YOD ASKning aptekalardagi narxlari
YOD ASK tabletkalari 200mkg N100
|
|
108 ta dorixonada bor
|
15 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
42 800 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
25 800 so'mdan
Bron qilish
|
YOD ASK tabletkalari 100mkg N100
|
|
4 ta dorixonada bor
|
22 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
YOD ASK ko'rsatmalar
-
Yod tanqisligi bilan bog'liq bo'lgan bo'qoqni dorilar bilan yoki xirurgik davolash kursi o'tkazilganidan keyingi bo'qoqni qaytallanishini oldini olish.
-
Tireotoksikozning yaqqol shakllarida operasiyaga tayyorlash.
-
Yod tanqisligi bilan bog'liq bo'lgan yangi tug'ilgan chaqaloqlar, bolalar va o'smirlarda bo'qoqni davolash.
-
Diffuz (eutireoid) bo'qoqni davolashda qo'llaniladi.
- Farmakokinetikasi
- Maxsus shartlar
- Dozirovkasi
- Nojo'ya samaralari
- Dori vositalarining o'zaro ta'siri
- Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
- Farmakodinamikasi
- Ta'rifi
- Nojo'ya ta'sirlari
- Dozani oshirib yuborilishi
Farmakokinetikasi
Preparat ovqat hazm qilish yo'llaridan yaxshi so'riladi, organizmning barcha to'qimalari va suyuqliklarida keng taqsimlanadi. Sog'lom odamlar uchun o'rtacha taqsimlanish hajmi taxminan 23 litrni (tana vaznini 38%) tashkil qiladi. Normada yodning plazmadagi kontsentrasiyasi 0,001 dan 0,005 mkg/ml gachani tashkil qiladi. Qalqonsimon bezida, so'lak bezlarida, sut bezlarida va me'da to'qimalarida to'planadi. So'lakda, me'da shirasida va ko'krak sutidagi kontsentrasiyasi, qon plazmasidagiga qaraganda taxminan 30 marta yuqori. Yuqori biokirishaolishligi bilan ajralib turadi. Asosan buyraklar orqali, qisman me'da-ichak yo'llari, ter va sut bezlari orqali chiqariladi.
Maxsus shartlar
Preparat bilan davolash fonida buyrak etishmovchiligi bo'lgan bemorlarda giperkaliemiyani rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Davolashni boshlashdan oldin pasientda gipertireoz yoki tugunli toksik bo'qoq mavjudligini, shuningdek anamnezda shu kasalliklarning mavjudligini istisno qilish kerak.
Autoimmun tireoid kasalliklarga moyillik bo'lganida, tireoperoksidazaga antitelolar hosil bo'lishi mumkin.
Qalqonsimon bezni yod bilan to'yinishi, terapevtik yoki tashhis maqsadlarida ishlatiladigan radiofaol yodning akkumulyasiyasiga to'sqinlik qilishi mumkin. Shuning uchun radiofaol yodni ishlatish bilan harakatlarni o'tkazish oldidan preparatni qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Preparat transport vositalarini haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Qalqonsimon bezining giperfunktsiyasida tireostatik davoga bo'lgan reaktsiyani yod etishmovchiligi oshiradi, ortiqcha yod esa kamaytiradi.
Agarda yangi tug'ilgan chaqaloqlarda yod etishmovchiligi bilan bog'liq bo'lgan bo'qoqni 2-4 hafta davomidagi davolash kursidan keyin kamaytirishning iloji bo'lmasa, u holda yod etishmovchiligi bilan bog'liq bo'lmagan kasallikning boshqa sabablarini taxmin qilish mumkin.
Homiladorlik va laktasiya davrida yodning zarurati oshadi, shuning uchun yodni organizmga kerakli hajmda tushishi uchun yod preparatlari etarli miqdorda kabul qilinishi muhimdir (yodning bir sutkalik organizmga tushishi 200 mkg dan kam bo'lmasligi lozim).
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o'tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozirovkasi
Preparat ichga ovqatdan keyin etarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi.
