKSID maz 30g 5%
Narh: 63 000 so'mdan Batafsil
LEVOMEKOL maz 40g
Narh: 11 900 so'mdan Batafsil
STREPTOSID RASTVORIMIY liniment 30g 5%
Narh: 13 000 so'mdan Batafsil
VITAPROST tabletkalari 20mg N20
Narh: 180 000 so'mdan Batafsil
VITAPROST FORTE suppozitorii N10
Narh: 209 400 so'mdan Batafsil
GEKSIKON suppozitorii 16mg N10
Narh: 71 500 so'mdan Batafsil
DEPANTOL suppozitorii N10
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
OKSOLIN maz 10g 0,25%
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
PROKTOZAN maz 20g
DIKLOVIT suppozitorii 50mg №10
Narh: 22 800 so'mdan Batafsil
FUNGOTERBINNEO gel 15g
TERAFLEKS XONDRO krem 100,0g 1%+5%
TERAFLEKS XONDRO FORTE krem 30g N1
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
Bisakodil nijfarm 0,01 suppozitorii N10
FEMILEKS suppozitorii 0,1g N5
LAVOMAKS 0,125 tabletkalari N6
Другие формы препарата
VITAPROST tabletkalari 20mg N20
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9