Boshqacha tavsiyalar bo'lmaganida quyidagi keltirilgan dozalarda qo'llaniladi.
Endemik bo'qoqni va yod tanqisligi kasalliklarini rivojlanishini oldini olish:
Chaqaloqlar va bolalar: sutkada 50-100 mkg yod buyuriladi;
O'smirlar va kattalar: sutkada 100-200 mkg yod buyuriladi;
Homiladorlik va emizish davrida: sutkada 150-200 mkg yod buyuriladi.
Yod tanqisligi bilan bog'liq bo'lgan bo'qoqni dorilar bilan yoki xirurgik davolash tugatilganidan so'ng qaytallanishini oldini olish: kuniga 100-200 mkg yod buyuriladi.
Bo'qoqni davolash:
Chaqaloqlar, bolalar va o'smirlarga: sutkada 100-200 mkg yod buyuriladi.
45 yoshgacha bo'lgan kattalarga: sutkada 300-500 mkg yod buyuriladi.
Preparatni oldini olish maqsadida uzoq muddat qo'llash kerak (10-kunlik tanaffuslar bilan 20 kunlik kurslar). Preparatni buyurish davomiyligini shifokor belgilaydi.
Nojo'ya samaralari
Preparat oldini olish uchun barcha yoshdagilarda, hamda davolash uchun chaqaloqlarda, bolalarda va o'smirlarda qo'llanganida, odatda nojo'ya ta'sirlari kuzatilmaydi. Kam hollarda preparatni doimiy uzluksiz qabul qilish og'izda metall ta'mi, shilliq qavatlarning shishishi va yallig'lanishi (tumov, kon'yunktivit, bronxit) bilan ifodalanadigan "yodizm" rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Qalqonsimon bezida yirik funktsional faol avtonom qismlar bo'lganida, sutkada 150 mkg dozadan ortiq yod buyurilgan xolda, qalqonsimon bezining giperfunktsiyasi rivojlanishi mumkinligini istisno qilib bo'lmaydi. Kamdan-kam hollarda: allergik reaktsiyalar, teri toshmasi, eshakemi, Kvinke shishi, eozinofiliya, juda kam hollarda -anafilaktik shok kuzatilishi mumkin (yodga bo'lgan idiosinkraziyada).
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Yaqqol gipertireoz (qalqonsimon bezining funktsiyasini oshishi), yashirin gipertireoz (sutkada 150 mkg dan ortiq dozada qo'llanilganida), gerpetik shaklli dermatit (Dyuring kasalligi), adenamatoz bo'qoq, avtonom adenoma, yodga bo'lgan yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.
Radiofaol yod bilan davolashda, qalqonsimon bezining rakida yoki unga gumon qilinganida, preparatni buyurishdan saqlanish kerak.
Preparat laktoza monogidrati saqlashi tufayli, galaktozani o'zlashtiraolmasligi, laktoza etishmovchiligi yoki glyukoza-galaktozani kam so'rilishi bilan bog'liq kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo'lgan pasientlarga uni buyurish tavsiya qilinmaydi.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Dozalash shakli: planshetlar.
Tarkibi:
1 tabletka tarkibida:
faol modda: kaliy yodid - 0,131 mg yoki 0,262 mg (bu 100 mkg va 200 mkg yodga to'g'ri keladi).
yordamchi moddalar: laktoza monohidrat, magniy karbonat, polivinilpirolidon, magniy stearati, talk, aerosil (koloidal kremniy dioksidi).
Farmakodinamikasi
Yod hayotiy zarur mikroelementlariga kiradi. Anorganik yod qalqonsimon bez faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi, chunki yod tiroksin (T4) va triyodtironin (T3) sintezida ishtirok etadi. Yod organizmga etarli darajada tushmaganida tireoid gormonlar sintezini buzilishi va qalqonsimon bezining faoliyatini susayishi yuz beradi. Preparat yod tanqisligi o'rnini to'ldirib, bunday hollarda tireoid gormonlar sintezini tiklaydi. Tireoid gormonlar barcha a'zolar va tizimlarning rivojlanishida, organizmdagi almashinuv jarayonlarning boshqarilishida ishtirok qiladi: oqsillar, yog'lar, uglevodlar va energiya almashinuviDa, ular shuningdek bosh miya, nerv va yurak-qon tomir tizimini, jinsiy va sut bezlarining faoliyatini, bolaning o'sishi va rivojlanishini, uni intellektual qobiliyatlarining shakllanishini boshqaradi. Yod tanqisligi ayniqsa bolalar, o'sMirlar, homilador va emizuvchi ayollar uchun xavflidir. Ammo, yod ortiqcha bo'lganida tireoid gormonlar biosintezi tormozlanadi, qalqonsimon bezini gipofizning tireotrop gormonlariga bo'lgan sezgirligi kamayadi va uning sekresiyasi gipofiz tomonidan bloklanadi.
Ta'rifi
dumaloq tabletkalar, oq yoki deyarli oq, tekis, qirrali. 200 mkg tabletkada xavf mavjud.
Nojo'ya ta'sirlari
Barcha dorilar singari, YODASK ham nojo'ya ta'sirlarni keltirib chiqarishi mumkin
hamma ham ko'rinmaydi.
Preparatni har qanday yoshdagi profilaktika maqsadida, shuningdek terapevtik foydalanish bilan
yangi tug'ilgan chaqaloqlarda, bolalar va o'smirlarda foydalanish, nojo'ya ta'sirlarning rivojlanishi, qoida tariqasida, yo'q
kuzatilgan.
Ba'zi hollarda quyidagi salbiy reaktsiyalar mumkin:
- allergik reaktsiyalar: Quincke shishi.
- boshqalar: yod riniti, yodli dermatit; kamdan-kam hollarda - yod isitmasi, yod aknesi, tuprik bezlarining shishishi
Qalqonsimon bezda katta o'lchamdagi funktsional maydonlar mavjud bo'lganda,
150 mikrogramdan ortiq yodning yuqori dozalari holatida hipertiroidizm.
Otoimmünga moyil bo'lgan bemorlarda tiropiroksidazaga (at-tpo) antikorlar rivojlanishi mumkin.
kasalliklar.
Agar sizda ushbu varaqada ko'rsatilmagan boshqa nojo'ya ta'sirlar bo'lsa, shifokoringizga xabar bering.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat bilan davolash fonida buyrak etishmovchiligi bo'lgan bemorlarda giperkaliemiyani rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Davolashni boshlashdan oldin pasientda gipertireoz yoki tugunli toksik bo'qoq mavjudligini, shuningdek anamnezda shu kasalliklarning mavjudligini istisno qilish kerak.
Autoimmun tireoid kasalliklarga moyillik bo'lganida, tireoperoksidazaga antitelolar hosil bo'lishi mumkin.
Qalqonsimon bezni yod bilan to'yinishi, terapevtik yoki tashhis maqsadlarida ishlatiladigan radiofaol yodning akkumulyasiyasiga to'sqinlik qilishi mumkin. Shuning uchun radiofaol yodni ishlatish bilan harakatlarni o'tkazish oldidan preparatni qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Preparat transport vositalarini haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Qalqonsimon bezining giperfunktsiyasida tireostatik davoga bo'lgan reaktsiyani yod etishmovchiligi oshiradi, ortiqcha yod esa kamaytiradi.
Agarda yangi tug'ilgan chaqaloqlarda yod etishmovchiligi bilan bog'liq bo'lgan bo'qoqni 2-4 hafta davomidagi davolash kursidan keyin kamaytirishning iloji bo'lmasa, u holda yod etishmovchiligi bilan bog'liq bo'lmagan kasallikning boshqa sabablarini taxmin qilish mumkin.
Homiladorlik va laktasiya davrida yodning zarurati oshadi, shuning uchun yodni organizmga kerakli hajmda tushishi uchun yod preparatlari etarli miqdorda kabul qilinishi muhimdir (yodning bir sutkalik organizmga tushishi 200 mkg dan kam bo'lmasligi lozim).
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o'tganidan keyin ishlatilmasin.
Chiqarish shakllari